Future me in ancient world
Miran yetib keldiyu tezda oʻsha yerdagi askarlar koʻrsatgan bosh oanaga bordi. U bilardi uni bu yerda burchi bor vazifalari bor va bularni qilishi kerak. Bu yerda odamlar oʻlayotganiga qarab tura olmasdi axir. U kelajakdan olib kelgan bilimlarini yana ishga soldi va dori darmon ush u davr tilida aytganda malham tayyorlashga kirishdi...
Jang hali ham davom etardi. Felix boshchiligida uning qoshini dushmanlar bilan ayovsiz jang qilardi. Hali dushmanlarning bari yetib kelmagani uchunmi dushmanlarga qarshi qoʻllari baland keldi lekin bu hali tugadi degani emasdi. Hali ular qaytishadi va bu uchun ular tayyorgarlik koʻrishi kerak...
Kech oqshom. Havo qaqshatgudek sovuq edi. Maydon chetida joylashgan chodirda Miran hech dam olmasdan, o‘zining ezilgan, qon bilan qoplangan qo‘llari bilan yana bir askarning yorasiga malham surtmoqda edi. Shu kuni u kamida 37 askarni o‘limdan qaytargan edi. Barchasining qoni, og‘rigi, nidosi uning yuragiga o‘yib-o‘yib bitilgandek goʻyo. Ammo u to‘xtamadi — u bunga majbur edi. Aytib oʻtilganidek oʻtmish boʻlmasa kelajak ham yoʻq. U busiz dunyosiga kelajakdagi Koreyaga qayta olmasdi. Balki keyinchalik fikri oʻzgarar...
Felix jang maydonining chetida, armiyasini to‘plab yana navbatdagi hujumga tayyorlab turgan edi. O‘z qo‘shinini birinchi o‘ringa qo‘ygan u, har doim oxirgi bo‘lib harakatlanar, shunday bo‘lishi kerak deb hisoblar edi. Ammo yuragining bir chekkasida, bu kunlarda faqat Miran haqida o‘ylay boshlagan lekin buni tan olishdan qo‘rqardi. Ular 2 yil bir-birini ko‘rmagan edi, ammo mana endi — u qaytib kelgan, va Felix yuragidagi eng og‘ir savolga javob topgandek edi.
Vaqt allamahal boʻlgan, hamma allaqchon uyquda, Felix esa bu vaqt sekingina chodirga kirdi, Miranning yoniga. Yelkasidagi yara unga hevh tinchlik bera qolmasdi. Miran ham hamma qatori charchagan lekin uxlamagan edi. Qo‘lida yangi ezilgan dorivor o‘simliklarni aralashtirib, yana bir malham tayyorlayotgan edi. U Felixni ko‘rgan zahoti koʻzi yelkasidan oqqan qonga tushdi.
Felix bosh irg‘ab qo‘ydi. U Miran qarshisiga tiz cho‘kdi. Yelkasini ochdi. Miran ehtiyotkorlik bilan malham surtayotganda, Felix yurakida saqlab kelgan soʻzlarni nihoyat, asta tilga oldi:
— Miran... Men senga bir gap aytmoqchiman.
Miran yuragini siqib turgan o‘sha ohangni darrov sezdi. U boshi bilan davom etishini bildirdi.
Felix ko‘zlariga tik qarab shunday dedi:
— Sen yo‘qligingda... har kuni sen haqingda oʻyladim. Men bu urush, bu qon, bu harbiy tartiblar orasida o‘zimdan qochib yashardim. Lekin seni ko‘rgan kunim... men aslida nimani yo‘qotganimni angladim. Men... men seni sevaman, Miran. Urush tugasa, bu hammasi ortda qolsa... men sen bilan birga bo‘lishni istayman.
Miran ko‘zlarida sogʻinch va mehr bilan Felixga qaradi. U bu so‘zlarni eshitishni kutganmidi, yo‘qmi — bilmas edi. Ammo yuragining eng chekka burchagida nimadir yumshab, iliqlik kirgandek bo‘ldi.
— Felix... — dedi u shivirlab, — Men ham seni sog‘indim... judayam...
Felix asta o‘z qo‘lini uning qo‘liga qo‘ydi. Ular uzoq sukutda qoldi. Urush olamida, shafqatsizlik va qon ichida bir lahzalik tinchlik topilgandek edi. O‘sha tun... ular birga uxlab qoldilar. Yuraklaridagi og‘riqni bir-birlariga bosib, uzoq yillar kutgan iliqlikda birga uxladilar... Ularning hech biri soʻngi vaqtda bunday mazza qilib uxlay olmagandi...
Dushmanlar yo‘lda ekani haqida xabar yetib keldi. Ular to‘liq qurollangan, son jihatdan ustun edi. Portlovchi modda — TNT — tayyor edi. Ammo bugun tongda kuchli yomg‘ir yog‘ib o‘tgan, va bu ba'zi joylarda TNTga zarar yetkazgandi.
Miran bu xabarni eshitgach, darhol modda turgan joy tomonga yugurdi. U moddalarni tekshirib, bazi joylariga suv tegib, jatta zarar qilmagan boʻlsada, vaqt talab qiladigan ish hosil qilganini koʻtdi. Vaqt juda oz edi. U titrayotgan qo‘llari bilan TNT’ni qayta sozlay boshladi. Felix esa uning yonida turib, uni dushmanlar xanjariyu kamon oʻqidan himoya qilardi.
Bu paytda esa tasodifan panada qolgan askarlardan biri, Boen ismli yosh, yangi qo‘shilgan, juda qo‘rqoq askar, qoʻrqanidan nima qilishni bilmay qoldi. U koʻrib turgani ular tomonga dushman bostirib kelayotgani edi... shu vaqt BOOM Hech kim uni tugmani bosishdan toʻxtata olmadi. Miran “To‘xtang!” deyishga ulgurmaydi — portlash boshlanadi.
Osmonga ko‘tarilgan olov, chang-to‘zon, odamlarning qichqirig‘i... Barcha narsa bir zumda quloqni teshuvchi portlash ovozi bilan yopildi. Dushman qo‘shini oldingi safda qirib tashlandi. Ammo bu portlovchi zona ichida ularning o‘zlarining 50ta atrofida askari ham bor edi.
Hamma narsa o‘t ichida edi. Felix... Miran... bir-biridan ajralib qolishdi, chunki Felix Miranni itarib yubordi.
Miran hushini yig‘gach, atrofga qaradi. Hamma narsa qizg‘ish tusda edi. Olov, yonayotgan chodirlar, qichqiriqlar... Ammo uning ko‘zlari faqat bir tomonga qarardi... Felix uni itarib yuborgan tomonga. Uning koʻzlari Felixni qidirardi.
— Felix! — deb baqirdi u yurakni ezuvchi ohangda. — Felix, qayerdasan!
U qadam bosgan sari og‘riq, qon, kuygan jasadlar... Ammo u to‘xtamadi. Qorong‘ulik ichida qayerdadir u bor — u hali tirik bo‘lishi mumkin. Va nihoyat — Felixni ko‘rdi.
Uning badani ko‘plab qon izlari, og‘ir yaralar bilan qoplangadu... Ammo u hali tirik edi. Ko‘zlari yarim ochiq, og‘riq yaqqol sezilib tirardi, lekin buni Miranga koʻrsatishni xohlamasdi.
Miran unga yugurdi. Tezda kiyimining bir qismini yirtib, yarasini bosdi. Ko‘zlaridan yosh to‘xtovsiz oqardi. Felix esa kulimsiradi, lekin bu baxtdan emasdi... u Miranni yigʻlashini koʻrishni xohlamagandi.
— Men... aytganman... seni... sevaman...
Miran titrab yig‘ladi. U hech qachon shunchalik qo‘rqqan emasdi.
— Senga hech narsa bo‘lmaydi... Men yana seni tuzataman, — dedi u.
U Felixni davolashga bor kuchi bilan harakat qilayotgandi. Orqada yana portlashlar edi. Urush tugamagan edi. Ammo hozir — bu yerda — faqat yuraklar urayotgan edi... bir biriga talpinayotgan yuraklar...