June 1, 2025

"Inch without echo" Aks sadosz siyoh....

Men hech qachon haqiqiy ismimni yozmayman.
Fikrlarim nomli, qalamim esa niqobli. Odamlar meni “qalb yozuvchisi”, “qalblar BN hamohang qiz” deb atashadi. Mening hikoyalarim repost qilinadi, izohlarda yurakcha, olqishlar, hattoki yig‘lab yuborganlarini yozishadi.

Lekin ularning hech biri bilmaydi — men o‘zimni yozayotganda, bir necha marta o‘lim haqida o‘ylayman.

Mening ismim Ara. Men hikoyalarim bilan yashayman, lekin mening hikoyam hech kimga qiziq emas...

Bugun ham o‘sha kunlarning biri edi. Yuzimda tabassum, ichimda bir cho‘kkan dengiz bilan uyg‘ondim. Telefonimda o‘qilgan izohlar —

> “Shunaqa his qilish faqat sizga xosmi?”“Siz men o‘ylab, yuragimni tinch qôymayotgan narsani so‘zga aylantirdingiz.”>

Ha, chindan ham men odamlarning his qilgisi kelmaydigan og‘riqlarini yozaman. Chunki men ular ichida har kuni yashayman.

Lekin hech kim menga shunday yozmaydi:

> “Ara, bugun o‘zing qalaysan?”>

🕯

Eshik taqillaydi. Onamning ohangida doim bitta so‘z yotadi:
“Qachon biror 'haqiqiy ish' qilasan? Bu yozishlaringdan nima foyda?”

Men esa jilmayaman. Chunki ba’zan jilmayish — urinishsiz yengil o‘lishdir.

Bugun qora daftarchamga yana yozdim:

> “Mening hayotim bu – murakkab janrdagi monolog. Qachondir kimdir javob qaytaradimi, bilmayman. Balki bu so‘zlar — mening dafn marosimim uchun mo‘ljallangandir.”>

“Yozishni boshlaganimda — hayot jim edi”
Men yozishni qachon boshlaganimni aniq eslay olmayman.
Eslaydiganim — onamning xonasidagi eski sandiq. Ichida bolaligim yashiringan bir necha kundalik, qalamlar, va singan qo‘g‘irchoq bor edi.

Uch yoshligimda dadam yo‘q bo‘lib qoldi. Jismonan emas — ruhiy.
U uyda bo‘lar, lekin ko‘zlarimizga qaramasdi. Onam sukut bilan yashar, u esa jahli bilan. Biz hech qachon ovqatni birga yemasdik. Men hamon eslayman: oshxonada joyim deraza oldida edi. Deraza ortidagi dunyo esa... erkinroq tuyulardi.

Yozishni boshlaganimda — hayot jim edi.
Hech kim meni tinglamasdi.
Hech kim mendan: “Ara, nega jimsan?” deb so‘ramasdi.

Shunda qalamga do‘st tutindim. Harflar — meni eshitadigan yagona mavjudot bo‘ldi.
Men so‘zlar orqali o‘zimni eshitishni o‘rgandim.

📓✨📓✨📓✨📓✨

6-sinfda sinfdoshim dabria daftarimni o‘qib kórdi.
Unga bu yoqdi. U boshqalarga ko‘rsatdi. O‘qituvchilarim meni maqtashdi. “Senda ijodiy kelajak bor” Yozishni boshlaganimda — hayot jim edi.Hech kim meni tinglamasdi.Hech kim mendan: “Ara, nega jim?” deb so‘ramasdi.

Lekin men har gal “Zo‘r yozibsanku!” degan gapni eshitganimda, birinchi yozgan kunimni eslayman

> Dadam mast bo‘lib onamni urganini.
Onamning jimligini....
O‘zimni jim qilganimni...>

Shundan beri men bilaman:
Chuqur yozadigan odam — bir paytlar juda jim bo‘lgan odamdir.

📎✨📎✨📎✨📎✨📎

Endi har safar biror hikoya yozsam, odamlar menga “Bu qiz zo‘r!” deydi.
Lekin hech kim so‘ramaydi:

> “Bu qiz nega yozadi?”>

Men yozishni boshlaganimda — hayot jim edi.
Endi esa men yozaman, chunki bu jimlik hamon ichimda o‘tiribdi...

Shundan beri men bilaman:
Chuqur yozadigan odam — bir paytlar juda jim bo‘lgan odamdir.

📎

Endi har safar biror hikoya yozsam, odamlar menga “Bu qiz zo‘r!” deydi.
Lekin hech kim so‘ramaydi:

> “Bu qiz nega yozadi?”

Men yozishni boshlaganimda — hayot jim edi.
Endi esa men yozaman, chunki bu jimlik hamon ichimda o‘tiribdi....

Men yana o‘sha qahvaxonadaman.
Burchakdagi stol, qora kofe, va yonimda kichik noutbuk. So‘zlarim havoda suzadi, lekin ularni hech kim tutib olmaydi.

Yonimdan kulayotgan odamlar o‘tadi. Ularning ko‘zlarida — oddiylik.
Menda esa, har bir so‘z ortida yashiringan iztirob.

Men biror gap yozsam, odamlarga yetadi.
Ammo o‘sha so‘zlar ichidagi men — unga hech kim yetmaydi.

📜✨📜✨📜✨📜✨📜

Bugun yangi hikoya yozdim.
U qorong‘u ko‘chalarda adashgan qiz haqida edi. Hikoyaning ohirida u “yo‘l topganday” bo‘ladi.
Biroq men hikoyani tugatib, noutbukni yopganimda — o‘zim yana adashgan holatda edim...

So‘zlarim ba’zan odamlarni xalos qiladi.
Ammo meni hech biri qutqara olmaydi.

📱✨📱✨📱✨📱✨

Bir o‘quvchim yozdi:

> “Ara, sizning hikoyalaringiz hayotimni o‘zgartirdi.”“Sizni ko‘rmasam ham, yuragingizni his qilaman.”

Men jilmaydim. Yuragimda og‘riq o‘ynab turardi.
Men o‘zimga savol berdim:

> “Agar yuragimni his qilgan bo‘lsa, nima uchun .....?”“Meni eshitadigan kim bor o‘zi?”>

✨💍✨💍✨💍✨💍✨

Yo‘l chetidagi yigit menga qarab kuldi.
U kulganida ichimda bir narsa qimir etdi — ehtimol “insoniylik” degan tuyg‘u.
Ammo men yana yuzimni burdim. Chunki men bilaman: odamlar avval qaraydi, keyin óziga órgatadi, oxiri ketadi.

Meni faqat so‘zlarim tark etmaydi.
Men yozishda o‘zimni topdim.
Ammo men hali kimga yozayotganimni topmadim.

Men yozaman…
Men yozishda yashayman…
Ammo meni eslaydigan kim bor o‘zi?

#Avtor: Dabria

#Chanel: @minsuficc

✨Eʼtiboringiz un rahmat✨