December 19, 2024

Cold Love 1-Qisim

Cold Love 1-Qisim

Siz 16yoshdasiz va Amerikada katta boʻlgansiz 2-kun avval ota-onangiz bilan Koreyaga qayttiz. Va Koreyadagi boy oilalar farzandlari oʻqiydigan qimmat maktabga oʻqishga joylashdiz.

Bugun sizni birinchi oʻqish kuningiz haydovchingiz sizni maktabga olib keldi va siz ichkariga kirdiz. Darvozadan kirib borishizga hammani nigohi sizga tushdi. Chunki siz juda ham goʻzal qiz ediz. Koʻzlariz katta-katta va yashil rangda sochlariz belingizdan qora maktab formasi ham sizga judayam yarashgan sizni juda ham jozibali koʻrsatar edi. Siz hech kimga etibor bermay ichkariga kirib bordiz. Va chetroqdagi oʻrindiqda kitob oʻqib oʻtirgan oddiyroq soddaroq koʻrinishdagi qizni oldiga bordiz va salomlashdiz

Y/n Salom

L: Salom biron yordam kerakmi?

Y/n: Ha yaxshi boʻlar edi. Men yangiman shuning uchun menga yordam bera olasizmi?

L: Albatta

Bu vaqt maktabning eng kelishgan bezorisi Min Yoongi devorga suyangan xolda atrofi toʻla qizlar bilan turar edi. Shuda uni nigohi sizga tushdi va sizga qiziqib qoldi. Chunki har qanday goʻzal qiz uni eʼtiboridan chetda qolmas edi. Yoongi juda sovuq va bezori lekin juda ham yoqimtoy shuning uchun maktabdagi qizlar undan ham qoʻrqishadi ham uni yaxshi koʻrishar edi. Yoongi sizni Liliy bilan gaplashib turganizni koʻrdi va yonidagi qizni turttiz

Y: Hoy Yerin anavi qiz kim

Y: Ha umi, U yangi qiz bugundan shu yerda oʻqir ekan

Y: Shunaqa de... Qiziq u bilan tanishamasam boʻlmaydi

Yoongi sizlar tarafga yurib kela boshladi

Y/n: Liliy menga ustozlar xonasini koʻrsatib yuborolasanmi?

L: Albatta ichkariga kirganingda chap tarafda yoʻlak oxiridagi chapdagi xona

Y/n: Rahmat senga Liliy

Siz indamay tushuntirilgan tarafga yura.boshladiz. koridorda kirganizda yoʻlingizni Yoongi toʻsdi

Y: Salom qizaloq qayerga ketyapsan?

Y/n: Senga nima?

Yoongi sizni javobidan muzlab qoldi. Chunki shu vaqtgacha hali hech kim unga bunday munosabatda boʻlmagan edi. Odatda uni koʻrishsa yoki savol bersam qoʻrquvdan qaltirashar edi. Lekin siz unga umuman eʼtibor bermay gapiryapsiz. Bu unga qiyinchilik tugʻdirdi va albatta gʻazablantirdi ham

Y: Hoy qizaloq kel hammasiga oydinlik kiritamiz men Yoongiman

Y/n: Menga nima?

Bu gapizdan u hatto nima deyishini bilmay qoldi. Uni ismini eshitgan odam. Qaltirar, unga xurmat koʻrsatar edi. Lekin siz yoʻq, siz umuman boshqacha siz deb bildi. Va sizga nisbatan qiziqishi kuchaydi

Y: Va siz kimsiz?

Y/n: Meni ismimni bilish sizga qimmatlik qiladi

Y: Maktabni boshligʻiga bunday gapirish seni xavfga yetaklaydi qizaloq. Oʻzing uchun muammo soʻrab olyapsan

Y/n: Rostanmi? Davlatni koʻzi koʻr ekanmi? Yosh bolani direktori qilib qoʻyibdi

Y: Shunchaki ismingni aytish qiyinmi?

Y/n: Senga qimmatlik qiladi

Y: Rostanmi? Qanchaga tushadi men uchun qizaloq

Y/n: Meni qizaloq demang

Y: Kel bir narsaga kelishamiz. Sen menga ismingni aytasan va men seni qizaloq deyishni toʻxtataman

Y/n: Yaxshi faqat qizaloq deganing asabimga tegayotgani uchun aytaman. Men Kang Y/nman. Kang oilasining yagona merosxori

Yoongini jagʻi tushib qoldi. Chunki buni kutmagan edi. Sizni oilangiz mavqeyi uniki bilan teng boʻlishini kutmagan edi. Sizni oddiyroq u darajada boy emas deb oʻylagan edi. Nima deyishini bilmay hayollari bilan poygalashib turganida yana gapirdiz

Y/n: Yetarli boʻldimi janob Min? Endi esa yoʻqol

Y: Nima? Meni tanisanmi? Shunda ham qoʻrqmaysanmi?

Y/n: Oddiy bezoridan nega qoʻrqishim kerak. Yoʻlimdan qoch

Siz uni itarib ketib qoldiz. Yoongi shunchaki shookda. Shu vaqtgacha hech kim unga bunday munosabatda boʻlmagan. Hamma undan qoʻrqar edi. Oilasi mavqeyi baland tanishlari ham qoʻrqar yoki uni yoqimtoyligiga erib ketar edi. Lekin sizda hech biri yoʻq. Yoongiga hatto etibor ham bermadiz. Uni ochiqchasiga rad ettiz. U bunga odatlanmagan. Va xozir boʻlgan ish unga alam qilardi. U oʻziga oʻzi oʻyladi

Y:"pov" Hali senimi.... Nozlanib turaver xozircha. Bu yerda yangisanda hali seni shunday yalintiray. Ortimdan yugurishga majbur qilaman. Bu qilgan muomilang uchun javob berasan

Yoongi shularni oʻylab dars xonasi tomon ketti. Va dars boshlanay deganda direktor sizni yetaklab xonaga kirdi. Va sizlarni tanishtirdi

D: Hayirli kun Bolalar bu sizlarni yangi sinfdoshingiz. Kang Y/n boʻladi. Birga oʻqishni davom ettirasizlar. Va yaxshi chiqishib ketasizlar deb umid qilaman. Yana bir gap u bilan muammolar boʻlmaydi deb umid qilaman. Maktab yopilib ketishini xoxlamayman

Direktor Yoongiga tegishtirib unga qarab gapirdi. Yoongi sizga qarab ayyorona kulib turar edi. Direktorni gapini eʼtiborga ham olmadi. Hamma Yoongidan qoʻrqar va unga hech kim gapirmas edi. Hatto ustoz va direktor ham. Chunki maktab uni otasiga tegishli edi. Min oilasi Koreyaning eng nufuzli oilalari 5taligida 2chi oʻrinda turar edi.

Oʻ: Qizim oʻzingni oʻquvchilarga tanishtir va bosh joyga oʻtir

Y/n: Men Kang Y/nman va bir-birimizni bezovta qilmaymiz deb umid qilaman

Siz shunday deb sovuq va qoʻpolroq gapirdiz. Chekkadagi birinchi partaga borib oʻtirdiz. Odatda birinchi partaga oʻtirishmas edi. Sizni gapizdan ustoz ham qotib qoldim sinfda pichir-pichir boshlandi. Oʻqtuvchi hammani tinchilantirdi. Va darsni boshladi. Siz ham darsga tayyorlana boshladiz. Butun dars davomida Yoongini nigohi sizdan uzilmadi. Undan tashqari yana ikki kishini. Bular Jungkook va Jimin edi. Dars tugadi. Va siz narsalarizni yegʻib xonadan chiqib kettiz. Keyingi dars xonasiga borib daftarlarizni tayyorladiz. Va Dars boshlangunicha kitob oʻqib oʻtirdiz. Shu bilan birga telefonizda SMSlashib oʻtirar ediz. Telefoniz tinmas edi. Yoongi sizni kuzatar edi. Yonidagi qizga umuman eʼtibor bermas edi. Va u sizni kim bilan gaplashyapti deb juda qiziqdi. Yonidagi qizga qarab

Y: Mina bor u bilan gaplashib kelchi

M: Nega?

Y: Men nima dedim. Bor va uni gapla sol va telefonida kim bilan gaplashayotganini bilib kel

M: Ufff xoʻp xozir

Mina sizni oldizga keldi. Siz naushnikda musiqa tinglar ediz. Koʻzingiz kitobda edi. Va vaqti-vaqti bilan kelayotgan Smslarga javob verar ediz

M: salom Y/n sen bilan yaqindan tanishsak boʻladimi? Men Minaman

Y/n: Bu yerdan yoʻqol

M: Nega qoʻpollik qilyapsan axir doʻstlashmoqchiman

Y/n: Oʻzinga oʻxshagan miyyasi boʻsh qoʻgʻirchoqlar bilan doʻstlash. Senga vaqtim yoʻq

M: Nimaa?

Y/n: Eshitishda muammoying bormi?

M: Yoʻq men haligi

Y/n: Unda yoʻqol

Mina sizni sovuq muomilangizdan va tajovuzkor xulqingizdan qoʻrqib ketib qoldi. Va Yoongini yoniga borib oʻtirdi

M: Hammasini eshittiz gapirishim shart emasdir

Y: Yoq shart emas. Shunaqa ham landavur ekaningni bilmagan edim

Dars boshlandi. Hammani etibori darsda edi. Yoongidan tashqari uni etibori sizda edi. Siz esa juda aktiv darsga qatnashdiz. Qoʻngʻiroq chalinib dars tugadi. Tushlik vaqti edi. Hamma oshxonaga ketti. Yoongi oshxonaga kirib ham sizni qidirdi. Lekin koʻrmadi. U hayron boʻlib qidirishda davom etti. Shunda sizni oshxona tashqarisidagi oʻrindiqda telefon bilan band shunchaki ichimlik ichib oʻtirganizni koʻrdi. U doimgi joyiga oʻtirdi. Va sheriklari bilan ovqatlana boshladi. Siz hech kimga etibor bermay telefonizda yozib oʻtirar ediz. Siz nega bundaysiz, Nega oʼzgachasiz va hech kimga etibor bermaysiz. Bularga qiziqishi ortti va tinmay telefonda kim bilan yozishyapsiz. U qiziqishlaridan oʻlay der edi. Lekin sovuq va jiddiy koʻrinish bunga xiyonat qilmas edi. Sizdan koʻz uzmay turganda oldingizga Tae borganini koʻrdi. Tae sizlardan bir sinif yuqori. Bitiruvchi sinif edi, u oldingizga keldi va qoʻl uzatib tanishmoqchi boʻldi

Tae: Salom men Kim Tehyungman shunchaki V yoki Tae deb chaqirsang boʻladi

Siz Taega boshdan oyoq qaradiz. Va qoʻl siqishib tanishsiz. Buni koʻrgan Yoongi gʻazab va rashkdan yondim. Hech kimga etibor bermagan va javob qaytarmagan qiz Taega javob berdi. Hatto qil siqishdiz. Lekin buni sababi Tae oilaviy doʻstingiz edi. U bilan avval ham koʻrishgansiz lekin umuman tanishmas gaplashmas ediz. Oilaviy doʻstingizni hammani oldida uyaltirishni xoxlamadiz

Y/n: Salom men Kang Y/nman🤝🏻

Tae: Toʻgʻrisini aytaman kutmagandim. Yana meni etiborsiz qoldiraman deb oʻylagan edim

Y/n: Maktab oldida uyaltirishni Xoxlamadim

Tae oshxona tarafga qaradi va hammani koʻzi sizlarda ekanini koʻrdi. Ularni koʻpi Taeni oshiqlari. Chunki Tae maktabning eng kelishgan yigiti edi. Tae yoningizga oʻtirdi va yana suxbatni davom ettirdi

Tae: Uyaltirmaganing uchun rahmat. Xoʻsh doʻstlar ottirdingmi? Oshiqlaring darrov topilgandir

Y/n: Men maktabga faqat oʻqish uchun kelaman. Doʻstlashib sevishib oʻynab yurganim emas

Tae: Shunaqa degin sen haqiqatdan murakkab masalaga oʻxshaysan a

Taeni gapidan kulib yubordiz. Sinifdoshlariz hayratda hatto gapirmaydigan qiz Taeni gapiga kulyapti

Y/n: Gapni ham topdizda

Tae: Tabassuming goʻzal ekan nega shunday goʻzallikni yashirasan

Y/n: Iltifot uchun rahmat. Lekin meni kuladigan vaqtim hali kelmadi. Hamma narsani oʻz vaqti bor

Tae: Ha mayli senga bir taklifim bor.

Y/n: Qanday?

Tae: Kel doʻstlashamiz maktabdagi yagona doʻsting boʻlaman

Y/n: Kerak emas

Tae: Menga kerak. Axir begona emasmizku

Y/n: Yaxshi ota-onam xurmati

Tae: Bundan afsuslanmaysan eng yaxshi doʻsting boʻlaman

Y/n: Bunga ishonmayman

Tae: Nega bunday juda yopiqsan

Y/n: Bilishingiz shart emas. Keyinroq yana gaplashamiz koʻrishguncha

Tae: Toʻxta raqamingni ber. Sen aʼlochi ekansan yordam berib turasanmi?

Y/n: Yaxshi olaqol

Siz unga vizitkangizni berdiz. Va uni yonidan ketib qoldiz. Yoongi, Jimin, Jungkook va boshqa sinifdoshlarizni ogʻzi ochilib qoldi

Y:"pov" Taeni nima ustun tarafi bor. Unga qoʻl berdi, unga kuldi va kamiga vizitkasini ham berdi. Nega, nega, nega axir.... Nega menga etibor bermaydi.

Yoongi shunday oʻylar bilan gʻazablanar edi. Darslar boshlandi siz yana oʻsha sovuqqon qiyofadasiz. Sizni oldizga borishga gapirishga hech kim jurat eta olmayapti. Yoongini butun nigohi etibori bugun sizda boʻldi. Darslar tugab narsalarizni yes boshladiz. Shu vaqt telefoniz jiringladi. Yoongi sizni kiprik qoqmay kuzatayapti.

Y/n:📞 Aloo ha janob Lee... Ha darsim tugadi. Okay 1soatdan keyin yetib boraman. Hammasi joyida boʻlishi kerak. Aniq tekshirdizmi? Yaxshi oʻsha joyda boʻling hammasi men xoxlagandek tayyor boʻlsin....

Aloqani uzdiz va sumkangizni olib chiqib ketmoqchi boʻlganizda Yoongi yoʻlingizni toʻsdi. Uni katta gavdasi sizga soya soldi

Y: Sen oʻzing bilan nimalarni yashiryapsan? Nega....

Uni gapi tugamay uni turtib xonadan chiqib kettiz hatto eshitmadiz ham. Jungkook va Jimin uni ustidan kulishar edi. Bundan gʻazabdan qaynadi

JK: Nima boʻldi Yoongi seni mensimaydigan qiz ham bor ekan-ku a🤣

Y: Jungkook oʻlishni xoxlaysanmi? Ovozingni oʻchir. Bu mitti qizaloq meniki boʻladi. Hali uni shunday ishqimdan ado qilay. Ortimdan yalinib yursin

JM: Menimcha olov bilan oʻynayapsan Yoongi. Bu qiz juda baland dorga oʻxshaydi

Y: Menga farqi yoʻq. U meniki bulishi kerak. Menga yalinishini xoxlayman

Yoongi shunday deb ortizdan chiqib katta darvoza tarafga ketti. Sizni oldizga BMWni eng soʻngi rusumdagi dunyo boʻyicha 9,ta chiqqan noyob mashina kelib toʻxtadi. Ichidan xaydovchi tushib sizga tazim qildi va eshikni ochib berdi. Siz mashinaga oʻtirdiz. Yoongi yana bir bor hayratda. U mashinalarni yoqtirgani uchun hamma rusumini yaxshi bilar edi. Keyin u ham oʻz mashinasiga oʻtirdi va qoʻngʻiroq qildi

Y:📞 Aloo ha hammasi joyidami? Ha menga Kang Y/n haqidagi maʼlumotlarni yetib keltiring. Uni tarixi, manzili, qiziqishlari, Hullas qanday uxlab turishiga ha nuqtasigacha bilishim kerak. Meni tushundingmi? Yaxshi senga 1soat vaqt....

Yoongi telefonni oʻchiradi va mashinani haydab ketti siz uyga yetib bordiz. Va eshik oldidan xizmatchi sizni kutib oldi. Siz xonangizga chiqdiz. Va yotoqga oʻzizni tashladiz. Biroz vaqt oʻtib eshigiz taqqiladi va onangiz kirdi. Siz yotoqga oʻtirdiz onangiz oldizga oʻtirdi va sochlarizdan silab gapirdi

Mom: Qizalogʻini birinchi oʻqish kuni qanday oʻtti? Yangi doʻstlar topdingmi?

Y/n: Onajon maktab doimgidek.... Menga hech qanday doʻst kerak emas bilasizku...

Mom: Bu nima deganing qizim. Qachongacha bunday yurmoqchisan. Oʻtmish oʻtmishda qoldi. Kelajakka intilishing kerak axir. Bir Umir bunday yashay olmaysan

Y/n: Onajon hamma narsani vaqti keladi. Lekin xozir emas

Mom: Lekin hammani oʻzingdan sovutmaginda. Shunchaki boʻlsa ham tanish odamlar bilan

Y/n: Onajon xoxlamayman. Bu mavzuni ochmaslik. Men kelajakka intilyapman. Albatta siz tufayli onajonim

Mom: Mayli qizim lekin oʻzingni siqmagin. Dardingni boʻlisha oladigan haqiqiy doʻst toʻp...

Y/n: Onajon sizga bir gap aytishim kerak

Mom: Qanday?

Y/n: Agar rozi boʻlsangiz men alohida uy olib alohida yashamoqchiman. Otam va siz ruxsat bersangiz albatta

Mom: Lekin qizim sen bizni yagonamizsan. Sen ham ketsang yolgʻizlanib qilamanki axir. Shundoq ham Xoxlagan vaqtingda kelib ketasan. Koʻnglingga qaraymiz endi bunday deysanmi?

Onangiz yegʻlab yubordi. Siz uni quchoqladiz va kechirim soʻradiz

Y/n: Onajonim oʻzimni Iltimos meni kechiring. Faqat yegʻlamang. Yaxshi men ketmayman sizlar bilan qolaman. Qaytib bu mavzu ochilmaydi

Mom: Rostanmi qizim. Oh oʻzimni erkatoyim aqilliy qizim. Sendek qizim borligidan faxrlanaman

Y/n: Rahmat onajonim. Meni otam chaqirgan edilar va ishim ham bor. Biroz kechroq kelishim mumkin mendan xavotir olmang xoʻpmi?

Mom: Yaxshi qizim faqat extiyot boʻlgin xoʻpmi?

Y/n: Albatta onajon . Bugun doʻkondan odamlar va dizaynerlar keladi. Pastdagi katta xonaga fitnes xonasi tayyorlashadi. Ularni oʻzingiz nazorat qiling Amerikadagidek qilishsin. Agar bitta narsa joyi yoqmasa oʻzidan koʻrsin ogohlantirib qoʻying ularni

Mom: Yaxshi qizim oʻzim nazorat qilaman

Y/n: Yaxshi onajon unda men kiyinib ketay. Meni kutayotganlarini asab tolalarini uzmasdan

Mom: Yaxshi qizalogʻim

Onangiz sizni yolgʻiz qoldirib chiqib ketti. Siz kiyimlarizni almashtirdiz. Va ketadigan joylarizga kettiz. Yoongi siz haqidagi maʼlumotlarni oldi va hayron chunki deyarli hech nima yoʻq edi

Y: Bu nima? Axmoqlar men senga nima degandim?

Q: Janob biz qidirmagan joyimiz qolmadi lekin topganimiz shu boʻldi

Y: Bu qanday maʼlumot boʻldi. Kang Y/n 16yoshda. Kang oilasini yagona merosxori. Yoqtirgani shokalad va sneyklar. Va uy manzili. Bular nima? Boshqa narsa yoʻqmi? Bularni oʻzim ham bilaman deyarli. Menga shaxsiy mʼlumotlari kerak axir

Q: Janob topa olmadik u juda yopiq qiz ekan. Doʻstlari tanishlari yoq.

Y: Yoʻqol koʻzimdan. Landavurlar

Yoongi gʻazablandi nima qilishni bilmay qoldi. Sizni tarixiz nima. Nega bunchalik yopiqsiz. Har narsani sababi boʻladi. Bunga sabab nima? Shularni oʻylar edi va hammasini oʻzi aniqlashga qaror qildi. Va uyingiz oldiga bordi. Oʻsha joyda oʻtirdi. Sizni kuzatmoqchi boʻldi. Oradan ancha vaqt oʻtti bu orada uyingiz oldiga yuk mashinasi toʻxtadi va fitnes mashgʻulotlari uchun aparatlar olib kirisha boshladi. U barchasini kuzatdi lekin sizni koʻrmadi. Tun ancha qoraydi. Yoongi soatiga qaradi. Va tungi 22:37 boʻlganini koʻrdi

Y: Ufff menga nima nega buncha unga qiziqib qoldim oʻzi. Nega bu joyda oʻtiribman. U ham hamma qizlar kabi qizda. Uyga borib uxlaganim yaxshi

Yoongi shunday deb endi mashinani ishga tushirmoqchi boʻlganda eshik oldiga mashina kelib toʻxtadi. Yoongi toʻxtab qarab turdi. Mashinadan haydovchi tushib eshikni ochdi. Va ichidan dadangiz tushdi. U endi uyga kirmoqchi edi. Ortidan sizni mashinangiz kelib toʻxtadi. Va haydovchingiz eshikni ochdi. Siz mashinadan tushdiz. Yoongi yarim tunda kelganizdan xayron qoldi. Va Otangizni bunga reaksiani koʻrmoqchi boʻldi. Siz otangizni borib quchoqladiz

Y/n: Otajonim yaxshi ishlab oldizmi?

Dad: Yaxshi meni Malikam qanday. Oʻzingni kuning qanday oʻtti

Shu vaqt uydan onangiz chiqdi

Mom: Meni erkatoy qizim otasi bilan bir vaqtda kelaman degan ekanda

Y/n: Ha ishlarim biroz choʻzildi

Dad: Ishlaring bitimi? Koʻngling toʻldimi?

Y/n: Ha otajon hammasi koʻngildagidek

Mom: Qizalogʻim xonangni ham sen xoxlagandek qilib ketishdi

Dad: Hammasi yaxshi ekan ovqatlanamizmi?

Y/n: Mayli rossa ochiqdim

Mom: Yuringlar ovqat tayyor

Sizlar uyga kirib kettingiz

Yoongini jagʻi tushib qoldi. Boʻlgan narsani tushunishga harakat qilar edi. Ota-onangizni sizga muomilasi, kech kelsangiz ham koʻnglizga qarashgani. Otangiz malikam degani onangiz erkatoyim degani. U tushunmas edi. Sizni nima bunchalik yopganini. U endi ham sizga juda qiziqdi. Va hammasini endi tagiga yetmaguncha toʻxtamaslikka oʻziga vada berdi