June 1, 2025

"Inch without echo" Aks sadosz siyoh

Pov/ author:

So‘zsiz dard va jim yurak o‘rtasida yashaydigan Ara haqida. To‘liq jim emas — yarim jim. Yashash va bo‘g‘ilish orasidagi holat.

“Tasodifiy uchrashuv — yoki taqdirning boshlanishi?”

Tungi shahar chiroqlari yaltirab turar, ko‘chalarda odamlar shoshib o‘tardi. Ara esa, kundalik tashvishlarini unutib, sekin qadam tashlar edi. Noutbukdan uzoq, haqiqiy hayotga qarshi o‘zining kichik intihosi...

O‘sha kech, u kichik bir kafe oldida kutib turgan edi — atrofdagi shovqindan boshini ko‘tarib, qandaydir yangi ilhom izlab, Shunda u bilan bir kishi to‘qnashib qoldi.
Uning ko‘zlari – juda oddiy, ammo biror narsa Ara uchun noodatiy edi. Yuzida tabassum bor edi, lekin ko‘zlarida esa sirli bir chiroq yonardi...

“Uzr, men kôrmadim” dedi u muloyim ovozda.

Ara boshini ko‘tardi va ko‘zlariga qaradi. Shu lahzada dunyo o‘zgargandek bo‘ldi. U inson Ara uchun oddiy betakror uchrashuv emas, balki yangi hikoyaning boshlanishini yaratayotgandek edi...

Ara bir kecha yozishni bas qildi. U o‘sha bolani o‘ylardi.

U: uzun bo‘yli, qora kurtka kiygan, yurishi sokin, ovozi — g‘amgin va ohangdor. Lekin eng ajablanarli jihati — uning ko‘zlari. U yerda qandaydir tanish qorong‘ulik bor edi. Ara bu qorong‘ulikni qayerdadir ilgari ko‘rgandek edi.

Keyingi kunlar... Ara kafe atroflariga yana bordi. Har safar kitob ko‘tarib chiqdi, go‘yoki atay qilgandek...
Va nihoyat, u yana paydo bo‘ldi.

“Sen yozuvchisan, to‘g‘rimi?” — dedi u bu safar to‘g‘ridan-to‘g‘ri.
Ara hayron qoldi. “Qanday bilding?”
U jilmaydi. “Men ham yozaman. Faqat odamlarning ruhlari haqida.”

Bu yerda nima bo‘layapti? Bu tasodifmi? Ara ilk bor o‘zini kuzatilayotgandek his qildi. U yigit — namjoon — unga qaraganida, go‘yoki Araning qalbini o‘qiyotgandek edi.

Namjoon har safar bir parcha gap qoldirib ketar edi.
“Sen yozgangan sôzlar — men tuyayotgan og‘riq.”
“Sen so‘zlarda yashirinding. Men ularni o‘qib topdim.”

Ara dahshat aralash qiziqish bilan uni o‘qir, lekin yuragida shubha ham ortar edi.

Bir kuni Namjoon unga eski kundalik olib keldi. Yillar avval yozilgan, ammo unda Ara so‘zlariga o‘xshash satrlar bor edi.
Ara titrab, sahifalarni ochdi.

> “If she ever writes,
let her know I once loved her echo.”

Bu satr kimga tegishli edi? Nega Namjoon uni yillar davomida bilgandek gapiryapti?

Va eng dahshatli narsa shuki — Ara o‘sha kundalikni ko‘rgandek edi. Go‘yoki u bolalikda yo‘qotgan bir parcha o‘tmishi...

Tungi shahar go‘yo tinchgina nafas olayotgandi. Ko‘chalar jim, daraxtlar sukunatga to‘la, odamlar esa uyquda… faqat Ara uyg‘oq edi.

Qo‘lida yillar avvalgi kundalik.
Undagi so‘zlar — ko‘rganidan beri ko‘nglidan ketmayapti:

> “If she ever writes,
let her know I once loved her echo.”>

Bu satrlar oddiy ifoda emasdi. Unda nima borligini Ara o‘zi ham bilmasdi, lekin yuragi nimagadir zirqirab, unga yaqinlashayotgandi. Harflar orqasida yashirin bir o‘tmish, unutilgan voqelik, balki — yo‘qotilgan sevgi bor edi.

U telefoniga qaradi.
Namjoon yozmagan. So‘nggi bor uni uch kun oldin ko‘rganda O‘sha kundalikni berib, “Yozishni to‘xtatma,” degandi, xolos.

Ara yostiqqa bosh qo‘ydi. O‘zini yo‘qotayotganini his qildi — lekin qandaydir yangi joyda, yangi o‘zlikda qayta tug‘ilgandek.
Namjoonni uchratganidan beri u yozayotgan satrlar o‘zgarib qoldi:
so‘zlar endi nafaqat og‘riqdan, balki umid va iltijodan ham to‘qilgan edi.

Ertasi kuni u yana o‘sha kafega bordi. Biroq Namjoon yo‘q edi.
Kutilmaganda ofitsiant bir konvert uzatdi.
“Bu siz uchun qoldirilgan,” dedi u.
Ara yuragi siqilgan holda konvertni ochdi.

Unda bitta qog‘oz varaq, va yana tanish satrlar:

> “We met before,
but you forgot.
I remembered.”>

> “You once promised,
‘If I forget you,
remind me in words.’”>

Ara qog‘ozni titragan qo‘llari bilan ushlab o‘qidi.
Uning yuragida qandaydir eshik ochildi. U birdan anglab yetdi:
bu satrlar unga tanish. Bu — uning o‘zi yozgan eski hikoyadan edi. Lekin bu hikoyani u hech kimga bermagan… faqat bir bolaga, bolaligida, hammadan sir turgan, yashirincha sevgan yigitga ko‘rsatgan edi.

“Namjoon…” — Ara cho‘kdi. Nafasi siqildi.
Bu ism yolg‘on bo‘lishi mumkinmi?

✨🎥✨🎥✨🎥✨🎥

Flashback:

7 yoshli Ara daryo boyidagi yetim bolani esladi. Har kuni unga hikoya o‘qib berar, bir kuni esa “eslab qol, men yozuvchi bôlaman” deb aytgan edi. U bola jim edi, lekin ko‘zlarida — o‘sha tanish sukunat.

> “ Agar unutib qo‘ysam, yozgan hikoyam orqali eslatsang bo‘ladi,” degandi u bolaga ...>

Ara qattiq titradi.
U bola — bu Namjoonmi?
Yoki… uning ismi Namjoon emasdi?
Nega u buni yashirdi?

Kechasi, Ara oynadan osmonga qaradi. Yulduzlar jim edi.
U ovozsiz, lekin yurakdan chiqqan iborani shivirladi:

> “Men seni unutgan bo‘lsam… bu hikoya seni qaytaradi.”

U yana yozishni boshladi. Ammo bu safar — u uchun emas.
Bu safar — unga eslatish uchun.
Chunki ba’zan insonlar oramizda yillar yashaydi, jim, nomsiz.
Ammo ular — biz yozgan, lekin unutgan sahifalarimiz bo‘lishi mumkin...

#Avtor: Dabria

#Chanel: @minsuficc

✨Eʼtiboringiz un rahmat✨