Mystery
Biroz muddatdan so'ng qizning lablaridan uzilgan Jungkook, ochlik ifoda etgan ko'zlar bilan qizga tikildi. Qizdagi biroz titroqni va qo'rquvni chetlab o'tarkan, yaqin egilgan ko'yi qulog'i ostida pichirladi.
- havotir olma. Hammasini qaytarasan, Doona
Yaqinlik, yigitning qo'llari qizning yuzida sezilib turishi, ohista ammo aniqlik bilan pichirlab aytilgan so'zlar. Jirkanch deb aytilishi qiyin ammo qiz uchun yoqimli deb ham bo'lmaydigan bu harakatlardan so'ng , Jungkookning ko'ksidan itargan qiz keyingi harakatini tarsaki bilan yakunladi. Nafas tartibsizligini qo'lga olishga urinarkan, yigitdan ko'zlarini uzmasdi. Qilgan ishidan so'ng paydo bo'lgan biroz qo'rquv, yigitning g'alati tabassumi sabab yanada ortdi. Yuzini qiz tomon burarkan, biroz qattiqlik bilan kulib qo'ydi.
- buni rahmat o'rnida qabul qilaman
- menga...yaqin kelishni bas qil!
- sen esa qochishni, - qizga yana yaqinlashgan yigit, qo'llarning ikki chetga qo'yilishi bilan qizni yo'llarini yopib qo'ydi, - Rostan sezmayabsanmi yoki shunchaki o'zingni shunday tutyabsanmi buni bilmayman. Lekin men to'xtamayman, Doona...- ohang yana ham pastlarkan, qizning to'gri lablari tomon shivirlashda davom etdi, - yoki to'griroq bo'lsa Doonam
- men, seniki emasman, - yigitni ko'ksidan itargan qiz biroz titroqli ovozda davom etdi, - bo'lmag'ur gaplarni aytishni bas qil. Oramizdagi yagon bog'lab turgan narsa bu pullar. Senga barini qaytarganimdan so'ng sen bilan qayta yuzlashmaymiz.
- qaytarish o'rnida meniki bo'lishingni so'rasamchi?
- nima? - qo'rquv o'rnini g'alati bir hissiyot egalladi, - yo'q, bu...hech qachon sodir bo'lmaydi.
- juda yomon, - yolg'on achinish ifoda ohangi aralashgan holda dedi, - chunki men allaqachon qaror qabul qilib bo'ldim.
Mashinada sukut hukm surgancha ketarkan, vaqt tushdan o'tganini bildirgan holda mashina oynasidan quyosh nurlari tushib turardi. Sukunatni ba'zi - ba'zida tezlik ortishi sabab chiqadigan ovoz buzib turibdi. Deyarli ko'zlarini yumib olgan qiz , o'rindiqqa boshlarini tashlangancha 3 kunlik qamoq kunini unutishga urinardi. Qizning atrofini esa yigitdagi biroz qo'pol va sovuq ifor o'rab olgan.
- senga 3 ta shartim bor. Bularni mendagi haqqingni qaytarish uchun deb ham hisoblasang bo'ladi.
To'satdan buyruq gapi aytilgan gaplardan so'ng ko'zlarini ochgan Doona, yonida hotirjam yo'lga diqqatini qaratib ketayotgan yigitga qaradi.
- rad etishga urinish befoyda. Shuning uchun gaplarimni yaxshilab eshit, - qiz uchun yod bo'lib ulgurgan sovuqqon aurasi bilan davom etdi, - boshqa o'girlik qilmaysan. Bu birinchi shart. Agar bu ishga yana qo'ling borganini bilib qolsam, muloyim bo'lishimni kutma.
- men haliham o'zimga zarur pullarni topmadim-
- o'qishing uchun pullarni allaqachon to'lab bo'lganman. Shunday ekan, senda pul bilan boshqa muammo yo'q, - qizil chiroq yongani sabab mashinani sekin to'htatarkan, qizga diqqatini qaratdi.
- sen... Bunisi ortiqcha edi. Sendan bu narsalarni so'rmagandim. Va sen o'zingni mening yagona muammoyimga aylantiryabsan, - biroz jahl ohangi aralashgancha dedi.
- bu yaxshi, - lab chetida biroz tabassum paydo bo'larkan , yashil chiroqdan so'ng haydashda davom etgancha qo'shib qo'ydi, - sening e'tiboringda faqatgina men bo'laman, - biroz sukutdan so'ng haydashda davom etgancha dedi, - qolgan shartlarni keyin bilib olasan,...Doonam.
Atigi bir necha kunga uzilgan bo'lsa ham , sog'ininb ulgurilgan uy eshiklarini ochib qiz kirib keldi. Uydan biroz uzoqlikda to'xtagan mashina hali ham ketmagan, ichidagi Jungkook esa qizni uyga kirib ketishini ko'z uzmay kuzatib turibdi. Kirish qismidan kirgan qiz , chuqur va xoitrjam nafas chiqardi. Atrofni jimjitlik o'rab olgan. Biroz atrofni ko'zdan kechirgan qiz, qadrli bo'lib qolgan xonasi tomon bordi. Xona eshigi ochilarkan, umuman kutilmagan manzara qizning boshdan oyoq muzlab ketishiga sabab bo'ldi. Shinamgina yotoq ustida xotirjam o'tirgan yigitning qo'llari biroz ortda tayanch holda o'zini ushlab turibdi, o'ynoqi ko'zlar esa qizga tushdi.
- akajoningni sog'indingmi, mittivoy ...
Yosh qizning qarshiliklarini ahamiyatsiz qoldirgan yigit, qizning qornidan qo'llarini o'ragancha oyoqlari orasiga qiz orqali bosimni oshirdi. Qizning qutulish uchun qilgan har bir harakati ham xozir yigitdagi *yengillik uchun xohishning ortishiga sabab bo'lmoqda. Bu ortiq yaxshi emas. Qizning qo'llari yigitning changalini ochishga urinarkan, bo'yinga tegishni boshlagan namlik, qizning ingrashi va titroq kuchayishini orttirdi.
- D..Dohyun aka qo'yib yuboring
- nega? Yoqmadimi mittivoy? - sezilarli darajadagi o'zgargan ovoz ohangi bilan davom etdi, - sen menga yordam berishing kerak, aqlli qizaloqsanku
- shhh...Doona... Davom ettirishimga qo'yib ber, - yigitning qo'llari qizning oyoqlarida, kiyim ostidan yuqorilashni boshladi. Boshqa bir qo'l qizning butunlay turib ketishidan saqlab turibdi. Sovuq qo'llarning tegishi tanadagi titroqni kuchaytirmoqda. Qo'rquvdan ko'zlardan yosh chiqib ulgurgan. Ammo hozir yigitga bari ahamiyatsiz. Hayolidagi yagona narsa esa ish so'ngidagi natijani his qilish.
Qo'llar pastki ichki kiyimga yetarkan, qizning changaldan chiqish uchun harakatlari kuchaygandi. Atrofdan yordam izlagan ko'zlar, kompyuter yaqinida turgan shisha stakanga tushdi. Yagona chora. Qilayotgan ishidan rohatlanayotgan yigitning yuzi hali hamon qizning bo'yniga ko'milgan. Birdan peshonasining yon tomonida sezilgan og'riq, yigitning qizdan biroz uzoqlashishiga sabab bo'ldi. Vaziyatdan foydalangan qiz tezlikda turib ketarkan, ortga ham o'girilmasdan xonadan chiqib ketdi.
Tezda ko'z oldidan xotiralarning o'tishi bilan Doonaning qo'li eshik tutiqchini qattiq siqdi. Ko'zlar kattalashgan. Nafas olish esa esdan chiqib ulgurgan. Nigohlar yigitdan uzilmaydi. Ichida xozir shunchaki uyg'onish va bari tush bo'lishiga iltijo qilayotgan Doona, vanihoyat so'zlarini topdi.
- D..Dohyun aka... bu yerda nima qilyapsiz? - so'zlar o'rniga zo'rga joylashgan ko'yi dedi.
- seni ko'rgani keldim. Deylik, sog'indim, - rohatlanayotgan kabi o'rnidan turgan yigit sabab, qiz instikt kabi ortga qadam tashladi, - mittivoy... Meni boshqacha kutib olasan deb o'ylagandim.
- y..yo'q , istamayman, - yirtqich kabi kelayotgan yigitning ko'zlaridan nimani xohlashini sezgan kabi Doona tezlikda ortga o'girilib qochib ketishga harakat qildi. Biroq tezlikda yigitning changali qizni qamrab oldi. Kechagi kabi esda saqlangan qo'llarning teginishidan qiz beixtiyor chinqirdi. Sukunatga cho'mgan uyning har bir qarichida eshitilgan ovoz Dohyun uchun ahamiyatsiz edi. Qizni tezlikda yotoqqa mixlagan yigit , qarshilik qilayotgan qizning qo'llarini o'zining qo'llari bilan harakatsiz qoldirdi.
- yo'q, yo'q Dohyun iltimos, - ko'zlardagi yosh bilan butun tanasini titroq egallagan qiz, qarshiliklarini davom ettirdi, - istamayman
- mittivoy, so'nggi marotaba qilgan ishing uchun jazo olishing kerak. Undagi izlar hali hamon ketmagan, - yuzini qizning bo'yniga ko'mgan yigit , bo'salar orasida gapirdi, - iz qoldirish navbati bugun meniki.
Mashinada unutib qoldirilgan telefon sabab Jungkookning uy tomon kirib borishi, qichqiriq ovozning eshitilishga sabab bo'ldi. Uyga tezlikda kirib kelgan yigit, ovoz kelayotgan tomon yugurdi. Xona eshigi ochiqligi sabab, ichkaridagi holat aniq ko'rinmoqda. Go'yo ichida maxluq uyg'ongan kabi, Jungkook yigitni qizdan yulib oldi. Dohyun uchun anglashga imkon qoldirmagan yigit, ketma - ketlikda zarbalarni bermoqda. Biroz avval ko'rgan manzarasi yigitdagi har bir zarbaning bosimi ortishiga sabab bo'lmoqda. Kelasida yigitning bo'ynidan siqqan Jungkook, Dohyunni devorga tiradi. Qon bo'lib ulgurgan yuzda ko'zlarning ochilishi qiyinlashmoqda. Burchakda esa qo'llari bilan quloqlarini yopgan qiz , unsiz yig'lamoqda.
- menga tegishli narsaga teginishga xech kimning haqqi yo'q!
- sen, kimsan? - xozirgi ahvoliga ham qaramay, yigitdan ustun kelishga urungan kabi dedi va Jungkookni o'zidan itardi.
- Doona meniki! Va qilgan ishing uchun seni nima qilishimni tasavvur ham qilolmaysan, - charm kamaraning ortida joylashgan qurol ozodlikka chiqarkan, yigitga qarata o'qtaldi. Qo'llarini taslim bo'lgan kabi mazahlagancha ko'targan Dohyun, ortga qadam tashlashni boshladi.
- boshlagan ishimni tugatish uchun yana qaytib kelaman, - tashlanayotgan qadamlar sabab xonadan chiqib ketgancha dedi. Ortiga havotirli nigohlari bilan qaragan Jungkook, burchak polida qo'llari quloqlarini yopgancha o'tirgan Doonani ko'rdi. Qurol yerga uloqtirgan ko'yi, yigit tezda qizning oldida paydo bo'ldi.