February 24

We Are Together

"Salom kundalik...
Bugungi kunim ham avvalgilari kabi oddiy va zerikarli oʻtdi, ammo bugun har kungidan ham koʻproq ota onamni sogʻindim necha yillar boʻldi ota onamni juda sogʻindim. Toʻgʻri 1 yil avval oyim bilan koʻrishdim 1 hafta oldin esa telefon orqali gaplashdik ammo baribir koʻrish boshqacha toʻgʻri yolgʻiz emasman oldimda doimo "Okju" bor ammo oila boshqa narsa, umid qilamanki bu safar oʻzim oilam bagʻriga qaytaman"

Shunday degancha kundaligini yopgan Nabi dugonasiga telefon qildi
-Qachon kelasan ahir kech boʻlib ketti yoki hali ham darsing tugamadimi?
Dugonasini soʻraqqa tutib...
-Ha bolalarni yana biroz shugʻilantiray boraman yoki nima qoʻrqyapsanmi
Dugonasini ustidan kulib gapirdi
-Ahmoqmisan men 18 yoshdaman nimadan qoʻrqishim kerak
-18 ga kirishinga 1 hafta bor, ha yaxshi tezroq borishga harakat qilaman eshikni qulflab oʻtir tagʻin oʻgʻirlab ketishmasin
Shunday degancha aloqani yakunlandi
Nabi pov*
Tovba 1 hafta bor deydimi yaramas oʻzi yil boshida tugʻilganda asabimi buzadi
Shunday degancha ovqat tayyorlashni boshladi

Soat 20:00
Sport zal
Okju- bolalar boʻldi barcha qoʻl qoplarini yigʻishtirsin hamma joyni tartibga keltiring hozir bu yerga katta yigitlar keladi qani boʻling
Shunday degancha oʻzi ham sumkasini tayyorlab kiyimini almashtirdi va bolalar bilan tashqariga chiqdi
-tezroq uyingga boringlar yoʻlda ehtiyot boʻling
Bolalar bilan hayirlashib oʻzi piyoda uyga qaytdi

POV*
Jeon Okju yoshi 18da Amerika Los Angeles da yashaydi, U hozirda USC "University of Southern California" 1-kurs talabasi va Nabi bilan ham ana shu universitetda tanishib qolgan yani ikkisi bir fakultetda oʻqiydi
Okju bolaliga ota onasi bilan Koreyadan koʻchib kelgan va ikki yil oldin avta halokatda ota onasidan ayrilgan 1 yil deganda zoʻrgʻa oʻziga kelgan va hozir sport bilan doimiy shugʻullanib kelmoqda unga boks juda yoqadi

Piyoda uyiga yetib kelgan Okju sekin ikkinchi qavatga chiqdi *chunki uning uyi koʻp qavatli binoda* uyga kirishi bilan burnini shirin ifor tutdi
-Ohho Nabi honim bizga nima tayyorladi
-Qoʻlingni yuvib kel
Qoʻlini yuvib stol atrofiga oʻtirdi
-Bugun uyni juda sogʻindim, ohirgi marta 1 oyga 14 yoshimda borib qaytgan edim
-Nabii yana boshladingmi
-Shu uchun ramyon qildim qani ol
Biroz jahli chiqsa ham indamadi chunki uni hafa qilishni istamaydi

Keyingi qismlarda:
-Haqiqat yoki jasorat
-Nabi undan boʻsa ol
-Janob kechiring atayin qilmadim
-Janob prezident eshitishimcha sizning nabirangiz bor ekan