March 5, 2025

📎 Sen yoki hech kim 📎

Yuri kun boʻyi oʻzini Minhodan olib qochib yurdi chunki u Minhoga qarashga uyalardi , Minho unga endi nimadir deb ogʻiz juftlamoqchi boʻlganda u qandaydir bahona bilan qochib qolardi . Oxiri u Yurini universitetning deyarli hech kim kirmaydigan eski kutubxonasi yonida qoʻlga tushurdi . Bu yerga deyarli hech kim kelmas hamma yangi kutubxonaga borardi, Yuri ham faqatgina eski adabiyotlar kerak boʻlib qolgani uchun bu yerga kelgandi . Minho uni yolgʻiz koʻrishi bilan yoniga yugurib keldida uni kutubxona ichiga olib kirib eshikni ichkaridan qulfladi

Yuri


Yuri: n..nima qilyabsan 😐
Minho: men hali ham sendan javob kutyabman
Yuri: men hali oʻylab koʻrganim yoʻq 😑 ( Yuri endi ketmoqchi edi Minho uni yelkasidan ushlab devorga tiradi
Minho: men esa hozir javob eshitmoqchiman
Yuri: agar yoʻq desamchi 🤨
Minho: unda seni majburlamayman , faqat sababini soragan boʻlardim , ahir mendek kelishgan , boy va kuchli yigitni kim ham rad etardi 😏 ( Minho unga yanada yaqinroq keldi
Yuri: toʻgʻri hech kim rad etmaydi
Minho: senchi , sen ham shundaymi? (Minho yana yaqin keldi
Yuri: ha 🙂 men ham shunday , men ham seni sevaman
Minho: Shunday de 😊 ( ularni yuzlari bir biriga deyarli tegib turardi
Yuri: ha shunday 😊

Yuri va Minho


*Minho Yurini quchdi va asta lablarini Yurini labiga bosdi . Yuri ham javoban uni boʻynidan quchib bosa oldi .....Bir necha daqiqadan soʻng ular kutubxonadan chiqib oshxonaga borishdi . Oʻquvchilar esa ularni birga koʻrib hayron qolishgandi . Minho Yurini qoʻlidan tutib olgandi ular birga ovqatlanishgach oxirgi dars boʻladigan xonaga ketishdi . Ular zalda birga ketisharkan hamma ularga hayron holda qarardi
Qiz: nahotki u yana uchrashayotgan boʻlsa ( Minho va Yuri oʻtib ketgach bir qiz dugonasiga pichirladi
2chi qiz: men ham hayronman, qanday qilib qiz uni sevib qoldi , nima u Minhoni qotil ekanini bilmaydimi
- sen nimani ham bilarding , agar u qotil boʻlganida qamalgan boʻlardi
- nima otasi shuncha boy boʻla turib oʻgʻlini aybini yashira olmaydi deb oʻylaysan mi
- ha bu ham toʻgʻri...
*Dars tugab hamma tarqala boshladi , Minho uni tashqarida kutishini aytib chiqib ketdi,Yuri ham narslarini yigʻayotganda yoniga Sunghoon keldi
Sunghoon: bugun boʻsh boʻlsang tayorlanardik , ahir ertadan keyin tadbir
Yuri: ha albatta , bugun koʻp narsalarni koʻrib chiqishimiz kerak
Sunghoon: unday boʻlsa men ustozdan leksiyalar zalining kalitini soʻrayman
Yuri :yaxshi men ham hozir boraman sumkasini olib , Minhoni yoniga ketdi
Minho: oo va nihoyat kelding

Minho borib Yurini quchoqladi universitetdan chiqib ketayotgan oquvchilar ularga hayron bolib qarashar . Bazi qizlar esa alamidan

kuyuib kul bolardi .

Yuri : bugun sen bilan ketolmayman

Minho: nega , yo nima uyalyabsanmi 😄
Yuri: yoʻgʻe nega uyalaman , shunchaki bugun Park Sunghoon bilan ertangi tadbirga tayorlanishimiz kerak
Minho: shunaqami 😒 ( Minhoni yuzidagi tabassumi tushib ketdi
Yuri: ha 😐
Minho: unda men ham boraman
Yuri: zerikib qolmaysanmi
Minho: yoʻq
Yuri: unda ketdik
*Sunghoon leksiyalar zalini ochib allaqachon kompyuterni sozlayotgan edi u bugun yolgʻiz qolganliklaridan foydalanib Yuriga sevgi izhor qilmoqchi edi lekin u yerga Yuri va uni ortidan Minho kirib keldi

Sunghonni reaksiyasi


Sunghoon: u bu yerda nima qilyapdi 😒
Yuri: a....haligi , u meni shu yerda kutib turadi
Sunghoon: uni senda nima ishi bor ekan
Minho: seni ishing boʻlmasin
Yuri: iltimos yigitlar janjallashmanglar orangizda nima boʻlganini bilmayman lekin hozir tayorlanishimiz kerak
Sunghoon: 🙄 yaxshi, qolishi mumkin
Minho: sendan ruxsat soʻraydigan joyim yoʻq ( Minho borib stollardan biriga oʻtirdi
Sunghoon: Yuri prezentatsiyani mana bu yerida hatolik ketibdi , boshqattan yozib qoʻydim, keyin manabu yerga ham rasm qoʻshsak yaxshiroq boʻlardi nima deysan
Yuri: ha toʻgʻri, biror surat qoʻshish kerak
🕛🕧🕐 Bir necha soatdan soʻng ular hamma kamchiliklarni tuzatib, boshqattan koʻrib ham chiqishdi . Minho esa zerikkandan uhlab qolay deb oʻtirardi
Yuri: hoy Minho uhlab qolma yana 😁
Minho: uhlaganim yoʻq shunchaki zerikib ketdim
Sunghoon: xohlasang ketishing mumkin , uni oʻzim uyiga kuzatib qoʻyaman
Minho: hech qachon 😑
Yuri: yigitlar balki biror narsa yermiz a qorin ham ochib ketdi ( Yuri ular urushishga tayyor boʻlib qolganini koʻrib vaziyatni yumshatmoqchi boʻldi
Minho: nima yeyishni xohlaysan ( Minho turib Yurini yoniga bordi
Yuri: bilmasam , balki ramyon yermiz
Sunghoon: yaxshi fikr , men zoʻr joyni bilaman xohlasang borishimiz mumkin
Minho: yoʻq men bilan borasan
Yuri: balki hammamiz borarmiz 😬 ( Yuri Minho va Sunghoonni orasida qolib ketdi
# oshxona
Yuri: kimga qandayi yoqadi ( Yuri Minho va Sunghoonni oʻrtasida oʻtirardi
Sunghoon: senga chi
Yuri: menga achchigʻi
Sunghoon: menga ham
Minho: men ham shunaqasini yoqtiraman
*Ular achchiq ramyon buyurtma berishdi 🍜 . Buyurtma kelguncha ular gaplashib oʻtirishdi Minho Yurini kuldirib hazil qilar Yuri esa unga qarab kulardi bu holat esa Sunghoonni jaxlini chiqardi

Yuri: Bugurtmamiz keldi qani olaqolinglar 😊 ( Yuri bitta kosa ni olib uni yeya boshladi , Sunghoon ham yeyishni boshladi
Yuri: qani olsangchi ( Yuri indamay oʻtirgan Minhoga qarab
Sunghoon: yo nima achchiq yeyolmaysanmi 😏
Minho: nega yeyolmas ekanman , bilsang agar achchiq taomlar jonu dilim ( Minho tayoqchalarni 🥢 olib ovqatni yeyishga tushdi , ammo u juda achhchiq boʻlganligi tufayli birpasda qizarib ketdi
Yuri: hoy Minho ahvoling yaxshimi
Minho: ha...yaxshi 😵‍💫 ,ahvolim yaxshi ( Minho bir stakan suvni bir koʻtarishda ichib yubordi
Sunhoon: u boshqa yeyolmaydiganga oʻxshaydi 😆 ( Sunghoon hali kosasini yarim ham qilolmagan Minhoga qarab kuldi
Minho: hecham undaymas , hammasini yeyman hatto ikkinchi kosani ham
Yuri: Minho boʻldi oʻzingni majburlama , undan kora buni ich ( Yuri qizarib ketgan Minhoga suv uzatdi
Minho: raxmat
*Minho zoʻrgʻa bir kosa ramyonni yeb tugatdi , ogʻzi achib ketganidan qancha suv ichganini ham bilmay qoldi

Yuri: endi ketdik , kun ham kech boʻldi
Sunghoon: soju ichmaymizmi
Minho: ichamiz
Yuri : yoʻq yigitlar boʻlmaydi, Minho ahir sen ichkilikni koʻtara olmaysan
Sunghoon: nahot-ki 😆 nima ichishni ham bilmaysanmi
Minho: hecham bunday emas . Men shunchaki senga oxshab piyonista emasman Ozimni ichkilikdan tiyaman
Sunghoon:qoyil, ajoyib 👏🏻 qanday aqlli bola
Minho: sabrimni sinamoqchisan shekilli
Sunghoon: seni nimangni sinayman ( Sunghoon chiqib ketdi , uni ortidan Minho va Yuri ham chiqishdi
Sunghon: ketdik Yuri seni olib borib qoʻyaman ( Sunghoon matatsikliga oʻtirdi

Minho: yoʻq u men bilan ketadi ( Minho mashinasini eshigini ochdi
Sunghoon: men birinchi soʻradim ( Sunghoon Yurini qoʻlini ushladi
Minho: menga farqi yoʻq ( Minho ham Yurini qoʻlidan ushlab oldi
Yuri: yigitlar bas qiling, nega doim urushaverasiz , tinchgina yurish qiyinmi ( Yuri ikkala qoʻlini ham tortib oldi
Minho&Sunghoon: oʻzi boshladi ( ikkisi ham birdan
Yuri: 😤 bas qiling boʻldi
Minho: unda oʻzing ayt kim bilan ketasan ?
Sunghoon: qani boʻlaqol tanla
Yuri: Sunghoon seni uying uzoq meni olib borib oʻzing uyga ketguningcha kech boʻlib ketadi shuning uchun sen ketaver 😐 , biz baribir Minho bilan bir joyga boramiz 😑
Minho: ana eshitdingmi ketaver 😏
Yuri: yaxshi yetib ol , extiyot boʻl
Sunghoin: hayr ( Sunghoon boshiga shlemimi kiydida mototsikl 🏍️ ni tez haydab kozdan gʻoyib boʻldi Minho ham Yurini mashinaga otqizib uyga olib keldi . Minho xonasiga chiqib ketdi

Sunghoon

Yuri ham asta So hyonni koʻzini shamgalat qilib Minhoni xonasiga chiqib ketdi

Yuri: nima sen rostdan ham achchiq narsalar yeyolmaysanmi
Minho: 😑 ha shunday
Yuri: unda nega yeding 😦
Minho: chunki senga yoqarkan , men ham sen yoqtirgan narsani qilishni xohladim
Yuri: ahmoq oʻzingni qiynashing shart emasdi
Minho: seni sevaman ahir 😊
Yuri: hoy asta kimdir eshitib qolishi mumkin 🤫
Minho: bu yerga hech kim chiqolmaydi , shunday ekan hech kim eshitmaydi ham
*Minho endi Yurini quchoqlaganida Su hyon xonimni kelayotganini korib qoldi va birdaniga uni oʻzidan itarib yubordi
Yuri: hoyy nima qilyabsan 😑
Minho: oʻzi biror ishni toʻgʻri qilolasanmi , hammayoq rasvo, hamma yoqni chang bosib yotibdi nimasi bu ( Minho birdan Yuriga baqirib ketdi
Yuri: b..bu nima deganing ( Yuri hech narsani tushunmay unga qaraganda Minho So hyon xonim tarafga ishora qildi
Yuri: aa...aa haligi j... janob kechiring, men hammasini boshqattan qilaman
So hyon: Yuri shu paytda bu yerda nima qilyabsan

Yuri: a honim men halgiii ( Yuri nima deyishni bilmay turgandi shu payt stol ustidagi suv idishiga koʻzi tushdi) men kichik janobga suv olib kelgandim

So hyon: janob yana biror ishingiz bormi hozirgina uni urushib turgandingiz
- So xonim bu qiz ish qilishni biladimi oʻzi, atrofni qarang qanday ....( U atrofni koʻrsatmoqchi edi ammo hamma yoq toza edi)....qanday hunuk

Yuri; hunuk 😂 nima? qanday qilib xona xunuk boʻlishi mumkin
Minho: huddi shunday , juda hunuk
So hyon: ertaga yakshanba , shunday ekan ertaga Yuri hamma yoqni boshidan tozalab chiqadi , oʻzim nazorat qilaman
Yuri: hop boladi xonim
So hyon: Janob ovqatingizni...?
Minho: kerak emas
So hyon:hop unda biz kettik ( So hyon va Yuri xonadan ciqiwidi
So hyon: nega uni asabini buzib yuribsan
Yuri: Men hec nima qilmadim oʻzi shunaqa kalon dimogʻ boʻlsa menda nima gunoh ?
So hyon: uni feli juda injiq , hamma narsadan hato topadi bundan tashqari juda qoʻpol shuning uchun u bulan ehtiyotkor boʻlishing kerak
Yuri: hop honim
Yuri: ha aytgaca honim
So hyon: ha nima
Yuri: nega kicik janob uyda ovqatlanmayabdi shu kunlarda ?
So hyon :katta xonim va katta janoblar uyda boʻlmagan payt u uyda hec narsa yemaydi
Yuri: nega
So hyon: oʻzing bilasan u oilani yagona merosxoʻri, shuning uchun ham uni uyda kop marta zaharlamoqchi boʻlishgan , hatto bir safar oʻlishiga sal qolgan.
Yuri: 🥺 kim qilgan bunday ishni
So hyon: bunisini men ham bilmayman, lekin shunisi aniqki kichik janob tashqaridan shunday sovuqqon koʻrinsa ham aslida mehribon
Yuri: ha ☺️ u juda ham ajoyib yigit aslida

Davomi bor...

@dom1no_fanfic | #Akira