April 13

Innocent sinner 🍓

Muallif pov:

Allaqachon qorongʻu tushgan,qishloq yoʻlidan shaharga avtobus oʻtib borar ekan shaharga qarab ketayotgan odamlarni koʻpchiligi allaqachon uxlab qolgan edi. Shu qatori bizning yigitlar ham.

Tezlikni kamaytirish uchun qilingan doʻngʻaleyni avtobus bosib oʻtar ekan,ichidagi odamlar biroz silkinib ketdi. Albatta bu noqulaylikdan Jungkook choʻchib ketdi.

Jk: ah jin ursin,nima edi bu?

Derazadan tashqariga qarar ekan koʻcha qop qorongʻu,soat esa ertalabki 3 edi. Jimin janjal qilib bitta oʻrindiqni oʻzi uchun olgani uchun hozir bir oʻzi maza qilib yotib ketyabdi,shu bois Taekook birga oʻtirgan edi. Jungkook Taehyungni yuziga qaramoqchi boʻldi ammo boshini bura olmadi. Shu bois uni biroz silkitdi. Yarim yumuq koʻzlarini ochishni istamay Taehyung ingradi.

Jk: Tae...kel,tizamga boshingni qoʻyib ol.

Taehyung boshini biroz burib Jungkookni boʻyniga pichirladi. Jungkookni boʻyniga issiq nafas urilganda biroz eti titrab ketdi. Taehyung koʻzlarini ochmasdan Jungkookni tizzasiga boshini qoʻyib oldi va oyoqlarini bukib oldi. Jungkook natijada Taehyungni ustiga yengil koʻrpani yopib qoʻydi,krasovkasini yechmagani uchun u yerni qoldirdi. Beixtiyor qoʻllari uning sochlari tomon ketdi va ularni silay boshladi. Derazadan sekin asta baland binolar koʻrina boshlar ekan bu yerga hech qachon kelmagani uchun juda ajablandi. Deyarli 2 soatdan keyin ular manzilga yetib kelishadi. Jungkookni koʻzlarida uyqu yoʻqolgan edi,u Taehyung haqida oʻylar edi. Uni tuzalishini oʻylasa ich-ichidan quvonib ketar ammo qandaydir boʻshliq unga Taehyungning bola holati koʻproq yoqishini inkor etmas edi. Uning begunoh soʻzlari,qarashlari,ishlari,bari Jungkookga allaqachon yoqib qolgan edi. Uning goʻzal hislatlari,bolalarcha savollari,shirin hatto harakatlari,u oʻylayabdi,Tae haqiqiy hayotda ham shunday yoqimli insonmi? Ammo biznesmenlar odatda sovuqqon boʻladi yani Jungkookni nazari boʻyicha. Agar Taehyung tuzalsa u bilan qilgan ishlari haqida nima deydi? Oh,bu borada Jungkook uyatdan qizarsa kerak. Hatto uning koʻzlariga foxishadek koʻrinishi mumkin ekanligini oʻylasa tanasi zir titraydi. Uning oilasi yoʻq yoki bor ekanini ham bilmaydi,ammo avval Taeni oʻzi aytganidek unda hech qanday nikoh uzuk yoʻq edi. Ammo bu sabab boʻla olmaydi,uni yoʻqotib qoʻygan boʻlishi yoki umuman taqmagan boʻlishi ham mumkin. Balki Taehyung tuzalganidan keyin u umuman Jungkookdek odamga etibor bermas,balki shunchaki unutar.

Jkpov: osonlikcha unutiladigan odam yoʻq,u meni unutishiga yoʻl qoʻymayman. U bilan qanchadan qancha ishlar yuz berdi. Nahotki osonlikcha vos kechib yuborsa? Yoʻq,hech qachon....hatto....u bilan juda yaqin boʻlib qolmasak ham...doʻst boʻlib qolishimiz kerak...u agar buni istasa albatta....chunki men endi u siz hayotimni tasavvur qila olmayabman. U menga kerak.

Jungkook uxlayotgan Taehyungni yuzidan yengil chimchilab gapirdi.

Jk: eshityabsanmi? Sen menga keraksan!

Taehyung yuzini bujmaytirib lablarini burib ingradi. Uning bu qiligʻidan Jungkook yengil kulib qoʻydi. U juda yoqimtoy. Kuz boʻlgani sababli quyosh ham soat 5da zoʻrgʻa koʻtarildi,sekin asta avtobus ichki chiroqlari oʻchirilib tabiy quyosh nuri bilan sekin asta yoritila boshladi. Ajoyib manzara. Jungkook ryugzagidan suv olib ichayotgan edi,Jiminning qimirlashi eʼtiborini tortdi,u chiroyli belini ochilib qolganini bilmay maza qilib uxlab ketayotgan edi. Allaqachon uygʻonish vaqti ham yaqinlashayotgan edi,avtobus ichidagi odamlar ham sekin asta uygʻonib gʻimirlashga tusha boshlashdi.

Jm: menga ham suvdan qoldir

Boʻgʻiq ovozda Jimin qoʻlini choʻzib gapirar edi. Jungkook ataylab hamma suvni ichib qoʻydi va Jimingga qarab tirjaydi. Jimin qovogʻini solib ichida qargʻadi,ammo soʻngida Jungkook ryugzagidan yana bitta suv idishini olib Jimingga tutqazdi. Jimin raxmat ham aytmay bitta koʻtarishda ichib yubordi.

Jm: Taeni uygʻotmaysanmi? Yoki shunchalar pahlavonmisan,uni koʻtarib olishga?

Jk: aytmasang ham shundoq ham uygʻotmoqchi edi,aqilliy.

Jungkook kesatib Taehyungni uygʻota boshladi. Albatta Tae uygʻonishni istamadi,ammo Jungkook qoʻyavermaganidan soʻng zoʻrgʻa uygʻondi.

Jm: suvdan ich,men Jungkookga oʻxshagan ziqna emasman.

Qoʻlidagi suv idishni tutkazar ekan Jungkookga qarab kesatib qoʻydi. Taehyung ham endi olaman deganida Jungkook qoʻliga urdi, Taehyung hayron boʻlib qoʻlini tushirdi.

Jk: ogʻizdan ogʻzga ichganda qancha bakteriyalar tushishini bilasizlarmi?

Jungkook ryugzagidan yana bir suv idishni chiqazar ekan uyqusirayotgan Taehyung hayron boʻlib gapirdi.

V: ammo oʻpishganda ham shunday boʻladi-ku....

Jungkook birdan tezda harakat qilib Taehyungni ogʻzini qoʻllari bilan yopib oldi,ularni suv ichayotib kuzatib turgan Jimin birdan ogʻzidagi suvni tupurib yubordi yani purkab yubordi.

Jm: *yoʻtalib* xaxaxa *yoʻtalib* xaxaxa

Jungkook biroz vaziyatni yumshatish uchun qovogʻini solib qoʻydi.

Jk: bunday gaplarni ochiq oydin gapirib boʻlmaydi,Jimin kabi uyatsiz boʻlma

Jimin esa hamon kuylayotgan edi, Taehyung esa boshida biroz hayron boʻlib qaradi ammo keyin boshini silkitib qoʻydi. Shunday qilib biroz oʻtib ular yetib kelishdi. Jimin negadir shoshqaloqlik qilayotgan edi.

Jm: doʻsting qayerda ekan? bizni kutib oladimi?

Taehyung hayron boʻldi.

V: meni doʻstim....men eslolmayman-ku.

Jungkook peshonasiga urdi.

Jk: u bizni kutib olmaydi. U bilan uchrashuvni tushlikka belgilaganmiz,hozir mehmonxonaga joylashishimiz kerak,qani jamadonlarni koʻtar.

Uchta jamadonni yetaklagancha ular oldindan gaplashilingan mehmonxonaga olib ketishdi. U yer unchalik hashamatli emas ammo shinamgina joy. Bir xonali joyda uchovlon biroz muddatga yashab turishadi. ......................................................................

Jm: u odam bilan uchrashganimizdan keyin shahar aylanmaymizmi?

V: voy,zoʻr boʻlar edi.

Jk: yoʻq,men uxlagim kelyabdi,keyingi safar...

V: Koo, iltimos...

Jm: Koojonisi iltimos

Jungkook Jiminni gapidan ensa qotirdi. Ular qandaydir kafe yoniga kelishgan edi,qoʻlidagi qogʻozga qarar ekan manzil aynan shu.

Jm: xoʻsh,uni qanday taniymiz?

Jimin Taehyungga qaradi, Taehyung yelka qisdi. Jungkook yon atrofga qarar ekan,ichkariga kirish kirmaslikni hal qilayotgan edi. Birdan orqadan tomoq qirish eshitildi. Uchovlon darrov orqaga qaradi. Orqada ular tasavur qilgandan koʻra pastroq boʻyli ammo laʼnati juda kelishgan yigit turar edi.

Jmpov: Nahotki bu....

X: kechirasizlar,shu yaqin atrofdagi kiyim doʻkoni qayerda ekanini bilmaysizlarmi?

Jk: A...

Boshqa X: Kan,bu yerda ekan

Kan: oh uzr

Bu yigit ketib qoldi. Uchovlon bir-biriga hayron boʻlib qarab qoldi.

Jm: Jin ursin,men bir muddat shu odam deb oʻylabman.

Jk: ahhh,men ham, yaxshisi ichkariga kiraylik.

Ular maʼqullashdi va ichkariga kirib ketishdi. Kafe shinamgina, unchalik ham odam koʻp emas,qandaydir shirin hid kelar edi.

Ichkariga kirib borishar ekan endi boʻsh joyga oʻtiraman deyishganda oʻsha yerda oʻtirgan bir yigit darrov oʻrnidan turib ketdi va "Taehyung" deb balandroq ovozda deyarli baqirdi. Birinchi Taehyung keyin esa Jikook u yigitga qarashganida u yigit jilmaygancha Taehyungni qattiq quchoqlab oldi. Bir muddat oʻrtada noqulay taranglik yuzaga keldi.

X: Sen tiriksan....e xudoyim, koʻzlarimga ishonolmayabman.

Jimin Jungkookni ortidan biroz qiyshayib oʻsha yigitga qaradi,ovoz oʻxshayabdi,ammo u tasavvur qilganidek erkakni koʻrmadi,ha xuddi qarshisida mushuk odam turganga oʻxshaydi.

Taehyung biroz noqulay boʻlib bu odamni bagʻridan chiqishga urindi. Buni sezgan yigit darrov Taehyungni qoʻyib yubordi.

X: Meni eslay olmayabsanmi Taehyung?

Taehyung biroz tortinib gapirdi.

V: Y.. yoʻq.

Yigit Taehyungni ortidagi yigitlarga qarab biroz jilmaydi.

X: oh,sizlarga oʻzimni tanishtirish esimdan chiqibdi. Meni ismim Yoongi, Taehyungni bolalikdan beri doʻsti boʻlaman. Kecha kim bilan telefonda gaplashgan edim?

Jm: men bilan

Yg: oh,ha,demak Taehyungni topib olgan inson siz boʻlasiz?

Jm: yoʻq,aslida uni Jungkook topgan.

Jimin Jungkookga qaradi, Jungkook biroz egilib u bilan salomlashdi.

Jk: salom janob,men Jungkook boʻlaman,Taeni men va buvim qishloqda avtohalokatdan keyin jarlikda topib olgan edik.

Yoongi Jungkookni qoʻlidan ushlab oldi.

Yg: biz uni rosa qidirgan edik,deyarli umidimizni ham uzgan edik, sizlar kabi moʻjiza paydo boʻldi va yuraklarimiz yanada iliqlashib ketdi.

Jungkook bu iltifotdan biroz hayajonlanib ikkinchi qoʻli bilan sochini orqasini taradi.

Jm: Taeni oilasi bormi?

Yg: ha,bu men. Ota-onasi ancha yil avval vafot etgan,hozir unda faqat men borman.

Jungkook hayratga tushdi,bolalik davrlari deyarli bolaligini yashattirmagan ota-onasi ancha yil avval vafot etgan ekan. U hozir Taehyungga qaradi. Taehyung yerga mayus qarab tura edi.

V: demak ular ketib qolishibdida... Men ulardan qoʻrqsam ham barbir ularni yaxshi koʻrar edim...

Yoongi Taehyungning bunday gap soʻzidan biroz yangib qoldi,unga gʻalati qarar ekan keyin gapirdi.

Yg: demak u butunlay hamma narsani unutgan...hatto...yani nima boʻlsa ham uni davolashimiz kerak.

Jk: ha,shu maqsadda biz shu yerdamiz. Janob Yoongi,u tuzalganidan keyin yana biz bilan qishloqqa qaytib ketsa boʻladimi?

Yg: Yoʻq,nima uchun?

Birdan Jungkook va Taehyung taranglashishdi.

Jk: haligi...

V: nega ekan? Men qishloqqa Koo bilan birga ketaman.

Yg: Taehyung,bu yerda qilishing kerak boʻlgan ishlar juda ham koʻp,men bularni bariga ulgurmayabman. Kompaniya,ish...

V: men bularga qiziqmayman,men Jungkook bilan ketishni istayman.

Taehyung injiqlik qildi. Yoongi uning bola harakteriga unchalik oʻrgana olmadi,biroz qoʻshini ishqalab keyin gapirdi.

Yg: avval seni davolaylik.........................................................................

Jk: tushlik uchun raxmat janob Yoongi.

Yg: shunchaki Yoongi deyavering,men unchalik katta emasman.

Jm: nechi yoshdasiz unda?

Qiziqon Jimin jim tura olmadi,aslida butun tushlik vaqti Yoongini yuzini oʻrganish bilan mashgʻul boʻldi.

Yg: men 27 yoshdaman.

Jimin oʻzidan 7 yosh katta insonga qarab biroz hayratlandi.

Jm: gʻalati,Taedek yosh yigit qari odamlar bilan doʻstlashadi deb hech oʻylamagan edim.

Jungkook Jiminni qoʻlidan turtdi,Jimin esa "nima" deb unga qaradi. Yoongi esa bu izohdan biroz kuldi.

Yg: Taehyung bilan oramiz unchalik katta emas,u 25 yoshda

Jungkook birdan qotib qoldi. Taehyung koʻrinishiga nisbatan oʻylaganidan ham katta.

Jkpov: u mendan yetti yosh kattami?

U oʻz oʻy hayollari bilan turar ekan Yoongi gapirdi.

Yg: hohlasangiz mehmonxonagacha olib borib qoʻyaman.

Jm: yaxshi boʻlardi....

Jk: yoʻq,raxmat,biz shahar aylanmoqchi edik.

Jm: nima? Boya oʻzing hohlamayotgan eding-ku

Jungkook Taehyungni qoʻlidan ushladi,huddi yur degandek.

Jk: fikrimdan qaytdim,hozir uyqim kelmayabdi. Raxmat Yoongi,siz bilan kelishganimizdek ertaga shifoxonada uchrashamiz.

Yoongi boshini irgʻab qoʻydi.

Yg: va menimcha sizlarda shaxsiy telefon yoʻq,buni olishingiz mumkin,bu yerda meni raqamim yozilgan.

Yoongi telefon tutqazayotganda Jungkook kerak emas deyishiga ulgurmasidan Jimin telefonni olib oldi.

Jm: buning uchun raxmat Yoongishii.

Jimin negadir Yoongini oldida bemalol harakat qilar edi,hatto noqulay ham boʻlmadi.

Yg: hm.... yaxshi,ertaga koʻrishguncha. Sizlarga nimalar kerak ekanini telefonda aytaman.

Shu bilan Yoongi orqa oʻgirib ketib qoldi,Jimin telefonni yoqib qanday ekaniga qiziqib qarayotganida Jungkook unga tanbeh berdi.

Jm: barbir bizga telefon kerak edi,buni hijolat boʻladigan joyi yoʻq, koʻrinib turibdi Yoongi degan mushuk juda boy.

Jk: endi mushuk qayerdan keldi? Barbir undan ortiqcha narsani qabul qilishimiz kerak emas edi.

Jm: nima uchun? Uni nimasidir yoqmadimi?

Jk: gap bunda emas,shunchaki...bilmayman.

U Taehyungni qoʻlini biroz qattiqroq siqdi,ammo barmoqlari bilan uni barmoqlarini oʻynar edi.

Jm: menimcha bu Taeni deb.

Ular yoʻl yoʻlakay gaplashib ketishdi, Taehyung esa nima deyishni ham bilmas edi,chunki endi u ham Jungkook bilan keta olmasligini oʻylab hafa boʻlayotgan edi. ......................................................................X: janob chegaradan tanish odam oʻtgani aniqlandi,aniqlashilicha u qishloq avtobusida kelgan,hozir Seulda.

Jakson qogʻozgarga qarar ekan ishchisini gaplarini eshitdi. Yuziga esa tabassum yugurdi.

Jakson: oʻliming bilan hammani ishontirishing mumkin ammo meni emas, Kim.

13-qism ham oʻz nihoyasiga yetdi. Kam boʻp qoldimi? Bilmadim. Xoʻsh buyogʻiga endi oʻyin kulgu boʻmidi, yaxshilab miyelani qotiradigan vaziyatlar boʻladi. 😂Sirlar olamiga hush kelibsiz. 150+koment va 130+reaksiya kutib qolaman😉

By: Juna