WISH
Zaruriyat. Taehyung xech qachon bu so'zni yoqtirmagan. Bu balki akasining shaharni tark etishi o'limga yetaklaganda boshlangan. Bir ma’noda, aynan zarurat barcha yovuzliklarning ildizi. Zarurat asosida qabul qilingan qarorlar ko‘pincha shoshma-shosharlik bilan qilinadi va bu qarorlarning oqibati — aksariyat hollarda og‘ir bo‘ladi. Ba’zida esa hatto xavfli, o‘limga olib keladigan darajada bo‘lishi mumkin. Hamma odamlar ichida Taehyung shoshqaloq harakatlarni qanday oqibatlarga olib kelishini yaxshi biladi va u hech qachon bir masalani 360 darajada o'rganib chiqmaguncha qadam tashlamasdi. U xozir qilayotgan ish - zaruriyat tufayli. Jungkookning merosini saqlab qolish zaruriyati. U qoldirib ketgan yuk og'irligi.
"Biroq men qo‘limni Yujinning yelkasiga o‘rab olganimda, og‘irlik — his qilayotgan oxirgi narsam edi. Sezilgan yagona narsa har doimgidek alangadir. Tim qora sochlari oralig'ida seziluvchi biroz qizil tolalar kabi yondiruvchi olov. Tanasi yumshoqligi, lablarining harakatlari va, albatta, o‘sha la'nati vanilin hidi. O‘zim xohlamasam ham, u hid meni changaliga qamrab olmoqda. Yuk? Xatto yaqin ham kelmaydi. Aksincha, bu yerda bo'ron orasida ko'rinmas bo'lib turgan soch tolasi kabi xotirjamlik bor. Deyarli yo'qolish arafasida, ammo mavjud. Ba'zida men har kim ham bosimni ko‘tarolmasligini unutaman. Har kim ham o‘z hislarini zanjirband qilib, ularni yurakning eng yiroq burchagiga tashlay olmaydi - huddi men kabi. Men uchun hissiyot unutilgan yuk bo‘lishi mumkin, Ammo Yujin uchun bu yuk emas, bu uning nafasidir, yuragining ohangidir."
Agar Susan o'zining zaharli niqobini ko'rsatmaganda erkak Yujinni avvalroq tayyorlagan bo'lardi. Ehtimol, qarorini shunday portlashdek e'lon qilmasdi. Endi esa qiz hali ham Taehyungning so'zlarini anglab ulgurmagan kabi turibdi. Susan esa erkakdan ancha past bo'lishiga qaramay, undan ko'zlarini uzmagan. Lablarining jaxldor harakatlari hatto o'ziga ham sezilmayapti.
- nima haqida gapiryabsan? - u har doimgi kabi mensimagan ohangda so'radi. Uni ovozining o'zi jinoyat qilish istagini uyg'otishini Jungkook har doim ta'kidlagan, Taehyung esa asta sekin bularni tushunib bormoqda.
- aynan aytgan so'zlarim. Men va Yujin turmush quryapmiz
Ikki sovuq va ifodasiz juft ko'z erkakga qadalgan. Erkak Yujinning ko'zlariga to'liq qaramadi, qarolmaydi ham. Agar shunday qilsa nima uchun xozir bu xabarni aytayotganini unutib qo'yishi mumkin.
- sen...bunday qilolmaysan. Uning yoshidan deyarli ikki barobar katta emasmisan? U endigina yigirma yoshda, - xuddi erkak buni bilmaydigan kabi, u juda yaxshi biladi. Xatto qiz tug'ulgandan beri. Lekin Taehyung ayol kutayotgan javobni berish o'rniga, qizning yelkasini qattiqroq siqdi.
- bu uni voyaga yetqizadi, qarorlarini to'g'ri qabul qilishni o'rgatadi. U menga turmushga chiqqandan so'ng barcha mol - mulk, pul masalalari menga o'tadi. Va siz bemalol o'z advokatingizga suddagi Yujinga qarshi qonuniy yoki noqonuniy yo'llaringiz, men orqali o'tishini aytishingiz mumkin.
Ayolning lablaridagi jaxldor harakatlar kuchaydi. Erkakning ko'ziga qattiq ifoda bilan qarab turarkan, nigohlardagi aloqa uzoqqa cho'zilmadi. Taehyung jiyanining aytishicha, erkakda insonlarni noqulay ahvolga soluvchi nigoh bor.
Va har doimgidek o'zidan kuchlilarga qarshi chiqishga jur'ati yetmagan zaif insonlar singari, ular o'zidan zaifroq tuyulganlarga yopishadi. Oldiga qadam tashlagan ayol, barmog'ini qizning yelkasiga tiradi.
- boshidan beri shunga ishora qilayotgan edingmi, iblis davomchisi?
"Men uning la'nati qo'lini sindirib, jismoniy hujum ayblovini bo'ynimga olmoqchi edim, lekin endi keragi yo'q. Sababi, Yujin mendan avval o'gay onasining barmog'ini go'yo jirkanch bir narsa singari o'zidan uloqtirdi"
- men sizga aytdim, akamning mol-mulkini so'nggi nafasimgacha himoya qilaman! Endi chiqib keting va bu yerda qayta yuzingizni ko'rsatmang. Men sizga qarshi agressiv va tahdidli harakatlaringiz uchun taqiqlov buyrug'ini topshiraman. Shunda akamga yaqinlashishning o'zi ham sizga man etiladi.
Susan go'yo kuyib qolgan inson singari ortga tisarildi. Sudlarda ishtirok etadigan ayol sifatida u qachon to'xtash kerakligini bilmaydi. Bu uning eri o'limidan keyin yoki Jungkookning onasini xaydab yuborib , bu haqda uning farzandlari unutib yuboradi deb o'ylagan paytda sodir bo'lishi kerak edi. Ammo endi bular ahamiyatsiz.
Taehyung esa Yujinning qilgan ishidan o'zidagi faxrni to'xtata olmadi. Axir u Jungkookning singlisi. Xar qancha mehribon va bag'rikeng bo'lsada, akasidagi kuchni meros qilib olgan.
- bu hali tugamadi, - deya tishlarini g'ichirlatdi Susan. So'ngra o'girilib bir damda ham ko'zni qamashtiruvchi va asabga teguvchi pushti ko'ylakda, poshnalarining baland ovozi bilan yo'lakni tark etdi.
Uning harakatlarini kuzatib turgan erkak, ayol kerkaksiz ish qilmasligiga ishonch xosil qildi. Doktorning oldida esa Doona bor, favqulotda holatda Susan u yerga kirib hujjatlarni o'zgartirishga urinishiga qarshi.
- bu rostmi? Men bilan turmush qurishni istaysizmi?
Erkakning e'tibori deyarli yarim bag'rida turgan qizga qaytdi. Yujin unga doimiy nigohlar bilan tikilib turibdi. Taening ichini tilka pora qiluvchi nigohlar bilan. Ko'zlarida esa Jungkookning holatidan so'ng ko'rmaydi deb o'ylagan ranglari yana mavjudlangan - qora va uni qamrab olgan jigarrang.
"Men bu qarashni yomon ko'raman. Chunki bu shunchaki tikilish yoki ko'zlar jangi emas. Bu go'yo men xech qachon anglashni istamaydigan so'zsiz iboralar kabi. Men uni qo'yib yubordim va u biroz chalkashdi, go'yo uning oyoqlari havodan endi yerni his qilgan kabi. Bu u aynan bo'lishi kerak bo'lgan joy. Yer - u ba'zida uchib yuradigan osmonlar emas. Ammo men uni ortiq ushlamayotgan bo'lsam ham, u hanuz menga tegib turibti. Mening ust kiyimimni bag'riga mahkam bosgan, go'yo himoya qalqoni sifatida. Va men endi o'ylashni bas qilishim kerak... U kurtkani bag'riga bosgan bo'lsada, men xozir kurtka qayerga tegib turganini o'ylayapman. Bu esa... haqiqatdan ham noto'g'ri."
- bu senga uylanishni istayman degani emas
Kichik yutinish, tirnoqlarning ovozi va yelkadagi harakat. U juda ham ta'sirchan, ba'zida buni o'zining soyalariga berkitishga urinsa ham.
- unda nega Susanga bunday dedingiz? Oh, yoki bu yolg'onmidi? Uni qo'rqitish uchun aytilgan yolg'on?
- xa bu uni qo'rqitish uchun edi lekin...yolg'on emas.
- Men aytgan gaplarim rost. Endi sen uy va ulushlarni nazorat qilayotganing uchun, ularni birgalikdagi mulkka aylantirishimiz kerak. Shuningdek, menga ishonchnoma berishing kerak. Shunda men yigirma bir yoshga to‘lmaguningcha mol-mulkingni boshqarib tura olaman. Buni faqat er bilan amalga oshirish mumkin. Shuning uchun nikoh g‘oyasida to'xtaldilm.
- demak... Menga uylanishni istaysiz, - uning ko'zidagi o'sha kichik yog'du yana qaytdi.
- men aytgan gaplarimni eshitdingmi o'zi, Yujin?
- xa, siz men bilan turmush qurishni xohlarkansiz
- akamning va o'zimning mol - mulkimni Susandan himoya qilish uchun. Ya'ni, men qilishni istaydigan ammo ahmoqona yoshim tufayli qila olmaydigan ish.
Uning burni so'nggi so'zlarda tirishdi. Ahmoqona yosh. Qoshlari ham biroz yeg'ilgan, go'yo Jungkook unga vanilla muzqaymoqdan tashqari boshqasini olib kelganda, "aka sizni yaxshi ko'raman, lekin doim ham emas" degandek. Va bundan so'ng u singlisiga butun boshli muzqaymoq firmasini sotib olib berishi mumkin. Albatta, vanillali. U biroz erka malika bo'lgani uchun, hali o'rganadigan narsalari ko'p. Jungkook esa... unga nisbatan mehribon edi va ularni o'rgata olmagan. Taehyungda esa "mehribon" sifati oxirgi ta'riflovchi so'z bo'lishi mumkin.
- birgalikdagi mulkchi? U haqida o'ylamayapsanm? Ishonchnoma bilan birga men seni oxirgi pulinggacha olib, o'zingni chetga uloqtirishim mumkin.
- siz bunday qilmaysiz, - xech qanday ikkilanishsiz javob qildi.
- yo'q, siz xar nima bo'lishingizdan qat'iy nazar, xiyonatkor emassiz. Bundan tashqari, men sizga ishonaman
- ishonmasliging kerak. Ko'zini yumgancha ishonish, ahmoqning ishi
- bu bir kunlik emas. Mendagi ishonch ancha vaqtlardan buyon bor. Qolaversa, agar biz turmush quradigan bo'lsakk, oramizda qandaydir ishonch bo'lishi shart
- bu nikoh majburiyat sababli, chunyapsanmi Yujin?
- bu xa yoki yo'q javobli savol. Gaplarimni chundingmi?
- bu... Bu degani menga tegmaysizmi? - erkakning jag' suyaklari qattiqlasharkan, boshini qimirlatdi.
- yo'q. Bu faqatgina qog'ozda bo'ladi.
Uning ko'zlardagi ranglar yana tubsizlikka cho'kishni boshladi. Tirnoqlar ovozi to'xtadi va u oldinga bir qadam tashladi, lekin hali hamon nimalarni hayol qilganini bilib bo'lmaydi.
- lekin agar bu sodir bo'lsachi?
- lekin bu bo'lgan. Ikki yil avval, esingizdami? Garchi tegingan shaxs men bo'lsam ham, bu hisobga o'tadi, shunday emasmi?
- Yujin, - u tishlari orasidan ogohlantirdi. Qiz esa biroz cho'chib tushdi, ammo haliham o'zini ushlab turibdi.
- deyishga urinayotganim bu qayta sodir bo'lishi mumkin, buni to'xtata olmaysiz.
Yujin lablarini biroz burishtirdi, qoshlari esa qaysarlikdan yeg'ilgan.
- xech qanday teginishlarsiz, Yujin. Jiddiy aytyapman
- yaxshi, - u yelkalarini tashlab qo'ydi
- rostanmi? - Taehyung go'yoki ishongisi kelmadi. Chunki Yujinda asabga tegadigan, sindirib bo'lmaydigan qat'iyat bor.
- xa. Bu siz fikringizni o'rgartirmaysiz degani emas.
- Yujin, - qayta ogohlantirdi.
U qayta sakrab tushdi. Va Taehyung bunday harakatni unga ko'p marotaba qo'llaganini endigina sezdi. Uni qattiqo'l va qo'pol bo'lish bilan qo'rqitish. Ammo u bundan uzoq turishni istamaydigan yagona ahmoq.
- men uh... men shifokordan ichkariga kira olamanmi yo'qmi so'rab ko'raman, - u ortga qadam tashladi.
U o'girildi va qo'lidan kelgancha tezroq yurib undan qochishga urindi. Uning shortiklari ko'tarilib qizning sonini namoyish qilmoqda, ustidagi yopishin turgan kiyim esa ort bel qismini. O'ziga go'yoki u nima qilmoqchi ekanini kuzatyapman deyotgan Taehyung esa undan ko'zlarini uzishga harakat qildi, ammo befoyda. Endi u erkakning qarshisida emas va shu sabab uning oyoqlari ko'ringani kabi kalta emasdek tuyuladi. U aslida kichik inson emas, shunchaki Taehyung oldida shunday. Erkakning mushtlari yonida tugilgan va u hozir barcha kuchini o'zini bosiq holda ushlab turish va sodir bo'ladigan keyingi voqealarga diqqatini qaratishga sarfladi. Manzilga yetishidan avval to'xtagan qiz ortga o'girildi va eng boshidan buyon quchib turgan charm kurtkaga ishora qildi.
- buni o'zim bilan olib qolaman.
Taehyung ko'zlarini yumgancha yengil nafas chiqardi.
"Zaruriyat. Men barchasi uchun uni ayblashni istayman, lekin jin ursin, kimni ahmoq qilyapman? Balki hammasi zaruriyat tufayli boshlangan bo'lishi mumkin, lekin uni oxiriga yetkazuvchi yagona shaxs bu menman."
- nima qilayotganingni o'zing bilasanmi?
Bu kunning o'zida yuzinchi marotaba xo'rsingan erkak, keraksiz savollar manbasi bo'lgan jiyani tomon yuzlashdi
- xa biladi, - Doona uning o'rniga javob qildi.
Uchalasi hokimiyat binosining oldida turgancha atrofdagi *shovqinga e'tibor qilmasdan vaqtga e'tibor qilishgan. Yoki Taehyung bu yerdagi, soatiga ishtiyoqmand bo'lib qolgan yagona shaxs. Yujin yigirma daqiqa kechikmoqda. Uni kechikishi ortida bir sabab bo'lishi kerak. Chunki u maxsus uchrashuvlarga kech qoladigan inson emas. To‘g‘ri, akasining halokatidan atigi besh kun o‘tib turmush qurish odatiy hol emas,
lekin ularda vaqt yo‘q. U Taehyungga ishonchnoma bergani qanchalik erta bo‘lsa, erkak Susan’ning yurishlarini to‘xtatishni shunchalik oson uddalaydi. Chunki u ayni damda rejalar tuzmoqda. U qo'ng'iroqlar qilib, sudyalar bilan gaplashdi, uning advokati qanday chaqiruv qog‘ozlarini tayyorlayotganidan xabari bor. Unga qarshi choralar ko‘rishining muddati chegaralangan. Vaqt ular tarafda emas. Shu sababli bu nikoh shoshilinch.
U yana vaqtni tekshirish uchun soatiga qaradi va telefondagi qabul qilinmagan qo'ng'iroqlar ro'yxatiga. Balki u qizlar to'y kuni qilishi kerak bo'lgan narsalarga vaqt sarflayotkandir. Garchi Taehyung unga keyingi bosqichga o'tish uchun oddiy nikoh bo'lishini aytgan bo'lsa ham. Qiziqarli xech narsasiz. U tayyor bo'lishi kerak bo'lgan xech narsa yo'q.
Lekin bu Yujin. O'zining hayoliy tasavvur va orzulari bilan yuruvchi Yujin. U o'zidagi nikoh kuni uchun rejalari bo'lgani aniq. Ko'p qizlardagi holat. Va ko'pchilik buni shunchaki ishdan tanaffus qilgan paytda o'tkazishni istamaydi. Ya'ni, ular nikohdan so'ng ham o'zlarining real hayotlariga qaytadilar. Xech kim bu nikoh haqida kerak bo'lishidan ortiq xabar topmaydi. Xuddi, Taehyung o'zi bilan olib kelgan ikki guvoh kabi. Axir, bu faqatgina rasmiyatchilik. Suddai qo'llamuvchi narsa. Undan ko'p ham, kam ham emas. Yujin o'zidagi "qizlar orzusi"ni keyingi nikoh uchun asrab qo'yishi mumkin.
- bu hali ham mantiqiy emas, - Wooshik, Taehyungninh jiyani ta'kidladi.
Erkakning jag'i biroz qattiqlashdi, bu uning so'zlaridan yoki biroz avvalgi o'ylardan.
- menga ishonchnoma kerak degan gapimni qaysi qismiga tushunmading, tentak?
U erkakga g'alati qaramoqda, xuddi uni urishni istayotgan kabi. Odatda u bunday nigohlarni Taehyungga ishlatmaydi, demak u xozir chindan musht tushirishni istayapti.
Wooshik Taehyungdan 10 yosh kichik va u oila deb atay oladigan yagona shaxs. Ota - ona? Ular allaqachon yo'q.
U otasining pora va korrupsiyaga bulg'angan siyosat yo'lidan emas, balki Taehyungning izidan borishga qaror qilgan kun - erkak hayotida ilk bor haqiqiy g'ururni his etdi.
- u sizga ishonchnomani nikohsiz ham bera oladi
- bu yerda eng muhim narsa birgalikdagi mulk masalasi. U allaqachon shartnomani imzolagan, unga ko‘ra, nikohdan keyin bizning barcha mol-mulkimiz umumiy hisoblanadi. Bu esa menga sudda mustahkam huquqiy asos beradi.
- va Taehyung endi u qayergadir g'oyib bo'lib qolishidan xavotirlanishi shart emas, - Doona erkakning oldiga kelib turdi.
Wooshik mashinasiga suyanib oyoqlarini chalishtirgancha turibdi. Ba'zida Taehyung unga qarasa xuddi Wooshikninh otasini ko'rgandek bo'ladi. O'zlarining iflos harakatlari bilan ota onasi undan tortib olgan yana bir inson. Uning sochlari yorqinroq sarg'ish rangda, balki onasi kabi. Yana bir "Kim"larning kuchli juftligi sabab yo'q bo'lgan inson. Ommaviy axborot vositalari ularni shunday ataydi. Taehyung aytishicha "Hakokat juftligi" ularga ko'proq mos.
- men shunchaki, Yujiyaga rahmim keldi, - Wooshik hotirjam ohangda dedi va Taehyung uning yuzini xozirning o'zida mashinaga urishdab tiyilib turdi. Aslida, u xech qachon o'z jiyanini urish haqida o'ylamagan.
Ammo u tomonidan laqabning aytilishi erkak uchun normal holat kabi ko'rinmadi. Bu noto'g'ri. Aslida, bu xato kabi va buni sababini erkak o'ylashni ham istamaydi.
U o'zining bor tanasi bilan qaddini rostladi, yigit bunga va uning tarangligiga e'tiborsiz bo'lsa ham.
- nega deb o'ylaysiz? - u iyagini erkak tomon ko'tardi, - chunki u siz kabi shaxs bilan bo'ladi
- siz va qadrli Doona uni sudda qarshi ishlatishingizni hisobga olmasak, hmm. Biroz o'ylashimga imkon bering, - u go'yo razil inson kabi jilmaymoqda, - oh, siz qo'polsiz, qattiqqo'l va uning ruhini qaytib kelmaydigan bir qora bo'shliqqa kirgazib yubora olasiz.
Taehyung tishlari qattiq botirildi va uning tana harakatini sezgan yigit qo'llarini havoga ko'tardi.
- hey, siz mening amakimsiz, va men sizga soyangizni o'pish uchun yolg'on gapirmayman. Buni siz o'rgatgansiz, esingizdami?
- yetar, Wooshik, - boshini qimirlatgancha Doona uni to'xtatdi.
- senga bu masalada fikr bildirish haqqi yo‘q, Doona sen uning sherigisan. Qani endi, manfaatlar to‘qnashuvi haqida eshitganmisiz?
- unda nima deysan, Jungkook ning minglab yechilmagan ishlarini olib, o‘z ishimizni chetga suraylikmi? Firma ishini yig‘ishtirib, shunchaki u bilan ovora bo'laylikmi? Ishingdan ayrilishni xohlaysanmi, Wooshik? To‘g‘ri, bu senga farq qilmas — axir sen boy oiladan chiqqan bolasan, senator bobong senga yangi ish topib beradi, hattoki o‘z firmangni ochishingda ham yordam berishi mumkin. Lekin bizga bog‘liq bo‘lgan o‘nlab odamlar haqidachi, ha? Ular ham senga yoki bobongga topshiryapmizmi o‘z hayotlarini?Yoki eng mantiqiy, eng kam boshog‘riqli yo‘lni tanlaymizmi? Axir sen aqlli bo‘lishing kerak edi. Qani ayt-chi, qaysi yo‘l mantiqan to‘g‘riroq ko‘rinadi?
Wooshik Doonaning sokin, biroq o'tkir so'zlariga biror harakat bilan javob bermaydi. Go‘yoki u sud zalida so‘nggi nutqini o‘qiyotgandek. Doona har doim aniq, lo‘nda gapiradi. Va o‘tkir. Shu sababli u yolg‘iz — odamlar bunday xarakterga bardosh bera olishmaydi. Taehyung Wooshikdan hamon qarshi fikr kutmoqda, chunki ota-onasi uni oxirgi so‘zni aytishga o‘rgatishgan.
Lekin u shunchaki shunday dedi.
- shunday tanlov bo‘lsinki, unda Yujin o‘zini qurbon qilmasin. Yana, yagona oilasi hisoblangan akasining halokatidan bir necha kun o'tib.
Taehyung qo'lladi qattiq mushtga tugildi, va undagi suyaklar sinadigan holda juda qattiq. Bu u boshidan buyon o'ylab kelgan narsalar edi.
- agar bu yerda bo'lishni istamasang, shunchaki ket, - u o'zining hissiz ifodasi bilan dedi, aslida ko'ksida yonayotgan olovni his qilib tursada.
U qayta soatini tekshirdi. O'ttiz daqiqa. Balki u bu kun uchun qo'g'irchoq kabi ko'rinishni istagan. Erkak xozirsan uning xonada qanday yugurib yurganini tasavvur qilmoqda. Yoki boshqa... U qaytadan qo'ng'iroq qilish tugmasini bosdi va yana to'g'ri ovozli xabar yo'nalishi. Qayta urinish. Yana javob yo'q. So'ngra u Jungkookning uy telefoniga qo'ng'iroq qildi.
- eshitaman? - xizmatchi Iseul javob qildi
- bu men. Taehyung. Yujin shu yerdami?
- u ikki soat avval uydan chiqib ketdi va siz bilan hokimiyat binosida uchrashishini aytgandi.
"Jin ursin. Jin ursin! Ichimda nimadir qizib, g‘azabga to‘lib bo‘ynimni siqib boradi — xuddi qizil ilgakday. Tong saharda ichimda junbushga kelgan o‘sha g‘alati, yomon hissiyot yana ko‘tarildi va endi butun manzarani egalladi. U endi qizil, ufqlar, ko‘z oldim, butun manzara holat qizil rangda yonmoqda"
Bo'yinbog'ini bo'shatgan erkak qayta gapirdi.
- uni xonasini tekshirdingizmi, Isuel? Vino omborichi? Yoki shkaf?
- u mashinasiga o'tirgancha, uydan chiqib ketdi, janob
- uni aniq ko'rdingizmi? Ishonchingiz komilmi?
- xa, men hatto ularga plastik idishda suv ham berdim, - uning ovozi biroz to'xtaldi, - hammasi joyidami, janob?
Agar u uyni ikki soat avval tark etgan bo'lsa, xozirgacha bu yerda bo'lishi kerak edi. Milliondan ortiq ssenariylar erkakning hayolini o'rab olgan va xech birini yoqimli deb aytib bo'lmaydi. Aslida, xar biri boshqasidan qo'rqinchliroq, xatarliroq va qonli.
Iseuldan agar u uyga qaytsa aytishini tayinlganacha erkak qo'ng'iroqni yakunladi.
"Jungkook halokatga uchraganida, ichimda bir shubha paydo bo‘lgandi. U shunchalik ezilib tushadiki, odatdagi yo‘lini tanlaydi, deb bilgandim. Ammo men uni Susan bilan gaplashayotganini ko‘rdim xuddi butun dunyo unga tegishli bo‘lgandek. Akasi uchun jonini ham berishga tayyor bo‘lgan qat’iyatini ko‘rdim, va bu ko‘rganlarim… ko‘z o‘ngimdagi Yujin haqidagi tasavvurimni xira qildi. Lekin aslida u qanday? U yashirinishni yaxshi ko‘radi. U o‘zini shunday chuqur joyga bekitadiki, faqat u o‘zi chiqishni istaganda topish mumkin. Va ichimdagi bir narsa menga shuni aytyapti, hozir u topilishni istamaydi. Qo‘limdagi telefonni qattiq siqqancha past ovozda la'natladim. Lekin men bu ishni tuzataman. Men uni topaman.
Men Yujinni o'sha bo'shliqdan olib chiqaman"