Forgive me 3-Qism
Siz Yoongini ogʻzidan nima gap chiqadi deb qarab turibsiz
Mom: Xoʻsh oʻgʻlim nima boʻldi?
Y: Kecha tunda Yn bilan birga ovqatlandik. Ovqat rossa zoʻr chiqibdi. Keyin Ynni koʻylagini kir qilib qoʻydim uni jaxli chiqdi. Hatto oʻzimnikini kir qilganimga ham jaxli chiqdi. Ovqatni unday yema toza ye deb meni avvaliga koyib berdi keyin oʻzi oʻrgatdi. Ona endi ovqatni toʻkmay yeydigan oppoq bola boʻldim ona. Keyin oʻzim chomilishni oʻrgandim...
Dad: Rostanmi oʻgʻlim... Bir kunda shuncha oʻzgarish boʻlibdi... Kuyib qolmadingmi? Qiynalmadingmi?
Y: Ozgina kuygan edim Yn dori qoʻydi. Yana dorili suv qilib oʻzi yuvintirib qoʻydi meni. Va endi kuymasdan choʻmilishni oʻrgatdi...
Siz boshizni yerga qilib oʻtiribsiz. Agar xozir gap eshitsa doʻpposlash haqida oʻylab asabiylashib oʻtiribsiz shunda Yoongini otasi sizga gapirdi
Dad: Barakalla qizim... Biz shuncha vaqtdan beri oʻrgata olmayotgan edik. Sen tezda oʻrgatibsan. Yoongini yaxshi oʻrgatib unga mexribon boʻlsang boʻlgani sendan boshqa xech narsa talab qilinmaydi. Uni axvolini koʻrib turibsan. Unga mexr kerak. U xuddi yosh boladek. Koʻrinishi katta boʻlsa ham. Buni tushunishinga va unga mexr berishingga ishonamiz...
Y/n: Rahmat otajon qoʻlimdan kelgancha harakat qilyaman...
Y: Qornim ochdi ovqatlanaylik...
Dad: haya qizim qaysi unverstetga borishni tanladingmi?
Y/n: Men.. men Konkuk unversteti goʻzallik yoʻnalishida oʻqishni xoxlagan edim...
Dad: Yaxshi tanlov... Xoʻsh unda oʻqigandan keyin qaysi soha boʻyicha ishlashing mumkin bu yoʻnalishni asosiy maqsadi nima?
Y/n: Men ART dizayneri boʻlishni xoxlagan edim. Asosan devorlarga surat chizadi. Muzeylar, teatrlar yoki saroylar devorlaridagi suratlarni chizadigan rassom...
Dad: Ohho juda nozik kasb qoil... Yaxshi qizim bugun gaplashaman va ertadan oʻqishga borishing mumkin boʻladi...
Sizlar oilaviy dasturxon atrofiga oʻtirdingiz
Siz Yoongini onasini oldida Yoongini qarshisida oʻtirdiz. Yoongi siz oʻrgatgandek sekin tartib bilan ovqatlana boshladi. Ota-onasi bir biriga qarab xursand boʻlishdi. Hamma ovqatlanib boʻldi. Ota onasi oʻz xonalariga sizlar oʻz xonangizga kirdingiz...
Y/n: Nega ota-onangga aytting?
Y: Men nima deyishni bilmadim... Sirimizni aytmadimku...
Y/n: Yaxshi... Chomilib olasanmi?
Y/n: Yoʻq oʻzim yordam beraman. Men dorili suv tayyorlayman. Sen choʻmilish kiyimi kiyib tur xoʻpmi?
Siz vannaxonaga kirdiz va vannaga Furatsilinli suv tayyorlay boshladiz.
Siz suvni tayyorladiz. Va kiyimlarizni almashtirib yengil futbolka shoʻrtik kiydiz. Va Yoongini oldiga chiqdiz. Yoongi ham bitta shoʻrtikni oʻzida edi. Siz unga biroz qarab qoldiz keyin
Y/n: Vanna tayyor biroz issiq boʻlishi mumkin lekin kuydiradigan emas... Kelaqol...
Yoongi vannaga tushdi. Siz uni yaralarini sekin yuvishni boshladiz. Yoongi jim oʻtirar edi siz uni jim qolganidan hayron boʻldiz. Jiddiy va Jim
Y/n: Yoongi ahvoling yaxshimi nega jimsan?
Y: Sendan... Ertaga meni tashlab ketasanmi? Men yana yolgʻiz qolamanmi? Meni yagona doʻstimsan. Iltimos ketma qaytib jaxlingni chiqarmayman. Aytganingni qilaman. Sen ketib qolsang men bilan hech kim oʻynamaydi. Yana yolgʻiz qolaman...
Y/n: Meni ketadi deb kim aytdi?
Y: Otam bilan gaplashdingku... Un... Unter... Xullas oʻqishga ketmoqchisanku ertaga ...
Siz uni gapidan kulib yubordiz
Y/n: Axir bu maktabga oʻxshagan joy. Qaytib kelaman. Oʻqishga borib yana qaytib kelaman...
Y/n: Mmm... 14:30da uyda boʻlaman....
Yoongi yana avvalgidek kulib yoqimtoy koʻrinishga qaytdi. Siz uni yuvintirib qoʻydiz. Vannaxona xalatini kiydirib qoʻydiz va yotoqxonaga chiqdiz. Yoongini kiyimlarini olib berdiz. Yoongi yoqimtoy boʻlib vanna xalatida turar edi
Y/n: Mana bu kiyimlarni kiyib uxlashga yotaver. Men ham dush qabul qilib chiqaman...
Y: Haligi... Yana yerda yotamanmi? Yotoqda yotsam maylimi? Seni bezovta qilmayman bir chetida uxlayman yer qattiqda iltimos ...
Siz unga qaradiz va moʻltirab turgan koʻzlariga yoʻq deyolmadiz
Y/n: Yaxshi faqat tepib yotmaysanmi?
Y: yoʻq men qimirlamay yotaman...
Y/n: yaxshi lekin men tepishim mumkin. Menga tegmay mendan uzoq yotasan...
Siz vannaxonaga kirib kettiz dush qabul qilib yuz parvarishlarizni qilib qaytib chiqdiz. Chiqsangiz Yoongi shiringina boʻlib uxlab yotgan edi
Siz uni yosh boladek uxlab yotishini koʻrib yuragiz erib ketti. Sekin oʻzizni joyizga yottiz va charchaganiz uchun tezda uxlab qoldiz. Tong otti koʻzlarizni zoʻrgʻa ochdiz. Qarasangiz Yoongi sizga qarab yotibdi
Y/n: Xoy qachon uygʻonding? Nega menga bunday qarayapsan?
Y: Sen chiroylisan... Biroz avval turgan edim farishtaga oʻxshab uxlayotganingni koʻrib qoldim...
Y/n: Farishtalar qanday boʻlishini qayerdan bilasan?
Y: onam aytganlar farishtalar juda chiroyli boʻladi. Uxlaganda ham oʻsha chiroyi yuzida turafi deganlar. Onam ham farishtalar chunki onam ham uxlaganlarida juda chiroyli boʻladilar...
Y/n: Yana kim farishta faqat ikkimizmi?
Y: Yoʻq yana amakimni qizi bor Aria u ham mitti farishta uxlasa juda yoqimtoy lekin yegʻlasa emas ..
Siz uni gapidan kulib yubordiz va joyizdan turdiz
Y/n: Qani turamiz yotoq time tugadi. Yuzimizni yuvamiz va nonushta men oʻqishga ketishim kerak...
Sizlar birga yuzingizni yuvdingiz va nonushtaga chiqdiz. Oilaviy nonushta qildingiz. Yoongini otasi siz uchun mashina tayyorlatib qoʻyganini aytti va ota onasi ishga ketishdi. Siz kiyinib chiqdiz. Siz oddiy kiyimlar kiydiz. Chunki hali yangi elegant kiyimlar olmagan ediz. Siz unverstetga bordiz. Eng birinchi direktor xonasiga bordiz va u sizni oʻzi sinifizga kuzatib qoʻydi. Sinifga kirganida 70% oʻquvchi boy oilani farzandi edi. Sizga boshdan oyoq qarashdi va sizni mensimagandek harakat qilishdi. Darslar jim oʻtti tushlik vaqtida sinifdosh qizlar yoʻlizni toʻsishdi
S: Salom Yn... Sen rostan Min oilasini kelinimisan...
M: Baribir kambagʻal oila farzandi ekaningga boribsanda. Shunday obroʻli oila kelini shunday gadoylarga oʻxshab kiyinadimi
Hammasi sizni ustizdan kulishdi shunda gʻazablanib ketishdi
Y/n: Meni kiyimlarim oddiy boʻlishi mumkin lekin senlarga oʻxshagan ichi qora rasvo emasman. Shunchalin iching qoraligidan yuzingga ham urib yuborgan hammangni. Turqi sovuqlar...
Siz ularni turtib oʻtib kettiz. Va tez mashinaga chiqdiz. Mashina sizni uyga olib bordi. Tushlik vaqti edi. Siz biroz xafa boʻlib uyga keldiz koʻzizda yosh bor edi. Yoongi tushlik qilib oʻtirgan edi
Y: Yn keldingmi? Nega xafasan kim xafa qildi? Otamga aytib beramiz....
Y: Nega kim xafa qildi axir ..
Y/n: Yangi kursdoshlarim kiyimim oddiy boʻlgani uchun ustimdan kulishdi. Men yangi kiyim hali olmagan edim...
Y: Yangi kiyim kiyishni xoxlaysanmi? Otamga aytamiz eng chiroyli koʻylaklar olib beradilar...
Siz rozi boʻlmadiz va xonangizga chiqib biroz xafa boʻlib yotdiz va Yoongini otasi sizga bergan qora karta esizga tushdi. Va turib yuzizni yuvdiz. Va yangidan oddiy pardoz qildiz. Yoongini oldiga chiqdiz
Y/n: Yoongi aylanishga chiqishni xoxlaysanmi?
Y: Xa qayerga boramiz men koʻchaga chiqmaganimga juda koʻp boʻlgan edi...
Y: Rostanmi??? Menga oʻyinchoq olib berasanmi? Mashina, toʻpponcha olib berasan shundaymi?
Y/n: Xoʻp yaxshi bola boʻlsang olib beraman...
Y: Ureee kettik tezroq, tezroq boramiz...
Y/n: Avval yuzingni yuvib kiyinib ol keyin boramiz...
Yoongi judayam xursand boʻlib ketti. Chunki ancha vaqtdan buyon koʻchaga chiqmagan edi. Ayniqsa harid qilishga....