August 17

𝗠𝗬 π—Ÿπ—œπ—”π—₯🫦

πŸ–Œ: Ninsu
πŸ“œ: 26

Darvozaga yetib keldi. Va qaradi. Ha bu aniq Kim sulolasining bayrog'i edi. Buni ko'rgan Jungkookni ko'zi quvonchdan yoshlanib ketdi.

To qo'shin yetib kelgunicha Jungkook tik oyoqda turdi. Qo'shin ham yetib keldi. Askarlar birin ketin otlardan tushib qirolichaga tazim qilishardi. Jungkook oyoq uchida turib Tehyungni izlardi. Hamma otlardan tushdi. Lekin hech kim Jungkookning oldiga 'Men keldim sevgilim' deb kelmadi.

Jk: Qirolimiz qani?

Hamma askarlar bir varakayiga qo'llarini peshonalariga qo'yib Jungkookga qarab tiz cho'kishdi.

Jungkook bundan hayron qoldi. Orasidan bittasi o'rnidan turdi va Jungkookga yaqinlashdi. Bosh egim shu gaplarni aytdi.

Askar: Qirolicham, hammasi bizni deb bo'ldi, biz urushdan qochdik, ayolimiz va farzandlarimiz haqida qayg'urdik. Dushman qo'shini bizdan 5 barobar ko'p edi. Askarlarning yarmi ular bilan jang qilish uchun qoldi, biz qochdik. Biz qo'rqoqlik qildik. Biz qirolimizni tashlab qochdik. Qirolimiz halok bo'ldi qirolicham...

Jungkook oxirgi so'zlarni eshitar ekan qulog'i shing'illab ko'z oldi qorong'ulashdi va tap etib o'zini yerga tashladi. Buni ko'rgan hamma askarlar o'rinlaridan turishdi va qirolichani ko'tarishib saroy tabibi tomon olib borishdi.

Askar: Saroy tabibi qayerdasiz... Qirolicha hushlaridan ketdilar...

Lisa xonasidan yugurib chiqdi va qirolichani ichkariga kirgazishlarini aytishdi. Jungkookni
ichkariga kirgazishdi. Lisa uni tomir urushini tekshirdi, va qattiq qo'rqqanidan hushdan ketganligini bildi. Biroz tabiiy dorilardan so'ng Jungkook ko'zlarino bir soat deganda ochdi.

Jk: Men qayerdaman...?

L: Qirolicham, siz tabiblar uyidasiz...

Jungkook nima bo'lganini eslab yig'lab yubordi.

Jk: Lisaaa... Tehyung o'libdi... qirolimiz o'libdi...

Lisa Jungkookni quchoqladi.

L: Bilaman, bilaman... Endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi... O'lgan odamni tiriltirishni iloji yo'q. Yig'lamang iltimos...

Jungkook hali ham yig'layotgan edi. Birozdan keyin hiqqillab hiqqillab yig'isi tindi va o'zini saroyiga ketish uchun eshikdan chiqdi. Chiqib qarasa qaytib kelgan askarlarni hammasini qo'llari bog'langan, ularning ayollari va bolalari yum yum yig'layotgan edi. Shoxona taxtda esa bizni qirolichamiz jaxli chiqib, xozir hamma joyni vayron qilishga tayyordek o'tirardi.

Oq: JALLOD...

Jallod boshida niqobi va qo'lida katta qonga bulangan boltasi bilan markazga chiqib keldi. Jungkook ko'zidagi yoshi birdan to'xtadi va tez qadamlar bilan o'rtaga chiqdi.

Jk: Ona qirolicha, bu yerda nima bo'lyabdi...?

Oq: Meni o'g'limni o'limiga tashlab kelganlarni o'zini ham o'limga maxkum qilaman.

Jungkook asabiylashib chuqur nafas oldi.

Jk: Ona qirolicha siz judaham oshirib yubordingiz, qarang ularni ayollari va bolalari buni kuzatishayabdi, naxotki vijoningiz qiynalmasa? Hatto qirolimiz kimnidir o'lim hukmiga maxkum qilsa buni faqat erkaklar ko'rishi mumkin edi. Ayollar va bolalar emas. Siz judaham adolatsizlik qilyabsiz, naxotki ularni ayollari va bolalariga raxmingiz kelmasa. Ozgina vijdoningiz bo'lsa bunday qilmagan bo'lardingiz...

Oq: Sen nega menga, ona qirolichaga bunday gapiryabsan? Oldin qorningdagi bolani tug'ib katta qilib ol, keyin uni o'limga topshir, shunda o'zing qanday yo'l tutar ekansan ko'ramiz.

Jungkook qorniga qaradi va quruq matoni ustidan silab, huddi bolasini silayotgandek ko'rsatdi va Ona qirolichaga tik qarab gapirdi.

Jk: Hozir siz o'ldirayotganingiz ham kimnidir 9 oy qornida ko'tarib yurgan bo'lasiku... Ularham kimnidir bolasi uchun janga ketishgandi, ularniham o'limi malum edi, shunday bo'lsaham ketishgandi. Ularni ayblari jangdan tirik kelishganlarimi? Shumi ularni aybi?

Qirolicha sukutga cho'mdi, chunki Jungkookni gaplarida jon bor edi. Hozir o'ldirayotgani ham kimnidir farzandi, kimnidir turmush o'rtog'i yana kimnidir otasi edi. Qirolicha Jungkookni oldiga kelib boshini shunchaki egib qo'ydi va sekin gapirdi.

Oq: Qora hanbokingni kiyib aza tutishga tayyorgarlik ko'r. Va yana bir narsa...

Ona qirolicha Jungkookni quloqlariga pichirladi.

Oq: Raxmat senga...

Bu raxmat Jungkook ona qirolichaga faqat o'zini o'ylamasdan boshqalarni ham o'ylash va tangani ikkinchi tomoni borligini o'rgatganligi uchunham Jungkookga aytgan raxmati edi. Jungkook hammani ozod qildi va uy uyiga yubordi. Hamma qirolichaga raxmat aytib quchoqlab qo'yardi, bularni hammasi askarlarni ayollari va bolalari edi. Hamma Jungkookga hamdardlik bildirib qornidagi bola uchun yaxshi yaxshi tilaklar aytayotgan edi. Jungkook hamma tilaklar uchun raxmat aytib saroyiga ketdi. Tikuvchilar allaqachon Jungkook uchun qora hanbok olib kelishgan edi. Jungkook hech kim yo'qligiga ishonch xosil qilib kiyinishni boshladi.

Jungkookni sochini oddiy qilib yig'ishdi va temir ko'rimsizgina to'nog'ich taqishdi. Lekin shu turishdaham Jungkook ideal edi.

β€’β€’β€’

Marosim boshlandi, bo'm bo'sh qabr ustida yig'lashdi, tepasida Tehyungni chizilgan surati ham turgan edi. Hamma Tehyungni qabriga oq gulni qo'yishayotgan edi. Qishloqlardan odamlar saroyga kirish uchun to'planib olishgandi.

Dg: Qirolicham, qishloq odamlari ham marhum qirolimiz uchun taziya bildirishga kelishdi. Kirishsinmi?

Jk: Ha kirishsin

Jungkook chetga chiqib har bir kelgan odamga bosh egib turardi. Qabir atrofiga yoniga ustiga qo'yilgan gullardan qabr ko'rinmay qoldi. Huddi oppoq gulli qabirga o'xshab qolgandi. Qishloq odamlari orasida Jungkookni onasi ham bor edi. Jungkookni onasi gul qo'yish uchun kelganda Jungkookga bir qarab qo'ydi. Lekin Jungkook bosh egib turgani uchun onasini ko'ra olmadi. Saroyni yig'i ovozi qoplab olgan edi. Jungkook bu ovozlarga chiday olmasdan marosim tamom bo'lishi bilan xonasiga yugurib ketdi. Tehyungni hanbokini olib quchoqlab yig'lashni boshladi. Har doimgidek uxlab qoldi.

β€’β€’β€’

Buyoqda katta kanizak, Qirol o'lganligi uchun qirolning vadasini kim bajarishini o'ylab xavotirda edi. Buni tezlik bilan qirolicha bilan gaplashib olishi kerak edi. Gaplashib olishi uchun qirolicha yaniy Jungkook yaxshiroq axvolda bo'lishi kerak edi. Buning uchun Katta kanizak Jungkookga biroz vaqt berishni o'ylab ko'rayotgan edi.

β€’β€’β€’

Uch kun o'tar o'tmas Katta kanizak Qirolicha yoniga keldi. Devonbegi Katta kanizak kelganligi aytib ichkariga kirdi.

Dg: Katta kanizak xonim sizni ko'rish uchun keldilar qirolicham.

Jungkook karovatda Tehyungni kiymini quchoqlaganda tebranmasdan yotardi

Jk: Hech kimni ko'rishni xohlamayman. Iltimos ketinglar...

Devonbegi Jungkook ovqatlanishi uchun yozilgan dasturxonga qaradi. Dasturxonda xar xil noz nematlar bor edi. Lekin faqatgina kosadagi oddiy qaynatilgan guruch yeyilgan edi. Devonbegi bosh egib o'zini aybdor his qilib xonadan chiqdi.

Dg: Katta kanizak xonim, qirolichamiz hech kimni ko'rishni xohlamayabdilar.

Katta kanizak bosh egib ortiga qaytib ketdi.

Kk Pov: Tezroq aytishim kerak... tezroq g'aznani kalitini olishim kerak.

Katta kanizak shu xayollar bilan ketdi. Devonbegi tabibga qirolicha ovqatlanmayotganini aytish uchun tabiblar saroyiga yo'l oldi.

Dg: Sarog tabibi, qayerdasiz...?

Ichkaridan Lisa chiqib keldi.

L: Tinchlikmi Devonbegi? Qirolichaga nimadir bo'ldimi?

Dg: Qirolicha guruchdan boshqa hech narsa yemayabdi. Bunaqada kasal bo'lb qoladi.

L: Oshxonaga boraylikchi, oshpazlar bilan gaplashib biror yo'lini topamiz.

Lisa va Devonbegi oshxonaga kirib vaziyatni tushuntirishdi. Oshpazlar bir necha guruch bilan tayyorlanadigan narsalarni taklif qilishdi. Shular orasidan guruchli ko'ptokchalarni tanlab olishdi. Guruchli ko'ptokchalar ichida baliq go'shtligi va tovuq go'shtligi bo'ladi. Ikkisidan ham tanlashdi. Kechgi ovqatga shular va shifobaxsh o'tlardan shirin choy damlashlarini buyurishdi. Ularni gapini Katta kanizak ham eshitib turgandi. Kechgi paytga kelib ovqat tayyor bo'lganda hizmatkor ovqatni olib ketish uchun keldi va yarm yo'lda Katta kanizak uni qo'lidan patnisni olib o'zi olib borishini aytdi. Va ichkariga kirib oldi. Jungkook yotgan xonani eshigini taqillatdi.

Kk: Qirolicham kechgi ovqatingiz tayyor.

Ichkaridan sas sado kelmadi. Katta kanizak ichkariga kirdi va qaradi Jungkook uxlayotgan edi. Katta kanizak patnisni yerga qo'yib eshikni yopdi. Va Jungkookni uyg'otdi.

Kk: Qirolicham... uyg'oning... Jungsi turaqol...

Jk: Tehyung...?

Jungkook ko'zlarini ochib oldidagi odamga qaradi.

Jk: Katta kanizak xonim? Siz?

Kk: Turaqol birnimani gaplashib olishimiz kerak...

Jungkook o'rnidan turdi, ikkisiham dasturxon yoniga o'tirdi. Katta kanizak xonim ikkisiga choy quydi.

Kk: Gapni cho'zib o'tirmayman, qirol o'lgan ekan uning vadasi o'lmagan. Menga qirol bola tug'ib bergishim uchun g'azna kalitini vada qilgandi. Seni bepushtligingni bilaman Jungsi. Agar menga g'azna kalitini bermasang ona qirolichaga qorningdagi bola emas ikki qarich latta ekanligini aytaman.

Jungkook bir nuqtaga qarab o'ylanib qoldi.

Jk: Mayli... G'azna kalitini olasan. Faqat bolani sog' omon qo'limga olsmagina...

Kk: Bola soppa sog' qo'lingda bo'ladi, bundan havotir olma.

Katta kanizak bosh irg'adi va chiqib ketdi. Jungkook Tehyungni kiyimini quchoqlab yig'lagancha joyiga yotib oldi.

Jk Pov: Tehyung... meni qanday muammolarga tashlab ketding a? Nega meni bunday odamlarga omonat qoldirding? Men bu kurashlarga ortiq bardosh bera olmayman. Men bunday odamlar yonida yashashni xohlamayman. Tehyung meni ham o'zingni yoninga olib ket iltimos...

O'sha tun Jungkook uchun yana bir stressli kechaga aylangandi.

β€’β€’β€’

Oradan ikki hafta o'tib aybdorlik hissiga chiday olmasdan Devonbegi ham ishdan bo'shashi, saroydan ketmoqchiligi haqida aytdi.

Jk: Bu nima deganingiz Devonbegi?

Dg: O'zimni judaham aybdordek his qilyabman qirolicham, sizga habar bergan so'zlarimdan pushaymon bo'lyabman, sizga qirol kelyabdi degan gaplarimdan afsuslanayabman. O'zimni judaham judaham aybdordek his qilyabman. Iltimos meni to'g'ri tushuning. Men bu yerdan ketmasam meni vijdon azobi qiynab o'ldiradi. Barbir bu yerda hizmat qiladigan odamim endi yo'q bo'lsa...

Jungkook hech marsa deya olmasdi.

Jk: Devonbegi, men sizdan hafa emasman. Agar yana qaytib kelmoqchi bo'lsangiz saroyimiz eshigi siz uchun doimo ochiq.

Devonbegi Jungkookga bosh egib chiqib ketdi

Devonbegi saroydan chiqqunicha vijdon azobidan qiynalib saroydan chiqib ketgandi. Devonbegi duch kelgan qishloqlardan biriga bosh olib ketdi.

β€’β€’β€’

Saroyda yana bir skunatga to'la bir oy ham o'tdi. Qirol o'ldi degan habarga ham bir oy bo'lgandi. Shunday skunatli kunlarning birida jarchi saroy bo'ylab baqirib yurgandi.

Jarchi: SAROYIMIZGA XITOY QO'SHINI OQ BAYROQ KO'TARIB KELAYABDIII... SAROYIMIZGA XITOY QO'SHINI OQ BAYROQ KO'TARIB KELAYABDI...

Jungkook bu habarni eshitib sergak tortdi va Lisa yoniga yugurdi.

L: Qirolicham vaqtida keldingiz qani kiymingizni heching bu matoni o'rab qo'yamiz.

Jungkook bosh irg'ab kiyimini yechayotib gapirdi.

Jk: Jarchini aytishicha xitoy qo'shini oq bayroq ko'tarib bizni saroyga kelayotgan ekan, buni eshitdingizmi?

Lisani o'ramoqchi bo'lgan matosi qo'lidan tushib ketdi.

Jk: Nima? Nima bo'ldi?

L: Qirolicham, buni ikki manosi bor...

Birinchisi: Agar tinchliq istab kelishayotgan bo'lsa...

Ikkinchisi: Agar... agar kimnidir o'lganini habar qilib kelishayotgan bo'lsa...

Jk: Bu nima deganing?

L: Bu deganim bizni habarsiz qolmasin deb qirolni o'lganini aytish uchun kelayotgan bo'lishlari mumkin...

Jk: Ular bizni bilishimizni bilishmaydimi?

L: Qanday bilishsin? Hech kim ularga habar bermagan bo'lsa...

Lisa tezda matoni bog'ladi. Jungkook qora hanbokini kiyib ularni o'z saroyida kutdi. Xitoyliklar birin ketin saroyga o'z otlarida kirib kela boshlashdi. Ularni kuzatayotgan oddiy xalq yani hizmatkorlar o'z o'zidan baqirib ularga qo'rquv va hayrat bilan qarashardi. Xitoy askarlari ham biznikilarga qaraganda ancha salobatli edida...

Jungkook o'tirgan katta zalgan birin ketin xitoyliklar kirib kela boshladi va...