Nabi
𝐸𝑃𝐼𝑍𝑂𝐷 2 | 𝙃𝙖𝙦𝙞𝙦𝙖𝙩 𝙗𝙞𝙡𝙖𝙣 𝙮𝙪𝙯𝙡𝙖𝙨𝙝𝙞𝙨𝙝
Mana, bugun Amerikaga kelganimga yetti kun bo‘ldi.
Bu vaqt ichida menga buyurilgan ishlarning deyarli barchasini bajardim: hamkorlar bilan uchrashuvlar, o‘zimizning odamlar bilan yopiq suhbatlar… sotqinlarni topish.
Va ularni jazolash.
Bugun esa — oxirgisi.
Yana bir hoyin shu mehmonxonaga olib kelinadi.
Shundan keyin… dam.
Va qaytish.
Men oyna oldida turardim.
Pastda shahar yashardi — shovqin, harakat, chiroqlar. Hammasi o‘z yo‘lida.
Men esa yuqoridan qarardim.
Uzoq.
Begona.
Nigohim tasodifan oynaning burchagiga tushdi.
Yarim ko‘rinib turgan nimadir.
Men egilib, uni qo‘limga oldim.
Kapalak.
Shishadan yasalgan.
Nozik.
Sinuvchan.
Bu yerga tegishli emasdek.
Bir lahza unga tikilib qoldim.
Keyin indamay cho‘ntagimga soldim.
Va noutbukimni ochdim.
Ish.
Qolgan hamma narsani o‘chiradigan yagona narsa.
Vaqt qanday o‘tganini sezmadim.
Eshik ochildi.
Men boshimni ko‘tardim.
Yordamchim va qo‘riqchilar kirib kelishdi.
Ularning ortida — u.
Soat o‘n ikki.
Demak, kech emas.
Uni olib kelishibdi.
Aholini ko‘rgan zahoti hammasi tushunarli bo‘ldi.
Yuzini tanib bo‘lmas darajaga keltirishgan.
Ammo…
bu ham kam.
Hoyinlar uchun hech qachon yetarli emas.
Men asta o‘rnimdan turdim.
Yaqinlashdim.
Nigohim uning yuzida to‘xtadi.
U ko‘zini ko‘tara olmadi.
— Janob, biz undan barcha ma’lumotlarni oldik.
Yundoʻning ovozi sokin edi.
Ortiqcha hissiz.
Bu gapning ma’nosi aniq edi.
U endi kerak emas.
Men hech narsa demadim.
Shunchaki to‘pponchamni oldim.
Sovuq metall kaftimga mos tushdi.
Og‘zini uning boshiga yaqinlashtirdim.
Masofa qisqa.
Keragidan ham qisqa.
Bir o‘q.
Shu yetarli.
Hammasi bir lahzada tugadi.
Men ortga chekildim.
Oyoqlarim ostida jonsiz tana.
Qon marmar polga yoyila boshlagan.
Toza yuzani buzib.
If loslik qoldirib.
Men bir lahza qarab turdim.
Hech qanday his yo‘q.
Faqat… odat.
— Uni yarim soatdan so‘ng o‘lik tozalovchilar olib ketadi.
Yundoʻga qaradim.
U allaqachon tushungan edi.
Men kiyimimni biroz to‘g‘riladim.
Hammasi joyida.
Har doimgidek.
So‘ng xonadan chiqib ketdim.
Qolganlar ham ortimdan ergashdi.
Birortasi ortiqcha gapirmadi.
Hech kim gapirmaydi.
Men gapirmagunimcha.
Liftga tushdik.
Va men ovqatlanish uchun mehmonxonaning VIP zaliga yo‘l oldim.
Go‘yo bir necha daqiqa oldin hech narsa bo‘lmagandek.
Go‘yo bu ham oddiy kunning bir qismidek.
Bugun — ishimning so‘nggi kuni.
Bugun… o‘sha taqinchoqni ololmasam, bunday imkoniyat qaytib kelmasligini bilaman.
Ishim yarmiga yetgandi.
Shu payt kelishgan xizmatchi ayol menga xabar yozdi.
Uning aytishicha, 413-xonadagi mehmon tashqariga chiqib ketgan.
Bu — imkoniyat.
Va men undan foydalanishim kerak.
Bilaguzugimni topishim kerak.
Liftga kirdim.
33-qavat tugmasini bosdim.
Barmog‘im tugmada bir lahza ko‘proq turib qoldi.
Ichimda nimadir bor edi.
Yengil qo‘rquv.
Tushunarsiz bezovtalik.
Lift eshiklari yopildi.
Ko‘tarilish boshlandi.
Har bir soniya cho‘zilgandek.
Eshik ochildi.
Yo‘lak jim edi.
Haddan tashqari jim.
Men 413-xona tomon yurdim.
Eshikni ochdim.
Ichkariga kirdim.
Va darhol o‘sha joyga qaradim.
Qahva to‘kilgan joy.
Yana qaradim.
Yana.
Va yana.
Yo‘q.
Hech narsa yo‘q.
Men zalning deyarli hamma qismini ko‘zdan kechirdim.
Har bir burchakni.
Har bir detaldan umid qildim.
Lekin…
yo‘q.
Ichimdan o‘tdi:
balki xizmatchilar tashlab yuborgandir.
Yoki… xona egasi.
Shu fikr bilan ortga burildim.
Ketmoqchi edim.
Axir xizmatchi aytganidan beri deyarli bir yarim soat o‘tgan.
Bu yerda ortiqcha qolish — xavf.
Lekin…
to‘xtadim.
Xona o‘rtasidagi aylana uslubidagi divan.
Nega ekanini bilmayman, lekin o‘sha joyni ham tekshirib ko‘rishni xohladim.
Men sekin o‘sha tomon yurdim.
Nigohim yerda.
Balki sirpanib tushgandir degan umid bilan.
Ko‘zlarimni yerdan uzmadim.
Bir qadam.
Yana bir qadam.
Divanga yaqinlashdim.
Va…
ko‘zim tushdi.
Qon.
Polda.
Qizil.
Keskin.
Noto‘g‘ri.
Nafasim birdan qisildi.
Og‘zimni qo‘lim bilan yopdim.
Yuragim urushi birdan tezlashdi.
Quloqlarimda faqat o‘sha urish eshitilardi.
Men tushunmay qoldim.
Bu nima?
Nima bo‘lyapti?
Yana bir qadam tashladim.
Sezmasdan.
Va…
uni ko‘rdim.
Kimdir yerda yotardi.
Qonga belanib.
Qimirlamay.
Men qotib qoldim.
Harakat qila olmadim.
Vaqt to‘xtagandek edi.
Bir soniya.
Yoki… o‘n daqiqa.
Farqi yo‘q.
Men joyimdan qimirlamadim.
Ketaymi?
Yoki…
qolaymi?
Ichimda ikkita fikr urildi.
Qoch.
Yordam ber.
Qoch.
Yordam ber.
Shu payt xayolimga bir narsa keldi.
Balki…
u hali tirikdir.
Sekin uning oldiga tiz cho‘kdim.
Tizzalarim yerga tekkanda ham og‘riqni sezmadim. Qo‘llarim esa… o‘zimniki emasdek titrardi.
Yerga qarab yotgan yuzini asta ko‘tardim.
Va shu zahoti qo‘limni tortib oldim.
Yuzi…
Bu yuzni endi inson yuzi deb bo‘lmasdi.
Ko‘zlarimdan yosh chiqib ketdi.
To‘xtatishga ham urunmadim.
Nega yig‘layotganimni ham tushunmadim.
Rahmim kelgani uchunmi?
Yoki…
birinchi marta o‘limni shu qadar yaqin ko‘rib turganim uchunmi?
Ko‘ksim siqildi.
Nafasim og‘irlashdi.
Baribir, o‘zimni majbur qildim.
Sekin qo‘limni uning bo‘yniga qo‘ydim.
Pulsini tekshirish uchun.
Ichimda esa allaqachon javob bor edi.
Bunday ahvolda…
tirik qolish — deyarli imkonsiz.
Va men haq edim.
Hech narsa yo‘q.
Sukunat.
Bo‘shliq.
Qo‘limni sekin tortib oldim.
Endi…
men nima qilaman?
Bu savol ichimda aylana boshladi.
Javobsiz.
Chiqish yo‘li yo‘qdek.
Shu payt…
orqamdan tomoq qirish ovozi eshitildi.
Oddiy ovoz emas.
U meni joyimda muzlatib qo‘ydi.
Ko‘z yoshlarim ham to‘xtadi.
Tanam qimirlamadi.
Ortga qaray olmadim.
Hatto nafas olish ham og‘irlashdi.
Va keyin…
uning ovozi.
Past.
Sokin.
Ammo ichni sovutadigan darajada sovuq.
— Bu yerda nima qilayapsan.
Bu savol emas edi.
Bu — men allaqachon noto‘g‘ri joyda ekanimni eslatish edi.
Men asta o‘rnimdan turdim.
Tizzalarim bo‘shashib ketgandek edi.
Sekin ortimga burildim.
Va…
u.
Qora, chuqur, hech narsa aks etmaydigan ko‘zlar.
Nigohi menga qadaldi.
Qimirlamas.
Og‘ir.
Go‘yo u meni ko‘rmayapti — balki baholayapti.
— Janob… kechiring… — dedim, ovozim o‘zimga ham begona eshitildi.
— Men taqinchoqimni qidirib kirgandim, ammo—
Gapim tugamadi.
U meni to‘xtatdi.
Nigohi bilan.
— Sen nimani ko‘rganingni tushunyapsanmi.
Bir lahza sukut.
U sukutni cho‘zdi.
Ataylab.
— Sen ko‘rmasliging kerak bo‘lgan narsani ko‘rding.
Yuragim yana tez ura boshladi.
— Bunday xatolar… — u juda sekin gapirdi,
— odatda tuzatilmaydi.
Tomog‘im qurib qoldi.
Qattiq yutindim.
Ovoz chiqdi.
Va u buni eshitdi.
Albatta eshitdi.
— Ortiqcha guvohlar… — u bir lahza jim qoldi,
— uzoq yashamaydi.
Ichim bo‘shab ketgandek bo‘ldi.
— Janob… iltimos… — dedim, ovozim pasayib ketdi.
— Hech kimga aytmayman… unday qilmang…
Bu gaplar zaif eshitilardi.
Men ham buni bilardim.
U yaqinlashmadi.
Lekin nigohi yetarli edi.
— Hech kimga aytmayman… dedingmi.
Bu safar ovozi yanada past edi.
— Bu yerda odamlar gapirmaslikka va’da bermaydi.
Yana sukut.
Qisqa.
Keskin.
— Ular… gapira olmaydigan holatga keladi.
Ichimda nimadir uzildi.
Men orqaga bir qadam ham tashlay olmadim.
— Bu narsaga hech kim javob bermaydi, — dedi u.
Keyin, biroz boshini egib:
— Bu yerda savol berilmaydi.
— Bu yerda… faqat natija qoladi.
U qo‘liga qurol oldi.
Harakati shoshilinch emas edi.
Shunchaki… odatiy.
Men o‘sha lahzada tushundim.
Bu yerda qochish yo‘q.
Faqat kutish bor.
Ajablanarlisi…
ichim birdan jimib qoldi.
Qo‘rquv bor edi.
Lekin qichqiriq yo‘q.
Harakat yo‘q.
Faqat…
qabul qilish.
Shu payt uzoqdan kelgan ovoz eshitildi.
Bu ovoz havoni bo‘lib o‘tgandek bo‘ldi.
Ikkovimiz ham bir vaqtda o‘sha tomonga qaradik.
U darhol qurolini yashirdi.
Aniq.
Tez.
O‘rganilgan harakat bilan.
Eshik oldida…
Edvord.
— Uzr, janob, bezovta qilgan bo‘lsam… — dedi u sokin.
— Ammo xizmatchilar sevgilim shu yerda ekanini aytishgandi.
Sevgilim.
Bu so‘z qulog‘imda g‘alati eshitildi.
Men unga qaradim.
Ko‘zlarim kattalashganini sezdim.
Qarshimdagi yigit esa endi menga qaradi.
Qisqa.
Ammo chuqur.
— Janob, biror muammo bormi? — dedi Edvord.
U menga yaqinlashdi.
Qo‘li yelkamga tushdi.
Og‘ir.
Barqaror.
Men indamadim.
Hozir gapirish — xato.
Tirik qolish — muhim.
U yigit avval Edvordga qaradi.
Keyin menga.
So‘ng… yelkamdagi qo‘lga.
Nigohi bir lahza shu yerda to‘xtadi.
— Sevgilingizga aytib qo‘ying, — dedi u sokin, lekin sovuq.
— Mumkin bo‘lmagan joylarga kirish…
Bir lahza pauza.
— odatda odamning oxirgi xatosi bo‘ladi.
Edvord bosh egdi.
— Albatta.
So‘ng menga qaradi.
— Nabi. Uzr so‘ra.
Ismim aytilgan zahoti yigitning qoshi biroz ko‘tarildi.
Men boshimni egdim.
— Uzr, janob… qaytarilmaydi.
Ovozim past.
Ammo aniq.
Edvord bilagimdan ushladi.
Bu safar mahkam.
— Ijozatingiz bilan.
Va meni o‘sha xonadan olib chiqib ketdi.
Men ortimga qaramadim.
Qaramasligim kerak edi.
Chunki bilardim…
u hali ham qarab turibdi.
Tashqariga chiqdik.
Havo sovuq emas edi, lekin ichimdagi sovuqlik tanamga taralayotgandek edi. Yuragim qattiq urardi. Juda qattiq.
Shunchalikki… men o‘zim eshitardim.
Ehtimol, Edvard ham.
U yonimda to‘xtadi.
Nigohi jiddiy.
— Bu yerda nima ishing bor, Nabi?
Savol oddiy edi. Ammo ohangi — emas.
Men bir lahza jim qoldim.
— Bilaguzugim… — dedim sekin.
— U shu yerda qolgandi. Ammo topa olmadim.
Edvard chuqur nafas oldi.
Go‘yo sabrini yig‘ayotgandek.
— Sen sherning hududiga kirding.
Bu gap…
menga darrov tushunarsiz tuyuldi.
Qoshimni chimirdim.
— U kim o‘zi?
Edvard bir lahza menga qarab turdi.
So‘ng sekin dedi:
— King.
Bu ism oddiy aytilmadi.
Og‘ir tushdi.
— Unga yaqinlashish… katta xavf.
Men indamadim.
Chunki ichimda allaqachon javob bor edi.
Aybdor — men.
Lekin…
o‘sha bilaguzuk.
U oddiy narsa emasdi.
Men yana o‘sha, chala qolgan xonaga qaytdim.
Ishni davom ettirdim.
Ranglar, chiziqlar, naqshlar…
Qo‘lim ishlardi.
Ammo fikrim boshqa joyda edi.
Har safar bo‘yoq tortganimda, xayolimga o‘sha nigoh kelardi.
Qora.
Sokin.
Va xavfli.
Kechgacha ishladim.
Nihoyat tugatdim.
Charchoq tanamni bosdi.
Uyga qaytdim.
Yuvindim.
Suv tanamdagi charchoqni yuvdi.
Lekin ichimdagini — yo‘q.
Shunga qaramay, o‘zimni majbur qildim.
Bugun — ish tugadi.
Nishonlash kerak.
Edvard bilan klubga borishga qaror qildik.
Klub.
Amerikadagi eng qimmatlaridan biri.
Tashqaridan ham bilinar edi.
Ichkariga kirganimiz zahoti…
yorug‘lik ko‘zlarni qamashtirdi.
Musiqa yurak urishiga aralashib ketdi.
Havo — spirt, atir va begona tana haroratlari bilan to‘lgan.
Bu yerda hamma nimanidir unutishga kelgandek.
Yoki o‘zini boshqacha ko‘rsatishga.
Biz ichkariga kirdik.
Ichdik.
Raqsga tushdik.
Kulgan bo‘ldim.
Ammo ichim…
jim edi.
Bir payt zerikdim.
Hammasi bir xil tuyula boshladi.
Shovqin ichida ham bo‘shliq his qildim.
Va tashqariga chiqdim.
Klub orqa tomoni.
Bu yer jimroq edi.
Havo biroz sovuqroq.
Va men…
yolg‘iz edim.
Hech bo‘lmaganda, shunday deb o‘yladim.
— Salom… kapalak.
Orqamdan ovoz eshitildi.
Yelkam taranglashdi.
— Bo‘yningdagi tatuga qaraganda… — dedi u sovuqqina,
— fohishalardan birisan.
Jahlim bir zumda ko‘tarildi.
Keskin.
Nazoratdan chiqadigan darajada.
Ortga o‘girilishim bilan koreyscha so‘kindim.
So‘zlar o‘zimdan tez chiqdi.
Va…
burildim.
Qotib qoldim.
Yana.
O‘sha ko‘zlar.
Qora.
Chuqur.
Qochib bo‘lmaydigan.
Ichimdan o‘tdi:
Lanati… yana u.
— Tiling juda “shirin” ekan, — dedi u sekin.
Masxara yo‘q edi.
Lekin hurmat ham yo‘q edi.
Bu gap… sinov edi.
Men mast edim.
Yoki…
o‘zimni to‘xtatishni xohlamadim.
— Hoy! — dedim unga tik qarab.
— Sen Kingmisan, boshqami — odam o‘ldira olasanmi, farqi yo‘q!
So‘zlarim chiqib ketdi.
To‘xtatmadim.
— Meni kimligimni bilmay turib… meni fohishaga chiqarma!
Ichimda yig‘ilib qolgan hamma narsa chiqayotgan edi.
Yillar davomida.
Bosilgan.
Yutilgan.
— Kim ekaningni bilasanmi o‘zing? — dedim yana.
U jim turdi.
Faqat qaradi.
Va bu meni yanada asabiylashtirdi.
— Ho‘sh, kimsan o‘zi?
U boshini biroz yon tomonga egdi.
Bir qo‘shini ko‘tardi.
Qiziqayotgandek.
— Men Nabi man! — dedim balandroq.
— Han Nabi!
Nafasim tezlashgan.
Ko‘zlarim yonib turgan.
— Tushundingmi?!
U bir lahza jim qoldi.
So‘ng juda sokin:
— Oddiy… Nabi.
Bu so‘z.
Ataylab aytilgandi.
Jahlimni chiqarish uchun.
Va u bunga erishdi.
— Men Koreya prezidentining nabirasiman! — dedim endi to‘xtamasdan.
— Han Nabi!
So‘zlarim havoga urildi.
Va…
u.
Uning yuzi.
Bir oz o‘zgardi.
Juda oz.
Ammo men ko‘rdim.
U menga boshqacha qaray boshladi.
— Yolg‘on gapirma, — dedi u past ovozda.
Men kuldim.
Bu kulgi… asabiy edi.
— Yaxshi, — dedim.
— Unda tanishib olaylik.
Bir lahza sukut.
U menga qarab turdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri.
Hech nimani yashirmay.
— Men… Jeon Jungkookman.
Dunyo…
bir lahzaga jim bo‘lib qoldi.
Musiqa yo‘qoldi.
Ovozlar yo‘qoldi.
Faqat shu ism qoldi.
Jeon.
Ichim muzlab ketdi.
Yo‘q…
Bu bo‘lishi mumkin emas.
Men…
men kimligimni aytdim.
Aynan…
unga.
Shuncha yil davomida yashirib kelgan narsamni.
Qochib yurgan hayotimni.
O‘zimni.
Unga.
Nigohim qotib qoldi.
Nafas olishni unutdim.
Va ichimda bitta fikr aylana boshladi:
Endi ortga yo‘l yo‘q
Bu gapni eshitganim zahoti…
oyoqlarim bo‘shashib ketdi.
Qanday qilib yerga qulaganimni ham anglamadim.
Hammasi bir lahzada sodir bo‘ldi.
Go‘yo tanam mendan ruxsat so‘ramay taslim bo‘lgandek.
Men pastdan yuqoriga qaradim.
U esa…
ustimdan qarab turardi.
Va kulardi.
Bu oddiy kulgi emas edi.
Bu — sovuq.
Vahshiyona.
Ichida rahm yo‘q kulgi edi.
Go‘yo u bir narsani topgandek.
Yoki…
nihoyat zerikishdan qutulgandek.
— Ko‘zingdagi qo‘rquvga qaraganda… — dedi u sekin,
— sen rost gapirgansan.
Bu gap…
meni yana ham chuqurroq bosdi.
Endi yashirishning foydasi yo‘q edi.
U allaqachon tushungan edi.
U qo‘lini cho‘ntagiga soldi.
Yuragim yana tezlashdi.
Tamom…
Endi… shu yerda tugaydi.
Men to‘pponchasini oladi deb o‘yladim.
Tanam taranglashdi.
Nafasim ichimda qotib qoldi.
Ammo…
yana bir ovoz.
Tanish.
Qutqaruvchi.
Ort tomondan.
— Nabi… ahvoling joyidami?
Edvard.
Bu ism ichimda nimanidir sindirib yubordi.
Yengillikmi…
yoki yana qo‘rquvmi — bilmadim.
U yonimizga kelib to‘xtadi.
Nigohi menga o‘tdi.
So‘ng… qarshimdagi yigitga.
Va u bir lahza qotib qoldi.
Hayrat.
Shubha.
Va tushunmaganlik.
Hamma bir paytning o‘zida yuzida aks etdi.
Shu payt…
Jeon oldimga tiz cho‘kdi.
Harakati sekin.
Nazoratli.
Go‘yo bu ham uning o‘yini edi.
U menga yaqinlashdi.
Juda yaqin.
Shunchalikki, uning ovozi faqat menga eshitilayotgandek edi.
— Bu safar… — dedi u past, bosimli ohangda,
— seni meni qo‘limdan boshqa hech kim qutqara olmaydi.
Bu gap…
yordam emas edi.
Bu — ogohlantirish ham emas edi.
Bu…
da’vo edi.
Men muzlab qoldim.
Haqiqatan ham.
Go‘yo vaqt to‘xtadi.
Men o‘rnimdan turmasligimni his qildim.
Xuddi shu yerda qolib ketadigandek.
U esa sekin o‘rnidan turdi.
Nigohi yana bir lahza menga qadaldi.
So‘ng…
ortga burildi.
Va ketdi.
Oddiy.
Go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.
Lekin uning ketishi ham og‘ir edi.
Havo o‘zgargandek bo‘ldi.
Edvard darhol yonimga cho‘kdi.
Qo‘limdan ushladi.
— Nabi…
Ovozi past edi.
Ehtiyotkor.
— Tur.
U meni turg‘azishga harakat qildi.
Qo‘llarim sovuq edi.
Ammo baribir turdim.
Oyoqlarim hali ham ishonchsiz edi.
Go‘yo yer mustahkam emasdek.
Men kiyimlarimni qoqdim.
Mayda, keraksiz harakat.
Lekin o‘zimni yig‘ish uchun kerak edi.
Edvard hali ham menga qarab turardi.
Savollar bilan.
Lekin so‘ramadi.
Men esa…
jim edim.
Chunki ichimda faqat bitta savol aylanardi:
Endi nima bo‘ladi?..
Bu savol oddiy emas edi.
Bu — boshlanish edi.
Va men buni his qildim.
Chuqur.
Aniq.
Qochib bo‘lmaydigan darajada.