WISH
Tuni bilan uxlamaslik. Va bu unchalik ham yaxshi emas, sababi Yujinning asablari bunday holatlardan so'ng taranglashadi va biroz...vahima ham. Insomnia u uchun begona emas, go'yo qizil marker bilan yozilgandek - Yujin qiynaladigan so'zlardan biri. Xuddi o'lim kabi.
Shuning uchun butun tun u shkafda o'tirib chiqdi. Akasi bilan qolishni istadi ammo Taehyungning qat'iy ohangda "uyga borib , uxla" chunki ertaga, ya'ni bugun muhim kun. So'nggi so'zlar aytilmasada Yujin ularni anglab ulgurgandi.
Lekin u shunchaki uxlay olmadi. Na Billiening baland musiqalari bilan raqs yordam qildi. Na uchta, yoki ehtimol beshdan ortiq uyqu dorilari.
Odatda, Yujinda bunday muammolar sodir bo'lganda Jungkook vanilli o'simlik choyi damlab berardi yoki xuddi u kichik malika singari, unga ertaklar o'qib berardi. Gohida esa tinchlantiruvchi musiqa va Yujin uxlab qolguniga qadar uning oldida qolish..
Lekin xozir Jungkook uyda emas, qolip ketgan biroz tafti bilan uy xuddi qo'rqinchli kinolar kabi bo'lib qolgan. Va balkim shu sababli Yujin uxlay olmadi. Va biroz ortiqcha o'ylar ham.. "Men uxlayotgan payt ularga biror nima sodir bo'lsachi? Agar vaqtida bora olmasamchi? Xuddi bobomni olib ketgan kabi o'lim ham uni olib ketsachi?"
Shu sababli ham u erta tongdanoq Jungkookni ko'rishi va o'sha la'nati uskunalar ishlab, uni hayotda ushlab turganiga ishonch xosil qilishi kerak edi. Jungkook hali ham tirik va hali ham tashlab ketmaganiga amin bo'lishi kerak edi.
Jungkookni intensiv terapiya bo‘limidan chiqarishdi, chunki u endi o‘zi nafas ola oladi va shish ham deyarli ketgan. Lekin hali ham uni diqqat bilan kuzatishlari kerak. Shuning uchun u kasalxonaning shaxsiy bo‘limiga o‘tkazildi. Bu yerda unga maxsus hamshira, maxsus xona va hamma narsa ajratilgan. Lekin uning yuzidagi ko‘karishlarni davolaydigan yoki qimirlamas tanasiga hayot qaytaradigan hech qanday “maxsus” narsa yo‘q.
Yotoq yoniga cho'kkalagan qiz uning qo'lini ushladi. Qirilishlar, ko'karishlar...xuddi qolgan tanasi kabi jonsiz ko'rinmoqda.
- Aka… siz har doim hamma narsani sizga aytishim kerak deysiz, to‘g‘rimi? Chunki siz mening eng yaqin do‘stimsiz. Men yuragimni bemalol to‘kib soladigan, keyinchalik foydalanib ketishidan qo‘rqmaydigan yagona odam sizsiz. Meni hukm qilmaydigan yagona do‘st - hatto men ozgina g‘alati bo‘lsam ham, so‘zlar va odamlar oldida g‘ayrioddiy qo‘rquvlarim bo‘lsa ham, ba’zan ichim bo‘sh bo‘lib qolsa ham. Hozir ham shunday bo‘shliqni sezayapman, aka. Lekin avvalgidek emas. Bu safar ichkarida hech qanday yorug‘lik yo‘q. Hamma narsa g‘alati, noto‘g‘ri va faqat salbiy so‘zlar bilan ifodalanadigan darajada yomon. O‘tgan kecha bu haqida o‘yladim, siz aytgandek qachon to'xtab qolsam, o‘ylashim kerak. Siz aytgansiz, chuqur nafas olib, muammoning ildizini topish kerak, chunki ildiz hal qilinsa, qolgan hammasi ham iziga tushadi.
- Menimcha, men topdim, aka. Bu Taega turmushga chiqishga rozi bo‘lishim. Men buni qilishim kerak emas, to‘g‘rimi? Hatto bu sizning merosingizni va menga qoldirgan narsalaringizni himoya qilishni anglatadigan bo‘lsa ham. Men unga chumolidek yopishib olishim kerak emas. Men yuk bo‘lishni istamayman, aka. Tae meni erkalab, faqat sizning singlingiz bo‘lganim uchun nozik guldek muomala qilishini ham istamayman.
Lablarida ko'z yosh tamini his qilgan qiz, yana davom etdi.
- Shuning uchun iltimos, uyg‘oning. Agar shunday qilsangiz, men uni foydalanayotganday o‘zimni yomon his qilmayman. Men uni majburlab, yoqtirmaydigan narsani qildirishga urinmayman. Avval ham shunday qilganman va u bunga yomon munosabat bildirgan. Siz payqamagandirsiz, lekin u mendan qochib, meni orqa fon sifatida, go‘yoki umuman mavjud bo‘lmagandek ko'rgandi. Bu og‘riqli edi, lekin mayli, chunki men undan o‘tib ketdim. Balki.. Shuning uchun iltimos, ko‘zlaringizni oching va qaytib keling. Iltimos, meni boshqalarga yuk qilib qo‘ymang, aka.
Balki uni qimirlashi uchun yoki shu yerdaligini bildirish maqsadida qiz boshini uning qo'liga qo'ydi. Go'ya bu harakat uni yana ortga qaytaradi.
Yujin bosim bilan boshini ko'tardi. Shunchalik tezki, kutilmaganda lablaridan tovush ham chiqdi. Juda kichik, lekin eshitiladi.
"Bu u. Akamning eng yaqin do'sti. Mening bo'lajak erim. O'sha tug'ulgan kunda hammasini barbod qilishim, g'ururim sababli undan voz kechishimdan avval yillar davomida ishtiyoq bo'lgan insonim. Men undan voz kechib bo'ldim. Va baribir… ko‘zimni undan olib qocholmayman. Ko‘ylagi ostidan tarang tortilgan mushaklari, nigohi har soniya tobora qorong‘ulashib borishi, qaysar iyagi.. hozir shunchalik qattiq qisilib, yuzida muskullar titrab chiqqan… Uning uzun oyoqlari bir lahzada masofani yutib, menga yaqinlashgan sari, qonimga hayajonli bir dori singari kirib bormoqda. Har bir qadami yuragimni yanada tezroq urishga majbur qiladi."
Taehyung uning yonida to‘xtaganda, unga qarash uchun Yujin bo‘ynini yuqoriga cho‘zishga majbur bo‘ladi. Chunki u shunchalik ulkan. Ulkan va qudratli.
Yujin ko'zlarini yumib yod olishni istovchi ovoz - chuqur, jarangdor tembr ichida sezilar - sezilmas qat'iyat bilan. Hammasini. Lekin boshqa bir narsa ham bor. Iyagidagi tinimisz qimirlayotgan mushak. Uni biror narsadan jaxli chiqqan. Balki biror narsa dan. Bundan tashqari qop qora bo'lib ketgan nigohi bilan tikilib turibdi.
- senga o'rningdan tur dedim, Yujin - bu safar u qizni kutmasdan, uning qo'lidan ushlagancha turg'izdi.
U yana bir bor kichik tovush chiqardi. Lekin xozir bu muhim emas. Yujinning tanasiga tegib turgan uning terisi. Undagi doimiy issiq teri va katta, tomirlar ko'ringan qo'li. U qizga tegayotgan joy avval kuydirdi , so'ng bir zumda junjikib ketdi va xech qanday olinayotgan chuqur nafaslar bu hissiyotlar o'chirib yuborolmayabti. Balki teginish ham "man etilganlar ro'yxati"ga kirish kerakdir. Yoki ehtimol buni faqat Taehyungning teginishlari bilan cheklash kifoya.
Erkak boshini bir tomonga egib, Yujinga jinoyatchilarga xos bo'lgan sovuq va sinchkov nigoh bilan qaradi.
- nima haqida? - Yujin deyarli tinglamayotgan edi , sababi Tae haliham unga tegib turibdi. U haliham iliq qo'li bilan qizning tirsagini ushlagan. Taehyung bunday qilmaydi. U qizga teginmaydi. Xech qachon. Faqatgina Yujin buni takrorlaydigan va har safar yutqazadigan inson. Ammo xozir buni Tae qilmoqda. Va qiz bulutlarda uchib yurgan bir paytda diqqatni jamlash juda qiyin.
Qizning yuragi bir zum hapqirdi va badani bo'ylab yugurib o'tgan titroqni jilovlay olmadi. Bu uning tuyg'ularini oshkor qiladigan, o'zi ham yomon ko'radigan reaksiya. Ayniqsa, uning oldida. Har safar shu holatga sabab bo'ladigan odamning qarshisida.
- bu haqiqat - boshini eggan qiz o'zining oq krassovkalariga tikildi va o'z - o'zidan nigohini uning silliq charm tuflilariga olib bordi. Ularning o'rtasidagi katta farqning yana bir belgisi, - bilaman, menga uylanishingiz sababi akamning mulkini himoya qilish istagingiz va men buni tushundim. Lekin baribir bu meni yukdek his qildiradi. Chunki men ishlarni o‘zim mustaqil hal qilishga hali yetarlicha katta emasman. Hatto o‘qishni ham tugatmadim, advokatlik imtihonidan ham o‘tmadim, demak, na huquq amaliyoti bilan shug‘ullana olaman, na sudda Susan’ga qarshi tura olaman va—
Boshini qimirlatgan qiz , aytib yuborgan barcha gaplarini yutdi. Agar u qizning yuzidagi uyatni ko'rib qolsachi? Undan ham yomoni, yashirishga urinayotgan hissiyotlarni sezib qolsachi? Bu xech kimga kerak bo'lmagan falokat bo'lishi mumkin.
Kichik sakrab tushgan qizning yuragi ko'ksida qattiq urmoqda. Qo'rquv sababli emas. Bunga yaqin ham emas. Bu erkakning gapirish ohangi sabab. Qanday qilib bitta so‘zga shuncha buyruq va kuchni sig‘dirish mumkin? Ismini shunchaki tilga olganida ham? Va bu ohangda yana gapirishini Yujin xohlashi g‘alati emasmi?
Faqat shu sababning o‘ziyoq, uni yana eshitish uchun unga bo‘ysunmaslik haqida o‘ylashiga yetadi. Ammo ayni paytda, ogohlantirishni ham, uning jiddiyligini ham inkor eta olmaydi.
Shuning uchun sekin bosh ko‘tarib, uning nigohiga qaradi. Va shu zahoti bundan afsuslandi, chunki u qizni tirsagini qo‘yib yubordi va qiz go‘yo mavjud bo'lmagan suvda o'zini cho'kayotgandek his qildi.
- chindan ham buni faqat yoningda bo‘lish uchun yoki porloq, zirhli ritsardek qahramonlik qilish uchun tanladi deb o‘ylaysanmi? Men unday emasman, Yujin. Hatto yaqin ham emas.
- Porloq, zirhli ritsarlar nimaga qarshi jang qilsa o‘sha narsaman. Va bu shuni anglatadiki, tanamda bir parcha ham olijanoblik yoki fidoyilik yo‘q. Senga uylanishimning sababi, seni yoki Jungkookning merosini himoya qilish emas. Men o‘z firmamni himoya qilyapman. O‘z merosimni. Shuning uchun o‘zingni yukdek his qilishing mutlaqo asossiz va keraksiz. Biz bir-birimizdan foydalanayapmiz. Tushundingmi?
Qizning ko‘ksi bo‘shab ketgandek bo‘ldi va lablaridan og‘ir bir nafas chiqib ketdi. Ammo bu yengillik emas. Bu u qanday gapirgani bilan shu qadar band bo‘lib qolganidan nafas olayotganini deyarli unutib qo‘ygan.
Har doimgi kabi.
Lekin ilgari Yujin uni deyarli ko‘rmasdi, oyiga bir marta yoki umuman. U ham qiz bilan deyarli gaplashmasdi. Endi esa akasining baxtsiz hodisasidan beri uni har kuni ko‘rmoqda, u bilan gaplashmoqda, unga yaqin va qiz qandaydir haddan oshish holatini boshdan kechirayotganga o'xshaydi. O'lim bilan barobarini.
- Savolimga javob ber. Tushundingmi? - deya erkak yana takrorladi o‘sha qattiq ohangda. Undagi qat’iyat esa Yujinning ichidagi tegilmasligi kerak bo‘lgan joylarga qo‘l tekkizayotgandek bo‘ladi.
-Aqlingni borishi kerak bo'lmagan joylarga adashib ketishiga yo‘l qo‘yma. Keyingi safar shubhang yoki biror fikring bo‘lsa, kelib to‘g‘ridan-to‘g‘ri menga aytasan. Yashirinmaysan va, albatta, la'nati telefoningni o‘chirib qo‘ymaysan.
Qiz yana bir bor seskanib ketdi. Bu g‘alati, ammo bu safar bunga sabab uning so‘kinishini eshitish uchuvchi yakkashoxni ko‘rishdek noyob hodisa bo‘lgani. Va bu… jozibali. Uning so‘kinishi. Unda erkaklarcha bir qo‘pollik bor va u uning hukmron, buyruqboz tabiatiga juda yarashadi.
- Telefonimning quvvati tugab qoldi, — dedi sustgina. Ha, rostdan ham shunday bo‘lgan, ammo qiz uni ataylab o‘chib qolishiga ham yo‘l qo‘ygan.
- Boshqa hech qachon bunday bo‘lmasligiga ishonch hosil qil. Keyingi safar qo‘ng‘iroq qilsam, darhol ko‘tarasan.
- Siz mening qo‘riqchim emassiz, Taehyung - dedi qiz. O'zini yukday his qilmasligi uchun buni aytib qo'yishi kerak.
Tae bir zum to‘xtadi va qizga o‘sha vahshiyona nigohi bilan tikildi, endi odamlar nega u bilan ko‘z urishtirishdan qo‘rqishini Yujin tushungandi. Oddiygina bir qarash bilan ham u odamni o‘z hayoti haqida shubhalantirib qo‘ya oladi. Qorong‘i ko‘zlardan va ulardagi buzilgan va’dadan yuz o‘girish xavfsizroq bo‘lardi, ammo qiz bunday qilmaydi.
U hech qachon xavfsizlikni yoqtirmaganman.
- Nima? — dovdirab qolgan qiz, boshqa so'z topolmay qoldi.
- Agar men sening qo‘riqching bo‘lmasam, unda men kimman?
"Akamning eng yaqin do‘sti. Ammo men buni aytgim kelmaydi, chunki bundan nafratlanaman. U men uchun bundan ortig‘i bo‘la olmasligidan nafratlanaman."
- do'st? - qiz harakat qilib ko'rdi.
- men va Doona birga ishlaymiz va yosh jihatdan ham yaqinmiz. Bu toifaga sen ham kirasanmi?
Lablari egilgan qiz, nam qo'llarini shimiga olib bordi.
"La’nat bo‘lsin unga ham, Doonaga ham. Yana nega u bergan har bir savoliga javob talab qiladi o‘zi? Xuddi bir diktator kabi."
- Yo‘q, men bu toifaga kirmayman. Ammo yosh o'zingiz bilganingizdek shunchaki raqam. Yoshroq ekanim mening ishlay olmasligimni yoki siz bilan do‘st bo‘la olmasligimni anglatmaydi. Bularning bari o‘zgarishi mumkin..
- xa, o'zgaroladi - oyoqlarini keng ochib turdi Yujin.
- o'zgara oladi ham deylik. Lekin yaqin kelajakda bunga umid yo‘q. Unda men hozir kimman?
- Ha, faqat siz. Sizni biror toifaga qo'yishimga ehtiyoj yo'q. Siz shunchaki Taehyungsiz
- Lekin bu rost emas, shundaymi? — dedi u qizni bilagidagi soatga ishora qilib va qiz unga tikilib qoldi. Go‘yo u uning yonida bo‘lgani uchun erib ketgandek. Ba’zan aynan shunday his bo'ladi: u xuddi quyosh atrofida aylanayotgan ojiz bir yulduzdek va yagona taqdiri yonib kulga aylanish.
- Bir soat oldin qayerda bo‘lishing kerak edi, Yujin?
-“Oh” degan joy yo‘q. Qayerda bo‘lishing kerak edi?
- O'zing aytishing kerak. U yerda bo‘ldingmi?
- Yo‘q… lekin bu yerga kelib, vaqtni unutib qo‘yganim uchun–
Yujinning ichida nimadir qattiq silkindi, go‘yo qorin bo‘shlig‘ida nimadir joyidan ko‘chayotgandek. Chunki u aytgan bitta so‘zning o‘zidayoq shunchalik hukmronlik bor ediki, u suyaklarigacha yetib bordi.
- buni boshqa takrorlama, - Taehyung dedi
- so‘zlarni o‘ylamasdan gapirishni. Bahonalar zaiflarning ishidir, ayniqsa ular dalil yoki haqqoniy sababga tayangan bo‘lmasa.
- mening esa haqqoniy sababim bor edi
- sizga aytdim, yuk bo'lishni istamayman
- Men senga buni rost emasligini aytdim. Shuning uchun hammasi aniqlashdi.
- "menimcha" - bu ha yoki yo'q?
- Dunyo faqat “ha” yoki “yo‘q”dan iborat emas. “menimcha” degan lahzalar ham bor, ehtimollar, ishonchsiz vaziyatlar va shularning barchasi.
- Va shularning barchasi, huh? — deya u lablarining yengil bir tortilishiga e’tibor bilan takrorladi. Bu noodatiy yarim tabassum. Yujin uni qachonki ahmoqona o‘ylar bilan o‘pib, jazolarsiz qolaman deb o‘ylaganida ham Tae unga ko‘rsatmagan edi.
- Ha, va bunday lahzalarim ko‘p.
- ishonchsiz vaziyatlar va shularning barchasi.
- esda saqlayman - deya u iyagini eshikka qarata egadi - Endi ketaylik. Biz kechikdik.
"To'y marosimi.
Bizniki. Mening va Taehyungning.
Meni yanoqlarim shunchalik qizarib ketganki, u olovga aylanib yoki portlab yoki qandaydir uyatli hodisa sodir bo'lmaganidan hayronman. Chunki, jin ursin, bu chindan ham sodir bo'lmoqda. Qanday qilib inson bir paytlar oshiq bo'lgan , balki hali ham oshiq bo'lgan insoniga , akasining yaqin do'stiga turmush qurishini qabul qilishi mumkin? Chunki o'ylashomcha bunday vaziyatga biror qo'llanma yoki kitob kerak. Yoshimni u shunchalik e’tiborsiz qoldirganini hisobga olmaydigan qo‘llanma."
- Uchchala so‘z ham bir narsani anglatadi
- Xo‘sh? - ovozi biroz past va nafas olishiga aralashib ketgancha dedi Yujin.
- hayajonlanyapsanmi? - peshonasida o'sha chiziqlar paydo bo'ldi .
- Yo‘q! Men buni uddalay olaman.
- Ishonching komilmi? Agar o‘zingni yaxshi his qilmasang, biz —
- Men yosh bola emasman, Tae. Bunga ancha oldin to'xtatganman va bilasizmi bu nimani anglatadi? Bu o‘z qarorlarimni o‘zim qabul qila olishim va bosim ostida ham ish tuta olishimni anglatadi. Bu nikoh muhimligini , nafaqat akamning mulkini himoya qilish uchun, balki "Jeon & Kim"dagi hammaning va mijozlarining manfaatlari uchun ham muhimligini tushunishimni anglatadi. Shuning uchun men buni qila olaman, chunarlimi?
U buni sokin, beparvo ohangda aytdi, go‘yo so‘zlariga butunlay ishonayotgandek hatto qizning o‘zidan ham ko‘ra ko‘proq.
- yaxshi, - takrorlagan qiz chuqur nafas chiqardi, - endi ketishimiz mumkin
- sen hali ham meni savolimga javob bermading.
So'ngra qizning xayoliga u savolni berganidan beri izlab yurgan javob keldi. Yoki balki bu , javobni o‘ylab topgan, keyin esa qo‘yib yuborishni istamagan qizning buzilgan ongidir. Chunki bu fikr miyasiga o‘rnashgan zahoti, undan qutulishning iloji qolmadi.
Shuning uchun yagona mantiqli bo‘lgan javobni berdi.
- Bugundan keyin bo'lsa? Mening erim.
Turmush qurish qismi Yujinni ichini ag‘darib tashlash darajasiga olib kelmadi. Ya’ni, bu oddiy bo‘lishi kerak edi, lekin umuman unday bo‘lmadi. Ehtimol, bunga sabab — yarim karaxt, yarim esa Doonaning borligidan g‘azabda bo‘lganidir. Uning kelishini bilardi. Axir u Tae bilan deyarli teng yoshda va u bilan birga ishlaydi. Be’mani. Ammo ha, uni bu yerda ko‘rish odatda qizni ichiga ko‘mib yuradigan jahlini yuzaga chiqargan bo‘lishi mumkin. Bu zaharli. Juda-juda zaharli. Va Yujin to‘y kunida Tae oldida aynan shunday odam bo‘lishini istamaydi.
Doonaning o‘zi ham hech narsa qilmadi. Uni shunchaki mavjudligini o‘ziyoq qizni chegarasiga olib chiqishga yetadi.
"Xullas, barchasi tugadi. Biz turmush qurdik. Sudya oldida uzuk taqdik, lekin marosim tugashi bilan ularni yechdik, chunki Tae bu nikoh mutlaqo sir ekanini aniq aytdi va bu haqida to‘rt kishidan va Doonadan boshqa hech kim bilmaydi. Uzuklar hozir uning cho‘ntagida. Ehtimol, ko‘zdan yo‘qolishi bilan ularni uloqtirib yuborar. Tez orada nikoh guvohnomamizni olamiz va keyin hammasi domino effekti kabi o‘z o‘rniga tushadi. Hanuz ishonolmayapman, lekin bunga ko‘nikib ketaman. O'ylashimcha.
Uyga qaytgach, albatta "Doonasiz" va o‘zimni bir necha marta chimchilagach, uning ismini “salbiy so‘zlar” ro‘yxatining D bo‘limiga qo‘shaman.
Axir nega ular shunchalik yaqin? Va faqat unga? Jungkook uni ko‘rishni istamaydi , Yujin ham va bular o'zaro . U ijtimoiy muloqotga qiziqmaydi, unda nega aynan Taega qiziqadi? Nega u uning yonida bunchalik erkin va nega odatda mag‘rur, sovuq va jodugardek bo‘lsa-da, u bilan gaplashadi?
Keyin hokimiyat binosidan chiqayotganda qizning xayoliga birdan keldi: "balki u… uni sevar? Yoki ular birga uxlashadimi?"
Ular birinchi bo‘lib chiqib ketishgani uchun, qiz oldidagi zinadan tushib borishayotganda ularga yashirincha ko‘z tashladi. Dunyo ularning sirlarini bilmasligi uchun, past ovozda gaplashishyapti. Ular shu qadar uyg‘un, bir-biriga shunchalik mos va qulayki, hozir rostdan ham Yujinning ko‘ngli aynib ketadigandek.
"Jin ursin. Ular aniq birga uxlashadi, bu aniq."
Qizning qo‘li bilaguzugini topdi va uni shunchalik qattiq siqdi-ki, deyarli uzib yuborish darajasida.
Qiz asta-sekin nigohini o‘sha manzaradan uzib, e’tiborini Taening ancha ochiqko'ngil jiyani Martinga qaratdi. Ijtimoiy tarmoqlarda faqatgina uning postlarida amakisining bir parcha ko‘rinishini ilib olish uchun qiz kuzatib boradiganadigan yigit.
Martin yoshligida ota-onasidan ayrilgach, uni buvi va bobosi asrab olishgan, ammo uni deyarli Tae ulg‘aytirgan. Ularning munosabatlari yengil va iliq , yigit asosan amakisini asabiylashtirishga urinadi va ko‘pincha bunga erisha olmaydi. Tae shu jihatdan toshdek odam. Ammo jiyani uning izidan borib, advokat bo‘lishni tanlaganida, qiz Taeni butun hayotida ko‘rganidanda g‘ururliroq holatda ko‘rgan. Martin Taening haqiqatan ham g‘amxo‘rlik qilgan yagona odami bo‘lsa kerak. Va bundan Yujin ozgina rashk ham qilgan bo‘lishi mumkin.
Martin aqlli nabira. U sportchi bo‘lgan va hozir huquqiy firmalardan birida eng yosh hamkorlardan biriga aylanganlardan.
Kim Taehyung esa… u sovuq yunon xudosiga o‘xshaydi, ota-onasiga qarshi chiqqan, ammo baribir eng maqbul bo‘ydoqlardan biri. Jungkookni hisobga olmaganda.
Endi esa yo‘q.
U endi uylangan. Hatto bu haqda deyarli hech kim bilmasa ham.
- Ha, yaxshiman, - dedi yigitga. U qizga och yashil ko‘zlari bilan qarayapti, amakisining qoraroq nigohlariga umuman o‘xshamaydigan ko‘zlar. Sochlari ham haddan tashqari sarg‘ish, juda yorqin.
Lekin u chiroyli. Haqiqatan ham. Suzy doim aytadiganidek, “juda jozibali”. Va Yujin uning jozibasini ko‘ra olishi mumkin, rostdan ham. Ammo his qilmayapti. Uning yonida bo‘lishning o‘ziyoq yuzini va his-tuyg‘ularini nazorat qilishga majbur qiladigan o‘sha junjikish va issiqlik yo‘q.
U hali ham Doona bilan gaplashib turgan Taega qaradi, o‘sha ikkalasi birga bo‘lganda nimanidir rejalashtirayotgandek . So‘ng yigit ovozini pastladi.
- Agar u bilan qiyin vaziyatga tushsang, menga ayt.
Qizni e'tibori yana yigitga ko‘chdi va unga diqqat bilan tikildi.
- va nima qilishni reja qilyapsan?
- unii to‘xtataman, albatta
- U sening amakingku.
- Bu uning tomonini ko‘r-ko‘rona olaman degani emas.
- bu shuni anglatadiki, bu huddi, menga sherik bo'lasanmi?
- Agar senga bittasi kerak bo‘lsa.
Yujinni ichi iliqlik bilan to‘ldi va lablariga tabassum tarqaldi, qo‘lini uning tirsagiga olib bordi.
- Rahmat, Martin, - dedi Yujin.
Yigit nimadir demoqchi bo‘layotganida, ularning ustiga bir soya tushdi. Aniqrog'i qizning ustiga. Martin bu soyadan qocha oladigan darajada baland
Yujin esa? U aynan erkakning to‘liq diqqat markazida qolib ketdi. Taening nazari shunchalik qattiq va o'tkirki, qiz bexosdan qimirladi.
- Sen uyga qaytaman demaganmiding? - odamni noqulay his qilib yuboradigan ovozida dedi Taehyung.
"Ha, men akamni ko‘rishga borishdan avval, biroz uxlamoqchi edim. Shu kunlarda darslarni o‘tkazib yuboryapman, chunki, agar men o‘qiyotgan paytim biror narsa bo‘lib qolsa va tez yetib bormasamchi? Agar u uxlashni to‘xtatsa va o‘sha O'- xarfdagi so'zlar ro'yxatga kirishga qaror qilsa nima bo‘ladi?"
- shuncha shoshilinch nimaga? - ko‘zlarida yorqin nur bilan Martin so'radi - men va Yujin qahva ichib, suhbatlashishni reja qilayotgandik.
Biz ? Yaxshi, bu qizni bezovta qilmaydi, lekin Yujin rostdan ham qulash arafasida. Uyqusizlik, haddan tashqari stress, tashvish va ortiqcha o‘ylash insonni shunday qiladi. Boshqa sharoitda yigit bilan borishi mumkin bo‘lardi, lekin hozir buni jismonan uddalay olmaydi.
- Yujin xozir dam olishi kerak va sening ishlaring bor, - bu faqatgina qizga shunday tuyuldimi yoki uning ovozi odatdagidan qo'pol va qattiqroq , xuddi kamon kabi eshitildimi?
Shuningdek, u qanday qilib qizni jismonan toliqqanligini biladi? U bularni qizni tanasining rangidan sezdimi yoki diqqat qarata olmayotgan ko'zlaridan? Balki bu qorong‘i doiralarmikan? Ular uzun tunlardan keyin g‘azab bilan paydo bo‘ladi.
- unday bo‘lsa, keyinroq ko'rishamiz, — deya Martin qizning hali ham uning tirsagida turgan qo‘lini siladi, chunki Yujin hali ham erkakga qarab chalg'ib qolgan.
- meni ham tashlab o't, Martin , - deydi Doona pastdagi zinadan. Yujin uni deyarli unutib qo‘ygan edi. Deyarli..
Tae qizni tirsagidan ushlab, jiyani oldidan tortib oldi. Bu harakat shunchalik osonki, Yujinga havodan suzib o'tgandek hisni berdi.
Doona unga qaradi va qiz bu qarashni qanday qabul qilishni bilmaydi. Shafqatmi? Uzrmi? Lekin nega u qizga shafqat qilishi yoki uzr so‘rashi kerak? U bunday qilmaydi. U jodugar. Xuddi Jungkook aytgandek?
- qayerga ketayapmiz? - biroz hushiga kelgancha Taega savol berdi. Faqat biroz, chunki shirinlik kabi yutib yuborgan tabletkalari xozir ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
- Chunki sen qulashdan bir necha daqiqa uzoqdasan
Demak, u qizning charchaganini sezgan ekan. Yujin boshqalarga shunchalik bilinarli ko‘rinib turibdimi?
- Men taksida bora olaman. Firmaga qaytishingizni aytgandingiz
- Sen kechikding, shuning uchun ertalabki uchrashuvlarimni qayta rejalashtirdim va tushgacha endi hech qanday ish yo‘q - u mashinasini ochib, haydovchi tomoniga o‘tdi.
- Ertalabki uchrashuvlaringnizni buzganim uchun uzr, xurmatli turmush o'rtoq - Yujinning ko‘zlari kinoyali aylandi.
U eshik tutqichida to‘xtab qoldi.
- meni xozirgina nima deb atading?
- turmush o'rtog'im. O'zingiz bilganingizdek, odamlar turmush qurishsa, ular er va xotin bo‘ladilar.
- Yo‘q. - qo'llarini oldiga chalishtirdi qiz, - sizni qanday atash bu mening ishim. Qolaversa, agar Susanni ishontirmoqchi bo‘lsak, hammasi ishonarli bo‘lishi kerak. U ayyor, bilasiz. Akam butun umri davomida sudlarda u bilan olishib kelayotganining o‘zi bejiz emas.
- Yujin, - deya u ogohlantiradi.
- Bu ishlar o'xshashi uchun siz meni Yujiya yoki boshqa bir narsa deb atashingiz kerak.
Sovuq tabassum lablarida paydo bo‘ldi va qiz uning keyingi so‘zlari yoqmasligini, u hali aytmasidan turiboq sezib bo'ldi. U shunday, boshqalarning his-tuyg‘ularini mutlaqo hisobga olmaydigan darajada shafqatsiz.
- kichkina bolakay bo‘lsa-chi?
- siz hanuz meni shunday ko‘rasizmi? Kichik qizaloq deb? - deya mashinaning o'zi tomonidan chiqib, uning qarshisiga bordi, - o'smir siz bilan turmush qura olarmidi?
- Soxta bu bir xayol. Ammo bu esa haqiqiy, seziladigan, qo‘l bilan tegsa bo‘ladigan darajada.
Uning jag‘i aynan shu so‘zda qattiq qisilganini qiz payqamay qolmadi. Tegsa bo‘ladigan. U bu harakat munosabatning bir qismi bo‘lishni mutlaqo istamasligini aniq qilib aytib o'tgan.
"Yuzim shunchalik qizarganki, shu payt anglab yetdim, men uning juda yaqinidaman. Shunchalik yaqin, go‘yo tilimda uning ta’mi bor, shunchalik yaqin, issiqligi meni choyshabdek o‘rab olgan. Yoki, aniqrog‘i, bo'yinbog'dek, chunki har o‘tgan soniyada u meni bo‘g‘ib bormoqda.
Odatda, men uning shaxsiy hududini o'ziga qaytarib, o‘zimnikiga yashiringan bo'lardim, chunki bu teng o‘g‘ri ish , shunday emasmi?
Men shuningdek, to‘g‘ri ish, akamni u oq sochli bo‘lgunga qadar xavfsiz saqlash deb o‘ylaganman. Lekin u bunday bo'lmayabdi va men odat qilib olgan hamma narsa o‘zgarib, rivojlanib, nazoratdan chiqmoqda. Shuning uchun men Taening buyrug‘iga bo‘ysunmayman. Men uning bo‘ron yo‘lida turaman, o‘sha qorong‘i
ko‘zlarining nazorati ostida, uning tanasining soyasida."
- Yujin, ortga chekinishingni aytdim.
- va men bunga ochiqchasiga rozi emasman.
- Hozirgina “rad etyapman” dedingmi?
- Ha. Nima bo‘ldi? Nimadandir qo‘rqasizmi?
U oldinga qadam tashladi va Yujin seskanib, shunchalik keskin orqaga sakragandan, beli qattiq metalga urildi. Bu mashina ekani seziladi. Qiz eshikka yopishib qolgan, yopishib deganda, xuddi hayoti shunga bog‘liqdek. Chunki u yaqinlashgan sayin, rostdan ham shunday tuyuladi.
"Xuddi uni o‘pganimdagi kabi yaqin. Oyoq uchlarimga turib, shunchaki shunday qilganimdagi kabi. Endi esa uning gunohkorona mutanosib lablariga tikilib qolganman. Ular bir nafas narida xolos, chunki u ustimda egilib turibdi, quyoshni, havoni va barcha tabiiy unsurlarni to‘sib qo‘ygandek. U menga tegmayapti, ammo ichim o‘sha mayda junjikishlar, ignadek sanchuvchi hislar bilan to‘lib ketgan. Va men buni to‘xtata olmayman. Xuddi shisha sanchilganda qon chiqishini to‘xtata olmaganim kabi. Bu tabiiy. Bu kimyoviy.
Bu shunday bo‘lishi kerak."
- bunga o'zing ham ishonasanmi, Yujin? Men qo'rqayotganimga?
- senga qo‘rqayotgandek ko‘rinyapmanmi?
Shunda qiz uni sinchiklab o‘rgandi, haqiqatan ham tikildi: yuzining qat’iy chiziqlarini, naqadar halokatli darajada chiroyli ekanini. Chunki u o‘zini qudratli sifatida jiddiy qabul qiladi. Har doim mukammal parvarishlangan, go‘zalligi Yujinning yuraginini og‘ritadigan darajada. Hali sezgirligi so‘nmagan yuragini. Chunki bu so‘zni hali “salbiy so‘zlar” daftariga qo‘shmagan.
Yurak.
Ammo ha, u aniq qo‘rqayotgandek ko‘rinmaydi. Qiz Taeni hech qachon qo‘rqqan, xavotirlangan yoki odamlarni qiynaydigan boshqa holatlarda ko‘rmagan. Lekin uning yuzi ham o‘sha sovuq, befarq qotib qolgan ifodada emas.
Tanasida taranglik bor, jag‘ida bir mayda qimir, va ko‘zlarida qiz ilgari hech qachon ko‘rmagan bir narsa porlaydi. Yujin hech qachon uning qovoqlari shunday pastlashini yoki qorachig‘lari kengayishini ko‘rmagan.
Va bu biroz qo‘rqinchli.
Yoki balki juda qo‘rqinchli, chunki qiz o‘zini nazorat qila olmay titramoqda. U qizni qo‘rqitmoqchimi? Qarshi gapirgani uchun qizni sindirishi kerak bo‘lgan qandaydir jinoyatchidek ko‘rsatmoqchimi?
- yo‘q, siz qo‘rqayotgandek ko‘rinmaysiz.
- unda men senga qanday ko‘rinayapman?
"Qo‘rqinchli. Ammo buni aytmayman. Chunki bu o‘zimni himoya qila olmasligimni tan olish bo‘lardi, holbuki men buni qila olaman. Albatta, qila olaman. Endi faqat ishonchsiz miyamni bunga ishontirishim kerak."
- Bilmaysan, shundaymi?
Yujin bir marta boshini chayqadi.
- Unda senga ochiqlay. Bu men o'zimni tiyib turgandagi holat. O‘ylayotganlarimni amalga oshirmayotganimda va seni hech kim sening seskanishingni ko‘rmaydigan, o‘sha begona holatga tushganingda chiqaradigan mayda tovushlaringni eshitmaydigan bir burchakka sudrab bormayotganimdagi holat. Shuning uchun qo‘rqishi kerak bo‘lgan odam sen, men emas.
"Men ortiq nafas olayapman deb o'ylamayman"