"You don't remember me"
"𝓢𝓾𝓴𝓾𝓽 — 𝓮𝓷𝓰 𝓴𝓾𝓬𝓱𝓵𝓲 𝓺𝓲𝓬𝓱𝓺𝓲𝓻𝓲𝓺𝓭𝓲𝓻. 𝓥𝓪 𝓴𝓮𝓬𝓱𝓲𝓴𝓴𝓪𝓷 𝓾𝓬𝓱𝓻𝓪𝓼𝓱𝓾𝓿 — 𝓺𝓪𝓵𝓫𝓲𝓶𝓲𝔃𝓭𝓪𝓰𝓲 𝓮𝓷𝓰 𝓬𝓱𝓾𝓺𝓾𝓻 𝔂𝓪𝓻𝓪𝓵𝓪𝓻𝓷𝓲 𝓺𝓪𝔂𝓽𝓪 𝓸𝓬𝓱𝓪𝓭𝓲."
3-qism: Unutilganlarning Qasamyodi
Kutubxona jim edi. Faqat Dabria qo‘lida ushlab turgan qora kitob yurak urayotgandek sekin tebranardi. Har sahifada yozilgan xotiralar — endi nafaqat Dabria va Jiminning hikoyasi, balki ular orasidagi ko‘rinmas rishtaning ham isbotiga aylangan edi.
Ammo... havo tobora sovuqlashib borardi. Devorlar orqasida noaniq g‘amgin nola eshitilardi, xuddi minglab unutilgan ruhlar yig‘layotgandek.
Qorong‘ilik asta yana qalinlashdi.
Kutubxonaning poydevoridan, yer ostidan, qoramtir tuman ko‘tarildi. Tuman ichidan siluetlar paydo bo‘ldi — bular yo‘qolgan ruhlar edi. Ular jim, ammo ko‘zlarida abadiy sog‘inch, abadiy iztirob porlardi.
Dabria yuragini mahkam tutib, oldinga qadam tashladi. Qo‘lida qora kitob qattiqroq titrardi, xuddi uni ogohlantirgandek.
Birdan... uning yo‘lini to‘sdi bir soya. Baland, qora plash kiygan, yuzi ko‘rinmaydigan mahluq. Uning ovozi g‘ayritabiiy, chuqur va sovuq edi:
— "Sen taqdir yo‘lini buzmoqchi bo‘lyapsan, qizaloq Yo‘qolganlarni qaytarib bo‘lmaydi."
Dabria o‘ziga ishonch bilan javob berdi:
— "Men taqdirni o‘zgartirish uchun emas, sevgi uchun kurashaman."
Mahluq jim turdi. So‘ng asta oldinga egildi va pichirladi:
— "Agar Jiminni qaytarmoqchi bo‘lsang... o‘z xotirangdan voz kechishing kerak."
Dabria sergak tortdi.
— "Xotiramdan...?"
Mahluq qattiqroq gapirdi:
— "Ha. Seni unga bog‘layotgan yagona narsa — bu eslash. Agar sen o‘zingni unutishga rozi bo‘lsang, uni qaytarish imkoniyatiga ega bo‘lasan. Aks holda... u abadiy so‘nadi."
Dabria titrab ketdi. Yuragi azobda qichqirdi.
Agar u rozilik bersa — Jimin qaytariladi, lekin o‘zi... unga bo‘lgan barcha hislarni, barcha xotiralarni unutib yuboradi.
Bu shart edi. Qiyin va shafqatsiz shart.
Ko‘zlarini yumdi. Jiminning jilmayishini esladi. O‘sha yomg‘irli kunni. O‘sha xayrlashuvni.
— "Men seni unutmoqchi emasman..."
Ko‘zlaridan ikki tomchi yosh sirg‘alib tushdi.
Ammo birdan, qora kitobning sahifalari o‘z-o‘zidan ochilib, charaqlay boshladi.
Va har bir sahifada — Dabria va Jiminning sevgisi, sadoqati, og‘riqli, ammo beg‘araz tuyg‘ulari bitilgan edi.
Kitobdan bir nurlanish ko‘tarildi.
Mahluq orqaga chekinib, g‘azab bilan nola qildi:
— "Sevgi... taqdirdan kuchli bo‘la olmaydi!"
Ammo Dabria, yuragini mahkam ushlab, qora kitobni havoga ko‘tardi.
— "Men seni xotiralarim bilan emas, yuragim bilan eslayman!" — dedi u, ovozini butun borlig‘idan chiqarib.
Yer osti kutubxonasi larzaga keldi. Ruhlar yig‘isi qattiqroq eshitildi, lekin bu safar — umidsizlik emas, najot istagining nolasi edi.
Va u yerdan... Jimin qadam tashlab chiqdi. Haqiqiy, tirik. Ko‘zlari g‘amgin, ammo o‘zidan nurlar yog‘dirardi.
U Dabria tomon asta yura boshladi.
— "Men seni topdim," — dedi u yana. Bu safar uning ovozida abadiy sevgi, abadiy vafo aks etdi.
Dabria uni ko‘z yoshlar ichra qarshi oldi.
Ular bir-biriga yetganda, atrofdagi kutubxona so‘nib borayotgan yulduzlar kabi asta yo‘qolib ketdi.
Faqat ikki yurak — bir-biriga tutashgan ikki ruh qoldi.
Va tuman ichidan, xira ovoz eshitildi:
> "Unutilganlar qaytdi. Lekin har bir sevgi o‘z qasamyodini talab qiladi..."
Chanel : @minsuficc