Yovuz va uning muhabbati
Ushbu Fanficc muallif hayolot mahsuli.
MinJu (Vahshiy) – 33 yosh
MinJu bolaligidan mafiyachilik muhitida ulg‘aygan. Otasi – Janob Min uni shafqatsizlik, qat’iyat va itoat bilan tarbiyalagan. U mehr nimaligini bilmay ulg‘aygan, yuragi muzday, lekin aqli o'tkir va strateg sifatida mashhur. Tashqi ko‘rinishidan ham odamni qo‘rqitadi, ammo uning ichki dunyosida ko‘milgan iztirob va yolg‘izlik yashiringan. Hech kimga ishonmaydi... hozircha.
Park Jisoo – 22 yosh
Jisoo o‘zining pok qalbi va muloyim xarakteri bilan ajralib turadi. Otasi yirik biznesmen bo‘lishiga qaramay, Jisoo hayotga o‘z kuchi bilan erishmoqchi. Raqsga oshno, san’atni sevadi. Otasining katta qarzdorlikka tushgani va unga bergan garovi haqida hech narsa bilmaydi.
MinJu hayotiga qadam qo‘yganida, u hali qanday xavfli olamga tushib qolganini anglamagan bo‘ladi.
Janob Min (Don) – 65 yosh
U mafiyaning toj taqqan shohi. Og‘ir, jiddiy, sovuqqon va dono. Mafiya olamida “so‘nggi so‘z” aynan uning og‘zidan chiqadi. U o‘g‘li MinJudan ham shafqatsizroq, unga zaiflikni mutlaqo kechirmaydi. Janob Park bilan do‘stligi o‘tmishda qolgan — hozir ular faqat qarzdor va qarz beruvchi.
Janob Park – 60 yosh
Boy, lekin yolg‘on va hirs sabab halokat sari ketayotgan inson. Qimorga mukkasidan ketgan, barcha boyligini boy berib bo‘lgan. Qizini o‘z qo‘li bilan garov sifatida bergani — uning oxirgi umidsiz qarori bo‘ladi. Ammo bu qaror Jisoo hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Nicci– 35 yosh
MinJuni eng yaqin do‘sti. Aqliy jihatdan kuchli, strateg sifatida MinJuni o‘ng qo‘li. Uning qarorlarini doimiy tahlil qiladi. Ichki tinchlikni izlaydi, ammo mafiyaviy dunyo bunga ruxsat bermaydi.
Kai – 33 yosh
Hazilkash, quvnoq, lekin zarur paytda juda jiddiy. Mafiya ichida qurol va himoya masalalariga javobgar. Odamlarga ishonish tarafdori, MunJuni esa bunday emas — bu ularga doim to‘qnashuv olib keladi.