fanfik
March 21, 2025

Cold Love 12-Qisim

Bu ikki xafta ichida siz bir marta xonadan chiqdiz unda ham faqat suv olish uchun. Keyin yana qamalib oldiz. Hech kim bilan gaplashmas ediz. Faqat yegʻlab oʻtiribsiz xolos. Ota-onangiz borgan sari sizdan xavotir olishar edi. Bu xolat anchadan buyon boʻlmay qolgandi avvalari eng uzogʻi bir xafta qolardiz xolos xozir esa 3chi xafta boshlanyapti. Buni sizga Pisixolog maslaxat bergan odamlardan xoli qolib yolgʻiz oʻzingiz va kelajagizni oʻylash uchun yaxshi tavsiya deb. Bu orada Suga va Namjoon sizdan qattiq xavotir olishdi. Namjoon sizni yordamchizdan soʻradi lekin u bilmasligini aytdi. Lekin uni qiynoqqa solib siquvga olganda haqiqatni aytdi. Suga ham sizni soʻrab 3-4marta uyingizga keldi. Lekin sizni uyda emas va qayerda ekanizni bilmasliklarini aytishdi. Bugun 3chi xaftaning birinchi tonggi. Otangiz juda qattiq xavotirda edi. Onangiz uni tinchilantirishga harakat qilar edi

Dad: Azizam men ortiq chiday olmayman. Qamalib olganiga ancha vaqt boʻldi. Men undan xavotir olyapman axir

Mom: Men ham xavotir olyapma. Lekin...

Dad: Lekin degan gap yoʻq. Xozir boramiz va nima gap ekanini soʻraymiz ancha vaqt qolib ketti axir....

Ular oʻzaro suhbatlashayotganda yordamchiz janob Lee kirib keldi. Uni Namjoon joʻnatgan edi. Siz uchun yashirin maktub olib kelgan edi

Dad: Bu yerda nima qilib yuribsiz?

JL: Hayirli tong janob Kang. Men Kang xonimga muhum xabar olib kelgan edim. Oʻta muhim boʻlsa kelavering degan edilar

Dad: Yaxshi biz ham uni oldiga kirmoqchi boʻlib turgan edik. Undan xavotir olyapmiz. Kettik....

Ular eshigiz oldiga kelishdi va otangiz eshigizni taqqilatdi

Dad: Qizalogʻim... Erkatoy Malikam.... Kirsak boʻladimi?....

Ular biroz javob kutishdi. Lekin sizdan javob yoʻq. Dadangiz yana bir urunib koʻrdi. Lekin yana javob yoʻq. Otangiz yonidagi qoʻshimcha kalit bilan eshigizni ochdi. Va onangizga birinchi kirishini aytdi. Onangiz eshikdan kirdi va vahimada baqirib yubordi. Chunki siz yerda xushsiz yotar ediz

Mom: QIZIMMMM.... QIZALOGʻIM SENGA NIMA BOʻLDI....

Onangizni qattiq ovozidan otangiz va yordamchiz tez xonaga kirishdi. Otangiz yoningizga kelib sizni qoʻliga oldi. Va yuzizdan silab yengil urdi

Dad: hoy,hoy malikam meni qoʻrqitma... Koʻzlaringni och iltimos... Iltimos uygʻon...

Lekin siz hatto qimirlab qoʻymadiz. Tanangiz ham muzdek boʻlib ketgan edi

Mom: U nega bunchalar sovuq...

Bu gapdan otangiz ham muzlab qoldi. Tez tomir urishizni tekshirdi. Juda-juda sust edi. Deyarli sezilmas edi. Bundan qoʻrqib ketti va tez sizni koʻtardi. Ortidan onangiz yugurdi sizni mashinaga solishdi va kasalxona tomon haydab ketishdi

Dad: Yoʻq, yoʻq Qizaloqgʻim meng, bizga nisbatan bunday qilolmaysan... Sen bizni yagonamizsan... Iltimos kurash, biz uchun harakat qil

Otangiz mashinani juda tez haydab keta boshladi. Erkak boʻlsa ham hayotda koʻp qiyinchiliklar koʻrgan va biron marta koʻzidan yosh chiqmagan erkak. Siz uchun koʻzlaridan yosh oqar edi. Onangiz ham sizdan qattiq xavotir olar edi. Uni yuragi bezovta qila boshladi. Kasalxonaga yetib borishlari bilan sizni tez ranimatsionni xonaga olib kirib ketishdi va doctorlar atrofizda sizni tekshira boshlashdi. Ota-onangiz eshik oldida turishar edi. Kang oilasini yagona merosxoʻri oʻlim bilan olishyapti degan xabar butun shaxarga tez tarqalib ketti. Butun internet siz haqizda gapirar edi. Yoongi va Namjoon bu habarni internetda koʻrib oʻzlarini qoʻygani joy topa olmay qolishdi. Doctor jonlantirish boʻlimidan chiqdi va ota-onangizga murojat qildi

D: Janob Kang va Kang xonim... Sizlarga rostini aytaman Kichik xonimni axvoli juda ham ogʻir. Hushdan ketganlariga kamida 2kun boʻlgan. Ovqatlanmaganiga esa eng kamida 15kun boʻlgan. Ular juda-juda xoldan toygan. Biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qildik. Barchasi Kang xonimni oʻzida qoldi. Lekin uning ruxiy xolati ham yaxshi deyolmayman. Endi faqat sabr va duoda qoldik. Istasangiz kirib koʻrishingiz mumkin faqat koʻp qolmanglar

Bu gaplardan onangizni yuragi xuruj berdi va oʻsha joyda xushidan ketib qoldi. Doctor qoʻrqib ketti va tez onangizga yordam berdi. Bu yerda eng qiyini otangizga boʻldi. Kim uchun qaygʻurishni ham bilmay qoldi. Yoongi hamma ishini tashlab tez kasalxonaga yetib keldi

Y: Janob Kang... Janob Kang Yn yaxshimi? Unga nima boʻldi? U qayerda edi oʻzi?

Dad: Oʻgʻlim.... Yn oʻlim bilan kurashyapti....

Otangiz yegʻlab yubordi. Yoongi eshitgan xabariga ishonishni xoxlamas edi. Turgan joyida muzlab qoldi

Y: Qa..qanaqasiga axir... U qayerda edi?

Dad: U uyda edi... U ruhiy tushkunlikka tushib qolsa xonasiga qamalib olib bir hafta hech kim bilan koʻrishmas va gaplashmas edi. Yana shundaydir deb boshida etibor bermadik. Lekin vaqt uzayib ketti. Bugun xonasiga kirsak xushsiz polda yotgan ekan. U ikki kun avval xushidan ketgan ekan...😭

Y: Iltimos janob Kang oʻzizni bosing... U...u yaxshi boʻladi... U judayam kuchli qiz...

Dad: Ha meni qizim dunyodagi eng kuchli qiz. Unga qilingan ishlardan keyin goʻdaklik chogʻidan hayot bilan kurashdi. Yoshlik nimaligini bilmadi. Bolalardek oʻynab kulishni bilmadi. Atraksion yoki qoʻgʻirochoq xoxlab biron marta xarxasha qilmadi. Balki 6yoshli goʻdak 10yoshlik bolalar kitoblari bilan katta boʻldi. Hayotda doim oʻzi oyoqqa turishga harakat qilgan. Lekin u hali bola axir. Men yaxshi ota boʻla olmadim...

Y: Unday emas janob Kang siz juda yaxshi otasiz... Men Yn koʻrgani kirsam boʻladimi?

Dad: Doctorlar oz vaqtga ruxsat berishyapti...

Y: Uni oʻz koʻzim bilan bir marta koʻrsam boʻlgani...

Dad: Ha oʻgʻlim men qarshi emasman...

Yoongi sizni oldingizga ruxsat olib kirdi va eshik oldida qotib qoldi. Sizni bu xolatda koʻrish u uchun azob edi qilgan ishining ogʻirligi yelkasida bir tonnalik gʻishtdek edi

Sizga yaqinlashishga zoʻrgʻa kuch topdi. Oldizga keldi sizni zaif axvolingizdan yuragi parcha-parcha boʻlib ketti.

Y: Kechir mittivoy, kechir seni kuchingga ishonibman lekin ichingdagi vayron qalbingni unutibman meni kechir... Kechir.... Men juda shoshqaloqlik qildim... Seni sevaman.... Sen meni yagona sevgimsan... Meni kechir....

Suga kuchli stressdan boshi aylandi. Va tex koravatni chetini ushlab oldi. Ozroq oʻziga kelgandan keyin yonizga oʻtirdi. Qoʻllarizdan tutib koʻzlarida yosh bilan gapira boshladi

Y: Yn... Meni qaysar, kibirli va zahar Sevgilim... Sen meni yagona sevgimsan... Aria bilan oramizda hech narsa yoʻq. Men seni rashkingni keltirish uchun gapirgan edim. Lekin ohirgi gapim juda ogʻir edi. Buni keyin tushundim. Lekin kech edi meni kechir... Kechirmasang ham mayli faqat hayotta qol... Iltimos yashash uchun kurash... Men oʻlishim kerak sen emas Iltimos....

Yoongi shunday deb qoʻlizdan ushlab oʻtirar edi. Oradan kunlar oʻta boshladi. Lekin sizni xolatizda oʻzgarish boʻlmadi. Ota-onangiz qattiq xavotirda va dunyoning eng zoʻr doctorlarini olib kelishdi lekin foydasi yoʻq. Namjoon ham tunlari sizni koʻrish uchun kelar edi. Birinchi kuni kelganda Yoongi bilan hatto mushtlashib ketishdi. Chunki Namjoon sizni bu xolatizda Yoongini ayblar edi. Keyin siz uchun oʻzini bosdi. Va jim kelib ketadigan boʻldi. Sizni nomingizga gap kelmasligi uchun oʻzini oshkor qilmas edi. Oradan 2xafta oʻtti siz bir xil xolatdasiz. Doctor ota-onangiz bilan gaplashmoqchi boʻldi. Lekin oʻsha joydan ketmayotgan Yoongi ham bu suxbatni eshitmoqchi edi

D: Janob Kang va Kang xonim... Xoʻsh buni qanday aytsam ekan...

Dad: Iltimos ochigʻini gapiring...

D: Ochiqchasiga aytsam qizingizdan umid yoʻq... Uni suniy aparatlar bilan ushlab turibmiz. Agar ular oʻchsa 3soat ichida yurak toʻxtaydi. Shunday ekan haligi.... Buni aytishim toʻgʻri emas. Lekin bu meni fikrim va taklifim... Balki bemorni qiynamay qoʻya qolarmiz...

Dad: Bu nima deganiz.... Axir...

Mom: Unday demang doctor u meni yagona farzandim axir....

D: Bu sizlarni qaroringiz majburlamayman... Xoxlasangiz yillar davomida ham turaveradi... Lekin bunda bemorni oʻzi qiynaladi...

Yoongi ortiq chidab tura olmadi. Va joyidan turib keldi va doctorni boʻgʻib devorga urdi. Gʻazab bilan gapira boshladi. Koʻzlari gʻazabdan qizarib ketgan edi

Y: Seni nima xaqqing bor bizga shundya taklif berishga... Xozir shu qoʻlimni biroz qissam sen ham ortiq qiynalib yashamay qoʻya qolasan xoʻsh xoxlaysanmi?

D: Y...y..oq...

Y: Unda davolaysan... Kerak boʻlsa 10-20yil boʻlsa ham shunday turadi... Meni tushundingmi?

D: H..ha...

Dad: Oʻgʻlim unday qilma qoʻyib yubor doctorni

Yoongi doctorni qoʻyib yubordi. Doctor polga yeqildi va nafas olishga harakat qildi. U juda qoʻrqib ketgan edi. Yoongi doctor bilan teng boʻlib egildi va qulogʻiga shivirladi

Y: Uni davolaysan... Qanday bilmayman... Meni kim ekanimni bilmaysan... Agar Ynga biron nima boʻlsa sen ham oʻlasan tushundingmi? Men mafiya, maniac Suga boʻlaman... U esa meni sevgilim... Meni tushunding shundaymi?

Doctor keskin bosh irgʻadi. Doctorni rangi oqarib juda ham qoʻrqib ketti. Ota-onangiz Yoongi sizni oldizga kirishdi. Siz bir xil yotar ediz. Oʻzgarish yoʻq edi. Shunda onangiz oldizga oʻtirdi va qoʻllarizdan oʻpdi

Mom: Meni goʻzal farishtam uygʻon Iltimos... Meni juda ham qoʻrqityapsan axir. Sensiz nima qilaman. Men uchun harakat qil... Onang uchun iltimos... Senga biron nima boʻlsa men ham oʻlaman axir. Hammasiga men aybdorman bilaman. Yosh xolingga yelkangga ogʻir yuklarni yuklab qoʻydim. Seni bolaligingni tortib oldim. Meni kechir qizim... Kechir... Sen meni borligʻimsan.... Sensiz biz ham yashay olmaymiz axir.... Iltimos biz uchun harakat qil kurash... Ortiq seni hech nimaga majbur qilmaymiz...

Onangiz yegʻlab gapirar edi. Qoʻllarizdan ushlab turgan edi. Shu vaqt qoʻlingiz biroz qisilganini xis qildi. Bundan onangiz keskin yuzizga qaradi.

Mom: ha qizim... Iltimos qayt bizni oldimizga qayt... Men uchun otang uchun qayt... Harakat qil Iltimos...

Aparatlarda oʻzgarishlar boʻla boshladi. Va ogohlantirish signali chalindi tez doctor va hamshiralar xonaga yetib kelishdi. Siz sekin koʻzlarizni ochdiz. Doctor tez koʻz qorachigʻiz va yurak urushizni tekshirdi.

D: Qaytganiz bilan Kang xonim... Bizni juda qoʻrqittiz umidimizni ham uzgan edik...

Y/n:...S...su..v... Suv ber...bering...

Stol yonidagi idishdan tez suv quyib sizga ozroq ichkazishdi. Hamshiralarni itarib Yoongi oldizga keldi. Qoʻllarizdan ushlab oʻpdi

Y: Farishtam... Malikam oʻzingga kelding ... Bizni juda qoʻrqitting...

Siz Yoongiga qaradiz. Va undan qoʻllarizni tortib oldiz. Yuzizni boshqa tarafga burib oldiz. Va unga qaramasdan gapirdiz

Y/n: Keting.... Siz men uchun oʻlgansiz...

Y: k8Yoʻq, yoʻq Iltimos...

Y/n: Men otam... Va onajonim uchun yashashga qaror qilganman. Meni hayotimda sevgiga oʻrin yoʻq endi...

Y; Iltimos meni eshit. Men hammasini tushuntiraman....

Y/n: Hammasini unutib kechirishim mumkin edi. Lekin ohirgi gapizni unutmayman va kechirmayman...

Y: Bir marta gapirishga imkon ber...

Siz jim yuzizni burib yotaverdiz. Doctor gapirishga qoʻrqib turibdi hamshiralarga xonasan chiqishni buyurgan ular chiqib ketgan edi. Shunda otangiz gapirdi

Dad: Yoongi oʻgʻlim... Xozir bu gaplarni vaqti emas. Keyinroq gaplashasizlar. Yn oʻziga kelib olsin...

Y/n: Baribir meni fikrim oʻzgarmaydi. Men ohirgi gapimni aytdim... Endi sizni koʻrishni xoxlamayman... Maktabga ham ortiq bormaymanm....