fanfik
August 8

Strange Fate 3-Qism

Oradan uch kun oʻtti. Bu kunlar davomida Ynni dafn marosimlari oʻtkazildi. Sojin xonim eng ogʻir axvoldagi inson. Janob Han oʻzini kuchli tutishga xarakat qildi lekin farzand dogʻi oson emas edi. Uch kun ichida oila va uydagi shovqinlar asta tinchib qoldi. Sojin xonim Yoani uxlatib chiqdi. Janob Han ishlaydigan xonasida yolgʻiz oʻtiribdi. Sojin xonim ichlariga kirdi

Mom: Azizim axvolingiz yaxshimi?

Dad: Unchalik emas.... Bir kun bu baxtli oilamga koʻz tegadi deb hech ham oʻylamagan edim... Qizaloqlarim meni hayotim mazmuni ekanidan foydalanishadi deb oʻylamagan edim...

Mom: Men sizga necha bor aytganman tugating bu ishni deb... Mana oqibati...

Dad: Sojin bas qil... Agar bu ishni toʻxtatsam bundan battar boʻladi. Dushmanlarimning hammasi oyoqqa turadi... Kel bu mavzuni yop... Yn nima qilyapti ovqat yedimi?

Mom: Xonada oʻtiribdi ovqatga rozi boʻlmayapti. Sizni xoxlayapti...

Dad: Men oldiga kiray... Men ham sogʻindim qizimni...

Mom: Azizim qaroringiz toʻgʻri ekaniga ishonchiz komilmi?

Dad: Ha uni saqlashni yagona yoʻli shu... Bazida borib xabar olib turamiz...

Mom: Lekin Amerika yaqin joy emas... Undan tashqari u endigina 6yoshga toʻldi axir. Yoa ham Ynni soʻrab tinmayapti... Keyin men qizimsiz yasholmayman axir...

Dad: Koʻzimizdan uzoqda boʻlsa ham sogʻ-salomat boʻladi. Butunlay yoʻq boʻlsa qanday chidaymiz? Ozroq sabir qilamiz... Akam va oilasi unga gʻamxoʻrlik qiladi. Vaqti kelganda uni qaytaramiz faqat xozir uni yashirishimiz kerak....

Mom: Xoʻp yaxshi....

Dad: Men qizimni oldida boʻlaman....

Janob Han qizi yashirilgan xonaga kirdi. Oʻsha kuni aslida Yn tirik va sogʻlom edi. Faqat qoʻli biroz jarohat olgan edi xolos. Lekin janob Han hamma narsa shu qizi bilan sodir boʻlgani uchun va xozirgi xolatida davolanish zarur boʻlgani uchun uni vafotini uyushtirdi va oʻzini Amerikaga akasining oilasi bilan jonatib yuborishga qaror qildi. Janob Han xonaga kirganda Yn begʻubor boʻlib oʻyinchoq oʻynab oʻtirar edi. Xona eshigi ochilganda hayron boʻlib qaradi...

Dad: Yn meni Malikam...

Yn mayin kulib qoʻllarini otasiga uzatdi. Janob Han borib qizini koʻtardi. Qizining iforini eslab qolish uchub qattiq quchoqlab chuqur xidladi

Dad: Meni kechir qizim....

Yn hayron boʻlib otasining yuziga qaradi. Otasining koʻzlaridan oqayotgan yoshdan hayron boʻlib mitti qoʻllari bilan otasini koʻz yoshlarini artib qoʻydi

Dad: Yn meni eshit... Sen bugun amaking bilan Amerikaga ketasan xoʻpmi?

Yn keskin boshini yoʻq deb chayqadi. Yn ham yegʻlashni boshladi

Dad: Iltimos yegʻlama Malikam... Men majburman... Meni tushun seni xavfsizliging men uchun birinchi oʻrinda. Shuning uchun amaking bilan ketasan onang narsalaringni tayyorlayapti. Bir soatdan keyin yarim tunda yoʻlga chiqasizlar. Men keyinroq boraman xoʻpmi? Onang va opangni olib...

Yn hech qanday reaksiasiz otasining koʻzlariga qarab turar edi. Hayolida ota-onasini tunda qilgan suhbati va otasini undan uyaldim degan gaplari oʻtar va otam mendan uyalgani uchun jonatib yuboryapti degan fikir kela boshladi. Va shunchaki jim yegʻlab turdi

Yn kiyinib tayyor boʻldi va Sogun amakisi va uning ayoli boʻlgan Mira xonim bilan birga ketti. Ular mashinaga oʻtirishdi. Shunda ham Yn faqatgina yegʻlab turdi. Mashina ishga tushdi Yn mashinaning orqa oynasidan yegʻlab uyidan uzoqlashayotganini kuzatib turar edi. Sojin xonim ham oynadan qizining ketishini koʻzlarida yosh bilan kuzatib turar edi

Mom: Meni kechir qizim... Mendek ojiz onangni kechir... Sen hali godak eding...

Sojin xonim oʻziga oʻzi gapirib yegʻlar edi. Yn amakisi va uning xotini bilan shaxsiy samalyotga oʻtirdi va Amerikaga uchib ketti. Yn yoʻlda ham faqat yegʻlar edi shunda Mira xonim yoniga oʻtirdi

M: Mening goʻzal qizim boʻldi yegʻlama.... Senga oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman. Ota-onang yoniga qaytguningcha men onang amaking otang boʻladi xoʻpmi?

Yn yoshli koʻzlari bilan Mira xonimga qaradi va sekin boshini qimirlatib ha dedi

M: Ha yana bir gap meni bir ogʻlim bor sendan ancha katta. U seni akang boʻladi... U sendan 10yosh katta ismi Tehyung... Biz Tae deb chaqiramiz. Borganimizda tanishib olasan. Xozir esa biroz uxlab dam ol. Ertaga akang bilan shahar aylanasizlar...

Mira xonim Ynni quchogʻiga oldi. Va oʻzi uxlatib qoʻydi. Mira xonim doim qizi boʻlishini xoxlagan lekin Taedan keyin boshqa farzand koʻra olmagan edi. Yn yangi oila bilan Amerikaga yetib bordi. Amakisi yoʻlga chiqishdan avval Yn uchun xona tayyorlashni buyurgan edi. Yetib borgach janob Sogun Ynni koʻtarib xonasiga olib kirib yotqizdi. Ton otti. Yni koʻzlarini ishqalab xonadan chiqidi

Yn judayam xafa edi. U endigin koridor boʻylab yurib ketayotganda Tae yoʻlini toʻsdi

Tae: Xoy qizaloq sen kimsan???

Y/n:.....

Tae: Nega gapirmayapsan? Yoki soqovmisan?

Yn bu gapdan yegʻlab yubordi va sekin bosh qimirlatib ha dedi. Tae Ynni yoqimli mayus koʻzlaridagi yoshlarni koʻrib oʻzini gʻalati xis qildi. Va unga teng boʻlib chokkaladi

Tae: Hoy mittivoy boʻldi yegʻlama... Oddiy gapga ham yegʻlayverasanmi? Unda bu hayotda qanday yashaysan xoʻsh?

Yn yoshli koʻzlar bilan Taega hayron boʻlib qaradi. Tae xozirda 16yoshda edi.

Tae: Demak ota-onam aytgan qiz senmisan? Amakimning egizaklaridan biri?

Yn yana ha deb bosh qimirlatdi

Tae: Menga qara bugundan boshlab men seni akangman. Ota-onam asosan ishda boʻldi va asosan men bilan boʻlasan... Haya sir saqlashni bilasanmi?

Yn ha deb bosh qimirlatdi

Tae: Seni oʻzim tarbiyalayman. Faqat oʻrtamizdagi narsalar oʻrtamizda qoladi. Maktabga bu axvolda chiqolmaysan... Avval gapirganmisan yoki tugʻmami bu...

Yn shoshilinch bosh qimirlatib yoʻq dedi

Tae: Demak bu keyin boʻlgan shundaymi?

Yn yana ha deb bosh qimirlatdi

Tae: Yaxshi seni oʻzim bilan olib yuraman. Oʻzim senga hammasini oʻrgataman davolanishingni ham oʻzim qilaman... Yana bir gap... Men ham amakimga oʻxshab mafiyaga aralashganman seni ham mafiya qilib tarbiyalayman lekin buni ota-onam bilmasim xoʻpmi? Senga kurashishni, mashina minish, gapirishga ham oʻragataman xoʻpmi?

Yn hayron boʻlib qoldi. Tae Yn uni yaxshi tushunmaganini tushundi va tik turib qoʻlini Ynga uzatdi

Tae: Qani kettik ota-onam nonushtaga kutib qoldi. Ular ketgandan keyin senga amalda tushuntiraman xoʻpmi?

Yn Taega qoʻlini uzatdi va bosh qimirlatib ha dedi. Tae shu kundan boshlab oʻzi aytgandek Ynni yoniga oldi. Oʻzi bilgan hamma narsani oʻrgata boshladi. Yn ota-onasidan judayam qattiq xafa boʻldi. Ular bir necha bor kelishdi. Lekin Yn Taeni ortiga berkinib uchrashishni xoxlamadi. Yn koʻproq otasidan xafa boʻlib qolgan edi. Mendan or qildilar deb. Oradan bir yil oʻtib Yn maktabga chiqdi. Maktabni birinchi kunidan uni koʻpchilik masxara qildi. Yn yegʻlab yugurib ketayotib Taega urulib ketti Tae Ynni koʻz yoshlarini artib qoʻydi. Va shu kundan nutqi ustida ham qattiq ishladi va bir yilga bormay Ynni qayta gapirishiga sababchi boʻldi. Lekin Yn gapirayotgani haqida ota-onasiga aytmasligini Amakisi va Mira xonimdan iltimos qildi. Mira xonim ham Ynni qaytarib berishni xoxlmay rozi boʻldi. Bu tarafda janob Han va Sojin xonimga juda qiyin boʻldi qizlarisiz. Qayta-qayta uchrashishga harakatlar foyda bermagani uchun ular bormay qoʻyishdi. Bu orada janob Han avvalgi obroʻsini tiklab oldi. Yoa oilaning yagona farzandi boʻlib qoldi. Yoa Ynni tirik ekanini ham bilmas edi. Shu tarzda yillar oʻta boshladi. Va oradan 12yio oʻtti. Yoa maktabni alo baholarga bitirdi. Va unverstetga ham oʻz kuchi bilan kirdi. Yn faqat chet tillarida yaxshi edi. Aniqrogʻi oʻziga kerak boʻlgan narsada kerak boʻlmagan narsaga umuman vaqt sarflamas edi. Ikki egizaklar ikki tarafda juda ham goʻzal boʻlib voyaga yetishdi. Yoa vazifa qilib oʻtirar edi. Shu vaqt otasi ishdan qaytti va birinchi qizini oldiga kirdi

Dad: Yoa qizim....

Yoa: Ha otajon...

Dad: Oʻzimni goʻzal qizim... Oʻqishlaring yaxshimi?

Yoa: Hammasi yaxshi otajon...

Dad: Unda yaxshi... Hoʻsh qizim ertaga bir yigit bilan uchrashsang degandim... Nima deysan?

Yoa: Nega otajon?

Dad: Sen ham katta qiz boʻlib qolding axir... Agar yigit yoqsa unashtruv qilamiz...

Yoa: Lekin otajon men sevib turmush qurishni xoxlar edim. Xuddi sizlardek...

Dad: Malikam oʻzimni men seni majbur qilmayapman.... Shunchaki uchrashib koʻr yoqsa rozi boʻlsang keyin boʻladi unashtruv... Yoqmasa majburlamayman...

Yoa: Yaxshi oʻzi kim u?

Dad: Yirik mafiya rahbarlaridan biri. Menimcha mendan keyin qirol shu yigit boʻladi. Ismi Min Yoongi... Mafiya olamida hamma uni Suga deb biladi... 27yoshda kelishgan yigit faqat biroz jiddiy yigit...

Yoa: Shunisi ham yaxshi ota... Meni idealim sizdek boʻlsa otajon... Oilasi uchun mexribon. Begonalar uchun jiddiy va qoʻrqinchili...

Dad: Balki shudir taqtiring... Lekin qizim uchrashgandan keyin qaror qilishga shoshilma. Yaxshilab oʻyla, chunki ortga yoʻl boʻlmaydi biz mafiyalar soʻzi quroldan chiqqan oʻqdek ortga qaytarib boʻlmaydi... Meni tushunding toʻgʻrimi qizim?

Yoa: Xoʻp otajon...

Dad: Unda yaxshi dam ol qizim...

Janon xan Yoani yolgʻiz qoldirib chiqib ketti. Yoa biroz oʻylanib qoldi bu vaqt siz ham voyaga yetgan juda ham goʻzal va allaqachon Mafiya Queen nomini olgan judayam mahoratli qiz boʻlgan ediz. Albatta bularni barchasi Tae tufayli edi. Xozir ham xoinni tutib keltirishgan siz oʻziz jazolayapsiz

X: X...xonim kechiring....

Siz beparvo asabiy kuldiz

Y/n:😏 Kechiray?... Meni lugʻatimda bunday gap yoʻq... Men hammangni ogohlatirish bilan ishga qabul qilganman... Xoinlik qilganing meni qoʻlimdan oʻlim topasan deb...

X: Men... Men majbur boʻldim... Iltimos...

Y/n: Yoʻq...

Tae: Yn boʻldi qil endi unga rahim qil...

Y/n: Nimaa??? Huyung sizdan shunday gap chiqdimi?

Tae: Albatta unga rahim qil va tezroq oʻldir... Mingʻirlashidan charchadim... Xoxlasang oʻzim qilaman...

Y/n: Nega bunday zavqni sizga berishim kerak... Buni oʻzim bajaraman

Siz qoʻlingizdagini koʻtardiz va golf oʻynashga tayyorlangan odamdek bosh tarafiga oʻttiz. Xoinlik qilgan odamni shunchalik doʻpposlagansizki hamma joyi qonga belangan umuman qimirlay olmay qolgan 6ta joyidagi suyagini allaqachon sindirgansiz. Endi esa boshiga urishga tayyorlanyapsiz

Siz qoʻlingizdagi bilan uning boshiga zarb bilan urdiz. Shunda kuchli zarbdan boshi yorildi va oʻsha joyda u odam oldi uning qoni kiyimlariz va yuzizga sachrab ketti. Siz biroz qotib qoldiz shunda Taeni masxara kulgusi va qasaki hayolizni buzdi va siz ham kulib yubordiz

Tae: Mana bu zarba... Ertaga golf oʻynashga boramiz... Esimga solib yubording...

Y/n: Okay huyung...

Siz qonga belangan qoʻlizdagini yerga tashladiz. Atrof tinch boʻlgani uchun shoviqnli boʻldi. Atrof aylana xizmatchi va qoʻriqchilar edi. Siz hammasiga gapirdiz

Y/n: Bu hammangga dars boʻlsin... Yana bir marta men xaqimdagi maʼlumotlarni pullashga harakat qilishsang oʻzim maydalab tashlayman... Oʻlim tahtid qilsa ham farqi yoʻq. Baribir oʻzim oʻldiraman senlarni meni tushunishdingmi? Ishga olingan vaqtingdagi imzo qoʻygan shartnomangni unutishma hech qaysing... Tushunarlimi?

Hamma bir ovozdan: Ha xonim tushundik...

Y/n: Endi hammang oʻz ishingga qayt...

Hamma tarqaldi. Tae kelib yelkangizga qoʻlini osib kulib gapirdi

Tae: Sen eng zoʻrisan va agar xozir uyga bormasak ikkimizni ham axvolimiz voy boʻladi...

Y/n: Nega?

Tae: Onam ovqat tayyor tezroq kelinglar deganiga yarim soat boʻldi...

Y/n: NIMAAA aniq oʻlamiz tezroq boʻling lekin bu axvolda keta olmayman... Men xonamda dush olib chiqaman men uchun kiyim buyurtma bering... Dush qabul qilgunimcha shu yerda boʻlsin...

Tae: Xoʻp xojayin.... Tezroq boʻl yoʻqsa ikkimiz ham tayoq yeymiz onamdan...

Y/n: Xoʻp dedim kiyimni xal qiling...

Si tez dushga kirdiz. Va yuzizga va tanangizga sachragan qonlarni yuvib chiqdiz. Boshizga xoʻl boʻlmasligi uchun maxsus bosh kiyim kiydiz va dush qabul qildiz. Ustizga dush xalatini kiyib ofisingizga chiqdiz. Bu vaqt Tae yangi kiyimlar bilan kutib oʻtirar edi. Siz uni yonidagi kiyimlarni olib endi ketmoqchi boʻlganizda Tae sizni tizzasiga tortti

Y/n: Hey bu nima qilganiz...

Tae: Oh amakimni qizi... Shunday shahvoniy koʻringaningda aqldan ozay deymanda...

Tae oyogʻizdan ushlamoqchi edi. Siz uni boshiga toʻpponcha qoʻydiz

Y/n: Qoʻlingizni olmasangiz otib tashlayman...

Tae: Yaxshi taslimman Miss Queen...

Y/n: Koʻp suyulmang sizni akamdan ortiq koʻrmayman...

Siz Taeni itarib turib kettiz va vannaxonaga kirib kiyinib chiqdiz

Y/n: Kettik tezroq...

Siz Tae bilan yolga tushdiz. Rulga siz oʻtirdiz va eng qisqa yoʻllar bilan eng katta tezlikda haydab keldiz. Uyga kelganda sekin eshikni ochdingiz va oyoq uchida ichkariga kirib ketmoqchi boʻldingiz. Shunda

Mom: Ertaga kelar edingiz pismiqlar...

Ikkingiz ham sekin ortizga qaradiz. Ortizda Mira xonim qoʻlida tayoq ushlab eshik ortida turgan edi. Siz sekin kuldiz

Y/n: Ona ishimiz chiqib qoldida...

Mom: Senlarga koʻrsatib qoʻyaman ishni...

Mira xonim sizlarni quvlab ketmoqchi boʻlganda siz Taeni Onasi tomon itarib yubordiz va chaqqonlik bilan qochib kettiz. Mira xonim Taega bir ikki marta urdi. Tae sizni ortizdan baqirdi

Tae: Senmi hali mitti shaytoncha... AYYY... ona...

Mom: Senlarga necha marta aytganman ovqat vaqti uyda boʻl deb a??? Buyoqa kel Yn...

Y/n: Ota, otajon meni qutqaring...

Siz yugurib borib amakingiz ortiga yashirinib oldiz. Ular sizni boqib katta qilishgani uchun va ularni koʻngli uchun ularga ota va ona deb murojat qilar ediz. Amakingiz sizni ortiga yashirdi

Dad: Azizam boʻldi qil axir qiz bola...

Mom: Uni juda erkalatib yuboryapsiz...

Y/n: Ona aslida oʻgʻlizni deb kech qoldik...

Tae: Mom: NIMAAA???

Y/n: Bir qizni orqasidan yalinib yuribdi. Shunga oʻsha bilan qolib ketti shunga kech qoldik. Men aytdim onam bizni chaqirgan deb. Xozir, xozir deb turaverdida

Siz qiqirlab kulib gapirar ediz. Tae asabiylashgandan yuzi qizarib ketti. Onasi Taega qaradi

Mom: Hali shunaqami???

Tae: Ona bu shaytonga ishonmang aldayapti... Aslida teskarisi boʻldi...

Mom: Sen bola qachon odam boʻlasan a?

Tae uyni aylanib onasidan qochar edi. Sizga asabiy tahtidlar qilib qoʻyar edi. Siz amakingiz bilan qarshizdagi manzaradan mazza qilib kuldiz. Shu vaqt amakingiz qulogʻizdan tortti

Dad: Sen qiz juda yomon chiqdingku a akangga ham rahiming kelmaydi...

Y/n: Ay, ay ota unday emas...😁

Sizlar oddiy lekin baxtli yashar edingiz. Siz onangiz va Yoani sogʻinar ediz. Lekin gʻurur yoʻl qoʻymas edi. Ertasi kuni Yoa unverstetdan keyin kelishilgan restaranga uchrashuvga bordi va atrofdan Yoongini qidira boshladi

Ofitsiant uni Yoongini oldiga boshlab bordi. Yoongi plashetda qarab oʻtirar edi

Yoa: Salom janob Min...

Yoongi boshini koʻtarib Yoaga qaradi. Yoa Yoongini oʻtkir nigohlari oppoq yuzi mushukcha koʻzlari chiroyli lablariga mahliyo boʻlib qolganini sezmay qoldi. Yoongi judayam chiroyli va kelishgan yigit edi. Yoa buni umuman kutmagan edi

Y: Salom Yoa... Keling oʻtiring...

Yoa: Rahmat...

Yoa Yoongini qarshisida oʻtirdi. Yoongiga Yoa unchalik yoqmagandek xis qildi. Qani gaplashib koʻraychi deb oʻziga oʻzi oʻyladi. Lekin bu vaqt Yoa allaqachon Yoongiga maftun boʻlib boʻlgan edi...