Two minus one
Hayot baxt va baxtsizlikdan iborat unda sevgi va albatta hiyonat bor. Nima insonlar hiyonatskz yashay olmaydimi? Lekin bizni aynan oʻsha hiyonat uchrashtirdi!
•| Seuldagi hususiy yuqori sinf oʻquvchilari maktabi|•
Tong maktab hovlisi allaqachon darsga shoshayotgan oquvchi yigit va qizlar bilan gavjum. Bir payt hammani har tomonga tarqatib qimmat sport mashinasi kirib keldi va uni ichidan maktabdagi deyarli barcha qizlarni yuragini oʻgʻirlagan ikki yigit tushib keldi.
Qizlar ularga qarayman deb bir birini itarishar bizning bu ikki yigit esa hech kimga eʼtibor bermay ichkariga kirib ketishdi.
Oshxona o'quvchilar bilan gavjum, hamma bir biri bilan gaplashib o'turardi
Sunghoon va Heesung birgalikda ovqatlanib otirishardi. atrofdagi qizlar esa ularga tikilib otirishardi. Ular bilan bir sinfda o'qiydigan qizlar esa o'zlarini juda omadli deb hisoblashardi.
Heesung: keyingi hafta yana imtihon olisharkan
Sunghoon: shu imtihonlar jonimga tegib ketdi ustozlarni ham topib olgani bizni sinf qachon qaramay test olishadi
Heesung: qoʻrqma senga oʻzim yordam beraman
Sunghoon: haqiqiy doʻstimsanda (u jilmayib Heesungni yelkasiga qoʻlini qoʻydi
Sunghoon: ha aytgancha menga anavi qizni tanishtirmaysanmi
Sunghoon: bir qiz bilan gaplashyabman deganingga bir oy boʻldi hali uni yuzini koʻrish tugul ismini ham bilmayman
Heesung: yoʻgʻe oʻz doʻstimdan-a .
Heesung: u bizni maktabga oʻqishini kochirarkan aytishicha bu yerda dugonasi oqirmish
Sunghoon: haa shundaymi qiziiq dugonasi chiroylimikan a
Heesung: senga qizlar bilan gaplashish bolsa boldiya
sunghoon: boshqa nima qil deysan menday chiroyli bola qizlar bilan yurmasa uyatku
heesung: hecham o'zgarmadingda
Sunghoon: eeh odam zerikib ketdi biror ishkal qilish kerak nima deysan
Heesung unga qaramay ovqatini yeyishda davom etdi
Heesung: ana oyinchog'ing kelyabdi borib oʻyna
Sunghoon ortiga qarasa ular tarafga Sua kelayotgan ekan . Sua ularni parallel sinfida oʻqiydi. Sunghoon doim uni ustidan kulib mazah qilib yurgani uchun Heesung uni Sunghoonni oʻyinchogʻi deb ataydi. Sua ularni yonidan oʻtib ketayotgan payt Sunghoon uni oyogʻidan chalib yiqitdi. Sua yerga quladi qoʻlidagi patnis yerga tushib ovqat yer bilan bitta boʻldi. Atrofdagi hamma esa baland ovozda uni ustidan kuldi shu jumladan Sunghoon ham .
Sunghoon : hatto yoʻlida toʻgʻri yurishni bilmaydi, hoy oʻrningdan tursangchi ahmoq (u Suani oyogʻi bilan turtdi
Sua jahl bilan oʻrnidan turdi va Sunghoonga gʻazab bilan tikildi. U tez tez nafas olar koʻzlarini esa Sunghoondan uzmasdi.
Sunghoon : nima , nega menga bunday qarayabsan
Sua: nega bas qilmaysan , nega faqat menga bu ahmoqliklaringni qilasan nega . Nima mendan boshqa odam qurib qolganmi senga
*Heesung turib oshxonadan chiqib ketdi
Sunghoon : menga seni ustingdan kulish koʻproq yoqadi (u Suani peshonasini koʻrsatkich barmogʻi bilan itardida unga ko'zini qisib qo'yib Heesungni ortidan chiqib ketdi
Sunghoon : hoy Hee shoshmasangchi
Heesung: nima qilasan a shu qizni ham asabini buzib
Sunghoon: zerikkanda u bilan oʻynash qiziqarli
Heesung: ha Janob Park Sunghoon hatto odamlarni oʻyinchoq qilb olish kuchiga ega
Sunghoon: hoy aqlli boʻldi jahling chiqmasin. Yur undan koʻra biznikida kompyuter oʻynaymiz
*Sunghoon Heesungni yelkasidan qoʻlini oʻtkazib unga osilib oldi
Heesung: yoʻq bormayman imtihonga tayorlanishm kerak
Sunghoon: bizning janob Hee juda aqlli
Heesung: undan koʻra sen ham darsingni qil
Sunghoon: yoʻq meni uchrashuvm bor ogʻayni
Heesung: sen kuniga uchrashuvga chiqasan oʻzi
*Ular birgalikda mashinaga chiqishdi Sunghoon Heesungni uyiga olib borib qo'ydi
Maktab karidorida Sunghoon Heesung bilan nimanidir gaplashib ketishardi
Sunghoon: bugun hursand koʻrinasan
Sunghoon: sababini bilsam boʻladimi
Heesung: haya aytish yodimdan koʻtarilibdi bugun seni u bilan uchrashtiraman
Heesung: ha u bugun bu yerga koʻchib oʻtibdi o ana oʻzi .
Sunghoon qarshisiga qarab hayron qoldi
Qiz ham Sunghoonni koʻrib hayratdan koʻzlari kattalashdi
Sunghoon qarshisida keloytgan qizga qarab koʻzlariga ishonmadi
pov Sunghoon: u bu yerda nima qilyabdi, nega bu yerga keldi
Sunghoon: anavi pushti sumkali qizni aytyabsanmi
*Qiz ham Sunghoonni koʻrib qotib qoldi va endi ortga burulmoqchi edi Heesung uni chaqirib qoldi
*Minso ilojsiz Heesungni yoniga keldi . Sunghoon esa hanuz undan koʻz uzmay qarab turardi
Heesung: tanish bu Sunghoon meni doʻstim
Minso Sunghoonga istar istamas qoʻl uzatdi. Sunghoon esa uni qoʻliga biroz tikilib turdida qoʻlini choʻntagidan chiqarmasdan unga shunchaki sovuq nazar bilan "salom" deb qoʻya qoldi. Heesung esa uni bu ishidan hayron boʻlib qaradi
Sunghoon: ha aytgancha men ham senga bir narsani aytishim kerak
*Sunghoon Minsoga qadab turgan koʻzlarini Heesung ga qaratdi
Sunghoon atrofga biroz tikilib koʻzi uzoqdan oʻtib ketayotgan Sua ga tushdi va yugurib borib uni qoʻlidan sudrab keldi
Sua: qoyvorsangchi qoʻlimni, nima kerak senga
Heesung: Sunghoon nima bo'ldi gapirsangchi