Tae's girl --- Dabria
“Ko‘zimda ham yuragimda ham faqatgina – u ”Dabria qalbidan Taehyungga…
U — go‘yo tunda charaqlagan yolg‘iz yulduz,Sukunatda ham yurakni uyg‘otuvchi ovoz.Nigohi – muzdek jimjitlikda porlagan olov,Va har bir qarashi — taqdirimga bitilgan so‘z.
Sochlari — tunning eng chuqur sirlari singari,Shamolda o‘ynayotgan qayg‘uli ashula kabi.Qadamlarida bor sokinlik va qudrat,Go‘yo yuraklarga chizilgan nozik surat.
Tabassumi — dunyoni bir lahza to‘xtatadi,Har so‘zi – ruhimni asta yupatadi.U yurmasa ham, men yuraman unga tomon,Sababi – har nafasimda u, har nafasim — unga atalgan.
U men uchun kuy bo‘lgan sokin tonglardir,Yig‘im aralash aytilgan duolardir.Balki u meni tanimas, bilmas… lekin men —Har kecha, har tun… qalbimda uni sevib yashayman...
Ko‘zlari —
Go‘yo osmonning cheksiz chuqurligi,Yulduzlar unda yashnab, so‘nmaydi.U qarasa, yurak jim bo‘ladi,Va har bir nigohda minglab dard yashaydi.
Lablar —
Qor ostida ochilgan ilk bahor guli,Sokin, ammo ichida yashirin bir isyon.Kulganida, dunyo bir zum tinadi,Kulmasa — yurak sanchadi, vafosiz armon.
Buruni —
Tog‘ cho‘qqisidek o‘ziga xos va jiddiy,Har yonidan qarasang — mukammallik aksidir.Unda hech qanday keraksiz ortiqcha yo‘q,Tabiat uni puxta chizgan, bexato chizgichdir.
Sochlari —
Shamolda tebranayotgan tun pardasi,Har bir tolasi ohangga to‘la, g‘amgin kuy.Qo‘ling tekkudek bo‘ladi, lekin yuraging titraydi,Chunki bu sochlar — orzularning jimjimador suvi.
Qo‘llari —
Go‘yo pianino chalayotgan sokin musiqachi,Yuragingni ezmasdan silab o‘tadi.Ushlab turgandek har doim nimanidir — ehtimol, o‘tmishini,Yoki… hech qachon ketmasin degan duoni.
Tovushi —
Oqshomda esayotgan ilk bahor shamoli,Qulog‘ingda emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuragingda yangraydi.Past, ammo sehrli…Go‘yo taqdiringni sokin ovoz bilan aytib beradigan najot farishtasi.
Tanasining har bir chizig‘i —
Taqdir kitobida yozilgan satrlar kabi,Har biri bir-biridan nafis, har biri — ilhom.Unga qaraganingda o‘zingni unutasan,Chunki u oddiy emas — u san’at, u xuddi Xudo yozgan qo‘shiq kabi nom-nishonsiz ilhom.