WISH
Qo'ng'iroqning chaqiruv ovozi mashinani to'ldirdi, lekin hali hamon javob yo'q.
- jin ursin! - rulning charm qismiga mushtlagan Jungkook boshqaruvni o'ngga burdi.
Mashinalar orasidan tartibsiz yo'nalish bilan tez haydayotgan erkak , ogohlantiruv signallari yoki chaqiruvlarni e'tiborsiz qoldirdi. Xozir u huddi topshiriqdagi shaxs kabi. Firmaga borib o'sha ablah bilan gaplashmasa tugallanmaydigan topshiriq.
"Ertalab hujjatni birinchi marta ko‘rganimda, nimadir noto‘g‘ri deb o‘yladim. Axir, ism va ko‘zim oldida yotgan la'nati dalillar qandaydir xato bo‘lishi kerak edi. Hisob-kitobdagi xatolik. Tasodif. Tizimdagi biron bir la’nati nosozlik. Lekin bu unday emasdi. Xususiy tergovchidan eshitganlarim ham xato emasdi. Men hatto o‘zimni pastga urib, qarzdorlik evaziga qo‘lga kiritgan yozuvlar ham — ular ham ayni haqiqat edi. La'nati haqiqat shuncha yillardan buyon to'g'ridan - to'g'ri qarshimda turgan ekan va men buni ko'rish uchun ojizlik qildim. Bu manmanlikmi? Bexabarlik?"
Lekin u qisqa vaqt ichida tez ulg'aygan shaxs. Shunchasi yetmagan kabi g'ururi yo'lida ham keraksiz va tuganmas kurashlarga bos suqdi. Jungkookni o'lim yoqasiga olib kelgan o'sha o'gay ona uning shavqatsizligiga guvohlik bera oladi. Erkak u ayolni yo'q qilishga maqsad qilgan , lekin bu jarayon asta - sekin kechadi. Shunday og'riqli va uzoq davom etadiki oxir oqibat u o'z bo'yniga arqon solishni o'ylab qoladi. Lekin yana, u o'zini haddan ortiq sevuvchi kishi. Bundaylar hech qachon bunday tanlov haqida o'ylamaydilar.
Butun shu vaqt davomida Jungkookni hech kim o'yinchoq qila olmasligi aniq edi. Axir u Jungkook, la'nati Jeon . Faqatgina bir necha yil ichida yuksaklikka chiqqan "Jeon & Kim" firmasining egasi. Bu huddi Taehyungning yovuz g'ayrati bilan Jungkookning kuchi to'qnashishga o'xshaydi. Va aynan shu narsa Taehyungni unga bog'lab turadi. Jungkook g'alaba qilganda ham u qayta tiklanadi. Xar safar kuchliroq va yanada xavfliroq. Uning iroda kuchi — tuganmas. Go‘yoki abadiy aylanuvchi halqa. Yoki cheksizlik belgisi. Yoki la’nati ufqning o‘zi. Agar siz Kim Taehyungga to'gri vositalarni bersangiz u bitta qasr quradi, keyin ikkinchi va keyin esa butun bir shaharni paydo qiladi. Otasiday siyosiy yo'ldan emas - balki soyalarda yashirinib. Shunday joyda hech kim uni ko'rmaydi va zarar yetkaza olmaydi. Xuddi Jungkook istagan kabi. Shuning uchun ular yin va yang kabi - biri yorug'lik, biri qorong'ulik, ajralmas butun ikki qism singari.
Ular yuqori maktab paytida ilk bor uchrashganlar. Jang maydonida. Taehyungning ko'zi oldi biroz ko'kargan, labi chetida qon. Lekin u hali hamon tik oyoqda, Jungkookning qarshisida. Qancha harakat qilmasin u taslim bo'lmadi, to u g'alaba qozonmaguncha. Va mana shu payt Jungkook, u allaqanday senatorning erka og'li emasligini angladi. Va o'ziga munosib bo'lgan yagona raqibligini.
Ular doim raqib bo'lgan lekin ko'p hollarda, direktordan, ota onalardan, hatto politsiyadan ham bir birlarini qutqarib kelganlar. Ularning go'yoki o'z dunyolari bor edi, tashqaridagi real hayotning shaxslari kirishi mumkin bo'lmagan hayot. Bir necha ayollar kirishga urindi, hatto ikki tomon bilan o'yin qilmoqchi kabi. Lekin buni hech kim uddalay olmagan. Ular har qanday mavzu yuzasida janjallashishi mumkin - faktlar, uslublar, ishchilar - lekin xech qachon ayol ustidan emas. Buning uchun do'stlikni xavf ostiga qo'yish arzimaydi. Garchi "do'stlik" so'zi ularga to'g'ri kelmasa ham - ular hanuz bir birining raqibi. Hali ham raqobatlashishadi, tortishishadi va so'ngida esa baribir bir birlarining muammosi yuzasidan oldida paydo bo'ladi. Qachonki Taehyung va Jungkook topshiriqda bo'lsalar ularni xech kim to'xtata olmaydi. Yoki bugun erta tonggacha shunday edi. Toki o'sha qo'ng'iroq qabul qilinmaguncha. Yujin hayoti uchun haqiqiy xavfni Jungkook anglamaguncha.
Nechadir yillar avval eshik ostonasiga tashlab ketilgan o'sha qizaloq. Bola ulg'aytirish yoki hissiyotlar haqida tushunchaga ega bo'lmagan o'smir yigit yelkasidagi vazifa. Jungkook uni hatto berib yuborish haqida ham o'ylamagan. Qattiqo'l ota bilan yashash va o'z xonimiga uylanish uchun esa haqiqiy ayolini uydan quvib solish Jungkook hissiz maqsadi faqat varongarchilik bo'lgan shaxsga aylantirdi . Shu sababli ham o'smirlik davrida o'ylamay qilgan har bir harakati bilan deyarli hamma narsani barbod qildi. Lekin bu Yujin uning bo'shliqdagi hayotida paydo bo'lishidan avval edi. Xatto DNK testni ham qilishdan avval , Jungkook bu uning singlisi ekangligini chaqaloqning ko'zlariga tikilish arafasida sezib bo'lgandi. Shundan so'ng esa barchasi yana oydinlashdi. Kuch qudratga ishtiyoqmand bo'lgan erkak yana barchasini boshidan boshladi. Chunki kuch oilani qutqarishi mumkin. Jungkookda bor bo'lgan yagona oila esa Yujin. Yo'ldan chiqqan barcha narsani uning xavfsizligi uchun yakson qilishga tayyor bo'lgan oila. Lekin bir xatolik bor. U atrofga yaxshilab e'tibor bermasdan, Yujinga keluvchi yana bir xavfni ko'rmadi. 20 yildan buyon qarab kelgan singlisini tortib olishi mumkin bo'lgan shaxs.
- jin ursin! - tezlik i oshirish uchun pedalni yanaham bosgan erkak yana Taehyungga qo'ng'iroq qildi.
- nima bo'ldi Jungkook? Meni yeg'ilishim bor, - vanihoyat go'shakni ko'targan erkak zerikkan ohangda gapirdi.
- jin ursin yeg'ilishni. Bu favqulodda holat
- nima bo'ldi? - uning ohangi hushyorlashdi
Og'zini ochib uning ustiga do'zaxni yog'dirishga uringan erkakning ovozini chalingan mashina signali to'sdi. Qarshisiga keskin burilgan avtomobil, behuda tormozning bosilishi va havoda jaranglagan qattiq chiyillash. Keyingi holatda esa metallning metalga urilgan ovozi atrofga yoyildi. Ko'zlar yarim ochiq, va peshonadan oqib tushayotgan suyuqlik nigohni ham qizg'ish tuman bilan qoplaydi.
- Jeon?! Jungkook...bir nima de! Jin ursin, nima bo'ldi o'zi? - atrofdagi tartibsiz chiyilashga Taehyungning ovozi ham kuchsiz eshitilib turadi.
- Yujin...- bazor shivirlagan erkak , yakunladi - ung...g'amho'rlik...qil
Nigohlar oldi qorong'ulashib, go'yo ko'rinmas qo'llar uni tubsizlikka olib ketdi.
Meni kechir, kichik farishtam.
Qo'llardan sirg'alib tushgan shisha stakan tovush chiqargancha pol qismlariga sochildi. Balandroq ohangda kelib turgan Billie Eilish musiqasiga shisha ovozi qo'shilib ketdi. Yerga egilib siniqlarni olayotgan qiz barmoqlariga shishaning biroz bosimi bilan achishish sezdi. Telefondagi tinimsiz suhbatlar xabarlarni keltirmoqda. Do'stlarning hazillari yoki kollejdagi qizlarning chatidan bo'lak muhim narsani ko'rish mushkul.
Suho va Jenny esa Yujin bilan kollejda huquqshunoslik uchun tayyorlov kursida o'qigani bois, ular bir birlariga yaqinlashib bordilar. Yujin kimnidur chin do'st deb hisoblashi aslida qiyin, chunki boshlang'ich maktabdan beri barcha yoki akasining muvaffaqiyati yoki oilaviy mojarolar , ayniqsa o'gay ona o'rtasidagi tortishuvlarga qiziqadi. Huquqshunoslikda o'qish esa barchasini yanada murakkablashtirdi. Chunki deyarli barcha "Jeon & Kim" firmasida ishlash uchun kurashadi. U yerdagi tanlov jarayoni shunchalik qat'iy va puxta tuzilganligidan hatto Yujin ham bundan o'tishiga umid qila olmaydi. Jungkook bo'lsa xech qanday imtiyozlar bo'lmasligi to'grisida avvaldan ta'kidlab o'tgan.
Barcha xabarlarni e'tiborsiz qoldirgan holda kontaktlar bo'limiga kirgan qiz, Susan ismida to'xtaldi. Aslida Jungkook o'gay onasining raqami singlisida borligi to'g'risida bilmaydi. Yashirincha deb bo'lmaydi, shunchaki kafeda turtilib ketgan on, qiz raqamni o'zida saqlab qo'yishni so'ragandi. Balkim aynan mana shu kabi kun uchundir. Jungkookning tug'ulgan kuni yaqin va behuda umidlar bilan qiz, ularning aloqalari yaxshi bo'lishiga umid qilmoqda. Otasi Yujin kelgandan so'ng, 2 yil o'tib vafot etdi va xozirgi , ya'ni biologik onasiga sotib olgan uyini Susanga qoldirdi. Jungkookning esa g'azabi ortdi, garchi "Jeon & Kim" dagi ulushlarni unga qoldirgan bo'lsa ham, uy u uchun qadrli bo'lgan. Jungkook hatto otasi vasiyatnoma yozayotgan paytda hushida bo'lmaganini ham isbotladi va shundan so'ng vasiyatnoma o'z kuchini yo'qotdi. Endi bu safar esa Jungkook uyning unga bo'lgan huquqini isbotlash uchun, uyning u uchun qanday katta hissiy ahamiyatga ega ekanini isbotlash uchun harakat qilmoqda. Susan esa qarshi ko'rsatmalar berib, endi "Jeon & Kim" firmadagi ulushlarni ham talab qilmoqda. Jungkook esa u ayol million yilda ham yuta olmasligini aytgan. Yujin esa ularning o'rtalaridagi urushdan nafratlanadi. Akasi va Susan bur umir sudlashib o'tishlarini istamaydi.
Qo'ng'iroq qilish tugmasini bosgan qiz , barmog'i orasida turgan shisha bo'lagini biroz qattiqroq ushladi. Go'shakni ko'targandan so'ng to'xtab qolgan qiz, oynadan tashqaridagi bog' tomonga qaradi.
- kim bu? - har doimgi yopiq va qattiq ovozida so'radi ayol
- nima istaysan? - uzoq cho'zilgan sukutdan so'ng javob qildi Susan.
- yaqin kunlarda akamning tug'ulgan kunlari va ...balki siz ham kelishni istarsiz?
- akangni tug'ulgan kuni uchun xohlaydigan yagona narsam bu uning o'limi - beep
Yutungan qiz telefon ushlab turgan qo'lini pastlatdi. To'g'ri, aslida ham qiz kutgan narsa shu edi. Balkim ularning o'rtasini tuzatish uchun xech qanday imkon yo'qdir. Bularning barchasi behuda umidlardir. Balki qiz rostdan ham tashvishlanishi kerak bo'lmagan masalalarga bosh qotirishi kerak emas ...yoki unga e'tibor qilmaydigan shaxslarga.
Uning telefoni navbatdagi xabar bilan tebrandi.
Suho: kechki sayrga nima deysan?
Qiz pastki labini biroz tishladi.
"Suho bilan mening munosabatlarimni to'liq deb bo'lmaydi ham. Bu huddi dam olish kunlarida birga vaqt o'tkazish, birga biroz *ko'ngilxushlik qilish kabi. Jennyning aytishicha uning mototsikili meni o'zidan ko'ra ko'proq jalb qiladi va bu to'g'ri bo'lishi ham mumkin. Menga taqiqlangan narsalarni qilishdagi hayajon yoqadi - masalan, akamning ichimligidan yashirincha biroz ichish, belgilangan vaqtdan kech qaytish yoki...akamning yaqin do'stini o'pish kabi. Bu shaxsiyatimdagi kamchilik"
Ular hali munosabatni asosiy bosqichiga olib chiqishmadi - aniqrog'i Yujin buni istamaydi. Go'yo bunga rozilik berish xiyonat kabi tuyuladi. Garchi u majburlayotgan bo'lmasada , bosim qilmayotgan bo'lsada , u ham abadiy kuta olmaydi.
Suhoga xozirgi munosabatning o'ziga rozilik bildirishini asosiy sababi, bu shunchaki bir shaxsni ortda qoldirib, oldinga intilib yashash edi. Ichidagi bo'shliqni to'ldirish uchun boshqa inson topish kerak edi. Biroq kichik bir muammo bor edi - Taehyung. Erkak bu joyni xech kimga bo'shatishni istamasligi hisobga olinmagan. Yujin esa bu joyni boshqa bir uni sevuvchi, masalan - Suho kabi inson egallashiga umid qiladi.
Biroz titroq barmoqlar bilan qiz javob qildi.
Suho: uyingga borsam bo'ladimi yoki akang yuzimni yangidan dizayn qiladimi?
Akasining avvalgi tahdidlarini eslagan qiz biroz tabassum qildi.
Yujin: u ishga allaqachon ketgan va kechgacha bo'lmaydi. Biz xavfsizmiz
Suho: unda tez orada ko'rishguncha, go'zal qiz
Go'zal qiz. Negadir buni Suhodan eshitish qiz uchun biroz og'riqli. Balki bu so'zlarni eshitishni xohlagan insoni u bo'lmagani uchundir.
Qolgan shishalarni olishga uringan qizning ko'ziga tashqaridagi noaniq bir harakat ko'rindi. Bu bo'lishi mumkin emas. Tezlikda boshini ko'targan qiz bog' yo'lagi bo'ylab katta qadamlar bilan kirish eshigiga kelayotgan insonni ko'rdi. Kelishi mumkin bo'lmagan shaxs. Taehyung.
Uning yurishi hatto aniqlik bilan. Undagi har bir narsa qattiq. Bu uning keng yelkalari qanday qilib qora, badaniga mos kostyumini tarang tortib turganidadir.
"Muskullar. Nafaqat ko‘kragi yoki qorni, balki bilaklari, sonlarigacha — har bir bo‘lagi kuch bilan yasalgan. Uni akam bilan ortiqcha kiyimlarsiz holatda boks qilayotganini ko‘p bor kuzatganman. Aynan u menga erkak go‘zalligining ilk namunasi bo‘lgan. Men uning tarang qornini, bo‘rtib chiqqan mushaklarini, chaqqon harakatlarini, yengil, lekin aniqlik bilan yo‘naltirilgan zarbalarini ko‘rganman. Yosh qizlar o‘z tengdoshlari — o‘smir o‘yinchilar va sportchilarga mahliyo bo‘lishadi. Lekin men boshqa bir go‘zallikni ko‘rganman. Yetuk, hayot va kuch bilan to‘lib-toshgan erkak timsolini.
Va afsuski, bu standartni endi hech kim ortda qoldirolmaydi. Na maktabdagi jismoniy yetilgan bolalar, na kollej yigitlari. Chunki ular men uchun hamisha bir maqomda qolishadi — yigit"
Sevimli musiqani o'chirgan qiz, qo'lidagi achishishga e'tibor qilmagan holda oshxona eshigi tomon bordi.
- men xech qanday yomon ish qilmayabman. Men shunchaki uni kirayotganini ko'rishim kerak
Ish vaqtining o'rtasida u nega bu yerda bo'lishi mumkinligi haqida xozir Yujin o'ylashni ham istamaydi. Taehyung ikki yil avvalgi bo'sadan so'ng bu uyga kam keladigan bo'lib qolgan. Kelgan vaqtlari ham bu faqat Yujin uyda bo'lmagan paytlari , Jungkook bilan ish yuzasidan. Va so'nggida qiz bularni xizmatkor Iseuldan bilishi kerak bo'lardi. Lekin baribir, Taehyung xozir akasi bo'lmagan paytda bu yerda bo'lishi kerak emasdi va yana yolg'iz.
O'z ismini undan doim uni eritib yuboruvchi tovush bilan eshitish qizning yurak urishi tezlashishiga sabab bo'ldi. U Iseuldan Yujin haqida so'ramoqda? Demak bu degani, Taehyung u uchun shu yerda. Qizning nozik yuragiga bular og'irlik qiladi. "Men shu yerdaman" deb baqirish istagi xozir juda yuqori ammo xech bir so'z tomoqdan o'ta olmaydi. Iseul esa allaqachon unga oshxona yo'lini ko'rsatib bo'ldi.
"Nafas ol, Yujin . Shunchaki nafas" qadam tovushlari yaqinlashishi bilan qiz o'ziga eslatgan bo'ldi. Lekin bularning bari erkak eshikdan kirishi bilan to'xtadi , ya'ni nafas olish. Erkakning ifodasi doim qattiq bo'lgani bilan, xozirgi holat farq qiladi. Qattiqlashgan nigohlar va mushtlari tugilgan. Musht go'yo qattiq jismni urgan kabi qizargan holda. Bunday holat hatto akasi bilan boks mashqlarida ham kam uchraydi, sababi ular doim xavfsizlikni birinchi o'ringa qo'ygan.
- men bilan ketishing kerak, Yujin
"Birgina gap. Birgina gap va men nimadir no'tog'ri ekanini angladim. Taehyung meni o'zi bilan xech qayerga olib bormaydi. Xech qachon"
Qo'lidagi shisha qattiqroq siqilarkan, yerga qon tomchilari oqishni boshladi.
- q..qayerga ketamiz? - o'zidagi duduqlanishni to'xtatishga urinsada, befoyda. Biror nima noto'g'ri va u xozir shunchaki qochishni va shkafga berkinishni istaydi. Balki o'sha yerda biroz uxlash va qaytib chiqmaslik.
- bu Jungkook. U avtohalokatga uchradi va...juda og'ir.
Koma. Shifokor ularga Jungkook vegetativ holatda ekanini aytyapti. Miyadagi shish zarba natijasida yuzaga kelganini tushuntiryapti , lekin aniq bir javob yo'q - bir necha kun ichida uyg'onishi mumkin yoki hafta, yoki xech qachon. Shifokorlar Taehyungning do'sti ustida soatlab ishlashdi, ammo baribir uni ortga qaytarib bo'lmadi. Operatsiya davomida umid bilan kutgan ikki shaxs xozir shifokorning xatto yolg'on taskinsiz ham haqiqat gaplarini tinglamoqda. Xozir Taehyung uni ushlasa ham yuziga ursa ham Jungkookni qaytarib bermaydi. Yujin erkakning gaplarini lablari biroz ajralgan holda tinglamoqda. Ular jonsiz va umidsiz, xuddi uning qolgan yuzi kabi. U bosh barmog'i tirnoqlarini qolganlari ustidan deyarli g'azab bilan harakatlantirmoqda. Bu undagi yoshlikdan beri qachonki asabiylashganda sodir bo'luvchi holat - yoki oyisi haqidagi haqiqatlarni bilgandan beri. Erkakning har bir izohi bilan u yengil titramoqda. Har bir so'z - umidsizlikka urilgan yangi bir zarba. O'sha rang barang porlab turadigan nigohlar so'nmoqda. Chunki u hech qachon yashira olmaydi. Va ayni shu lahzada Taehyung uning umidi qanday so'nib bo'rayotganini guvohi bo'lmoqda. U xech qachon yig'lamaydi. Bu Jungkookning sovuq tarbiyasidanmi yoki onasi haqida bilgandan beri ichida topishga urinayotgan bo'shliq sababmi - noma'lum. Lekin Yujin hech qachon odamlar oldida yeg'lamaydi. Kamida o'n ikki yoshdan beri shunday. U shunchaki tirnoqlarini bir - biriga urib, ko'rsatkich barmoqda kichik kesilgan joyni qayta va qayta bezovta qiladi. Taehyung kasbi bois, insonlarning qayg‘uga bergan turfa xil reaksiyalarini ko‘p bora kuzatgan. Kimdir bu yuk ostida butunlay qulab tushadi, boshqalar esa his-tuyg‘ularini tashqariga portlatib chiqarishga urinadi — ba’zan bu qichqiriq, yig‘i, mushtlar, hatto o‘ldirishgacha boradi. Qayg‘u — shunday bir tuyg‘uki, u hech qachon bir xil aks etmaydi. Har bir inson unga o‘z ruhiy arxitekturasi, ichki dunyosi orqali javob qaytaradi. Lekin eng ko‘p aziyat chekadiganlar — hech nima bo‘lmagandek yurishga urinadiganlar. Har kuni bir xil yuz ifodasi bilan, sokin, sokinlikdan ham sokin qadam tashlaydiganlar. Garchi yuraklari ichida qon yig‘layotgan bo‘lsa-da, yuzlarida soya yo‘q. Agar ular psixopat bo‘lmasa yoki empatiya tuyg‘usidan butkul ayrilmagan bo‘lsa, bu holat normal emas. Yujin esa, har qancha o‘zini tutmasin, hech qachon hissiz inson bo‘lmagan. Demak, hozirda u o‘zining so‘nggi ichki istehkomini shu qonli tirnoqlari bilan o‘z qo‘li bilan qulatmoqda. Xuddi har bir tirnoq bilan o‘ziga bir bo‘lak hayotini ko‘mib borayotgandek.
Shifokor o'z dialogini tugatgandan so'ng Jungkookni ko'rish uchun ruxsat berdi, faqatgina shisha oyna ortidan. Yujin akasining xonasi yo'nalishi tomon bordi, lekin uning tanasi silkinayotgan ko'yi oyoqlar qotib qoldi. Yiqilib ketishidan avval Taehyung uni qo'li yuqorisidan ushlab, qolgani bilan atrofidan o'radi.
- men yaxshiman - past va sust ovozda dedi Yujin.
O'zini tutib olgandan song Taehyung undan qo'llarini oldi. Xozir u istaydigan so'nggi narsa bu Yujinga teginish yoki yaqinida bo'lish. Lekin xozir u ko'z quloq bo'linishi kerak bo'lgan holatda. Jungkook uning shunchaki akasi emas dunyosi... edi. U uning otasi, onasi hatto yaqin do'sti ham va shuning uchun u xozir yaxshi ekanligiga Taehyung bir soniya ham ishonmaydi. Kuchsiz qadamlar bilan ichkarilagan qiz, oyna qarshisida to'xtadi. Butunlay. U hatto kiprik ham qoqmayabti, yoki nafas ham olmayabdi. Jungkookning qo'li gipsda, ko'kragi esa butunlay bint bilan o'ralgan, lekin eng yomoni bu emas. Eng og'rig'i yuzini va chakkalarini qoplab olgan ko'k, binafsha va pushti rangli ko'karishlar. Oq choyshablar va bintlar orasida bu manzara yanada dahshatli ko'rinmoqda.
- aka...- Yujin iyagi qimirlagancha shivirlarkan, ikki qo'li shishaga urildi, - o'rningizdan turing. Siz menga biz ertaga birga tushlik qilamiz degandingiz. Men hatto bu kun uchun kiyim ham tanlab bo'ldim, bu ko'p vaqtimni oldi. Shuning uchun meni shunchaki tashlab ketolmaysiz.
Taehyung uni bezovta qilmaslik uchun ortga qadam tashladi. Lekin hali hamon barchasini eshitib turibdi. Undagi titroq , berkingan umidzsik va ularning ortidagi inkor. Barchasini.
- aka... o'zingizni uxlaganday ko'rsatishni bas qiling. Siz erta turadigan odamsiz. Ko'p uxlashni yoqtirmaysiz, - uning turnoqlari shishaga botirildi, - aka... siz meni yolg'iz tashlab ketmaslikka va'da bergandingiz. Siz u emasligingizni aytgandingiz, esingizdami? Siz oyim kabi ma'suliyatsiz emassiz, u kabi yovuz emassiz yoki u kabi yuraksiz emassiz. Siz...siz mening akamsiz. Mening yaqin do'stim va hamma narsam. Yaqin do'stlar ogohlantirmasdan uxlab qolmaydi, shuning uchun uyg'oning! Uyg'oning aka!
Uning mushtlari oynaga zarb bilan urildiki, o'z yelkalari ham qimirlab ketdi. Uning ovozi tobira sustlashib, yo'qolib bormoqda. Har bir Jungkookni chaqirsh va mushtlashda rad etilish aniq turibdi. Taehyung yurgancha unga yaqin keldi va qo'lini cho'zdi, ammo to'xtash. U Yujinga tegishi mumkin emas. Xech qanday sabablarsiz. Lekin agar u xozir Yujinni to'xtatmasa u qo'llarini sindiradi yoki xech kim topa olmaydigan bo'shliqqa g'oyib bo'ladi. Mana shu holat doim u qattiq hayajonda bo'lsa sodir bo'ladi. U berkinadi. U buni juda yaxshi bajarganidan, uni qayta topa oluvchi yagona shaxs bu uni o'zi bo'ladi. Lekin xozir bularni o'ylashga yo'l qo'ymagan Taehyung qizning yelkasidan ushladi.
- men yaxshiman. Qo'yib yubor, - u yelkalarini aylantirgancha erkakning qo'lini silkitishga urindi, lekin qo'llar tutqichi qattiqlashdi.
- seni akang komada. Sen yaxshi bo'lishing mumkin emas
- u komada emas. U uyg'onadi, - u kaftlarini yana shishaga urdi, - uyg'oning aka. Bu yo'lg'on. Uyg'oning.
U qo‘llarini o‘ynatib, o‘zini yo‘qotishni boshladi va Taehyung unda asta-sekin paydo bo‘layotgan vahima xurujining belgilarini ko'rdi. Nafas olishining qisqaligi, peshonasidagi mayda ter tomchilari, lablarining titrashi — bularning bari yaqqol. Balki u o‘zi ham anglamayapti, lekin ruhiyati chandon tig‘ yoqasida turibdi.
Taehyung uning boshqa yelkasidan ham ushlagancha o'zi tomonga qo'pollik bilan aylantirdi.
Qiz bir titrab qo'ydi, ovoz go'yo tanasiga singin kirgan kabi. Taehyungning ohangi xozir bunday baland bo'lmasligi kerak edi, lekin ish berdi.
Uning qo'llari ikki tomonga tushdi, lekin titroq haliham to'xtamadi. Kuchaydi hatto. Oldingidan bilinadigan tarzda. U Taehyungga pastdan tikilmoqda - o'sha sehrli ko'zlari bilan. Hozir ular o'zidagi qora ohangini biroz yo'qotgan. Va biroz hiralashgan. Ichkaridan chiqmoqchi bo'layotgan jigarrangni bo'gib, yashashga yo'l qo'ymayotgan kabi.
"Jin ursin uning menga qarashini. Go‘yoki men barcha javoblar va yechimlarga ega shaxsman. Go‘yoki hammasini to‘g‘rilay oladigan yagona odamman. Men Yujinning menga boquvchi nigohlarini doim yoqtirmaganman. To‘g‘rilash kerak: bu nigohdan men nafratlanaman — ayniqsa, u o‘zining o‘n sakkizinchi tug‘ilgan kunida oramizdagi g‘isht devorini parchalagandan beri. Chunki u ko‘rayotgan “shaxs" aslida — niqobdagi iblis"
- bu haqiqat emas. Menga buni haqiqat emasligini ayting , Taehyung
Taehyung unga doimgi kabi aka qo'shimchasi bilan murojat qilmasligini tanbehini berishi kerak edi. Lekin xozir buning na vaqti va na joyi.
- rad etish bunga yordam qilmaydi. Buni qancha tez qabul qilsang, shuncha tez o'rganasan
- yo'q, - u tishlari orasidan shivirladi, - yo'q...
- buni qo'yib yubor, Yujin - Taehyung o'z ohangini iloji boricha yumshatishga harakat qildi, lekin bu hanuz biz buyruq kabi yangradi.
U boshini qimirlatdi. U yumshoq, yengil edi. Xuddi Taehyungning tutqichi ostida turgan kabi.
"Men hozirgacha Yujinning menga nisnatan qanchalik kichik ekaniga e'tibor qilmaganman. Qanchalik nozik. Aslida bir marotaba bu sodir bo'lgandi. U tanasi bilan birga lablarini menga bosganida. Lekin men xozir bular haqida o'ylashim kerak emas. U qanchalik ojizligi to'g'risida yoki mening deyarli quchog'imda qanday turgani haqida o'ylamasligim kerak, yana uning qarshisida"
Taehyungning jag'lari biroz qattiqlasharkan, qo'llarini uning yelkasidan bo'shatgancha o'girilib keta boshladi. U Yujinning kelasi xarakatlariga tayyor emasdi. Butunlay va mutlaqo. Xuddi ikki yil avvalgi kabi.