fanfik
July 31

Forced marriage 1-Qism

Hobi ofisda oʻz xonasida xujjatlarga koʻmilgan xolda asabiy oʻtirar edi. Shu vaqt eshik ochilib uning otasi kirib keldi. Hobi bu hali otasi ekaniga qaramay beixtiyor gapirib yubordi

JH: Nega taqqilatmay kirishga jurʼat etding...

Dad: Kechirasan oʻgʻlim oʻz kampaniyam va oʻz xonamga taqqilatib kirishim kerak ekanini unutibman....

Hobi otasining kinoyali gapidan shoshilinch hujjatlardan bosh koʻtardi

JH: Voy otajon uzur qaramay gapirib yuboribman... Keling marxamat...

Dad: Hechqisi yoʻq bolam. Nega bunchalik asabiysan?

JH: Bu hujjatlar doim asabni yeydi...

Dad: Toʻgʻri bolam... Oʻgʻlim oʻzi seni oldingga ish bilan kelgan edim...

JH: Albatta ota bu nima?

Dad: Onang bilan kelishib seni uylantirishga qaror qildik...

JH: Men uylanmayman.... Men hali bunga tayyor emasman... Vaqtim ham yoʻq ota

Dad: Men qarorimni aytdim. Agar uylanmasang kampaniyani olib qoʻyaman. Merosdan ham maxrum qilaman. Yoshing axir 30ga qarab ketyapti. Men va onang nabira xoxlaymiz. Xullas gap tamom tanla yo uylanasan va hammasi oʻz joyida qoladi. Yoki uylanmaysan lekin hech narsasiz qolasn...

JH: Ota... Bunday qilolmaysiz...

Dad: Meni bilasan...

JH: Ufff... Mayli ota uylanaman. Lekin meni fel atvorimga chidaydiganni qayerdan topmoqchisizlar? 3kunda qochib ketadi...

Dad: Qochmaydi... Biz shundayidan topamiz...

JH: Xoʻp yaxshi toping men uylanaman. Lekin qochib ketsa qayta oʻzim xoxlamaguncha uylanmayman. Uni qaytarmayman. Va menga ortiq shart qoʻymay hamma narsani berasiz...

Dad: Roziman oʻgʻlim...

JH: Yaxshi ota unda tayyorgarlik koʻringlar va qiz topinglar... Lekin ota men ham sizni oʻgʻliz ekanimni unutmang...

Dad: Albatta oʻgʻlim... Unda biz harakatimizni qilaylik... Haya men ertaga Amerikaga uchib ketyapman...

JH: Nega birdan tinchilikmi?

Dad: Yoshlikdan birga oʻsgan doʻstim ayoli vafotidan keyin qizini olib Amerikaga ketgan edi. Uni biroz tobi boʻlmay qolibdi. Shunga habar olib kelaman va oʻsha joydagi kampaniya va zavodlarini sotish haqida ham maslahatlashmoqchi...

JH: Rostanmi? Agar rostan sotmoqchi boʻlsalar men sotib olishim mumkin...

Dad: Avval boray... Keyin Koreyaga qaytmoqchi ekan... Birga qaytish ehtimolimiz ham bor...

JH: Yaxshi ota... Yaxshi borib keling...

Hobining otasi ketti. Hobi yana ishlari bilan qolib ketti. Hobi toʻliq ismi Jung Hoseok 28yoshda Koreyadagi nomi va obrosi baland CEOlardan biri. Kampaniya unga meros boʻlib qolgan lekin kampaniyani obrosini koʻtargan bu Hobi edi. Hobini hayoti ishdan iborat edi. U juda asabiy, sovuqqon va vaqti kelsa judayam beshavqat inson. Uning zaharli feʼl - atvoriga hech kim chiday olmaydi. Lekin koʻrinish buning aksi edi. Kelishgan, chiroyli uning porlab turgan koʻzlari va juda ham kam uchraydigan tabassumi quyoshdek edi. Uni koʻrgan inson oshiq boʻlmay qolomas edi. Lekin uni yonida yashash katta sabirni talab qilar edi. Yengiltak qizlar bilan ham juda kam aloqada boʻladi. Uning qoʻpolligi tufayli unga xizmat qilishni xech kim xoxlamas edi. Hobini otasi Amerikaga uchib keldi. Hobini otasining doʻsti sizning otangiz edi. Haydovchilaringizdan biri borib uni kutib oldi va uyingizga olib keldi. Bu vaqt siz universitetda ediz

Siz Han Yerin 21yoshdasiz . Amerikadagi unverstetda tibbiyot yoʻnalishida oʻqiysiz. Siz hayotizni oʻqishga bagʻishlagansiz va katta xirurg boʻlishni niyyat qilgansiz. Xozirda ikkinchi kursda oʻqiyapsiz. Oʻqishiz tufayli umuman yigitlarga imkon ham etibor ham bermagansiz. Uyga kelgan vaqtiz otangiz va Hobini otasi gaplashib oʻtirar edi

Y: Hayirli kech otajon... Axvoliz yaxshimi?.. Xush kelibsiz janob... Yaxshi keldingizmi? Yoʻlda qiynalmadingiz deb umid qilaman...

Dad: Yaxshi keldingmi qizim?

JHDad: Xushvaqt boʻl qizim... Doʻstim nahotki bu Yerin boʻlsa?

Dad: Ha doʻstim bu qizim Yerin...

JHDad: Yerin qizim meni eslolmaysan shekili. Yoshligingda amakijon derding endi janobmi?

Y: Uzur lekin eslolmadim...

JHDad: Toʻgʻri axir oradan ancha yillar oʻtti. Koreyadan ketgan vaqtingiz 3yoshdan endi oʻtgan hali 4ga kirmagan eding...

Y: Ha shunday...

JHDad: Yana janob desang hafa boʻlaman...

Y: Yaxshi amakijon... Xush kelibsiz uyimizga...

JHDad: Yana bir bor xushvaqt boʻl qizim...

Dad: Qizim narsalaringni tayyorlashga kirishaver Koreyaga qaytamiz...

Y: Axir ota oʻqishimchi?

Dad: Koʻchiramiz... Hali emas hafta ohiriga ketamiz menimcha zavod va ofislarni xal qilib olsam...

Y: Ota ketmaylik...

Dad: Onangni ham qabrini ziyorat qilmaganimizga shuncha yillar boʻldi. Boramiz qizim Amerikada oʻlishni xoxlamayman...

Y: Ota unday demang...

Dad: Sen borib xizmatchilarga kechki ovqatni tayyorlashlariga buyr va aytganimdek harakatingni boshla...

Y: Hoʻp boʻladi otajon...

Siz xonangizga chiqib kettiz. Ortizdan Hobini otasi otangizga murojaat qildi

JHDad: Doʻstim qizingni sevgan yigiti bormi?

Dad: Menimcha yoʻq... Chunki bu haqida hech qachon gaplashmaganmiz... Oʻzim turmushga berish haqida gapirsam ham tortishib ketamiz... Nega doʻstim???

JHDad: Doʻstim meni oʻgʻlim bor bilasan. Uni ham hali uylatirmaganman... Aniqrogʻi endi uylantirmoqchiman. Nima deysan doʻstim balki farzandlarimizni birga qilarmiz?

Dad: Bilmasam doʻstim... Meni qizim erka, injiq qiz...

JHDad: Qaysarligi bormi?

Dad: Voy hamma qaysarlik meni qizimda toʻplangan...

JHDad: Toʻgʻrisi meni oʻgʻlim ham tillo deyolmayman feli biroz ogʻir. Menga qizlar chidolmaydi deb uylanishni xoxlmayapti. Men topaman shundayini deb aytib qoʻydim lekin menga qizing yoqib qoldi. Agar qaysar boʻlsa sabirli ham boʻladi...

Dad: Ha sabirlilik ham bor qizimda. Bir narsani maqsad qilib qoʻysa kerak boʻlaa yillab ham kuta oladi u amalga oshishini...

JHDad: Kel doʻstim unda ularni birlashtiraylik...

Dad: Bilmasam qizim rozi boʻlarmikin?

JHDad: Unda kechki ovqatdan keyin gaplashib koʻr. Mana oʻgʻlimni surati...

Dad: Yaxshi doʻstim...

Siz xonangizga kirdiz va birinchi garderobizni yegʻishdan boshladiz. Otangiz haq edi siz hozirdan tayyorlanishni boshlasangiz ketadigan vaqtgacha ham tayyor boʻlishiz qiyin edi. Kechki ovqatgacha faqat qishki kiyimlarizni yegʻish bilan vaqt oʻtkazdiz. Otangiz va Hobini otasi bilan kechki ovqatni qildingiz. Keyin xonangizda vazifa qilib oʻtirgan ediz otangiz keldi

Dad: Qizim kirsam mumkinmi?

Y: Voy otajon chaqirsangiz oʻzim borar edim. Nega oʻzizni uruntirib keldiz. Qani keling oʻtiring...

Dad: Xullas qizim meni bilasan gap aylantirmayman...

Y: Yana turmush qurish haqidami?

Dad: Ha shunday... Qizim yigit juda kelishgan ekan. Ham muoffaqiyatli CEO ekan. Senga juda mos ekan. Fel atvoringiz ham oʻxshash ekan...

Y: Lekin otaaaa oʻqishimchi???

Dad: Voy oʻqiyverasan... Turmushga chiqdi degani uyga qamaldi degani emas axir...

Y: Qani yigitni rasmini koʻraychi...

Dad: Mana qizim...

Y: Vauvvv... Aniq shu yigitmi?

Dad: Albatta qizim... Doʻstimni yoshligi oʻziga oʻxshabdi oʻgʻli ham...

Y: Rostan shunday chiroyli yigit hayotda bormi? Aldamang boshqa rasmi ham bormi?

Dad: Voy qizim nega seni aldayman mana qara yana bir rasmi...

Y: Uh buni nigohlarini juda oʻtkir ekan...

Dad: Xoʻsh rozimisan qizim?

Y: Agar oʻqishimga qarshi boʻlmasa va albatta shu rasimdagi yigit boʻlsa rozman...

Dad: Voy qizim e... Koreyaga borsak uchrashib gaplashib olasizlar. Oʻqishingga kelsak oʻqiyverasan.. Ular ziyolilar oilasi albatta bunga qarshi boʻlmaydi...

Y: Yaxshi ota roziman...

Dad: Ayw qizim yana tortishib qolamiz deb qoʻrqqan edim... Seni toʻyingni koʻrsam armonim yoʻq edi...

Y: Yana bir marta shunday desangiz hammasini bekor qilaman...

Dad: Yaxshi gapirmadim... Xoʻsh qizim koʻp qolib ketmay ertaroq dam ol xoʻpmi?

Y: Xoʻp otajon siz ham yaxshi dam oling...

Otangiz xonadan chiqib ketti. Siz Hobini suratiga qayta-qayta termulib qolar ediz. Bu bir koʻrishdagi sevgi edi. Siz yuragizdagi tartibsizlikdan hayron qoldiz. Shuncha yigitlar sevgi izhor qilgan lekin siz hatto ularga qarashni ham xoxlamas ediz. Lekin Hobi sizni ohangrabodek oʻziga tortar edi. Otangiz Hobini otasini oldiga keldi

Dad: Doʻstim qizim rozi...

JHDad: Bu juda zoʻr xabarku...

Dad: Lekin seni oʻgʻlingga qizim yoqarmikin?

JHDad: Albatta yoqadi shunday qizni yoqtirmasa axmoq boʻladi u...

Dad: Bilib boʻlmaydi. Mana bu qizimni suratlari oʻgʻlingga jonat va gaplashib koʻr...

JHDad: Yaxshi doʻstim senga hayirli tun men u bilan gaplashib koʻraman...

Hobi bu vaqt oʻz ishlari bilan band edi. Otasi unga video qoʻngʻiroq qildi

JH: Eshitaman otajon... Yaxshi yetib oldizmi?

Dad: Men yaxshiman oʻgʻlim oʻzingni ishlaring yaxshimi?

JH: Ha hammasi yaxshi...

Dad: Oʻgʻlim senga surat jonattim bir koʻrgin..

JH: Qanday surat ota???

Dad: Boʻlajak xotiningni surati. Rozi boʻlsang ham boʻlmasang ham shu qizga uylanasan...

JH: Yoqmasachi???

Dad: Farqi yoʻq... Shunday qizni yoqtirmasang axmoqsan...

Hobi istamay telefoniga kelgan suratni ochib koʻrdi

JH: Ota bu qoʻgʻirchoq bir kunga ham chidolmaydi...

Dad: Gapni koʻpaytirma... Gap tamom hafta ohirida Koreyaga boramiz. Bu qiz bilan uchrashib gaplashib koʻrasizlar...

JH: Menga qiziq emas... Siz nima desangiz shu faqat toʻydan keyinoq hamma narsani menga oʻtkazib berasiz...

Dad: Ajrashmaslikka qasam ichsang...

JH: Ajrashmayman... Oʻzi qochib ketadi...

Dad: Yaxshi oʻgʻlim...

Aloqa uzuldi. Hobi sizni suratizga yaxshilab qaradi

JH: Eh bechora qoʻgʻirchoq... Vaziyat qurboni boʻlar ekansanda afsus... Lekin sen juda goʻzalsan... Seni qanday uraman a???

Hobi oʻziga-oʻzi gapirdi va ayyorona kulib qoʻydi. Vaqt ham yeldek oʻtib ketti va sizlar Koreyaga koʻchib keldingiz. Birinchi oʻqishingizni xal qildiz. Va oʻqishga chiqdiz. Birinchi oʻqish kuningizni oʻzida Hobi bilan uchrashuvni ham uyushtirib yuborishdi. Siz kelishilgan joyga oʻqishdan chiqib keldiz. Hobi mashinaga suyanib sizni kutar edi. Siz kelib mashinadan tushdiz

Y: Salom janob Jung Hoseok

Hobi siz tomonga qaradi...

Hobi sizga boshdan oyoq qaradi. Va biroz asabiyroq bir qoshini koʻtardi

JH: Bu nima axvol???

Y: Kechirasiz tushunmadim?

JH: Nimani tushunmaysan? Qaytib bunday kiyim kiyganingni koʻrmay... Yoki hammani oʻzingga qaratish yoqadimi?

Siz uning bu gaplaridan asabiylashdiz. Lekin bu yoqimli edi ham. Siz shunda ham past kelgiz kelmadi. Hobini yoniga keldiz va

Y: Nima kiyishimni xozirdan xal qilasizmi? Siz hali hech kimsiz tushundizmi?

Hobi kutilmaganda boʻynizni orqasidan ushladi va yuzizni yaqin olib kelib past gapirdi

JH: Men seni eringman... Men nima desam shu boʻladi. Endi ortga yoʻl yoʻq... Rozi boʻlishdan avval oʻylashing kerak edi...

Y: Qoʻyib yuboring...

JH: Shhh... Hali gapim tugamadi... Meni gapim tugamasidan avval hech qachon gapimni boʻlma oqibati yaxshi boʻlmaydi. Xozir uyingga borasan va kiyimlaringni toʻgʻirlaysan. Tayyorgarligingni koʻrasan... Chunki hafta ohiriga toʻy... Meni tushundingmi? Yana bir marta shunday kiyimda seni koʻrsam yaxshilik kutma... Endi esa mashinaga oʻtir...

Y: Nega?

JH: Uyingga tashlab qoʻyaman...

Y: Kerak emas haydovchim bor...

JH: Nima shu axvolda haydovchida ketmoqchimisan? Meni gapimni ikki marta qaytarishga majbur qilma. Bu meni qoidam men bir marta gapiraman.. mashinaga oʻtir...

Y: Xoʻp...

Siz mashinaga oʻtirdiz. Hobi mashinani ishga tushurdi va yoʻlga tushdi. Siz uning jiddiyligi va talabchanligidan hayron qoldiz. Bu biroz gʻalati lekin yoqimli edi. Siz biroz hayolga berilib qoldiz shunda Hobini ovozi hayolizni boʻldi

JH: Isming nima?

Y: Yerin... Han Yerin...

JH: Yoshing nechida?

Y: 21da...

JH: Hmm... Yaxshi...

Hobi boshqa gapirmadi va sizni uyingizga olib keldi. Siz mashinadan tushdingiz shunda Hobi yana jiddiy gapirdi

JH: Yana bir marta koʻchaga shunday kiyimda chiqsang ochiq joylaringni ocholmaydigan qilib qoʻyaman... Koʻrmayapti dema men hamma narsani bilib turaman...

Siz javob bermay uyizga kirib kettiz. Hobi bundan asabiylashdi

JH: Ah qaysar echki... Seni shunday yoʻlimga solaman. Qaytib bu ishni qilmaydigan boʻlasan...

Hobi mashinani haydab uyingiz oldidan ketti. Siz yugurib oʻz xonangizga kirib kettiz....