October 25, 2025

Two minus one

Hayot baxt va baxtsizlikdan iborat unda sevgi va albatta hiyonat bor. Nima insonlar hiyonatsiz yashay olmaydimi? Lekin bizni aynan oʻsha hiyonat uchrashtirdi!


...

Heesung: Sunghoon shu paytgacha qayerda yurgan ekan kun ham kech bolib ketdi . Biror uzoqroq joyga borsa ogohlantirmay qoʻymasdi

Dad: senga ham aytmay qayerga ketgan boʻlishi mumkin

Heesung: bilmadim toʻgʻrisi hech narsa hayolimga kelmayabdi. Janob Parkga yetkazish kerak ular ham havotir olishayotgandir

Dad: unga oʻzim qoʻngʻiroq qilaman , sen ishingni qilaver

*soat tungi 12:33

Sua: uff nega bu yerda aloqa yoqqq uyda ota onam qay ahvolda ekan (u ikki qoʻli bilan boshini ushlagancha oʻtirardi

Sunghoon: men ham hursand boʻlib otiribmanmi seningcha

Sua: hammasi seni deb boʻldi

Sunghoon: nima ,sen bilan bu yerda qolib menga nima zaril

Sua: kim bilsin ,nimalarni oʻylab otiribsan . Aytib qoʻyay karatedan belbogʻim bor. Biror narsa qilsang sogʻ qoʻymayman

Sunghoon: oʻzingni hayoling buzuq . Men hatto buni oylamadim ham

Sua: oʻzi yoqilgʻisi tugagan mashinani qaysi miyya bilan haydading

Sunghoon: boʻldi gapiravermasangchi . Oʻzi asabim buzuldi meni ham

Sua: nega ham keldimaaa , sovuqqotib ketdim havo sovib ketyabdi

Sunghoon: tunab qolish uchun biror joy qidirish kerak

Sua: nima qilamiz

Sunghoon: bu yer shaxar chetida shuning uchun atrofda odamlar yashamaydi. Balki mashinada qolarmiz

Sua: boshqa iloj bormi

Sunghoon: afsuski yoq

*Sua orqa oʻrindiqqa oʻtib yotdi Sunghoon esa old oʻrindiqda oʻtirdi.

Sua: hoy ,bir savol bersam notoʻgʻri tushunmaysanmi

Sunghoon: yoʻq beraver

Sua: Minsoga qanday munosabatdasan

Sunghoon: yani?

Sua: uni kim sifatida koʻrasan

Sunghoon: nega buni soʻrab qolding

Sua: shunchaki oʻzim uchun , miyyamda tahlil qilib olishim uchun

Sunghoon: u men uchun hech kim

Sua: lekin sen u uchun unday emassan deb oʻylayman

Sunghoon: nima demoqchisan

Sua: gʻalati eshitlishi mumkin lekin Minso Heesungni emas seni sevadigandek tuyiladi menga

Sunghoon: nima? Nega ekan

Sua: bilmadim . Shunchaki menga shunday tuyuladi. Uni senga qarashlari , biz birga boʻlib qolsak koʻz uzmay tikilishlari. U senga qaraganchalik Heesungga qaraganini koʻrmaganman

*Sunghoon jimib qoldi

Sua: hoʻsh nima deb oʻylaysan u seni sevadimi

Sunghoon: sevadimi yoki yoʻq bu menga qiziq emas

Sua: tovba , qanaqa odamsana yurak bormi oʻzi senda

Sunghoon: balki bordir ahir seni sevayabmanku

Sua: ahmoq

Sunghoon: undan koʻra uhlasangchi bir nimalarni hayol qilib otirmasdan

Sua: balki hozir bizni qidirishayotgandir

Sunghoon: bu yerdan baribir bizni topa olishmaydi . Tong otsa biror ilojini qilarmiz. Endi esa gapiravermay jim boʻl (Sunghoon ortga qarasa Sua allaqachon uyquga ketgandi . U ustidagi jiketini yechib Suani ustiga yopib qoʻydida sigaretini olib mashinadan tushdi.

*Sunghoon sigaret chekib Suani gaplarini oʻylardi

~...menimcha u seni sevadi...

~....senga qaraganchalik Heesungga qaraganini koʻrmaganman....

~...menga seni sevadigandek tuyiladi...

*Nega? Nega men bunday savollar orasida qolib ketdim . Nega yana men ularga koʻmilib yashayabman. Nima undan boshqasi qurib qolganmi, menga oshiqlar maktabu klublarda toʻlib yotibdi. Birortasini topish menga chot emas....lekin...u....u yodimdan chiqmayabdi. Men hiyonatni kechira olmayman, buni qabul qila olmayman. Bu jarlikdan qanday qutulish mumkin? Nega uni shunchaki unuta olmayabman, unga har qraganimda , uni har eslaganimda u bilan otkazgan damlarim esimga tushadi, hozir huddi unga befarqdek ozimni tutsam ham lekin ichimdagilar ozimga ayon. Boshqa qizlar bilan uchrashgan bolishim mumkin lekin u men uchun doim yagona edi

*U qaytib mashinaga oʻtirdi va mashina oynasini Suaga qaratib unga tikildi

Doim asabimga oʻynaydi... boshqa qizlardan farqli o'laroq meni yomon koʻradi (Sunghoon sekin kulib qoydi). Qiziq u meni yomon koʻrsa nega men uni oʻzimga tortyabman? Aynan shu yomon koʻrgani uchunmi? Nega bu oʻyinga uni qoʻshdim, boshqa birortasiga aytsam u bilan xohlagan ishimni qilsam boladiku...uff hayollarim chalkashib ketdi.

Tong otdi

Heesung yuzini yuvib pastga tushdi va dadasini telefonda kimdir bilan havotirli ohangda gaplashayotganini kordi

Heesung : nimadir boʻldimi

Dad: Sunghoon tunda ham uyga kelmabdi

Heesung: bu bola qayerlarda yuribdi ekanaa

*Shu payt Heesungga qoʻngʻiroq boʻlib qoldi

Heesung: alo eshitaman

Sunghoon: hoy Heesung . Faqat jim gapirma agar yoningda dadang boʻlsa men ekanimni bilmasin

Heesung: ha Jungwon gapiraver eshityabman (u dadasiga bir qarab qoydi

Sunghoon: hullas birozdan soʻng dadam telefon qilib meni suzish musobqasida qatnashyabdimi deb soʻrasa ha deb ayt qolganini maktabda tushuntiraman

Heesung: hop yaxshi maktabda korishamiz

*Bu vaqtda Sunghoon va Sua mashinaga zoʻrgʻa yoqilgʻi topishdi va yoʻlga tushishdi

Sua: bu odamdan tekinga yoqilgʻi bergani uchun minnatdor boʻlishimiz kerak

Sunghoon: yana biror kun kelsak pulini berarmiz

Sua: nima? Yana biror kun kelsak?

Sunghoon: ha yana biror kun. Sen bilan tunni yolgʻiz oʻtkazish yoqib qoldi

Sua: hoy ahmoq haddingdan oshma . Oʻzingni kim deb oylayabsan

Sunghoon: voyboo nega buncha jahl qilasan yo uyalib ketdingmi

Sua: xhh uyaladigan narsa boʻlgandek gapirma

Sunghoon: bolishini kutganmiding

Sua: hayolingga ham keltirma

Maktab

Sua Sunghoon bilan maktabga uchinchi soatga borganda hamma ularga qarab nimalarnidir pichirlab gaplashib turardi

Sua: ularga nima boʻldi nima yuzimizga qarab gʻiybatimizni qilyabdimi bular

Sunghoon: kim bilsin , bulardan har narsa kutish mumkin

*Shu payt ularni yoniga Heesung keldi

Heesung: nimalar qilib yuribsiz

Sunghoon: nima qilibmiz

Heesung: maktabda hamma sizni birga tun oʻtkazgan deb yuribdi

Sunghoon: nimaaa?

@Domino_Fanfic || #Akira˖*°࿐