Innocent sinner 🍓
Jieun Soonjaning yoniga yugurib qoʻllaridan ushlab oldi.
Je: hola ayting, Tae yani Taehyung ketmaydi a?
Soonja Jieunga qarab keyin jilmaydi.
Buvi: buni hali hal qilamiz,sen uyingga boraver.
Jieun Soonjaga umid qilib uyiga yugurib ketdi. Soonja esa hozirgidek yana hayol surib uyga ketdi.
Taehyung Jungkookni yuziga tegindi. Jungkook koʻzlari yumuq,uxlab yotgan edi. Eshik ochilganda Taehyung eʼtiborini boshqa tarafga qaratdi. Jungkook shunda uygʻonib ketdi va buvisini koʻrib oʻrnidan turdi. Koʻzlarini ishqaladi.
Jk: nega eshikni qulflab ketdingiz buvi?
Buvi: meni rais chaqirgan edi...
Buvisi Taehyungga qaradi, Taehyung biroz buvisidan qoʻrqayotgandek oʻzini tutdi, albatta bundan buvisini dili xira boʻldi.
Buvi: Tae haqida,uni bizni qarindosh ekanligiga ishontirdim....ammo barbir
Buvisi Taehyungga qaygʻurib qaradi,keyin yoniga kelib qavargan qoʻllari bilan yuzini siladi,yegʻlagan koʻzlari qizargan Taehyung buvisining iliq teginishidan eridi.
Buvi: birovlarni fikriga etibor bermaslik kerak,eng muhimi seniki,sen katta insonsan,qolish qolmaslikni oʻzing xal qilishing kerak.....bu yerda hohlaganingcha qolishing mumkin...seni hohishing.
Buvisi jilmaydi,ongida bu notoʻgʻri deyilsa ham u Taehyungni juda yaxshi koʻrib qolgan. Unga desa ketmasin. Taehyung lablari titrab gapirdi.
Taehyung yana soʻzini boʻlib oʻylandi. Buvisi qarshi boʻlsa-chi?
Buvisi uni iliq quchoqlab,qoʻli yetganicha belini siladi.
Taehyung xursand boʻlib buvisini quchoqladi,ikki koʻzi esa ortidagi Jungkookda edi. Ikkisining nigohi bir biridan ajralmas edi.
......................................................................
Bir necha kun oʻtdi. Dala yonidagi bogʻda hazonlar toʻplanib ketgan edi,qishloq erkaklari daraxtlarning shoxlarini arralab qishda oʻtin qilish uchun olishayotgan edi. Jeonlarda esa yagona erkak 18 yoshli Jungkook boʻlgani uchun masʼuliyatni oʻz boʻyniga olgan edi. Qiyin boʻlishiga qaramay unga yoqar edi,sababi daraxtga chiqib eng yuqorisidagi mevalarni oʻziga olishi ham mumkin.
Jk: Qani Tae,savatni yuqoriga koʻtar.
Taehyung ishtiyoq bilan savatni yuqoriga koʻtarib turdi. Jungkook savatni moʻljallab mevalarni uloqtirdi,shunda savatga toʻp toʻp ovozlar eshitilib Taehyungni kuldirar edi.
Taehyung baqirgandan keyin Jungkook uni yoniga chaqirdi. Taehyung daraxtga chiqishni bilmas edi,qachonki Jungkook unga oʻrgatmagunicha. Daraxtning eng yuqorisiga chiqib qalinroq shoxga oʻtirib bir-birlariga qarab oldilar.
V: daraxtlarni barglari toʻkilgani uchun ularni shoxini kesish kerakmi?
Jk: hammaga har hil,lekin kesilsa bahorda yana oʻsib chiqadi,yiriklari yanada qalinlashadi,xuddi biz oʻtirgan shox kabi.
Taehyung ostidagi daraxt shoxini siladi.
V: juda qalin ekan,menimcha sinmaydi,boʻlmasa joni ogʻriydi. Shundoq ham arralabayotganda joni ogʻriyotgani yetadi.
Jk: unday emas,odatda biz mayda shoxlarni kesib tashlaymiz. Xuddi ortiqcha sochni kesib tashlanganday. Axir ogʻrimaydiku.
V: ha,rostan ham ogʻrimaydi. Demak daraxtlarni shoxlari ularni sochlari ekan-da?
Jungkook uning gaplaridan kuldi,keyin tushuntirishga urindi.
Jk: maydalari goʻyo sochga oʻxshaydi. Soch ham suyakdan paydo boʻladi. Daraxtlarning shoxlari qalinlashsa uning suyaklari aylanadi. Agar ularni qasddan sindirsang ularni joni ogʻriydi.
Jungkook jim turdi,keyin boshini qimirlatdi.
Jk: yoʻq,Xudo koʻp jonzotlarga gapirish imkoniyatini bermagan,agar berganida edi,hech kim hech kimga ozor bermas edi. Odamlarga ozgina yomon muomala qilsang qancha haqoratlar aytishadi,ammo bu bechora daraxtlar,oʻsimliklar yoki boshqa narsalar hech narsa deya olmaydi.
Taehyung daraxtga raxmi kelib uni siladi.
V: sen hafa boʻlma daraxtjon,bolalar juda shoʻx,ammo ular buni istashmagan boʻlar edi.
Jungkook Taehyungga qarab turar ekan,u kabi mehribon insonni hali uchratmagan,hatto oddiy daraxtga ham oʻz mehrini baxshida qilyabdi. Taehyung atrofga qarar ekan yuqorisida olmalarni koʻrdi. Qoʻlini choʻzib ikkta oldi va ularning ranglariga qiziqdi. Biri qizil biri yashil edi. Ajoyib tasodif. Keyin ikkisini koʻzlariga qoʻyib Jungkookni unga qarashini aytdi. Jungkook Taehyungni qilgan ishidan rosa kuldi. Taehyung ham quti simon tabassumini koʻrsatib bir olmani Jungkookga tutkazadi.
Ular shu zaylda kunlarini bogʻda oʻtkazdilar. Daraxt shoxlarini arralab,aravada uylariga tashidilar. Orada Taehyung aravaga qoʻshib rosa yeqildi.
Uni ustidan kulishar ekan, Taehyung bazida ulardan arazlab oldi. Kech tushar payt uyga qaytishgach buvisini har doimgidek hamir yoyayotganini koʻrishdi. Soonja odatda har kuni hamir yoyadi,sababi u dalada mehnat qilish va kartoshka sotishdan tashqari non pishirib soʻradi ham. Uning haridorlari juda koʻp,sababi uning nonlari juda mazali.
V: Buvi,menga narsa pishirib bering.
Buvisi xamirni tindirish uchun olib qoʻyganidan keyin Taega qaradi.
Buvi: albatta,nima pishirib beray?
V: Gamburger,men Gamburger yeyishni hohlayabman.
Taehyung boshini qimirlatib qoʻydi,buvisi oʻylabib qarab turar ekan Jungkook qoʻlini quritib qaytdi.
Jk: Non orasida sabzavot va goʻsht boʻladi. Oʻshani nomi gamburger buvi.
Buvisi tushungandek yuz ifodasini qildi va tabassum qilib gapirdi
Buvi: albatta pishirib beraman.
Taehyung xursand boʻlib xona boʻylab yugurdi,har bir gapi "men gamburger yeyman" edi. Jungkook bundan rosa kuldi. Biroz oʻtib buvisi bolalarni chaqirdi, Taehyung och qorin bilan gamburger yeyishga shoshilib keldi. Ikkisi ham oʻtirganidan keyin buvisi tabassum qilib oldilariga likopchada narsa qoʻydi. Buni koʻrgan Taehyungni yuzi birdan tushib ketdi.
Buvi: yemaysanmi? Sen aytayotgan genburgerku.
Taehyung buvisiga qaradi,keyin yana likopchaga qaradi.
V: bu men aytganim emas!!! Siz Gamburger emas,Genburger tayyorlabsiz,yoʻq men buni yemayman,gamburger yeyman
Taehyung yegʻlagan ovozda harhasha qildi,Buvisi hayron boʻlib unga qaradi.
Jk: buvi,gamburger bunday boʻlmaydi,bu koʻproq sendvichga oʻxshab qolibdi.
Buvisi biroz peshonasini qashlab likobchasiga qaradi,orqa fonda Taehyungning yegʻlayotgan ovozi.
Buvi: lekin oʻzing aytding-ku,non orasida sabzavot va goʻsht boʻladi deb. Men sabzi,karam, koʻkatlar,goʻsht solgan edim.
Taehyung battar yegʻlab yubordi,ikkisi ham unga qarab qoldi.
V: Gamburger bunday boʻlmaydi-ku
Taehyung yegʻlagancha oʻrnidan turib ketib qoldi,och qoringa yana. Buvisi biroz hijolat boʻldi,u tayyorlagan narsa Taega yoqmaganidan albatta. Jungkook sendvichni olib yeyishni boshladi. Albatta ular juda mazali edi.
Buvi: qorni och uxlab qoladi,men ammo genburgerni qanday tayyorlashni ham bilmayman.
Jk: Genburger emas buvi Gamburger. Mayli,sizga yordam beraman,hafa boʻlmang.
Jungkook oxirgi luqmani ogʻziga solib tirjaydi.
Shunday qilib kech boʻlishiga qaramay nabira va buvi oʻsha maxsus gamburgerni pishirishdi. Koʻp maxsulotlari,jumladan moynez va ketchup ularda yoʻq edi,shuning uchun ular tabiy narsalardan foydalanishdi. Erta tong Jungkook qulogʻiga bir gapni qayta qayta eshitilaverishidan uygʻonib ketdi. Koʻzini arang ochsa yonida Taehyung uyqusirab "Gamburger" deb uxlar edi. Jungkook hatto tushida ham gamburger soʻrayotgan Taehyungni koʻrib kulib yubordi. Oʻrnidan turib yuzini yuvmasdan kecha tayyorlashgan gamburgerni olib keldi va uxlab yotgan Taehyungni burnini yoniga olib kelib hidlatishga urindi. Taehyungning burni qimirlaganini koʻrib kulib yubordi,u juda chuqur nafas olar edi,tirjayib "Gamburger" deb gapirdi.
Taehyung uxlayotgan boʻlsa ham Jungkookni eshitdi va boshini qimirlatdi.
V: hohlayman....dada hohlayman,men aytganlaringizni hammasini qildim,dars qildim,mashq qildim,hech kim bilan gaplashmadim,koʻchaga chiqmadim,Tv koʻrmadim,kitob oʻqidim. Hamma aytganlaringizni qildim iltimos,menga Gamburger bering.
Taehyung yumuq koʻzlaridan yosh oqayotganini koʻrgan Jungkook birdan jim boʻlib qoldi. Taehyung nahotki bu safar ham erkalik emas,aslida juda ham istayotgan ekanligini tushundi. Nega Taehyung bola boʻlib bola kabi boʻlolmaydi? Nega bir narsaga rozilik olish uchun qiyin ish qilishi kerak? Nahotki uning ota-onasi 5 yosh payti undan shunday narsalarni talab qilishgan?
Jk: Tae uygʻon,qara menda nima bor
Jungkook Taehyungni uygʻotishga urindi, Taehyung sekin qovogʻi shishgan koʻzlarini ochdi. Qarshisida Gamburger turar edi,boshida ishonmadi.
Taehyung oʻrnidan turib koʻzlarini ishqaladi.
Hatto xidi ham uni qorni gʻuldirashiga sababchi boʻldi. Jungkook gamburger noniga barmoq uchida tegib haqiqiy ekanligini isbotlagancha gapirdi.
Taehyung hali uyqusiragan va tishlarini yuvmagan boʻlsa ham bitta gamburgerni olib ogʻziga olib keldi. Keyin esa ishtiyoq bilan tishladi.
V: voy...bu ahir haqiqiy Gamburger. Rostan ham buni pishirdingizmi?
Jungkook jilmayib gapirdi. Qoʻliga ikkinchi gamburgerni olib yeyishdan avval.
Jk: kecha hafa boʻlganing uchun buvim bilan pishirdik. Buvimdan hafa boʻlma,ular gamburgerni hali yeb koʻrmaganlar,men maktabda oʻqib yurgan vaqtlarim yer edim. Ha ular juda mazali edi.
Ikkisi ham yuz qoʻlini yuvmasdan maza qilib gamburgerlarni yeb olishdi. Jungkook Taehyungni yuziga qarab turar ekan,undagi shu arzimas narsa uchun baxtni koʻrib koʻngli shod boʻldi. U hayotda juda boy,yetuk inson, Jungkook odatda bunday odamlarni otasini pulidan shu darajaga chiqadi,erka hayot,zavqlanish va erkinlik,kayfu safo boʻladi deb oʻylardi. Ammo shu paytgacha Taehyungni oʻrganar ekan,undagi bolalikdagi qiyinchiliklar oʻylaganidek emas ekan. Shaxarlik yoki qishloqlik,boy yoki kambagʻal,hammasi biz oʻylagandek boʻlavermas ekan.
V: buning uchun buvimga raxmat aytishim kerak,gamburger hammasidan koʻra juda mazali edi.
Jk: nega faqat buvimga? Men ham yordam berganman.
Taehyung Jungkookga qaradi va tishlarini koʻrsatib jilmaydi.
Uning yoqimli qiligʻidan Jungkook ham jilmaydi. Ikkisi ham yoqimli va mazali nonushtani yeb,keyin ertalabki tartibni bajarishga ketishdi.
......................................................................
Jungkook va Taehyung qirga chiqishgan edi,aslida ularni Jieun taklif qilgan edi,Leelar oilasi oshpazlikdan tashqari chorva mollari bilan ham shugʻullanishar edi. Afsuski ularning oilasida oʻgʻil farzand yoʻq,shu sabab qoʻylar va qoʻzichoqlarni oʻtlatgani Jieunning oʻzi chiqadi. Ammo bundan hecham norozi emas,unga qaytangi juda yoqadi.
Jieun itiga Taekookni koʻrsatib ularni oldiga yugurishini aytdi. It ularni koʻrib yugurib ketdi. U darrov Jungkookni tanidi. Jungkook ham itni koʻrib uni quchoqlashga urindi.
Jk: salom kichik posbon,seni sogʻinib qoldim.
Taehyung ham juda qiziqib itni kuzatdi. Jieun ular tomon kelar ekan Jungkook itni Taehyungga tanishtirdi. Taehyung ham allaqachon uni yaxshi koʻrib qolgan edi.
Ular ham salomlashishdi,odatda ularni qilar ishlari birga qoʻylarni kuzatish. Jieun maysalar ustiga dasturxon yozgan edi,yonida esa xoʻl mevalar va shirin boluchkalar edi. Ular avval ovqatlanib olishdi.
V: keyin esa Jungkook menga gamburger olib keldi,men tush koʻryabman deb oʻyladim.
Jieun Taehyungni gaplaridan rosa kuldi,chunki Taehyung juda ham emotsionalni qilib gapirib berayotgan edi. Jungkook qoʻzichoqlarga qarab kichik qoʻzichoqni payqadi.
Jieun eʼtiborini Taedan uzib Jungkookga keyin esa qoʻylarga qaratdi.
Jungkook bu yoqimli qoʻzichoqni ushlashni istadi va oʻrnidan turib ular tomon ketdi. Jieun va Taehyung unga hayron qarab turishar edi.
Jk: buni qaranglar,u juda yoqimli.
Jieun buni koʻrib rosa kular ekan,ammo Taehyung shunchaki qotib qolgan edi. Qarshisida juda yoqimli manzara turar edi,hayolan nimalarni his qilayotganini tushunmasdi ammo hozir bu manzara hayotidagi eng yoqimli lahza ekanini angladi. Yuragi qattiq urar ekan,bu narsani nima deb nomlanishini tushunolmay qoldi. Hatto lablari ham qimirlashidan toʻxtagandek. Oʻrnidan turib Jungkook tomon yurdi. Uning qoʻzichoq bilan oʻynashini yaqindan kuzatishni istadi. Jungkookning uzun sochlari koʻzlariga tushar ekan,ammo qoʻllari band boʻlgani uchun ularni toʻgʻirlay olmadi.
Taehyung esa uning yoniga kelib asta qoʻllarini choʻzib Jungkookni sochlarini orqaga taradi.
Jk: Tae buni qara, juda yoqimli-a?
Taehyung Jungkookga qaradi va jilmayib qoʻlini tushirdi.
V: sen undan ham koʻproq yoqimlisan.
Jungkook Taehyungni gaplaridan keyin biroz jim boʻlib qoldi, Taehyungdan bunday gap eshitishni hech oʻylamagan edi.
V: Va men ham qoʻylarni ushlashni istayman,menga ham ber
Jungkook qoʻzichoqni qattiq quchoqlab Taehyungga bermadi.
Jk: bunisi meniki,sen boshqasini ol.
Taehyung yuzini burishtirdi,keyin esa qoʻylar podasini yoniga ketdi.
V: sizlarni quchoqlash uchun keldim
Taehyung bemalol qoʻylarni yoniga yaqinlashar ekan ammo qoʻylar joyida jim turmas edi,bari qochib ketib qoldi. Taehyungni hafsalasi pir boʻldi ammo u Jungkook va Jieunga qarab tirjaydi.
Ikkisi ham Taehyungni yoqimliligidan jilmayishdi. Jieun Taeni yoniga chaqirib yoniga oʻtirishini aytdi. Qoʻliga esa murabboli shirinlik tutqazdi.
Taehyung bu mazali narsani maza qilib yer ekan, yuziga tekkan murabboni sezmadi ham,Jieun bu yoqimli yigitga qarab turar edi,yuzidagi murabboni koʻrib beixtiyor qoʻllarini choʻzib labi chetini arta boshladi. Shunda uzoqdan ovoz keldi.
Ikkisi ham Jungkookga qarab qotib qoldi,negadir Jieun hayajonlanib ketdi.
Je: shunchaki,uni yuzida murabbo bir edi.
Ammo Jungkookni yuzi uni negadir qoʻrqita boshladi,nimaga bunday boʻlyabdi bilmaydi.
Jungkook qoʻyni yerga qoʻyib ularni yoniga keldi va indamay oʻrtalariga oʻtirib oldi. Taehyung va Jieun unga qarab turar ekan, Jungkook indamay shirinlikni olib ogʻzini toʻldirib yeyishni boshladi. Yuzida qandaydir gʻalati gʻazab bor edi. Jieun Taehyungga qarab yelka qisdi va indamay qoʻylarga qarab oʻtiraverishdi.
......................................................................
Ular uyga qaytishar ekan,avval Jieunga qoʻylarni uyiga olib ketishga yordam berdilar,keyin esa Jieun bilan hayrlashib oʻzlari uyga qaytishdi. Boyagi voqeadan soʻng Jungkookni umuman chehrasi ochilmadi,Jieun esa bunga ahamiyat bermasdan Taehyung bilan rosa kulishib oʻtirishdi. Jungkook esa kun boʻyi ularga gʻalati qarab yurdi. Taehyung bazida oʻylab qoldi, Jungkook sevimli doʻstini mendan qizgʻonyabdimi deb. Yoʻl boʻyi ham Jungkook umuman gapirmadi,qovogʻini solib olgan. Kech boʻlganida uyga kirishganidan keyin buvisi ovqatlanishga chaqirdi. Jungkook indamay ovqatlandi. Taehyung esa qirda,qoʻylar va Jieun bilan nimalar qilganini buvisiga xursand boʻlib gapirib berdi.
Buvi: Jieun juda yaxshi qiz,u bilan vaqtni oʻtkazish yoqimli,avvallari ham Jungkook u bilan oʻynab,gaplashib yurar edi. Nima deysan Jungkook?
Jungkook javob bermadi,tez-tez ovqatini yeb qorni toʻq ekanligini aytdi va xonasiga chiqib ketdi. Buvisi esa hayron boʻlib Taehyungga qarab qoldi.
V: yoʻq...hech narsa boʻlmadi.
Buvi: yoki urishib qoldingizmi?
V: yoʻq,ammo men oʻylashim boʻyicha Jieun bilan koʻp oʻynaganim uchun jaxli chiqyabdi....uning chin doʻstini men bilan oʻynashi yoqmagan boʻlsa kerak...shuning uchun hafa menimcha
Taehyungni yuzi hafa boʻlib koʻrindi,buvisi uni tushunib yelkasini silab qoʻydi.
Buvi: unday emas, Jungkook hech qachon bunday qilmagan boʻlar edi. Shunchaki uni kayfiyati yoʻq boʻlsa kerak. Sen oʻylama,u yaxshi boʻladi.
Taehyung buvisini gapidan keyin jilmaydi,keyin yana yegisi kelgan narsalardan yeb,buvisi bilan gaplashib oʻtirdi. Vaqt oʻtib Jungkookni xonasiga keldi, albatta uxlash uchun. Eshikni ochganini biladi birdan kimdir uni qoʻlidan tortib devorga taqab qoldi. Taehyung soniya ichida nima boʻlganini bilmay qoldi,qarshisida yuzi bilan yaqin turgan Jungkookni yuzini koʻrdi. Odatda Jungkookni boʻyi Taehyungdan past edi,ammo hozir oyoq uchida turib boʻyini baravar qilib oldi. Taehyungni ikki qoʻlini qoʻllari bilan Jungkook qisib devorga qoʻyib olgan edi.
V: n...nima qilyabsan K...Koo...
Va gapini tugatmasdan lablarida Jungkookni lablarini yana his qildi...
8-qism ham oʻz nihoyasiga yetdi. Bugun tugʻilgan kunim boʻgani uchun sizlarga sovgʻa qilib koʻproq qilib bu qismni yozdim. Maza qilib oʻqing,yoqadi degan umiddaman. Zerikkan boʻlsangiz uzr. Bu qismga 150+reaksiya va 100+koment hohliman.