WISH
Taehyungning jag'lari biroz qattiqlasharkan, qo'llarini uning yelkasidan bo'shatgancha o'girilib keta boshladi. U Yujinning kelasi xarakatlariga tayyor emasdi. Butunlay va mutlaqo. Xuddi ikki yil avvalgi kabi.
Taehyung tomonga deyarli otilgan qiz ikki qo'llarini uni belidan o'radi. Bu ham yetmagan kabi namlanishga ulgurgan yuzini uning ko'ksiga ko'mdi. Namlik ko'ylakda sezilgancha uning terisida ham his qilinishni boshladi. Go'yo erkakning terisidan ham o'tib tomirlarga singib kirmoqchiday. Agar Taehyungning jag'i biroz avval qattiqlashgan bo'lsa, xozir esa tishlarini bosib turganidan go'yo chiqib ketadiganday.
Tirnoqlarini charm kurtkaga botirgan qiz boshini qaysarlik bilan qimirlatdi. Ko'proq titrash , ko'proq ko'z yoshlar bilan.
- bir daqiqa...- erkakning ko'ksi ustida shivirladi qiz
- Yujin, - Taehyung qattiq va kuchli ohangda ogohlantirdi
- iltimos... Menda sizdan boshqa xech kim yo'q
Uning so'zlari Taehyungni bir zum to'xtatib qo'ydi. Qizni so'zlari ortidagi haqiqat 18 yoshdan beri qazib kelinayotgan kichik burchakka chuqur olib kirdi. Bu to'g'ri edi. Jungkook ketgandan so'ng unda Taehyungdan boshqa xech kim yo'q. Eshitgan so'zlarini qabul qilayotgan erkak, qo'ng'iroqdagi so'nggi so'zlarni qayta yodga oldi. Taehyungning Yujinga g'amxo'rlik qilishi to'g'risidagi vasiyat. Uning singlisiga. Taehyung uni o'zidan itarishi kerakligini majburan unutdi. Erkakning jimligini rozilik sifatida qabul qilgan qiz esa o'zini yengilroq qo'ydi. Tanasini yigitga yana ham botirish bilan yig'i orasida uning ko'ksidan nafas olmoqda. Va undan kelayotgan vanilla hidi esa Taehyungning suyaklarigacha yetib bordi. Uning ovozi juda ham past, kuchsiz va Yujin uning bu tomonini har kuni hammaga ham ko'rsatavermaydi. Ayniqsa Taehyungga.
"Men uni hafa bo'lishiga, ko'ksidagi ortiqcha yukni chiqarib tashlashiga qo'yib berdim. Chunki u bunday qilmasa portlashi aniq. Lekin men unga qarshi tegmadim, quchmadim va yo'q, taskin ham bermadim. Qo'llarim tanamning ikki yonida, tanam esa xuddi "yaqinlashma" deya qotib qolgandek. U buni sezmayabtimi yoki shunchaki e'tibor qilishni istamadimi bilmayman, chunki u meni qattiqroq quchdi. Bu qiz "shaxsiy chegaralar" degan so'zni mutlaqo tushunmaydi. Men boshimni biroz burgancha shisha orqali Jungkookning harakatsiz tanasiga tikilib chuqur xo'rsindim, lekin hatto bu ham uning past ovozdagi yig'isi bilan qorishib ketgan. Hammasi chalkashib ketgan, uning azobli ovozi, yumshoq tanasi va la'nati vanilla hidi. Lekn mening e'tiborim go'yoki o'lim to'shagida yotgan erkakda.
Aqlli bo'lgan bir inson sifatida sen, jin ursin, katta axmoqlik qilding, Jungkook. Uni xech qachon menga ishonib topshirishing kerak emas edi."
Yujin vanihoyat uxlab qoldi. Shuncha qiyinchilik va soatlab Jungkook qarshisida turgandang so'ng, o'z holatini ham ushlay olmasdan kutish yo'lagidagi stullardan biriga o'tirdi. Taehyung unga uyga ketishni aytgandan so'ng ham qat'iylik bilan bosh qimirlatgancha, oyoqlarini ko'ksiga yeg'ib olib ko'zlarini yumdi. Va shu sabab u xozir yeqilish arafasida. Barmoqlarini qizning peshonasiga tiragan erkak Yujin yerga yeqilmasligi uchun uni biroz ortga itardi. Bu shunchaki kichik teginish, birgina barmoq ammo shu ham erkakning terisida olov yoqmoqda va u olov butun tanaga tarqamoqda.
"Boshidanoq unga meni quchoqlashiga ruhsat berishim kerak emasdi. Yoki uni avvalroq o'zimdan uzoqlashtirishim kerak edi. Chunki xozir, birgina kichik teri bilan aloqa ham, u to'laqonli tanasi bilan mening ko'ksimga qarshi turganini qayta eslatmoqda. Uning menikiga nisbatan kichik bo'lgan yengil tanasini. Qo'llarim mushtga tugilgancha bundan qochish uchun ko'zlarimni yumdim. Foydasi yo'q. Ongim shunchaki qorong'ulikni ko'rsa ham meni o'rab olgan ifor, egasi kabi qaysarlik bilan turibdi. Hamma narsadan ham vanilla men uchun emas edi. Lekin shunga qaramasdan xozir u men nafas olishim mumkin bo'lgan yagona narsa"
Uni tushib ketmasligiga ishonch xosil qilgan erkak, uni qo'yib yubordi. Qiz yon tomoni bilan stulda joylashara ekan, oyoqlarini go'yo himoya sifatida quchib olgan.
- aka ...- uyqu aralash shivirlagan qizning yuzidan bir tomchi yosh oqdi.
Shuncha vaqtdan buyon yeg'lashiga qaramasdan hali hamon yosh tomchilari oqmoqda. Aslida ular tugab bo'lgan bo'lishi kerak edi, lekin qayg'u sirli ishlaydi. Balki u yig'lashdan xech qachon to'xtamas. Bu la'nati esa erkakning ichida chuqur izlar qoldirmoqda. Egnidagi charm kurtkani yechgan Taehyung, qizning ustiga tashladi. Bu shunchaki birgina yengil harakat bo'lishi kerak edi, lekin yana yo'nalish o'zgardi. Qizning qo'llari erkakning qo'lini ko'zlari haliham yopiq holatda qattiq ushlab oldi.
Kuchsiz shivirlash, balki yolvorish xuddi bir necha daqiqalar avvalgi kabi. Mana shuning uchun ham Taehyung Yujinni ko'rishni ismtamasdan ikki yildan buyon ko'rinmas bo'lishga harakat qilayotgandi. Endi u erkak tanigan begunoh qizaloq emas, garchi begunohlik halihamon shu yerda bo'lsa ham. Endi u akasini ranjitishini istamay, Taehyungdan biror narsalarni berkitishni iltimos qiladigan qiz emas. Bularning barchasi u o'zini bola kabi tutishni to'xtatgan kunda tugadi, xech bo'lmasa erkakga nisbatan. Bu jihatdan u Jungkookga o'xshaydi. U ham xuddi akasi kabi, istaganini olmaguncha to'xtamaydi. Taehyung uni qancha itarmasin u o'zini qayta tiklaydi va yana qaytib keladi.
"Agar men uni go'yo ko'rinmas qilib qo'ysam, u yana qaytadan buni bajaradi - oldingidan yorqinroq holda. Agar e'tiborsiz qoldirsam, u baribir o'zini bildirib turadi - kichik gavdasi, o'zining qora - jigarrang ko'zlari va o'sha la'nati vanilla ifori bilan."
Qo'lini tortib olgan erkak unga hali hamon tikilib turibdi. Qizning biroz tartibsiz sochi uning peshonasida qolgancha ko'zlariga yaqin holda yopishgan. Teginishi mumkin bo'lmasa ham qo'lini uzatgan erkak bir zum to'xtadi. Unga teginish bu huddi alangadan yurish kabi va Taehyung qanday yonishini yaxshi biladi. Va bir zumga, bularning ba'ri ahamiyatsiz bo'lib qoldi.
Taehyung xech qachon oqibatlarni o'ylamasdan ish qiluvchi shaxs emas edi. Ichidagi qaysidur tubdan bosh ko'tarmagan iblisga bo'syunmasligi kerak edi. Ammo u xozir taslim bo'lmoqda. Unga o'z harakatlarini boshqaruviga ruxsat bermoqda. Birgina teginish. Bir soniya –
Qo'lini ortga tortgan erkak ovoz sohibi bilan yuzlashish uchun ortga o'girildi. Doona. U Jungkookdan tashqari Taehyungning yagona do'sti. Firmadagi barcha uni erkakning yagona ishdagi sherigi sifatida bilishadi, chunki u ishni bajarish uchun noodatiy yo'llarni qo'llashdan cho'chimaydi. Taehyung undan biroz avvalgi bo'layotgan holatni to'xtatgani uchun minnatdor bo'lishi kerak edi, lekin uning tanasida butunlay boshqa tuyg'u girdikapalak kabi aylanmoqda.
Doonaning o'tkir jigarrang ko'zlari erkakdan Yujin tomonga bir muddat o'tib yana erkakga qaytdi.
Lablariga ko'rsatkich barmog'ini olib kelgan erkak unga ortidan kelishini ishora qilgancha yo'lak tomon bordi. Taehyung qizning qayta uyg'onishi va undan so'ng qayta sodir bo'lishi mumkin bo'lgan "ko'ngil erituvchi" holatga tayyor emas. Yetarlicha uzoqlashgandan so'ng erkak hozirgi bo'layotgan holat haqida qizga tushuntirishni boshladi. Devorga suyangan qiz qo'llarini oldidan chalishtirgancha uning gaplarini tinglamoqda. Undagi doimiy detallarga bo'lgan diqqatlilik shu yerda.
- demak, bu degani "Jeon & Kim" boshida faqatgina sen qolasan
Haqiqat. Taehyung realistligini hisobga olsa u hozir Jungkookni butunlay yo'qotish arafasida ekanligini yaxshi biladi. Lekin buni tan olish...o'ziga urilgan musht kabi.
- uning kichik malikasichi? - u odatda buni kinoyali ohangda aytgan bo'lardi, lekin xozir bu unday emas.
Doona xech qachon Jungkookning ustiga borishdan cho'chimagan - u har doim o'zining tim qora sochlariga yarasha fe'l atvori borligini isbotlab kelgan. Jungkook esa uni xech qachon yoqtirmagan , ayniqsa firmada katta hamkor maqomini olgani va uni ishdan hayday olmasligini bilgandan so'ng. Albatta, Taehyung bunga yo'l qo'yolmaydi. Doona firma uchun katta boylik, va Taehyung uni boshqa firmadan o‘g‘irlab olib, uni va Kingsley bilan yangi yo‘lga chiqishga ko‘ndirgandan beri — u erkakning hayotida mustahkam tayanch bo‘lib kelmoqda.
- unga nima qilibdi? - devorga suyangan erkak, oyoqlarini chalishtirdi.
- Jungkook ketgandan so'ng, u yolg'iz bo'ladi. Aniqki, uning o'gay onasi bunday vaziyatdan foydalanib, sudni davom ettirishi mumkin.
- biz Yujinni himoya qilamiz va hamma narsa hozirgidek qoladi
- hatto agar sen bu ishni shaxsan o‘z zimmangga olsang ham, Susan bu holatdan qo‘li bo‘sh chiqmaydi. Yujin o‘z merosi yoki ishonch fondiga yigirma bir yoshga to‘lmaguncha teginolmaydi. Bu degani — Susan uy va firmadagi ulushlarni talab qilishi uchun butun bir yil vaqti bor. U bunga asos topa oladi ham — chunki Jungkook otasining vasiyatnomasini bekor qilgan. U otasining pullarini "Jeon & Kim" firmasi kapitaliga sarflagani bois, Susan erining ulushlari uchun sudga murojaat qilishi mumkin — bu ulushlar Jungkookga meros bo‘lib o‘tgan edi. Bundan tashqari, u hali o‘z pullariga teginolmaydigan bir qizga qarshi kurashadi. Ha, sen aytmoqchi bo‘lishingdan oldin aytaman: biz sudda vaqtni cho‘zishimiz mumkin, lekin Susan va Jungkook o‘rtasidagi avvalgi barcha huquqiy janjallarni inobatga olsak, Yujinning hech qanday imkoniyati yo‘q. U akasining yuridik tajribasiga, qasoskor ruhiga yoki shafqatsizligiga ega emas. Susan uni tiriklayin yeb qo‘yadi.
Qarshi chiqishga urunsa ham Taehyung bunday qilolmadi. Sababi u ham Doonaning gaplari haqiqat ekanligini bilib turibdi.
- Susan firmadagi ulushlarga da'vo qilishi mumkin, Tae, - yana bir bor takrorlagan qiz, erkakning ko'zlariga qaragancha davom etdi, - Jungkook otasidan me'ros qilib olgan aynan o'sha ulushlar, vasiyatnoma sudda kuchga ega bo'lmagani uchun, ochiq o'lja kabi turibdi.
- la'nati, yo'q. U xech narsani ololmaydi.
- xuddi shunday. Shuning uchun ham sen ba'rini o'z qo'lingga olishing kerak, - qizning ko'zlarida biroz yarqirashni ko'rgan erkak bir zum to'xtadi.
- nimani maslahat bermoqchisan?
- yaqin kunlarda shifokor Jungkookning sog‘ligi tiklanishi ehtimoldan yiroq ekanini e’lon qilishi mumkin. Biz vasiyatnomasini rasmiylashtira olmaymiz, chunki u hali tirik. Ammo, xayriyatki, u ilgari shunday hujjatlarga imzo chekkan ediki, agar u mehnatga layoqatsiz holga tushsa, mulk ustidan Yujin boshqaruv huquqiga ega bo‘ladi.
Shu zahoti, u boyliklarni qo‘liga olganidan keyin, ulushlarni senga berishi uchun yagona yo'l qoladi.
- u senga ishonadi va savol ham bermaydi. Bu — firmani ochko‘z qo‘llardan asrashning eng yaxshi yo‘li. Agar sen hozirgi 50 foizlik ulushing o‘rniga ustunlikka ega bo‘lsang, Susan hatto qarshi chiqishga jur’at qilolmaydi, talab qo‘yish haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
- sen o'zingni eshityapsanmi, Doona? Sen menga "Jeon & Kim" firmasini egallash o'rnida do'stimning yagona singlisidan foydalanishim kerakligini aytyabsan
- u hali ham bola va yuridik firmaning qanday yuritilishi to'grisida xech narsani bilmaydi. Agar u bunga loyiqligini isbotlay olsa keyinroq qaytarib berasan, lekin biz ikkimiz ham u shunchaki tajribasiz yuridik o'quvchi ekanini yaxshi bilamiz. Sen chindan ham barini uning qo'liga qoldirishni reja qilmayabsan, shundaymi?
- yo'q, lekin men Jungkookning ham ishonchiga hiyonat qilmoqchi emasman
- aynan shuning uchun, uning bu holatida ortidan pichoq ursam bu meni yanada pastkashga aylantiradi
- sen bunday qilmayapsan. Sen shunchaki o'z boyligingni ham, firmani ham himoya qilyapsan
- uni holatidan foydalanib, Yujinni vosita qilish orqalimi? - ichidagi olov ortgan sayin, betoqatlik bilan dedi
- yo'q, Doona. Bu variant butunlay rad etiladi va bu so'nggisi.
Qizning qoshlari bir zum yeg'ilgancha chuqur nafas chiqardi. Qiz bunday masalalarda Taehyung bilan talashish to'g'ri emasligini yaxshi biladi. Taehyung pastkash bo'lishi mumkin lekin uning o'ziga xos prinsiplari bor - ular xech kim tomonidan na o'zgartiriladi, na buziladi.
Chuqur nafas chiqargancha, bo'yinbog'ini bo'shatgan yigit, "poyezd miyya"siga e'tibor qaratdi. Otasi uni shunday atagan - "poyezd miyya" chunki u harakatga tushgandan keyin xech narsa uni to'xtata olmaydi.
- bu yerda men bilmaydigan nimadur bormi? - oyoqlarini yerga yengil urishni boshlagan qizning qoshlari yeg'ildi
- qizning ustiga kiyimingni yopish yoki qo'llaringni u tomon bo'lgan harakati... Balki. Sen bunday qilmaysan, xatto o'zing birga uxlagan* ayol bilan ham
"Albatta, Doona buni ko'rgan va o'zining fotografik xotirasiga muhrlagan. U xech narsani unutmaydi, shunday ekan, nega buni e'tiborsiz qoldiradi deb o'ylaganimni o'zim ham bilmayman."
- Yujin, men aloqa* qiladigan ayol emas, Doona. U Jungkookning singlisi va u xozirgina akasining holati haqida habar topdi
Shunchaki bosh irg'igan erkak, la'nati yolg'onni tiliga ola olmadi.
- unday bo'lsa, tezroq o'yla. Yo'qotish uchun ortiqcha vaqtimiz yo'q, - bir muddat uni o'ziga xos tarzda kuzatgan qiz, qayta gapirdi.
"Buni hammadan ko‘ra ko‘proq anglab turibman. Bunday vaziyatlarda vaqt hech qachon bizning tarafimizda bo‘lmaydi. Aynan shu sababli men tezlikda harakat qilishim kerak. Bosim bilan shakllanayotgan g‘oyani xayolimda qabul qilishni istamayman, lekin baribir bilamanki — bu eng mantiqli yo‘l. Garchi ko‘plab jihatlar bo‘yicha mutlaqo mantiqqa to‘g‘ri kelmasada."
Yujinning bolaligidagi yagona muammolardan biri bu so'zlarni yodlash bilan bog'liq edi. IQ darajasi yuqori, narsalarni o'z uslubida tushunib yo'llar topib keta oladi, lekin ba'zi so'zlarni eslab qolish bu biroz qiyin edi. Lekin bu shunchaki o'qiy olmaslik yoki tanimaslik emas edi, so'zlar go'yoki ...tirik. Yujin keyinchalik anglashicha bular faqatgina ma'lum so'zlar bilan, ya'ni salbiy so'zlar bilan bog'liq. Ko'z ongini xira qiluvchi, faqat o'qilmaydigan balki his qilinuvchi so'zlarda. Masalan shavqatsizlik - yuzni qizartiradi, tanani himoya qilishga majbur qiladi. G'am - tabassumni o'chiradi, yig'lab yuborish arafasiga olib keladi. Shu sababli ham Yujin fojiali filmlarni ko'ra olmaydi.
Aslida hammasi bular bilan boshlangan. Oddiy, salbiy so'zlardan. Ular Yujinni sergaklantiradi, biroz ko'ngilni ham bexuzur qilishi mumkin. Shuning uchun Yujin o'ziga boshqa bir yo'lni topdi. Go'yo ularni qaytadan tez - tez ko'rish, ularga nisbatan e'tiborsizlikni keltirishi mumkin. Bir kun kelib ularni o'qiganda "bu xech narsa emas" degan gapni aytish uchun. Va Yujin ularni "taqiqlangan so'zlar" deya nomlangan daftarda alifbo tartibida yozib chiqishni boshladi. Va ular turli ranglarda ajratilgan. Sariq bu - yengilroq so'zlar, alvonrang - biroz qiyinroq, qizil - ularni yozishning o'zi qizni go'yo do'zaxga olib boradi. Avvaliga bu ish bermadi lekin u taslim bo'la olmasdi. Ayniqsa akasi kabi yurist bo'lishni xohlagan bir paytida. Va advokat "jinoyat joyi", "pichoq zarbasi", "qotillik" kabi so'zlardan titrashi kerak emas. Biroz muddatdan so'ng qiz deyarli g'alaba qozondi. Sababi bu yerda hali ham Yujinni yenga oladigan yana bir harf bor - o'. Qizilda turuvchi yagona kuchli so'z. O'lim. O'lik. O'lish. U har bir so'zlarni 100 marotaba yozib chqidi, o'limni esa ming marotaba.
Va bu so'z hozir Jungkookga tegishli. Yujinning yagona oilasi. Yagona insoni. Dunyo qizga qarshi turganida, uni quchgan yagona inson. Qiz yiqilganda uni turg'zigan inson. Endi barchasi xech qacho mavjud bo'lmagan kabi g'oyib bo'lishi mumkin. Yujin hisoblagan yagona uy. Qizning og'zida o'zining ko'z yoshlarini ta'mi sezildi. Lekin u yeg'lashi kerak emas sababi u "yig'lash" degan so'zdan allaqachon qutulib bo'lgan.
Qizning egnidan uning tizzasiga tushgan charm kurtkadan Yujinning tanasiga tasodifiy titrash yoyildi. Uning barmoqlari charm ustidan yurgizilarkan, qiz uning barmoqlar yonib ketmaganidan hayratda edi. Qiz qanday qilib stulga o'tirgani, yoki erkak buni qachon, qanday qilib tashlab ketgani ahamiyatsiz. Qolib ketgani esa biroz achchiq va sovuqlik aralashgan ifor lekin kuchli, erkaklarniki kabi va bu unga tegishli. Bir necha soatlar avval ko'ksida burkangancha yeg'lagan insonga tegishli. U qayta quchmadi yoki tasalli bermadi, lekin xozir uning kiyimi Yujin bilan. Va bu, qiz uni ham o'zida olib qolishi mumkinligini anglatadi. Huddi uning yondaftari, uning bir marotaba unutgan ko'ylagi, akasi bilan yugurishdan so'ng qolib ketgan ust kiyimi kabi. Bular qisman Jungkookning kiyimlari lekin agar ularni Taehyung bir marotaba kiysa, unga tegishli bo'ladi. So'ngra sharf, sovuq havo sababli berilgan. Yuristlik haqidagi kitob.
Titroq qadamlar bilan o'rnidan turgan qiz yuzidagi biroz qolib ketgan yoshlarni qo'lining orti bilan artdi. Qo'lidagi charm kurtkani esa ohistalik bilan bilagiga joyladi - u ham o'zi kabi saranjom va ozoda bo'lishi kerak. Garchi bir muncha muddat avval uning ustida yeg'lagan bo'lsa ham. Qizning qo'li bilagidagi tanish taqinchoq ustida kezar ekan, o'zi esa atrofdan baland bo'yli, tanish ko'zlarga ega shaxsni qidirishga kirishdi. Birozdan so'ng istalgan inson topilarkan, xursand bo'lishdan avval uning yuragi siqildi.
"U yolg'iz emas. U o'sha jodugar bilan turibdi. Doona. Akam uni shunday chaqiradi. Jodugar. Men unga nisbatan bu so'zni avval qo'llamasdim lekin xozir ha. Chunki go'yo u Taehyungni o'zining "qora sehr"i bilan o'rab olgan. Sababi, u Taehyung e'tibor qaratuvchi, atrofida tinchlanuvchi va labida biroz ko'tarilish paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi yagon ayol. Ba'zilar buni tabassum deydi. Lekin men uni doim chala tabassum deyman. Deyarli shu yerda lekin to'laqonli emas. Nima bo'lganda ham Taehyung buni faqat unga ko'rsatadi. Men bundan nafratlanaman. Mening oq krassovkalarimga teskari bo'lgan baland poshnalarda go'yo ular yo'q kabi yurishidan nafratlanaman. Ammo eng ko'p nafratimni qo'zg'atuvchi narsa - ular ikkisi qanchalik bir - biriga mosligi. Qanday qilib ular xech narsa qilmasdanda birga yaxshi ko'rinishlari. Bir safar uni akamga aytayotganini eshitib qolganman — u erkaklar kabi agressiv tarzda karerasiga intiladigan ayollarni yoqtirishini aytgan. Aql-zakovati va ichki alangasi bor ayollarni, xuddi Doona kabi. Bu ajablanarli emas — shoh faqat qirolichaga nazar soladi."
Birdan qiz Taehyungga asli kim ekanligini angladi. Uni pastga tortayotgan to'siq. Uning yagona do'stidan qolgan majburiyat. Qizning tirnoqlari kurtkaga botirilarkan, undan chiqayotgan achchiq ifor qizni bo'g'a boshlaydi.
Ortga o'girilgan qiz xozir shunchaki uning kurtkasini qaytarib berishni va uning uchun og'ir yuk bo'lishni to'xtatishni istaydi. U g'amxo'rlik qilinishi kerak bo'lgan, do'stining yuki sifatidagi yosh qizaloq emas. U yigirma yoshda va o'zi uchun o'zi qayg'ura oladi.
Qizning qadamlari shisha oyna qarshisida turgan insonni ko'rgandan so'ng to'xtadi.
U ustiga har xil ranglar aralashmasidan iborat dabdabali pushti ko‘ylak kiygan. Boshida esa kamalak ranglariga bo‘yalgan patli shlyapa bor, ostidan oqartirilgan soch tolalari ko‘zga tashlanib turibdi. Yujin asta-sekin yaqinlashdi va qanchalik qarib qolganini ko‘rib hayratga ham tushdi— yuziga qilgan barcha shishlar va boshqa muolajalarga qaramay. Go‘yo yuzi niqobga aylangan. Lablarini aytmasa ham bo‘ladi — ular shunchalik shishgan va kattalashgan, xuddi o‘nlab asalari chaqib ketgandek.
Ayol hali ham erkakning holatidan ko'zlarini uzmadi. Yujin esa akasiga qayta qarashga o'zida kuch topa olmadi, lekin u ayol ko'zlari bilan Jungkookni qanday tahlil qilayotganini ko'rmoqda. Nigohlari erkakning boshidan oyog'igacha nazar tashlamoqda, go'yo bint bilan o'ralgan qismlarini qo'llari bilan his qilgan kabi.
- Susan, - eshitganligiga ishonch hosil qilgan qiz qayta takrorladi
- u juda og'ir ahvolda, - og'irlik bilan xech qanday hissiyotlarsiz dedi ayol
Ko'z yoshlariga qarshi chiqishga harakat qilgan qiz tirnoqlarini charm kurtkaning tagidan qimirlatishni boshladi. Go'yo kiyim bilan birgalikda Taehyung ham shu yerda. Va kesilgan barmog'ida kichik plaster ham borligini qiz endigina sezdi. Bu ham Taehyungning ishimi?
- bu pastkash vanihoyat qilmishlariga yarasha jazoni oldi, - o'girilgan Susan qizning fikrlarini tarqatib yuborar ekan, undagi doimiy kibrli ifoda yuziga mahkam yopishib olgandi.
- qanday... Qanday qilib bunday deyishingiz mumkin? Sizlar doim urushib kelgan bo'lsangiz ham, u xozir o'lim bilan kurashmoqda, - so'larning zarbasidan ortga sanchilgan qizning iyagi titray boshladi.
- ancha oldin shunday bo'lishi kerak edi. Uning turidagi yovuzlik imkon qadar tezroq jazolanishi lozim
- o'sha iblisning singlisi bo'lsang ham, men senga biroz maslahat bermoqchiman, - o'zining mast qiluvchi ifori bilan qizni o'rab olgancha uning oldiga qadam tashladi, - sen uchun eng yaxshisi — barcha ishlarni to‘xtatib, uyga da’vo qilmay, bu yerdan ko‘chib ketishing bo‘ladi. Mening yuristimning aytishicha, men uyni ham, erim "Jeon & Kim" firmasida egalik qilgan ulushlarni ham sening hiylakor akangga o'tishidan oldin qaytarib olaman.
O'zidagi qo'rquvni ko'rsatmaslikka uringan qiz boshini qaysarlik bilan qimirlatdi. Akasi ko'plab vaqtni, e'tiborni va pullarni uyni va firmani asrab qolish uchun sarfladi. U xech qachon hamma narsani tortib ololmaydi, shundaymi? Aniqrog'i, bu yerda Yujin qila oladigan boshqa ish ham bo'lishi kerak.
Susan qo'lqopli qo'li bilan qizning iyagini ushlagancha unga yengil silkitish berdi, - sendek kichik qizaloqlarni parchalashni yomon ko'raman, shuning uchun, kel shunchaki barchasini tashla va ikkimizni ham muammolardan qutqar. Sen 21 yoshga to'lganingda o'z ulushingni olasan va u boylik seni hayoting davomiga yetadi. Men advokatim bilan barchasini gaplashaman va sening qiladigan ishing bor yo'g'i hujjatlarga imzo chekish.
- yo'q, - shivirlagan qizning tirnoqlari charm kurtkaga botirildi.
- xozirgina nima deding? - ayolning shishgan lablari burildi.
- yo'q! - gavdasi titrayotgan qiz Susanni o'zidan uzoqlashtirdi, - men sizga akam mehnat bilan orttirgan narsalarni tortib olishingizga yo'l qo'ymayman. Xech qachon! Va u hali tirik, Susan! U qaytib keladi va buni menga taklif qilganingiz uchun ham sizni pushaymon qiladi.
- senda xech narsa bo'lmasa ham katta gapiryapsan, kichik qizaloq. Sudda ezilishga tayyorlan.
Qizning yurak tezligi ortib borarkan ayolning yuziga qayta otish uchun to'g'ri so'zlarni qidirardi. U xech qachon akasining mehnatlarini shundoqligicha berib qo'ya olmaydi, garchi so'nggida boshqa yo'l qolmasa ham.
- bu siz bilan sodir bo'lishi mumkin, Jeon xonim
Seskanib ketgan Yujinning yuragi qattiq siqilib, eshitgan ovozidan go'yo ichida chaqmoq kabi bir titroq o'tdi. Taehyung. Ular turgan joyga yetib kelgan erkak, Yujin xotirjamlik bilan nafas olishidan avval, qo'lini qizning yelkasidan o'radi. Taehyungning qo'li qizning yelkasida. Bu qandaydir tushmi? Yoki tushga aralashib ketgan qandaydir daxshat...
- sen hech narsa qila olmaysan, hatto uni himoya qilsang ham. Bu safar qonun mening tomonimda, - iyagini balandlagan ayolning lablari haliham burilgan.
- agar sen uning yuristi bilan gaplashayotgan bo‘lganingda, balki shunday bo‘lardi. Lekin hozir sen uning yuristiga emas, oila a’zosiga murojat qilyapsan. Aniqroq aytganda — uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga.