WISH
"Men ortiq nafas olayapman deb o'ylamayman"
Tez tez nafas olayotgan qizning tomog'i shu qadar qurib ketganki, go'yo u sahroda qolib ketgandek. Yutinish.. Keyingi chuqur nafas. Ammo baribir qizning hushi joyiga kelmadi. Tae o'zining kuchli so'zlari bilan tortib olgan hushini.
- nega men qo'rqishim kerak? - qiz shunchaki o'zini ushlay olmaydi, balki sababini bilish uning yaqinida turishdagi haq sifatida olingan havoni qaytarib berar.
Qizning boshi oldida, Tae mashina ustiga urgandan baland ovoz chiqib, qizni seskanib, joyida muzlatib qo'yishga sabab bo'ldi. Holatga yana erkakning jag'i qattiq qisilishi va ko'zlari qorayib, qizga xuddi xanjar kabi qadalishi ham qo'shildi.
- men aytgan gaplarimni eshitdingmi o'zi?
- ha va shu uchun so'radim. Nega qo'rqishim kerak?
Erkakning qo'li qiz tomon keldi, aniqrog'i, qizga emas, sochiga. Yigirma yildan beri Yujinga yopishib olgan o'sha qaysar, qoramtir tolaga. Qancha harakat qilmasin, qiz uni boshqara olmaydi.
Xozir esa o'sha tolani Tae ushlab turibdi. Yujinning tomog'iga birnima tiqildi so'ngra g'alati his lablarida paydo bo'ldi go'yo ular o'sha tolaga hasad qilayotgandek. Albatta buni xech qachon tan olishmaydi. Go'yo o'sha tola erkakni ko'zlaridagi butun diqqatni o'g'irlab olgan. Ammo bu hasad uzoq davom etmadi, chunki u tolani hissiyotsiz qizning qulog'i ortiga o'tkazdi. Yuzidagi sovuq niqob hanuz joyida. Jag‘i hanuz tarang. Bo‘ynidagi tomirlar esa hanuz qotib, qattiqlashib turibdi.
- qo‘rqishing kerak, chunki.. — deya bosh barmog‘ini qulog‘i orqasidan tomog‘idagi bo‘shliq bo‘ylab sirg‘alib, hozir qizni ich-ichidan parchalab yuborayotgan telba yurak urishi ustiga kelib to'xtatdi, - agar o‘zingni ko‘z-ko‘z qilishni bas qilmasang, agar meni qo‘zg‘atishda davom etsang va o‘z chegarangda qolmasang, men harakatga o'tishdan o'zimni to'xtatmayman. Seni shunchalik tez yutib yuboramanki, na sen qolasan, na kinoyalaring va na soddadil yuraging. Oynaga qaragancha boshqa o‘zingni tanimay qolasan. Bu mening oxirgi ogohlantirishim va senga beradigan yagona imkonim. Shu yerda to‘xta, Yujin. Sen nimaga o'ralashib qolayotganingni mutlaqo bilmaysan. Shuning uchun kollejga qayt. Xavfsiz yigitlaringga, vanilli sutlar va zerikarli, kichik hayotingga.
"Yurak inson tanasidan chiqib ketsa ham urib turishining iloji bormi? Chunki u aytayotgan har bir so'zda yuragim tanamni tark etayotganday his vujudimga tarqagan. Men chindan ham unga quloq solishim kerak. U juda ham daxshatli ko'rinmoqda va u xozirgi kayfiyatida aytayotgan gaplarini harakatda qo'llasa , buni ko'tara olishimga ishonchim komil emas. Lekin agar buni o'z ko'zlarim bilan ko'rmasam, menga qanday foyda bor? Shuning uchun yuragim xuddi xuruj qilayotgandek bo‘lsa ham, hanuz to‘g‘ri nafas ololmayotgan bo‘lsam ham to'xtay olmayman"
- lekin men havfsiz va zerikarli hayotni istamayman.
"Men seni istayman"
Yujin buni deyarli aytib yuborgandi. Deyarli.. lekin erkakning keyingi so'zlari undagi barcha havoni urib chiqardi.
- sen endi chindan ham tamomsan, babygirl.
"Otam “sendagi miya poezdga o‘xshaydi” deganida, bu mening poezdlarni qanchalik yoqtirishimga umuman aloqasi yo‘q edi. Mening poezd miyam ortga qaytmaydi. Hech qachon. U oldinga harakatlana boshladimi, shunchaki davom etadi. Afsus ham ortga yo‘l ham yo‘q. Va men aytganimni yoki qilganimni xech qachon qaytarib olmayman. Shuning uchun hozir menda poezdga o‘xshash hayot bor: faqat ishni bitirishga, keyingisiga o‘tishga, undan keyingisiga… va yana davom etishga qaratilgan. Mening poezd-miyam shunday ishlaydi.
Oldinga.
Tashqariga.
Ichkarida hech narsa saqlanmaydi. Aks holda, u chiriydi va qulashimga sabab bo'lishi mumkin. Hozir ham bundan farqi yo‘q. Hozirgi va o‘tmish , kelajak uchun atigi bir qadam. Bir to‘xtash va bir bekat. Ular e’tiborimni qaratishim kerak bo‘lgan narsa emas. Va men, albatta, uning la’nati so‘zlari haqida o‘ylamasligim kerak edi. U aytmasligi kerak bo‘lgan so‘zlar haqida. Men eshitishni istaydigan o‘sha maftunkor ovozda. Menga buzuq, yaramas gaplarni aytishini xohlaydigan ovozda."
"men havfsiz va zerikarli hayotni istamayman."
Bu hammasini boshlagan narsa edi. Aynan shu ularni hozirgi lahzaga olib keldi , Yujin unga xuddi sevimli ertagidagi katta, yovuz bo‘ri qarshisida turgandek tikilib turibdi. Ilgari u bundan qo‘rqardi, lekin baribir o‘sha hikoyani qayta-qayta eshitishni xohlardi, chunki Yujin shunday. Oddiy odamlar kabi qochib ketish o‘rniga, u o‘zini qo‘rqitadigan narsaning ro‘parasida turadi va unga yoki unga o‘xshagan kishiga o‘sha yopiq jigarrang ko‘zlari bilan qaraydi.
- Men ularni shu holga keltirgan sababni ko'rishni xohlayman. Har kimning o‘z xaqiqati bor, to‘g‘rimi?
Va endi uning nigohi erkakga qadalgan. U aniq Taedan qo‘rqadi yoki hech bo‘lmaganda undan cho‘chiydi. Shunday bo‘lsa-da, baribir ixtiyoriy ravishda erkakning vayronkor yo‘lida turibdi. Tae uni uyga olib ketayotganida ham qiz sinchkov nigohlarini undan uzmadi. Qiziquvchan ko‘zlari tinimsiz kuzatdi, o‘rgandi, go‘yo qandaydir ishora, nimanidir kutayotgandek. La'nati, Aniq nima ekanligini erkak ham tushunmaydi.
Hozir ular Jungkookning uyi oldida. Kelishuvga ko‘ra, bu yerga Taehyung ko‘chib o‘tadi. Faqat uy haqida qayg'urgani uchun emas, balki sodir bo‘lgan hamma narsadan keyin Yujinni yolg‘iz qoldirishni ham istamaydi. Ammo bu tafsilotni qiz bilmadi. Va hech qachon bilmaydi ham.
Qoshlari biroz yeg'ilgan Yujin, erkakga o'girildi.
- kecha tunda uxlamaganimni qayerdan bildingiz? Oynaga ham qaradim, ko'zlarim ostida qorayish ham yo'q-ku.
Iyagi bilan qizning qo'llariga ishora qilgan Tae, yon tomonida jim turgan bo'lsa ham, yengilgina qaltirayotgan qo'llarini ko'rdi.
"U qo‘llarini ko‘tarib, quyosh nurida ularga tikildi, lablari biroz ochilgan. Va shu onda o'sha biroz ochiq lablariga barmoqlarimni suqib, og'zini ochish va ularni so'rishga buyruq berish istagi hayolimga o'rnashdi. Mushtlarim qattiq siqildi.. La'nati nima haqida o'ylayabman o'zi? Jungkookning uyida? Uning singlisi haqida? Bu la’nati so‘zlar tufayli. Yujin ularni aytmasligi kerak edi. U xavfsiz va zerikarli hayotni xohlamasligini tan olmasligi kerak edi. U kabi qizlar xohlashi kerak bo'lgan narsa aslida shu.
Xavfsiz va zerikarli, jin ursin. Bu avvaldan bor bo'lgan, natijasi ma’lum bo‘lgan narsa. Ammo butun hozirgi yangi holat , avvaldan mavjud emas."
- buni bilmagandim, - uning qo'llari pastga tushdi, - qanday qilib men o'zim ham sezmagan narsani sezdingiz?
- chunki bu holatni ancha vaqtdan buyon qilyapsan, - yolg'on. Buni yaxshilab tikilmaguncha inson ko'ra olishi mumkin emas.
Boshini biroz qimirlatgan erkak boshqa so'z demadi. Yujin unga tikilishda davom etdi, go'yo uning gapirishini kutayotgandek. Shunda ham sukut saqlangach, qiz kaftlarini o'z shimiga artdi.
- endi nima bo'ladi? - dedi u yana o‘sha ohangda, la’nati yorqin va qiziqish bilan to‘la ohangda.
- endi sen uxlab olasan, men esa firmaga qaytaman.
- keyin esa uyg’onasan va nimadir yeysan. Aslida.. hoziroq shunday qil, uxlamasdan avval ovqatlan.
- juda ko‘p buyruq berasiz, bilasizmi?
- va sen ham juda ko‘p gap qaytarasan.
- chunki siz juda qat’iysiz. Kimdir biroz kayfiyatni ko'tarishi kerak.
- bu hazil bo‘lishi kerakmidi?
- unda meni kulayotganimni ko‘ryapsanmi?
U qo‘lini e’tiborsiz havoda qimirlatdi
- Men sizni hech qachon kulayotganingizni ko‘rmaganman, Tae. Muammo menda emas, sizning o‘zingizda. Nima bo'lganda ham, uyg‘onib biror nima yedim va akamni ham ziyorat qilib bo'ldim va siz ham ishxonadan qaytdingiz deylik, keyin nima bo‘ladi?
- nima bo'ladi deb o'ylaysan? - o'zini ingichka muz ustida yurayotgandek his etgancha dedi Taehyung. Lekin qizning ko‘zlaridagi qorong'u qismidan porlayotgan yorug‘likni, o'yinqaroqlik ohangini inkor etaolmaydi. Ammo u ham baland ovozda yutinib qo'ygancha yo'qoldi.
- bu hech narsa bo‘lmaydi degani.
- lekin siz men tamom bo'lganim haqida birnima dedingiz. Men buni eshitdim. Va boshqa narsani ham eshitdim.
U pastki labini shunchalik qattiq tishlaganidan qon chiqmagani hayratlanarli, - o'zingiz bilasiz.
- Ko‘ryapsanmi. Shuning uchun senga xavfsiz va zerikarli hayotingga qayt dedim.
- Men buni istamasligimni aytdim. Agar buni xohlaganimda , ikki yil oldin sizdan bo'sa olmasdim.
"Gap bunga taqalarkan, uning lablari menikiga bosilgandagi xotiralar qaytdi. Bular bir qancha xira voqealar, xuddi tanasi mening tanamga tegib, ifori ruhimga o'rnashib olgani kabi. Men aslida o‘pishishni ham yoqtirmayman, lekin hozir uning la'nati lablaridan ko'zlarimni uzolmay qoldim. Aynan shu lablar boshlashi kerak bo'lmagan narsalarni boshlagan."
- bu faxrlanadigan narsa emas, Yujin.
- bilaman. Sizni o‘zimga qattiqroq tortib, itarib yubora olmasligingizni oldini olishim kerak edi. Lekin siz kuchlisiz. Men sizni akam bilan shug'ullanishingizni ko'rganman, shuning uchun qanday bo‘lmasin, menda xech qancha imkoniyat yo'qligini bilardim.
Jag'i va ko'kragining yuqori qismlari taranglasharkan, Yujinning og'zidan chiqqan xar bir so'z tegishi kerak bo'lmagan joylarga pichoq sanchayotgan kabi edi.
- birinchi marotaba to'gri gapirding
- imkoning bo‘lmasligi haqidagi qismi. Bo‘lmagan. Hozir ham yo‘q. Shuning uchun olov bilan o‘ynashishni bas qil.
Erkak unga yirtqichdek, atayin shoshilmasdan yaqinlashishni boshladi. Avvaliga u joyida turib, doim o'zgarib turadigan o'sha ko'zlari bilan tikilib turdi. Taehyung qanchalik uzoq tikilsa, shunchalik tortilish paydo bo'lmoqda. Bu la'nati sehrdan qochishning umuman iloji yo'q.
U yetib oladigan masofaga kelganida, Yujin bir qadam ortga tashladi, bir oyog'i ikkinchisini ortida, Taening qadamiga moslashgan, lekin yetarlicha tez emas. Chunki erkak uni tirsagidan ushlab o'ziga tortdi.
Qiz to'g'ri uning ko'ksiga urildi. To'liq tana bilan, uning yumshoq tana chiziqlari Taehyungnikiga moslashgan, sonlari unikiga tegib, boshi esa ko'ylagida.
Va go'yo tanadagi suyakni yorib chiqmoqchiday urayotgan yurak Taenikimi yoki qizniki?
Yujin unga xuddi bir xil urish, tortilish, tortib olish ritmini eshitayotgandek lablari ochiq xolatda qaramoqda. Yuzidagi qizarish tomoq chuqurligiga va quloq atrofiga tarqalgan.
"Va o'zimni tutib turolmaganimdan, uning iyagini bosh barmog‘im va ko‘rsatkich barmog‘im bilan ko‘tardim. Sababi, uning sehrli ko‘zlarini, ularning o‘zgarishini, ulardagi tuyg‘ular aralashmasini tomosha qilmoqchi edim. Balki , unga tegishni istaganim uchun ham qildim. Qo‘limni unga tekkazish. U yoqimli va kichik, shuningdek bu menga la’nati ta'sir qiladi. Bunday bo'lmasligi kerak edi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Lekin jin ursin, men buni hozir tushunolmayapman. Chunki mana shu, aynan shu lahza, xech qanday sababsiz men uzoq vaqtdan beri boshdan kechirgan eng haqiqiy narsa kabi tuyilmoqda. Ammo keyin bir narsa sodir bo‘ldi. Uning butun tanasi titradi. Bu insomnianing yana bir ta'sirlardan biri emas; bu zo‘ravon bir titroq, go‘yo u portlamoqchi bo‘lgandek. Uning iyagi ham titradi, xuddi qo‘rqgandek. Xuddi u yashirinmoqchi bo‘lgandek. Men nima qilayapman, jin ursin? Uni qo‘yib yurbordim va ortga qadam tashladim. Uni tark etishim kerak, aks holda keyin afsuslanadigan ish qilaman. Yana Jungkookning o'z uyi oldida."
Ikki hafta o‘tib, Yujinni yana haqiqat bag‘riga majburan qaytarishdi. Akasi baxtsiz hodisaga uchragan paytda shunchalik mahkam yopishib olgan umidini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Chunki haqiqat shuki, u uyg‘onmayapti va ehtimol, hech qachon uyg‘onmaydi. Shifokor u qanchalik uzoq komada qolsa, undan chiqib ketish ehtimoli shunchalik kamayishini aytdi.
Va qiz har kuni uning oldiga kelayotgan bo‘lsa ham, kasalxona karovati ustida osilib turgan va tark etishni istamayotgan g‘amgin bulutni his qiladi. Qancha gapirmasin, o‘qib bermasin, akasi endi u yerda emasdek tuyulmoqda.
Bu haqda o‘ylash juda og‘riqli bo‘lgani uchun, Yujin yozgi ta’til oldidan o‘zini darslar bilan chalg‘itdi. Va tozalash bilan. Xavotir yoki stress bosganda u takrorlaydigan ishlardan biri.
Xayolida esa ongini tozalaydi. Bu ish beradimi? Bir muddatga, balki. Ammo uzoq muddatga emas. Chunki muammolar yechimlardan ancha og‘ir. Qiz bularning barchasiga bardosh bera olaman deb o'ylagandi. Ammo balki bu uni ich-ichidan yemirayotgandir.
Akasi bilan bog‘liq o‘sha O' - so‘zi haqida o‘ylash qizni shkaf ichida turgan joyida beixtiyor titratib yuboradi.
Shuning uchun u chalg‘ishi kerak. Yozgi ta’til rasman boshlandi, agar o‘zini band qilmasa, aqldan ozishi mumkin. Shkafida yashaydi, uylarni tozalaydi, muzqaymoq yeydi, to qaysidir biri inqirozga uchramagunicha.
Ruhiy buzilish. Qulash. Yoki oxiri qulash bilan tugaydigan boshqa bir narsa.
Susan esa ortga chekinayotgani yo‘q. Bir qarich ham emas. U hanuz o‘ngdan‑chapdan da’volar yog‘diryapti, uy erining mulki bo‘lgan, demak unga tegishli bo‘lishi kerak, ammo go‘yoki akasi uni “o‘g‘irlab olgan”, deb da’vo qilmoqda.
Qiz aralashishga harakat qilganiga qaramay, Tae bu borada unga deyarli hech qanday yangilik bermaydi.
- Hammasini o‘zim hal qilaman, - bu uning har safar nimanidir so‘rasa aytadigan imzo kabi javobi.
"U huquqiy tomonini, firmadagi ishlarni, akamning kasalxonadagi jarayonlarini hammasini o‘z zimmasiga olgan. Hammasini.
Faqat meni emas, albatta. Turmush qurganimizdan beri u menga tegmadi. Hatto qo‘lining, barmoqlarining eng yengil tegishi ham bo‘lmadi. Go‘yo ikki yil avvalgidek hammasi qayta boshlangan. U qachon mendan uzoqlashayotganini sezaman. U faqat zarurat bo‘lgandagina gapiradi, qisqa so‘zlar bilan va yonimda uzoq qolmaydi. U bir uyda yashab turib ham, xonamdan jismonan, imkon qadar uzoq bo‘lgan pastki qavatdagi mehmonlar uchun xonani tanladi. Ammo bu safar boshqacha. Men uni o‘pmadim. Hech narsa qilmadim, aslida. Aksincha, menga tekkan ham, o'sha la'nati olovni menga tashlagan ham, men chinakamiga tamom bo'lganimni aytgan ham va meni doimgidan farq qiluvchi nom bilan chaqirgan ham o'zi edi. Keyin u shunchaki yana o‘zining ishga mukkasidan ketgan hayotiga qaytdi va meni shubhalar bilan yolg‘iz qoldirdi — balki men aqldan ozayotgandirman, balki to‘y kuni his qilganim o‘sha taranglik aslida bo‘lmagandir. Balki haddan tashqari uyqusiz bo‘lganim uchun to‘g‘ri fikrlay olmagandirman. Balki dorilar meni telbaga aylantirgandir."
Va yana bo'shliq uning miyasini ich-ichini sekin taqillatin borayotgandek.
Yujin chekkada bo'la olmaydi. Chunki barcha falokatlar aynan o'sha joydan boshlanadi. Uyqusizlik, tushkun fikrlar va daftaridagi har bir salbiy so‘z kabi.
Shuning uchun u bu yerga, ya'ni "Jeon & Kim" yuridik firmasiga keldi.
Nima bo'lsa ham, u bu binoga ilgari son‑sanoqsiz marta kirgan, lekin bino hech qachon hozirgidek ulkan va qo‘rqinchli tuyulmagan. Ehtimol, yangi arizachilar uzun yo‘laklardan o‘tib, minoralarga olib chiqadigan liftga chiqqanida o‘zlarini xuddi shunday his qilishsa kerak.
Oppoq yaltiroq pol va devorlar, dog‘siz oynali eshik va derazalar bu joyga toza, ishchan qiyofa beradi. Bu ishonch uyg‘otish uchun ishlatiladigan psixologik usul. Agar u mijoz bo‘lib bu yerga kirganida, ichida bir ishonch paydo bo‘lardi.
Ammo u mijoz emas. Va hozir tomirlariga oqib kirayotgan narsalar orasida ishonch eng oxirgisi.
Oynali eshiklardan birida aksini ko‘rib qoldi va oyoqlari bir zumga to‘xtab qolgandek bo‘ldi. Ustida qora qalam shaklidagi yubka va oq ko‘ylak. Qora tusli sochlari tepaga yig‘ilgan, yuzidagi bo'yoqlar esa yengil. Va muhitga mos tushadigan eng sodda juft oq krasovkalar.
Va qo‘lida "pora" solingan quti ham bor.
"Gap shundaki, Tae bugun bu yerga kelishimni bilmaydi. Va ehtimol, jahli chiqadi. Lekin nima bo‘pti, u baribir doim qandaydir tarzda jahli chiqqan bo‘ladi. Umid qilamanki, bu yerga kelishimdan ko‘zlagan narsamga erishgunimcha, meni quvib chiqarishga kech bo‘ladi. Chunki u yaramas. Bir necha kun oldin undan yozgi ta’tilga firma ichida amaliyot o‘tashimga ruxsat berishini so‘ragandim, u esa mutlaqo rad etdi. Sababini so‘raganimda esa meni butunlay e’tiborsiz qoldirdi.
Eshshak.
Shuning uchun endi ishni o‘z qo‘limga olyapman.."
- Buni uddalaysan, - deya pichirlagan qiz yo'lak bo'ylab, kichik yordamchilar hamda stajyorlarning ish stollari joylashgan ochiq maydonga qadam tashladi.
Ammo qiz ularni izlayotgani yo‘q. Ular juda mayda baliqlar, million yil o‘tsa ham Taega qarshi chiqishga jur’at eta olishmaydi.
Yujin izlayotganlar esa dam olish hududida o‘tirib, qahva ichib, o‘zaro gaplashib o‘tirishibdi. Sheriklar. Ular Taega qarshi chiqib ham ishini yo‘qotmaslikka yetarlicha qudratga ega. Hech bo‘lmaganda, shunday bo‘lishiga Yujin umid qiladi.
Ularning biri, Martin.
Ammo u korporativ huquq bilan shug‘ullanadi va bu qizga unchalik yoqmaydi. Shuning uchun u ko‘proq qolgan ikkitasiga qiziqadi. Jimin va Yoongi. Mos ravishda jinoyat huquqi va xalqaro huquq. Ikkalasini ham obro‘lari juda baland va rasman tasdiqlangan "playboy" yigitlar.
Uchovlari o‘tirgan tomonga ko‘zga tashlanmaslikka harakat qilib yurdi . Ular odatda aynan shu paytda qahva tanaffusini qilishadi, Tae esa ertalab ma’muriy yig‘ilishlarda bo‘ladi , shuning uchun Yujin kelish uchun bu vaqtni tanladi.
- Hayrli kun! - haddan tashqari quvnoq ohangda aytilgan ohang uch juft ko'zni o'ziga qaratdi. Martin jilmayadi, Yoongi ham. Unda Martin kollej paytidagi jozibaga o‘xshash bir nimasi bor, Taening jiyani hozir biroz jiddiyroq, xolos.
Yoongi modelga o‘xshash chiroyga ega: teshib yuboradigandek to'q rang ko‘zlar, och rang sochlar va chiniqqan qomat. Shu sababli jurnallar uni muqovalariga qo‘yishni yaxshi ko‘rishadi. Bunga uning huquqiy doiralardagi ayyorligi ham sabab.
- Yujin! Bizga yana o‘sha kapkeyklaringdan olib keldingmi?
- sen haqiqiy qo'g'irchoqsan - Yoongi qutini olib ochdi, lekin yeyishdan oldin bir zum to‘xtab qoldi, - Jungkook uchun uzr. Bu oson bo‘lmasa kerak.
- men yaxshiman, - mutlaqo. Go‘yoki ruhiy jihatdan qulash yoqasida turgani yo'qdek.
"Lekin men har doim shunday deb o‘ylaganman. “Yaxshiman” deyish, hatto unday bo‘lmasam ham, ishlaydi. Hech bo‘lmaganda odamlar meni tinch qo‘yishadi va ularning achinishiga mavzu bo‘lib qolmayman."
- bu yerda nima qilyapsan? - deb so‘raydi Martin, - Tae uchunmi?
- unda-chi? — finjon chetidan menga tikilib so‘radi Jimin. Bu uning ko‘plab xavfli jinoyatchilar bilan ishlashi bilan bog‘liqmi yo‘qmi, lekin nigohi shunaqaki, eng katta gunohkorni ham yuragidagi eng chuqur, eng qorong‘i sirlarini tan olishga majbur qilishi mumkin. Bu esa uning "Shaxzodalarga xos uslub" qiyofasiga mutlaqo zid. Ammo Yujinning akasi har doim aytardi, Jimin hech qachon shahzoda tipida bo‘lmagan. U shunchaki shunday taassurot uyg‘otadi, xolos.
- men bu yoz shu yerda amaliyot qilmoqchiman.
Qisqa sukut cho‘kdi. Yujin uni biror gap bilan buzib yuborgisk keldi, lekin o‘zini tiyib turibdi. Bu professional muhit bunday qilib bo'lmaydi. Bu erkaklar endi akasining oddiy hamkasblari emas. Ular qiz yaxshi taassurot qoldirishi kerak bo‘lgan advokatlar.
- Tae nima dedi? - deb so'radi Martin.
Martin ularga to‘y haqida aytmagani aniq. Lekin u biladi. Va bu degani, u baribir har safar gapni Taega qaytaradi. Axir Tae uning amakisi.
- u bilmaydi, - degancha bir zum to'xtadi, - texnik jihatdan u rad etdi.
- texnik jihatdan? - Yoongi jilmaydi va yonoqlarida chiroyli chuqurchalar paydo bo‘ldi, - batafsilroq aytchi
- Tae meni amaliyot qilishim kerak emas deb hisoblaydi, lekin bu mantiqsiz-ku, to‘g‘rimi? Men huquqshunoslikka tayyorlov yo‘nalishida o‘qiyapman va huquq maktabiga topshirish uchun tajriba kerak. Yoz bo‘yi shunchaki hech narsa qilmay o‘tirolmayman.
- qila olasan, - bir dona kapkeykni olib, tishlamasdan barmoqlari orasida aylantirgancha dedi Jimin, - Men bilan Yoongi hech qanday huquqshunoslikka tayyorlov yo‘nalishida amaliyot qilmaganmiz, hozir esa juda yaxshi yuribmiz.
- chunki sizlar dahosizlar. Men esa yo‘q. Lekin men juda mehnatkashman, tez o‘rganaman va mutlaqo dangasa emasman, - biroz yolg'on, - shuning uchun har xil ishlarni uddalay olaman.
- yaxshi, - finjonini qizga qarata ko‘targancha Martin dedi, - shu tarzda davom et va bu ish berishi mumkin.
- bizni "Kim" shahzodamizga quloq soling, — dedi Jimin Martin haqida, - U yetarlicha kompaniyalar bilan ishlagan, marketing nima ekanini yaxshi biladi, - ular uni “shahzoda” deb atashadi, chunki Tae — uning amakisi. Va u esa.. qirol.
Ular Yujinni ilk bor uchratishganida “Jeon malikasi” deb atashgan, ammo u ukarga shunchaki Yujin ekanini aytgan. Ba’zan akasidek boshqa olamga mansub, buyuk bir insonning soyasida yashash qiyin bo‘ladi. Odamlar seni mustaqil shaxs sifatida emas, balki faqat uning davomi sifatida ko‘rishadi.
- demak, qabul qilindimmi? - umid bilan so'radi Yujin.
- Biz amaliyotchilarni shaxsan tasdiqlamaymiz, azizam, - uchinchi shirinlikni olgancha dedi Yoongi, - buni kadrlar bo‘limi hal qiladi, biz esa tanlaymiz xolos.
- men u bo'limga murojaat qila olmayman.
- Tae, shundaymi? - Martin darrov tushundi.
- ha, - qizning tirnoqlari bir biriga *xujum qilishni boshladi, - u buyrug‘iga qarshi chiqqanimni bilib qoladi. Ochig‘i, qabul qilinmagunimcha u bundan bexabar bo‘lgani ma’qul.
- buni aytib o'ytganingdan keyin, endi uning yuzidagi ifodani ko‘rishni xohlayapman, demak, buni albatta amalga oshirishimiz kerak, - Martin kulimsiradi.
- xoy , "Kim" shahzodasi, bu isyonmi? - Yoongi istehzoli jilmaydi.
- Ikkoving ham buni yoqtirasan
- men qonunga itoatkor fuqaroman, - shirinlikni yeyishda davom etgancha dedi Yoongi. - Ammo Jimin esa..
Jimin qahvasidan bir ho‘plam ichdi. Ko‘zlarida g‘alati yaltirash paydo bo‘ldi, - agar buni qilsak biroz xursandchilik ham bo'ladimi?
- bunga kafolat beraman, - qizga ma'noli nigohini tashladi, - ammo seni o‘zimga ololmayman, Yujin. Menda amaliyotchilar haddan tashqari ko‘p. Yoongi, senchi?
- afsus, menda ham joy yo‘q. Ammo Doonaning hozircha hech kim yo‘q.
- yo‘q… faqat u emas, - qizning lablari burishdi.
- u Taening do'sti va u akamni yoqtirmaydi, - Yujin Jimin tomonga bir qadam tashladi, - xozir menda faqat siz qoldingiz
- sen mendan Taega qarshi chiqishimni so‘rayapsan, Yujin. Bu esa juda yomon fikr.
- bilaman. Lekin men buni mehnatim bilan qoplayman. Jinoyat huquqi mening haqiqiy ishtiyoqim.
Yoongi boshini chayqab, kulimsiradi.
- sen uni eshitmayapsan, azizam, u bu yomon fikr dedi
Jimin o‘rnidan turdi. Yuqoridan unga boqib jilmayadi, ammo bu harakat bilan uning qiyofasi qattiqlashib, sovuqlashadi.
- sen bilmaydigan narsa shuki… men yomon fikrlarni yaxshi ko‘raman.
- demak, meni qabul qilasizmi?
"Men bosh irg‘ashini yoki “ha” degan javobni kutyapman, ichimda quvonchdan raqsga tushishga bir qadam qolgandi. Ammo Jimin jim bo‘lib qoldi va muhit bir zumda o‘zgardi. Avval yengil va sho‘x bo‘lgan havo endi bo‘g‘uvchi, nafasni siqadigan darajaga yetadi. Men bu holatni juda yaxshi taniyman. So‘nggi bir necha haftadan beri hayotim aynan shunday. Nafas olish majburiyatga aylangan, qolgan hamma narsa esa haddan tashqari tarang va bo‘g‘uvchi. Yuragim gumburlab urdi. Sekin orqamga o‘girilib, kunduzlarimni ham, tunlarimni ham azobga aylantirgan odamni ko‘rdim. Hozir bu yerda bo‘lishi kerak bo‘lmagan odamni.
U qo‘lini cho‘ntagiga solgancha biz tomonga yurib kelmoqda. Atrofdagilar nigohi avtomatik ravishda unga qaratiladi. Tae shunaqa - u e’tiborni o‘g‘irlaydi. U o‘g‘ri. Chunki u ko‘rinishi bilanoq, mendan nafasimni va nom qo‘yishga jur’at etolmaydigan yana nimanidir tortib oladi. Va hozir… hozir u mendan yana nimanidir tortib oladigandek tuyuldi. Men bermoqchi bo‘lmagan bir narsani. Shuning uchun bermayman. Chunki endi men hamma narsani o‘z qo‘limga olyapman."