Future me in ancient world
Hamma narsa o‘zgarib ketdi. Moviy osmon qop-qora tutunga burkandi. Portlash ovozisi yer yuzini titratgan, osmonga olovli qum va kulni sochgandek edi. Miran, hech narsani eshitmay, hech narsani anglamay, jonsiz jasadlar orasidan yugurib o‘tdi. Uning yuragi birgina odamni kutardi: Felix!
U o‘zini ko‘p yillik tarix sahnasida, yonayotgan tuproq va qonga belangan zaminda topsa ham, bir lahza ham ortga qaramadi, qarolmasdi ham. Felixni topmasdan to‘xtay olmaydi. Uni topishi shart!
Olov ichidan, bir tosh tagidan... nihoyat, uni topdi. Felixning yelkasidan qon sizib chiqayotgan, lekin u hali tirik edi. Ko‘zlari yarim ochiq, lablari esa ogʻriq va zabdan tinmay titrardi.
— Miran… men bu yerda… – deya pichirladi u.
Miranning koʻzi uniki bilan tutashdi, ko‘z yoshlari yanoqlarini yuvardi. U uni bag‘riga bosdi, yelkasidagi yarani qiyinchilik bilan bog‘ladi. Tong otguncha unga qaradi. Boshqa hech kim qolmaganday edi. Felix unga qarab kulimsiradi:
— Agar omon qolsak… urushdan keyin… sen bilan birga boʻlishni, oilali boʻlishni istayman.
Bu so‘zlar Miran yuragining tubidagi to‘siqlarni yorib o‘tdi. Felixni sevganini anglab yetdi u. Ikki yil bir-birini ko‘rmay yurganlarida yuraklar gapirib bo‘lgandi. Endi esa, u yuraklar bir-biriga yaqinlashdi.
O‘sha tun ular yonma-yon yotib qolishdi. Olov so‘ngan, osmon yana yulduzlarga to‘lgan edi. Ammo bu osoyishtalik uzoqqa cho‘zilmadi.
Miran ko‘zini ochdi... lekin u endi Felixning yonida emas edi.
U oq rangli, hech qanday eshik-u derazasiz, nihoyatda katta xonada edi. Tabiiy nur yo‘q, lekin hamma narsa yorug‘. Oppoq zamin, shaffof havosi bor joy. U dovdirab orqaga yurdi. Shunda... u o‘zini ko‘rdi.
Ha, ro‘parasida turgan inson o‘zi edi. Biroq bu Miran sokin, katta ko‘zlarida haqiqat porlayotgan, salobatli ko‘rinishda edi.
— Men kimman? Qayerdaman? — dedi Miran titrab.
— Sen o‘zingsan, Miransan, ammo bu dunyoga bekorga kelmading. Tarix o‘zgartirildi. Kimdir, senga o‘xshab, bu zamonga kelib, kelajakni vayron qilishga urinayotgan edi. Sen esa buning oldini olding. Endi esa... sening vazifang tugadi. Endi ketishing mumkin.
Miran ko‘zlarini katta ochdi. — Demak men qaytaman? Ammo Felix… u hali tirik! Meni yordamimga muqtoj!
U Miran yoniga keldi, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi:
— Barchasi vaqt. Agar u sen bilan boʻlish uchun yaratimgan bo‘lsa… u yo‘lini topadi. Ammo hozir sening joying bu yer emas. Sen endi qayt.
Ko‘zlari jimirlab, hamma narsa ko‘z oldida aylana boshladi.
Miran hushiga kelganda, atrofdagilar oq kiyingan edi. Devorlar oppoq, kislorod apparatlari, dori hidlari… kasalxona.
Yonida hamshira turardi. – Siz hushsiz holatda bog‘da topildingiz. Hammamiz oʻylab shu xulosaga keldik, hushingizdan ketib yiqilgansiz.
Miran boshini ushlab o‘rnidan turdi. Felix qani? Qani o‘sha olovli jang, yong‘in? Qani dushmanlar? Qani doʻstlar??
— Yo‘q, bu tush emas edi… – deb pichirladi u.
Hech kim unga ishonmadi. Lekin Miran yuragida haqiqat borligini bilar edi. Shunda u, hech kimga hech nima demay, kasalxonadan yugurib chiqib ketdi.
Ko‘z yoshlarini artmay, qumli oyoqlarini tortmay, u o‘sha yerga bordi. O‘sha eski bog‘ga. O‘sha u o‘sha kechasi boshqa dunyoga o‘tib qolgan joy.
U yurib bordi. Daraxtlar orasiga kirdi. O‘sha soya. O‘sha joy. O‘sha jimlik.
U ko‘zlarini yumdi. Yana o‘sha ovoz, o‘sha nido, o‘sha portal ochilishini kutdi.
Ammo hech nima sodir bo‘lmadi.
— Iltimos… yana bir marta… uni ko‘rishim kerak… – deb yig‘ladi u.
Ammo tabiat jim edi. U olgan barcha javoblar faqatgona sukut edi.
Miran tiz cho‘kdi. Ko‘z yoshlari qumga singdi. U Felixni sevgan edi. Yuragining yarmini u bilan qoldirgan edi.
Endi esa yolg‘iz. Hech kimga kerakmasdek. Yuragini chang bosgandek yerda oʻtirbdi.
U o‘sha joyda uzoq o‘tirib qoldi. Atrofda hech kim yo‘q. Lekin yuragi birgina narsa deb urardi:
“Sen sevgan kishi, har doim yuragingda yashaydi. Ba’zi sevgishganlar sevgisi uzooqa choʻzilmaydi, lekin yurakda abadiy qoladi.”
“Tarixni o‘zgartirding. Ammo yuragingdagi tarixni hech qachon oʻzgartira olmaysan.”
Va ba’zida... eng og‘ir urushlar qalbda kechadi.
Va eng katta g‘alaba — sevgani yurakda saqlab qolishdir.