✨Sen meni onamsan ✨
Jungkook o‘qituvchining stolida o‘tirardi, Juni esa uning tizzasida. Juni boshqa joyga o‘tirishni xohlamadi. Jungkook bergan rasmni tartibsiz bo‘yab o‘tirardi, Jungkook esa uning sochlarini silardi.
Taehyungga kompaniyasidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va u shoshilinch ketishi kerak edi. Ketishidan oldin Jungkook Juni bilan o‘zi qolishini, unga qarashini aytib ishontirdi. Bugungi voqealardan keyin Taehyung Juni ishonchli qo‘llarda ekaniga amin edi. Yuragi og‘ir bo‘lsa ham kompaniyaga ketdi va Juni bilan tez qaytib kelishini va’da qildi. Eng hayratlanarlisi — Juni birinchi marta dadasini qo‘yib yubordi. Odatda Taehyung uchun ishga ketish juda qiyin bo‘lardi, Juni ijtimoiy qo‘rquvi sababli ofisga ham bora olmasdi. Ammo bugun u hatto jilmayib xayrlashdi.
Jin esa hanuz sinf tashqarisida turib, ko‘zlari yoshlanib, Juni tomon jilmayib qarardi.
Jungkook Juni boshining tepasidan o‘pib qo‘yardi va bir paytning o‘zida boshqa bolalarga qarardi. Hamma bolalar chizib, Teacher Kooni hayratlantirishga harakat qilardi.
Bir o‘quvchi keldi.
“Qarang, Teacher Koo, men tugatdim!” dedi yoqimli qizaloq.
“Voy! Yeri, ko‘rsat-chi, shirinim,” dedi Jungkook mayin.
Shu payt Juni rasm chizishni to‘xtatdi. Avval Jungkookka, keyin stol oldida turgan Yeriga qaradi.
“Zo‘r qilibsan, Yeri,” dedi Jungkook va uning boshini siladi.
Juni qovog‘ini soldi va darrov Jungkookni quchoqlab oldi.
Jungkook hayron bo‘ldi.
“Nima bo‘ldi, bolajonim?” dedi u mayin ovozda, Juni orqasini silab, boshidan o‘pib.
“Meni mumma,” dedi Juni egalik ohangida, Yeriga qarab, hali ham Jungkookni quchoqlab.
Har safar bola uni “mumma” deb chaqirganda Jungkookning yuragi hapriqib ketardi. Bu noto‘g‘ri ekanini bilardi, lekin baribir yuragi quvonchdan gullardi. U barcha o‘quvchilarini yaxshi ko‘rardi, ammo Juni boshqacha edi — go‘yo o‘z farzandidek.
Shu bilan birga, u Juni haqiqiy onasi haqida o‘ylab, yuragi siqildi. Uyda farzandini kutayotgan ona bor. U hatto biroz rashk ham qildi — shunaqa yumshoq bolakay faqat o‘sha ayolniki.
“Teacher Koo, o‘pish!” dedi Yeri talab qilib.
Jungkook javob berishga ulgurmay, Juni yana mahkam quchoqladi, yuzini uning bo‘yniga yashirdi.
“Mumma o‘pichi… faqat… Juni…” dedi u yig‘lab yuborish arafasida.
Jungkook qotib qoldi.
Jin hammasini ko‘rib turardi. Juni Jungkookning mas’uliyati emasligini bilardi. U Jungkookka yordam bermoqchi bo‘lib yaqinlashdi, lekin o‘zi ham qotib qoldi.
“Yaxshi, mumma faqat o‘z Juni sini o‘padi,” dedi Jungkook mehr bilan va bolani qayta-qayta o‘pdi. Uni ko‘ksiga bosdi. Yuragi tez urardi. Nega yig‘layotganini o‘zi ham bilmasdi, lekin bola uni shunchalik mehr bilan “mumma” deb chaqirgani qalbini ezardi.
U o‘zini to‘xtata olmadi. Juni uni shu qadar sog‘inch va poklik bilan “mumma” deb atadiki, u ichida o‘zini rostdan ham uning onasidek his qildi.
Keyin ko‘zlarini ochib, Yeriga keyinroq o‘pishini lablari bilan bildirib qo‘ydi. Yeri xafa holda joyiga borib o‘tirdi.
Jin esa butunlay hayratda edi. U ikkisining ichida nimalar bo‘layotganini tushunmasdi. Ammo ular haqiqiy ona-bola kabi ko‘rinardi. Kelajak nima olib kelishini bilmasdi, lekin ikkalasi ham bir-biriga muhtojligini sezardi.
Taehyung qaytib kelganida eng yoqimli manzarani ko‘rdi.
Juni kulardi, Jungkook esa uni havoga yengil uloqtirib, yana ushlab olayotgandi. Dars vaqti tugagan, boshqa bolalar ketgan edi. Xona kulgi bilan to‘lib ketgan. Jin direktor xonasida edi, keyin Taehyung kelganini bilib sinfga qaytdi.
Birdan Jungkookning xavotirli ovozi eshitildi.
Juni kichkina dumaloq qo‘llarini tomog‘iga qo‘yib turardi.
“Tomoqchangg og‘riyaptimi, quyoshim?” deb so‘radi Jungkook xavotir bilan.
Juni bosh irg‘adi.
“Nima bo‘ldi?” dedi Taehyung yugurib kelib.
“Xavotir olmang, janob Kim. Balki ikki yildan keyin gapirgani uchun tomog‘i og‘riyotgandir,” dedi Jungkook.
“Menimcha siz uni doktorga olib borishingiz kerak,” dedi u og‘ir yurak bilan. Boladan ajralishni o‘ylash ham qiyin edi.
Taehyung bosh irg‘ab, qo‘llarini cho‘zdi.
Lekin Juni Jungkookni mahkam quchoqladi.
“Juni… mumma… bilan,” dedi u qiynalib, bir qo‘li Jungkook bo‘ynida, biri tomog‘ida.
Jungkookning yuragi tez ura boshladi. Taehyung qanday reaksiya qiladi? Avval ham “mumma” deganda jiddiy qabul qilishmagan, ammo hozir u ongli ravishda shunday deyapti.
Taehyung ham shok va ojizlikda qoldi.
“Juni, dada bilan yur. Dada senga muzqaymoq olib beradi,” dedi u.
Juni boshini tez-tez chayqadi.
“Fakat… mumma… xohlayman…”
“Juni, u sening mummang emas. Dada oldiga kel,” dedi Taehyung ovozini ko‘tarmay iloji qolmay.
Juni ko‘zlariga yosh to‘ldi. Dadasi hech qachon ovozini ko‘tarmagan edi. “Mummang emas” degani yuragini og‘ritdi.
Labchalari titradi. Katta-katta yoshlar oqdi.
“U… menim… mumma…” deb qattiq yig‘ladi.
“Meni mumma!”
“Meni mumma!”
“Meni mumma!”
Shunchalik qattiq yig‘ladiki, nafas olishi ham qiyinlashdi.
Jungkook ham, Taehyung ham vahimaga tushdi. Taehyung o‘g‘lining gapirishini orzu qilgan, lekin bunday yig‘isini eshitishni hech qachon xohlamagan.
“Juni, menga qara, bolajon,” dedi Jungkook, lekin yig‘i to‘xtamadi.
“Yig‘lama, bolajon…”
“Juni, dada kechirim so‘raydi, iltimos yig‘lama…” dedi Taehyung.
“Bolajon, seni bunaqa ko‘rib yuragim og‘riyapti… iltimos yig‘lama…” dedi Jungkook va o‘zi ham yig‘lab yubordi.
“Bolajon, mummaga qara…”
“Mumma shu yerda…”
“Yig‘lama, gulcham…”
“Mumma uchun nafas ol…”
“Mumma iltimos qiladi…”
U atrofdagilarni unutgan edi. Faqat yig‘layotgan bolani ko‘rardi.
Jungkook uni bag‘rida tebratdi. Asta-sekin yig‘i hiqillashga aylandi.
Juni kichkina qo‘llari bilan Jungkookning yuzidagi yoshlarni artdi.
“Mumma… yig‘lama… Juni yo‘q… yig‘la…” dedi hiqillab.
Jungkookning lablari titradi. U Juni peshonasidan, ko‘zlaridan, yonoqlaridan, iyagidan, hatto kichkina barmoqlaridan o‘pdi.
U bu bolaga bo‘lgan cheksiz mehrini yashira olmadi.