Just twilight
βππΆπβ β³πΎππ:
________________________
β Hyejin darrov ozini tiklab oldi. O'zini Jimindan uzoqlashtirdi
Jimin: Teahyung sen ham o'zingni yomon his qilyapsanmi? Ammo Hamshira ketgan
β Jimin Hyejinni orqasiga otkazdi, huddi uni Teahyungdan himoya qilayotgandek
" Unga nima bo'ldi? Kim Taehyung menga biron narsa qiladi deb o'ylayaptimi? Aytgancha nega u tibbiyot xonasiga keldi? Mendan xavotirlanib keldi deb o'ylamayman. Salom ham bermadimi?"
β Taehyung hech nima demay ularning yonidan o'tib kichkina tokchadan bitta dorini olib chiqib ketdi
Jimin: Men haligacha Teahyung bilan chiqisha olmayman
" Bu maktabda sen yolg'iz emassan! Lekin nega u dorini oldi? Kasalmikan?
U bilan qanday qilib uchrashib olishimizni sorasam ekan?"
β Hyejin ham endi ketmoqchi edi ammo:
Jimin: Hyejin shoshma! Men seni uyinga kuzatib qo'yaman. Kel birga...
Hyejin: Yo'q kerakmas... hammasi joyda men haqimda xavotir olma
β U tibbiyot xonasidan chiqib ketdi. Jiminni rad etganini sababi oddiy: U qanday yashayotganini hech kim korishini istamas edi
β Hyejin yashirin uyga keldi. Ammo eshik qulf edi
Hyejin: Teahyung hali kelmaganga o'xshaydi
β U ichkariga kirdi. Har doimgi dars qiladigan stop ustiga papkasini qoyib kitoblarini chiqardi
" Hech qanday kuchim yo'q. Ammo o'zimni qanday his qilsam ham o'qishim shart. Imtihonlarga ko'p vaqt qolmadi. Men bitiruvgacha akademik korsatgichlarda eng yaxshisi bolishni istayman. Faqat mehnatim evaziga qolga kiritilgan bu medal va unvon bilan faxrlanaman. Bu maktabda birinchilkni saqlab qolmasam, o'zimni kechira olmayman"
β Hyejin charchagan bolsa ham, darslarini tayyorlayotgandi. Ikkinchi qavatdagi orindiqda yotishni oylar edi
U charchagani uchunmi, yoki harorati ko'tarilgani uchunmi uxlagisi dam olgisi kelardi
U o'zini nazorat qilishga urunardi. Ammo hammasini bir tin. Hyejin o'zini tuta olmay ikkinchi qavatga chiqib doim Taehyung yotadigan korpachaga o'zini otdi
" Tan olishim kerak, bu yer juda yumshoqgina. U meni o'z hududida uxlaganim uchun o'ldirmaydi shunday emasmi?... Axir yaqindagina hushini yoqotgan qizni. Men haliham tushuna olmayapman, shunda vaziyatda birdan paydo bolib men va Jiminni sarosimaga solib qoydi?
Qiziq.... Taehyung men va Jiminni birga korganida nima deb oyladi ekan
Uni chunish qiyin, hissiyotlarini yashiradigan odam bolsa..... Nega u ataylab kelganday tuyildi
U kelsa meni uyg'otarmikan? Agar kelmasachi? Men uyga qanday qilib boraman?"
β Hyejin shu oylar bilan, chuqur uyquga ketdi. Ammo kimdir kelganday boldi
Hyejin ro'parasida kimdir turganini sezdi, va birdan kozini ochdi. Qorqqanidan uning ustiga chiqib olgan qora soyani ura boshladi
: Toxta....Toxta deyyapman... Hyejin bas qil
β Uning olidga kelgan, Taehyung edi
U Hyejinning ustiga chiqib olgan edi, chunki tom juda past engashib kirilmasa odamning boshi tomga urulardi
Taehyung Hyejinning bilagidan ushlab turgan edi
Hyejin uni ko'rgach yanayam ikki barobarga tipirchilay boshladi
Hyejin: Yoqol....yoqol! Bu yerdan ket
Taehyung: Shoshma...urabermasangchi, bu yer tor, hozir pastga qulab ketaman
β U Hyejinning zarbalaridan qutulish uchun, ortga salgina surilgan payt, boshini tomga urib oldi
Taehyung: Ah boshim...Jin ursin
Hyejin: Nega meni qorqitib yubording
Taehyung: Senligingni bilarmidim? Notanish odam kirdimikan deb oylabman
Hyejin: Bu yerda sen va mendan boshqa yana kimlar kirishi mumkin deb oylaysan? Albatta men ekanligimni bilishing kerak edi
Taehyung: Hazillashyapsanmi? ....Tur. Sen jinnimisan. Bu yerda nima qilyapsan
Soat nechchi bolganini bilasanmi?
Hyejin: Men qayerdan bilaman axir endigina uyg'ongan bolsam...?
Taehyung: Shunchalik qorong'u tushganidan qanday qilib bu yerda qolasan. Hech bolmaganda eshikni qulflasangchi. Sen qorquv degan tuyguni unutib shu ahvolda uhlab qoldingmi Toming kettimi
β‘
Hyejin: Sen jinnimisan? Eshikni ichkaridan qanday qulflash mumkina axir?
Hyejin: Hosh ozing uyinga borib uxlasang bolardi, nega yarim tunda bu yerga kelib, shov-shuv ko'tarding
Axir o'zing soat 2 boldi deb aytganding
Taehyung: Ikkinchi qavat sening hududing emas
Hyejin: Ah boshim.....Mayli men ketama mana bu toshagingni xo'hlaganingcha ishlat
Taehyung: Allaqachon kech bo'ldi. Seni o'zim kuzatib qoyaman
Hyejin: Yo'q kerak emas. Bir daqiqa oldin go'yo meni yeyishga tayyor dek eding
Nega endi o'zingni tashvishlanayotgandek ko'rsatyapsan
Chetroq tur
Taehyung: Topning bir zarbasidan qanday qilib hushingni yoqotishing mumkin?
β Taehyung birdan boshini ushladi. Tomga juda qattiq urib olganga o'xshaydi
" U mendan havotirlanyaptimi? Uxlab qolganim uchun mening ustimdan kuladi deb o'ylagandim"
Taehyung: O'zingni qanday his qilyapsan?
Taehyung: Tibbiyot xonasidan olgan doringni ichdingmi?
Taehyung: Sening aniq qayering og'ridi
Hyejin: Mening hamma yerim og'riyapti, va yaxshi uxlolmadim
Taehyung: Isitmang borga o'xshaydi. Biroz kutib tur
β U shunday deb pastga tushib ketdi
Bu uy juda qorong'u edi. Shunday bolishiga qaramay Taehyung bemalol harakatlana olayotgandi
Haqiqatdan ham uning mushuk ko'zlari bor
Hyejin: bundan buyon zinapoyadan tushgan payting chiroqni yoqib tush
Qoqilsang til tortmay o'lasan!
Taehyung: A...Qaysi birimiz oyoqda zorga turibmiz? Burning har yerga suqmaslikni o'ylab tur
β U birdan lampochkani yoqdi. Chiroqning nuri Hyejinning ko'zlariga tushdi
Taehyung: Jim o'tir! Sening boshing aylanyotgandi
β U tepaga chiqib, Hyejinga bir stakan suv va dorini uzatdi. Bu dori tibbiyot xonasidan olingan dori edi
Hyejin: Sen bu dorini birinchi tibbiyot xonasidan oldingmi? Nima sening ham biror yering og'riyaptimi?
Hyejin: Nima sen ham kasal bolasanmi?
Hazillashma
Taehyung: Og'zingni yopib tezroq ich
Hyejin: Hahahaah Kim Taehyung Monster kasal hahaha... Maning bitta dostim bolgandami bu haqida unga yugurib borib aytgan bolardim
β U tinmay kulardi. Taehyung esa unga qarab ensasini qotirdi
Taehyung: Endi nima buni 1 asrlab yuzimga solib yurasanmi?
Taehyung: Sening uyingdagilar urushmaydimi?
Taehyung: Yarim tun bo'ldi... Sen esa buyerdasan
Hyejin: Men shu yerda qolib, ertaga tog'ri maktabga boraman
Hyejin: Shu qulay deb o'ylayman
Taehyung: Pastga tush. Kravat meniki
Hyejin: Sen har doim uxlaysan. Hatto maktabda ham, darsda ham
Taehyung: Shu gapni kun bo'yi uxlab yotgan odam aytyaptimi?
Hyejin: Men umuman boshqa vaziyatni nazarda tutyapman va bu boshqa vaziyat
Taehyung: Ming'irlashni bas qil. Seni uyingacha olib borib qoyaman
Hyejin: Yo'q xo'hlamayman. Men bugun shu yerda qolaman. Ozing ket
Taehyung: Nega qaysarlik qilyapsan. Yarim tunda shu yerda qolmoqchimisan
Hyejin: Bu yerga yana sendan boshqa kim kelishi mumkin
Taehyung: Bizdan oldin bu yerda kimlar yashaganini bilmaymiz. Ular aynan bugun kelib qolsachi
Hyejin: Unda sen ham bu yerda men bilan qolasan
ββ Taehyung birdan yalt etib unga qaradi. Tabiiyki bu gapni kutmagan edi
Uning kozlari porlayotgandi
Hyejin: ..... Men birga uxlashni aytmayapman
Taehyung: Bu uy ikkimizga nima uchun kerakligi aniq. Sababini aytmasak ham
Bu sen uchun o'qish joyi, meni esa boshqa dam oladigan joyim yoq
- U qollari bilan, yubkasini ushladi
U birdan mayus tortib qoldi
Taehyung hech nima demay, pastga tushib ketdi
U mukammal tushib borayotgandi ammo birdan qoqilib ketdi. Sal qolishga sal qoldi yiqilib tushishiga
Hyejin: Hey sal ehtiyotkor bolib pastga tush.. bolmasa shu yerda yotasan
- u asabiylik bilan, jahl aralash baqirdi
Taehyung: Ovozingni o'chir...Yaxshi uxlab tur
β U Hyejinning dars tayyorlaydigan stol ustiga boshini qoyib uxlashga harakat qildi
Hyejin hech nima demay, u ham yumshoq orindiqga boshini qoyib yotdi
β Chiroq tik etib o'chirildi. Hyejin esa yuziga tabassum yugurildi. Kozlarini yumib uxlashga ketdi
" Joy notanish bolsa ham, o'zimni juda qulay his qilyapman. Derazadan tashqari qorongu korinsa ham men qorqmayapman
Pastgi qavatda Kim Taehyung yotibdi
Qachondan beri u menga xavfli insondan, xavfsiz insonga aylandi?
Men faqat dars stolimda otirsam ham, bu toshakda Taehyungning hidi kelyapti
Xushbo'y va yengil hid
Menimcha u bunday harakteri bilan, atir sepmaydi. Ammo uning hidi juda yoqimli"
Hyejin: He-he! Monster kasal odam
Taehyung: Haydamasimdan hoziroq uxla
β Hyejin quyosh nuridan uygondi... Anchadan beri bunday bemalol, va osoyishta uxlamagan edi
Uning temperaturasi tushgan edi
Pastda taqir tuqur ovoz eshitila boshladi
Hyejin pastga qaradi
Hyejin: Ertalabdan ramyon pishiryapsanmi?
- u Pastda nonushta tayyorlayotgan Taehyunga yengil tabassum bilan qaradi
β‘
β- - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
β Mana Fame's! Fanficning bu qismi ham tugadi. Sizga yoqdimi? O'z fikrlaringizni yozib qoldiring
Reaksiya esdan chiqmasin