Final plea 💜
Hs:qani ish yoqmaslar,yana choʻzilamiz
Sj: ahhh bas qil,biz nima purjinamidik hadeb choʻzilaveramiz?
Hs: ozgina qilib qoʻyib yana shikoyat qilasizlar-a?
Yg: huh kechirarsa-u lekin bu choʻzilishimiz 33-martasi boʻladi
Hs: men 55 marotaba takrorlashim kerak ammo sizlarni oʻylab buni 35taga qisqartirganman. Endi muammo qilmasdan davom etinglar. Qani 1...
Hoseok choʻzish mashqlarini 33-marotaba yana boshladi,qarib qolgan chollar qirchillama yigitlardek yana choʻzila boshladilar. Ayni vaqtda eng shahvoniy holat yuz beryabdi. Ha,Armylarni orzusi. Hoseok ularni qattiq mashq qildirgani uchun barcha aʼzo faqat kalta shortikdalar.
Hs: Yaxshi Namjoon toʻgʻri qilyabsan,faqat orqaga emas oldinga qarab oʻyna. Yoongi hyung hali tugamadi oʻrningizdan turing. Jimin yana biroz choʻzil boʻying yetmayabdi. Jungkook,barakalla faqat kamroq sakra,Jin hyung iltimos oʻnga emas chapga.
Hoseok hammaga gapirib har birini yoniga borib hatolarini toʻgʻirlab chiqdi faqat Taehyungdan tashqari. Hoseok juda mehribon ammo raqsga kelganda hech kim unday deya ololmaydi. U juda masʼuliyatli,ammo ayni vaqtda u juda jaxildor. Taehyung avvallari Hoseok uni tergashlaridan noliyverardi endi esa uning mehriga zor boʻlib qolgan. Na etibor berardi,na raqsdagi oʻrnini oʻrgatardi. Kerak boʻlsa oʻrganib ol degandek yurardi. Hoʻsh, Hoseok ayibdormi? Ha balki,ammo u har kuni oʻzini qanday ayiblashini hech kim bilmaydi. Faqat Hoseok emas. Btsning har bir aʼzolari oʻzlarini har doim ayiblashadi. Ular vaqtida Jungkookga yordam berolmaganlari va qaytangi uni ayiblaganlari uchun. Taehyung esa shundoq ham oʻz ishiga pushaymon. U oʻsha tun ham uyga hammadan avval ketib qoldi,barbir hech kimni ishi yoʻq. Xonasiga kirdi va qilgisi kelmagan ishni qildi. Devorlarni mushtlab ichidagi dardini chiqazib olardi. Afsuski dard butunlay chiqib ketmasdi. Devor esa .... Qon bilan boʻyalgan musht izlariga toʻlgan.
Vpov: bu qachongacha davom etadi? Men nima qilishim kerak axir? Nima qilay? Ular hatto meni borligimni ham his qilishmayabdi. Men doʻstlarimni,oilamni bunday yoʻqota ololmayman....menga ular kerak.
......................................................................
Sj: balki....oshirib yuborayotgandirmiz?
Nj: nima haqida gapiryabsiz hyung?
Hs: u haqida iltimos gapirmang
Sj: qachongacha? Uni chetdan kuzatyabsanmi?
Hs: kuzatishga ham or qilaman. U nimalar qilganini unutdingizmi?
Sj: yoʻq ammo u ham guruh aʼzosi,ukamiz....
Jm: hyung,unday emas. Meni endi u dek doʻstim yoʻq. Men oʻsha kuni Jungkook tirik qolmasa nima boʻladi deb oʻlib tirildim. Men Taehyungga guruh uchun chidayabman. Menga desa uni chiqaztirib yuborsak arziydi.
Nj: unday qilolmaymiz. Hamma shubhalanadi,keyin soʻrashni boshlashadi. Bir aʼzo chiqsa ham guruhga katta zarar keltiradi,agar kelajakni oʻylasak Taega chidashimiz kerak.
Sj: bir umr shunday yuramizmi?
Yg: siz uni kechirmoqchimisiz?
Sj: men....men haligi...unday deb oʻylamayman ammo barbir...eh nima deyishni ham bilmayman.
Jm: koʻrdingiz hyung,oʻzingiz ham bilmaysiz. Bu fikrlarni unuting. Biz barbir Taehyungni kechira ololmaymiz. U kechirimimizga loyiq emas.
Ularni bir chetda jim eshitib turgan Jungkook hatto fikrini ham aytolmasdi. Oʻsha tundagi Taehyungning soʻzlari shu qadar haqiqiy ediki...jabirlangan inson oʻzi boʻlsa ham juda qattiq achinyabdi. Atrofdagilar Jungkookga qarab qolishdi. Jungkook hafa ekanligi aniq koʻrinib turgan edi. Jimin uni yoniga keldi va yelkasidan sekin siladi.
Jm: qoʻrqma Jungkook,biz seni undan har doim himoya qilamiz,u senga tega ololmaydi.
Jk: yoʻq Jimin,men bundan havotirda emasman....shunchaki...
Jimin unga qarab turdi. Yuzidan nimadir demoqchi ammo ayta ololmayabdi. Jimin Jungkook ular Taehyungni tez kechirib yuborishlaridan qoʻrqyabdi deb oʻylab miyasiga fikr keldi.
Jm: Jungkook Taehyungni qachon kechirsa oʻshanda biz ham Taehyungni kechiramiz.
Hamma jim boʻlib qoldi. Jungkook ham hayrat bilan qarab turardi. Jimin oʻyladiki Jungkook hech qachon Taehyungni kechirmaydi. Ammo bu rostmikin. Boshqalar ham yaxshilab oʻylab koʻrdilar va bu toʻgʻri qaror ekanligini tasdiqladilar. Shunday qilib ular kelishib oldilar.
......................................................................
Yarm tun. Hamma uxlayabdi. Taehyung Jungkookni xonasidan oxirgi marta Jungkookga moʻraladi,keyin yana xonasiga qaytib ketdi. Ichkariga kirib eshikni yopdi va oʻzini toʻshakga tashladi. Shiftga qarab turar ekan nimalarnidir oʻylardi. Eski hotiralar,goʻzal hotiralar yodiga tushardi.
Jk: bilasizmi hyung,biz hali mashxur boʻlib ketganimizdan keyin yangi uyga koʻchib oʻtamiz va bunday tor boʻlmagan xonalarda maza qilib dam olamiz.
17 yoshdagi Jungkook Taehyungni yonida yotib shiftga qarab gapirar edi. Hamma uxlar,ular esa tuni bilan suhbatlashishar edi. Taehyung Jungkookga qaradi.
V: agar yangi uyga koʻchib oʻtsak sen meni tashlab boshqa xonada yotasanmi?
Jk: iya bu nima deganingiz? Men ayiqchamsiz uxlay ololmayman.
Jungkook ayiqchasini quchoqlab gapirdi. Taehyung kulib yubordi.
V: ayiqchangni boshqa xonaga olib chiqib ketib yotsang ham boʻlaveradi.
Taehyung Jungkookni qoʻlidagi ayiqchaga ishora qilib gapirdi. Jungkook tirjayib unga qaradi.
Jk: har tun sizni koʻtarib xonamga olib kirish menga qiyinlik qiladi hyung.
Taehyung birdan jim boʻlib qoldi. Jungkook nima haqida gapirayotganini tushunmay qoldi, Jungkook uni quchoqladi va koʻksiga boshini qoʻydi,sekin mingʻirlab gapirdi.
Jk: meni ayiqcham sizsiz hyung...
Taehyungni yuragi juda tez urib ketdi. Jungkookdan bunday gapni kutmagan edi. Nima deyishni ham bilmay qoldi. Sekin ogʻzini ochgan ediki Jungkook uni gapini boʻldi.
Jk: mayli uxlaylik,ertaga mashgʻulotlar bor. Hayrli tun hyung.
Jungkook Taehyungni bagʻridan uyquga ketdi. Taehyung esa shiftga qarab juda qattiq oʻylanib qoldi.
Taehyung shu voqeani eslab beehtyor yana yuragi juda tez urib ketdi. Yosh Taekook lahzalarini chindan ham sogʻingan edi. Ayniqsa Jungkookning samimiy gaplari....
Vpov: men nimadir qilishim kerak. Harakat qilmasam bu uzoqqa choʻziladi. Mayli....men ertaga ularni koʻngliga yoʻl topish uchun qoʻlimdan kelganini qilaman. Soʻz beraman..
....................................................................
Sj: E xudoyim,belim ogʻriyabdi
Seokjin erta tongdan harxasha qilib uygʻondi. Hoseok piching qilib gapirdi.
Hs: tinchlikmi hyung? Tuni bilan nimalar qilgandingiz?
Sj: hozir boshingga ikki marta uraman uchinchisida tushunib olasan,kecha itdek charchatib yana ustimdan mayna ozchilik qilishiga oʻlaymi?
Jimin koʻzini ishqalagancha xonasidan chiqdi.
Jm: tong sahar soat 11dan nimaga baqir chaqir qilasizlar,kechasi zoʻrgʻa uxlagan bolam uygʻonib ketdi.
Sj: iya Jimin seni bolang yoʻqku
Jimin xonasiga qaradi va miyigʻida kulib yana atrofdagilarga qaradi.
Jm: bolam yegʻlayabdi,qarab kelay
Jimin qaytib xonasiga kirib ketdi,yoʻl yoʻlakay ikkta uyqichi Hoseok va Jungkookni ham xonasiga kirib ketadi.
Nj: hyung,bugun kech uygʻonibsiz,ammo oshxona toʻla ovqat. Nima ovqat tayyorlab keyin yana xonangizga kirib ketdingizmi?
Jin hayron boʻlib Namjoonga qaradi. Boshqalar ham qiziqdi.
Sj: yoʻgʻe,bugun rostan ham kech uygʻondim. Ovqat qilganim yoʻq.
Nj: qiziq unda kim ovqat pishirdikin?
Hamma shubhalanib oshxonaga tushdi. Ovqatlanish stoli rostan ham noz neʼmatga toʻlib ketgan.
Sj: men tush koʻryabmanmi? Kim pishirdi bularni? Aniq men bilan hazillashyabsiz toʻgʻrimi?
Nj: hyung,siz koʻrayotgan narsani biz ham birinchi marta koʻrib turibmiz. E xudoyim,men sevgan Tottboki ham bor ekan.
Namjoon tayoqchalarni olib endi ovqatlardan yemoqchi edi,oshxonadan biroz jilmaygancha Taehyung chiqib keldi. Egnida fartuk ham bor edi.
V: hayrli tong Namjoon hyung,Seokjin hyung. Yaxshi dam olgan koʻrinasizlar. Men haligi....sizlar charchagansizlar deb oʻyladim shuning uchun....nonushta tayyorlagan edim. Sovumasidan yeb olinglar....
Taehyung iloji boricha duduqlanmaslikga urinib gapirdi. Unga qarab turgan Namjin birdan jim boʻlib qoldilar. Namjoon tayoqchalarini tashladi. Keyin Seokjinga qaradi.
Nj: bugun men koʻchada ovqatlanaman
Namjoon ovqatlarga qaradi,keyin biroz yuzi tushgan Taehyungga qaradi.
Nj: hohlasangiz yeng,hohlasangiz axlatga tashlang
Taehyung birdan gʻalati boʻlib ketdi. Yuzini olib qochayotgan Namjoon va biroz jaxli chiqib turgan Seokjinga qattiq qaradi.
Sj: bularni olib ket,biz yemaymiz
Ular otlarini oʻgirib ketayotganlarida birdan ortlaridan baqirgan ovoz keldi.
Ikkisi Taehyungga qaradi. Taehyungni qattiq jaxli chiqib turgan edi.
V: Qachongacha shunday davom etadi? Men haqimda ham hech oʻylayabsizlarmi? Men nimalarni his qilayotganimni tushunyabsizlarmi?
Taehyung bir nafasda bor ovozida baqirib gapirdi. Gapirish barobarida fartugini siltalab yechib tashladi. Uning bu holatidan Namjinning battar asabi buzildi.
Nj: Oʻchir ovozingni nimalar deb valdirayabsan sen?!
V: Yana nima qilishimni hohlaysizlar -a? Ustimdan bir chelak magʻzava toʻlgandek qilyabsizlar,qachongacha men chidashim kerak?! Yoki Jungkookga oʻxshab jonimga qasd qilishimni kutyabsizlarmi-a?!
Taehyung ichidagi barcha gaplarni gapirar ekan gʻazabi har bir soʻzida sochilardi.
Sj: Jungkookni ismini tilingga ham olma yaramas. Unga shuncha ishni qilib yana etibor talab qilyabsanmi? Jin ursin qayoqdan ham seni tarafingni oldim?
V: Shu yerda ham Jungkook, Jungkook, Jungkook. Jonimga tegib ketdi Jungkook,hammasiga aslida u ayibdor. Agar u shunday ish qilmaganida bu ahvolga tushmasdim. Men uni kunini koʻkka sovuraman ...
Taehyung shunday dedi va tezda yugurib yuqori qavatga koʻtarilib ketdi. Uni bu vajohatidan Namjin shunchaki shokga tushdi va oldindan havfni sezib uni ortidan yugurishdi.
Nj: TOʻXTA TAEHYUNG,OND ICHAMAN AGAR UNGA TEGSANG OʻZIM SENI OʻLDIRAMAN
Sj: Tezroq yugur...TEZROQ YUGUR U YETIB BORYABDI ...AHHHH
Seokjin zinadan yugurib chiqayotganida oyogʻi toyib yeqilib tushdi va dumalab ketdi. Namjoon ortiga qarab qoldi. Seokjin ingragancha baqirdi.
Sj: YUGUR.... TAEHYUNGNI TOʻXTAT!!!!
Namjoon oʻylab oʻtirmay yana yugurib ketdi. Bu vaqtda allaqachon Jungkookni xonasiga yetib kelgan Taehyung tezda eshikni ochdi. Jungkookni quchoqlab yotgan Hoseok va Jiminni koʻrib gʻazab bilan ularni oldiga bostirib keldi va ikkisini yoqasidan tortib sudray boshladi. Uyqusidan bunday holatda uygʻonib ketgan Hoseok va Jimin Taehyungni koʻrib qoʻrqib ketdilar va Jungkook tarafga qaragancha baqirdilar
Hs: Qoʻyib yubor....QOʻYIB YUBOR
Jimin va Hoseok uni qoʻlidan qochishga urindilar ammo Taehyung ularni allaqachon tashqariga uloqtirib yubordi. Yugurib kelayotgan Namjoon ham eshikga otildi,ammo allaqachon Taehyung eshikni qattiq yopib ichkaridan qulflab olgan edi. Hamma eshik ortidan qattiq taqirlatdi, baqirishdi,ammo hech biriga Taehyung etibor bermas edi. Qarshisidagi allaqachon shovqin surondan uygʻonib qoʻrquvdan titrab yegʻlagancha qarab turgan Jungkookga yovuzona qaradi.
Jungkook shu qadar qoʻrqayotgan ediki,uni hozir hech kim qutqara olmasligini bildi.
15-qism ham oʻz nihoyasiga yetdi 😮💨oʻzi yana koʻproq yozmoqchi edim lk mayli,bu safar ham sizlarni qiziqtirib turaqoli🤭bilaman odam podam bomiman. Qarasam Reaksiyalari koʻp yegʻib qoʻyvosila 👀bu safar 95ta reaksiyam va koʻplab komentlar kutib qolaman. Bir asrdan keyin koʻrishguncha😂