Yesterday

Nabi

𝐸𝑃𝐼𝑍𝑂𝐷𝐸 3 | 𝙆𝙚𝙡𝙞𝙨𝙝𝙪𝙫 𝙫𝙖 𝙌𝙖𝙧𝙤𝙧

Shaxsiy samolyotda qaytib ketar ekanman…
hamma narsa joyida edi.

Tinch.
Nazorat ostida.
Har doimgidek.

Faqat…
xayolim emas.

Nigohim oynaga qadalgandi.

Bulutlar ostidan o‘tayotgan shaharlar, chiroqlar, yo‘llar — hammasi kichrayib borardi.

Ammo u…
yo‘qolmayotgandi.

O‘sha qiz.
O‘sha nigoh.

Birinchi marta ko‘rganimda…
ko‘zlari.
Yoshlarga to‘la edi.

Va qo‘rquv.
Sof.
Yashirilmagan.

Men ko‘rgan ko‘plab qo‘rquvlardan farqli.
Bu…
haqiqiy edi.

Va aynan shu narsa meni bezovta qilardi.
Ko‘zlarimni yumdim.

Ammo u yana paydo bo‘ldi.

Yana o‘sha nigoh.
Yana o‘sha jim iltijo.

Ichimda savol ko‘tarildi.
Qattiq.
Bezovta qiladigan darajada.

Nega?

Nega Prezident Han…
nabirasini yashirgan?

Tug‘ilganidan beri.

Shuncha yil.
Nima uchun?

Bu oddiy ehtiyot chorasi emas.
Bu — yashirish.

Ataylab.
Rejali.
Va bu…

bizdan yashirilgan.
Bu fikr ichimni siqdi.

Qachondan beri…
Prezident oilasi bizdan nimadir yashiradigan bo‘ldi?

Men ko‘zlarimni ochdim.
Nigohim sovuq tortdi.

Yo‘q.
Bu savol javobsiz qolmaydi.

Yetib borishim bilan…
Prezident Han bilan uchrashaman.

Yolg‘iz.

Va bu masalani…
oxirigacha ochaman.

Samolyot ichidagi sukunat yana qaytdi.
Ammo ichimdagi sokinlik yo‘q edi.
Aksincha…
yana bir narsa.

Sekin.
Sezilmasdan.

Ichimga o‘rnashib borayotgan narsa.

U qiz.
Ha.
U.
Oddiy emas edi.

Buni tan olishni xohlamasam ham…
tan olishimga to‘g‘ri keladi.

U yashirilishga arziydigan qiz edi.

Juda go‘zal.

Ko‘zlari…
odamni to‘xtatadi.

Lablaridagi ifoda…
qo‘rquv bilan aralashgan qarshilik.

Va…
bo‘yni ortidagi tatoo.

Kapalak.

Nozik.
Ammo e’tiborni tortadigan darajada aniq.

Men cho‘ntagimga qo‘l soldim.

Bilakuzukni oldim.

Shisha kapalak.
Yorug‘likda yaltiradi.

Uni kaftimda aylantirdim.
Bu narsa…
huddi egasi kabi.

Nozik.
Chiroyli.
Va…
sinuvchan.

Ammo shu bilan birga…
diqqatni tortadigan.

Ko‘zlarimni undan uzmadim.
Ichimda yana bir savol paydo bo‘ldi.

Edvard.

U bilan.
Ular…
haqiqatan ham birgami?

Bu savol…
keraksiz edi.
Lekin baribir paydo bo‘ldi.

Va men buni yoqtirmadim.
Chunki shu fikr o‘tishi bilan…
ichimda nimadir o‘zgardi.

Sekin.
Lekin aniq.

Go‘yo ichimda nimadir yonib ketgandek.

Noto‘g‘ri.
Keraksiz.
Ammo…
to‘xtatib bo‘lmaydigan.

Men bilakuzukni mahkamroq ushladim.

Nigohim qorong‘ilashdi.
Va ichimda bitta aniq fikr shakllandi.

Aniq.
Sovuq.
Shubhasiz.

U qiz…
meniki.

Va boshqa hech kimga tegishli emas

Oila davrasida o‘tirar ekanman, hamma narsa tashqaridan oddiy ko‘rinardi.

Stol ustidagi taomlar, sokin suhbatlar, tartib…
hammasi joyida edi.

Lekin bu faqat tashqi ko‘rinish.
Bu oilada hech qachon hech narsa shunchaki “oddiy” bo‘lmagan.

Men Amerikada qolgan ishlarim bo‘yicha hisobotlarni bobomga topshirdim. Har bir so‘zim aniq, qisqa, ortiqcha hissiyotsiz edi.

U eshitdi.
Baholadi.
Qabul qildi.

Hammasi protokol bo‘yicha.

Ammo mening xayolim…
butunlay boshqa joyda edi.
Bir savol.

Oddiy ko‘ringan, lekin ichida juda ko‘p narsani yashirgan savol.

Va men uni aytdim.
— Nega Hanlar oilasida qiz nabira yoki qiz farzand yo‘q? Barchasi o‘g‘il.

So‘zlar havoga chiqishi bilan…
xona o‘zgardi.

Hamma e’tibor menga qadaldi.

Bir lahza.
Juda qisqa.
Ammo yetarli.

Otam hujjatlarni ko‘zdan kechirayotganicha javob berdi.

Go‘yo bu savol uni bezovta qilmayotgandek.

— Bobong Han prezident bo‘lib saylanganda unga ogohlantirish berilgan, — dedi u sokin ohangda.

— Agar oilangda qiz farzand yoki nabira tug‘ilsa, uni bizning oilaga kelin qilib berasan.

Men indamadim.
U davom etdi.

— Bu ularning zaif tomoni edi. Va biz uchun — bosh egdirishning eng oson yo‘li.

— Ammo ularda qiz farzand ham, nabira ham tug‘ilmadi.

— Shunday bo‘lsa ham, biz ularni boshqa sabablar orqali boshqarib kelmoqdamiz.

Bu gaplar…
oddiy eshitildi.

Lekin men uchun emas.
Men ichimda jim kuldim.

Demak… shunday ekan.

Shu lahzada hammasi joyiga tushdi.

Nabi.
Han Nabi.

Agar u haqiqatan ham ularning nabirasi bo‘lsa…
demak u — kelishuv.

Yoki…
menga tegishli narsa.

Va ular buni biladi.

Shuning uchun yashirishgan.

Bu fikr ichimda sovuq tarzda joylashdi.

Aniq.
Shubhasiz.

Ammo…
onamning ovozi bu tartibni buzdi.

— Ammo men ko‘p marta eshitganman, — dedi u sekinroq,

— Hanlar oilasi qiz homilani doimo oldirib tashlagan.

Men ko‘zimni biroz qisdim.
Ichimda yangi savol paydo bo‘ldi.

Unda nega u tirik?

Bu savol oldingisidan ham og‘irroq edi.
Va bu safar men uni ichimda qoldirmadim.

Shu savollar bilan Han janoblari oldiga yo‘l oldim.

•••

Prezident qarorgohi.

Har doimgidek himoya ostida.

Qo‘riqchilar.
Nazorat.
Tartib.

Lekin men uchun bu joy…
hech qachon yopiq bo‘lmagan.

Bu yer kimdan himoyalanadi?

Bu savolning javobi oddiy:
Bizdan emas.

Men ichkariga kirdim.

Hech qanday ogohlantirishsiz.
Qo‘riqchilarimni tashqarida qoldirdim.

Bu suhbat…
faqat ikkovimiz o‘rtasida bo‘lishi kerak edi.

Eshik ochildi.

Va u meni ko‘rdi.
Prezident Han.

Uning ko‘zlarida bir lahzalik o‘zgarish bo‘ldi.

Juda tez.

Lekin men uni ushladim.

Qo‘rquv.

U darhol o‘rnidan turdi.

— Hush kelibsan, Jungkook, — dedi u.

Ovozi nazorat ostida edi.
Lekin qo‘llari…
yo‘q.

U o‘ng tomondagi stolni ko‘rsatdi.

— O‘tir.

Men sekin yurib borib o‘tirdim.
Nigohim undan uzilmadi.
U ham o‘z joyiga o‘tirdi.

— Qahva yoki choy? — dedi u.

Qo‘llari qaltirayotganini yashira olmadi.
Men sovuq ohangda javob berdim:

— Men bu yerga ichimlik ichish uchun kelmadim.

Xona yana jimib qoldi.
Bu safar sukunatni men ushlab turdim.

Men bu yerdan…
javobsiz chiqmayman.
Va…
o‘zimga tegishli narsani olmasdan ham ketmayman.

U sekin yutindi.

— Xo‘sh… nima kerak? Qanday muammo bor?

Men vaqtni cho‘zmadim.

— Nabirangiz haqida gaplashgani keldim.

U bir lahza to‘xtadi.

— Qaysi nabiram?

Bu safar uning ovozi biroz barqarorroq edi.
Go‘yo o‘zini yig‘ib olayotgandek.

Men esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytdim:

— Han Nabi. Siz yashirgan nabirangiz.

Bu gap…
uni sindirdi.
U meni kelganimda bunchalik qo‘rqmagan edi.
Endi esa…
u tushundi.

Men bilaman.
Va men bu yerga bekorga kelmaganman.

Men odatda ko‘rinmayman.
Lekin men ko‘ringan payt…
kimdir uchun hamma narsa tugaydi.

Uning ko‘zlari kattalashdi.
Qo‘llarini bir-biriga mahkam bog‘ladi.
O‘zini tik tutishga harakat qildi.

— Seni yaqinda Amerikaga borganing haqida eshitgandim… — dedi u past ovozda.

— Demak… u bilan ko‘rishding.
Men boshimni biroz egdim.

— Ha.

Sukunat.

So‘ng u taslim bo‘lgandek gapirdi:

— Ha… u mening nabiram.

Bu tasdiq edi.
Rasmiy.
Qaytmas.

— Ammo uni yashirishga yetarli sababim bor.

Bu gap meni to‘xtatmadi.
Aksincha…
yanada qiziqtirdi.

Men bir qoshimni ko‘tardim.
Savol bermadim.

U o‘zi davom etdi.

— Bizning oilada qiz tug‘ilishi… taqiqlangan, — dedi u sekin.

— Ammo Nabi… kech ma’lum bo‘lgan.

— Hatto kelinimning homiladorligi ham kech bilinadi.

Uning ovozi og‘irlashdi.

— O‘g‘lim… homilani oldirishga kech ekanini aytdi.

— Va tiz cho‘kdi.

Men uning yuziga qaradim.
Bu yerda siyosat yo‘q edi.

Bu yerda…
ota bor edi.

— U farzandini saqlab qolishni iltimos qildi, — dedi u pastroq.

Sukunat.

— Men ko‘ndim.
Bu so‘z og‘ir chiqdi.

— Lekin shart bilan.

U nigohini menga tikdi.

— Bola ikki yoshga to‘lishi bilan ketadi.

— Koreyaga qaytmaydi.

— Va hech qachon kimligini aytmaydi.

U chuqur nafas oldi.

— Chunki men prezident bo‘lganimda… — dedi u asta,

— bobong meni sindirdi.
Xona sovuq tortdi.

— O‘g‘illarimni bosim ostiga oldi.

— Tahdid qildi.

— Va men… bosh egdim.

Bu gapda nafrat yo‘q edi.
Faqat haqiqat.

— Men undan oldingi prezident oilasining qanday yo‘q qilinganini bilardim, — dedi u.

Men jim turdim.

Chunki bu — yolg‘on emas edi.

— Agar nabiram sizlarning oilaga kelsa… — dedi u nihoyat,

— u do‘zaxda yashashini bilardim.

U ko‘zlarini yumdi.
Qisqa.

— Shuning uchun… men uni yashirdim.

Sukunat.
Og‘ir.
Uning har bir so‘zi…
mantiqli edi.

Men ichimda sekin o‘yladim:

U haq.

Bizning oilaga kelgan har kim…
azobni ko‘radi.

Huddi onam kabi.

Farqi shundaki…
men sabab, u hozir yaxshi yashayapti.

Men sekin orqaga suyandim.
Nigohim sovuq edi.

Chunki endi hamma narsa aniq edi.

Va bu hikoya…
endi boshlanayotgan edi.

Biroq bitta haqiqat bor edi.

Aniq.
O‘zgarmas.

Men asta orqaga suyandim, nigohim undan uzilmadi.

Ichimda allaqachon qaror qabul qilingan edi.

Menga tegishli narsa… hech qachon yo‘qolmaydi.
U vaqtincha yashirilishi mumkin.
Rad etilishi mumkin.
Ammo oxir-oqibat…
baribir o‘z egasiga qaytadi.

Men sokin, lekin og‘ir ohangda gapirdim:

— Haqiqatdan qochib bo‘lmaydi.

So‘zlar oddiy chiqdi.
Ammo ma’nosi…
qochib bo‘lmaydigan hukmdek osilib qoldi.

Men oldinga biroz egildim.

— Nabirangizni menga berishga majbursiz.

U jim qoldi.
Men davom etdim.

— Buni sizdan so‘rayotganim yo‘q.

Bir lahza to‘xtadim.

— Ogohlantiryapman.

Xonadagi havo og‘irlashdi.

— Yaxshilikcha hal qilaylik, — dedim sekinroq.

— Nabirangizni qaytaring… va uni menga topshiring.

Bu gapdan keyin uning ko‘zlari o‘zgardi.

Qorong‘ilashdi.
Ichidagi vahima yashirinmadi.
U darhol javob bermadi.
Faqat menga tikilib qoldi.

So‘ng ovozi sinib chiqdi:

— Iltimos… bu fikringdan qayt.

Bu Prezidentning ovozi emas edi.

Bu…
boboning ovozi edi.

— Nima xohlasang beraman, — dedi u shoshilib.

— Har qanday shart… har qanday kelishuv…

U bir lahza to‘xtadi.

Go‘yo o‘zini ham unutgandek.

— Hohlasang… tiz cho‘kaman.

Bu so‘zlar havoda osilib qoldi.
Men esa…
hech qanday ta’sir sezmadim.

Aksincha.
Ichimda nimadir keskin tortildi.
Zaiflik.

Men bunday narsani yomon ko‘raman.

— Bas qiling, — dedim sovuq ohangda.

Nigohim yanada og‘irlashdi.

— O‘zingizga ziyon yetishini istamaysiz, to‘g‘rimi?

U jim qoldi.

Men davom etdim.

Sekin.
Aniq.

— Bilishimcha… armiya boshlig‘i sizning nabirangizning akasi.

Bu gapni aytayotganda uning yuzidagi rang o‘chdi.

— Bir nabira uchun… — dedim pastroq,

— boshqa oila a’zolaringiz hayotini xavfga qo‘ymasangiz kerak.

Bu tahdid emas edi.
Bu — ehtimol edi.
Lekin ba’zi ehtimollar…
eng katta qo‘rquv bo‘ladi.

U ikkilanib qoldi.
Ko‘zlari harakatlandi.
Hisob-kitob qildi.
Yo‘qotishlarni o‘lchadi.

Va nihoyat…
u sinib tushdi.

— Xo‘p… — dedi u og‘ir nafas bilan.

Bu so‘z chiqishi unga qiyin bo‘ldi.

— Nabi qaytadi.

Men jim turdim.
U davom etdi.

— Lekin… bizga vaqt ber.

U menga qaradi.
Bu safar iltimos bilan emas.
Umidsizlik bilan.

— Ikki oy.

— Uni tayyorlashimiz kerak.

U so‘zlarini ehtiyotkorlik bilan tanladi.

— Ruhiy…

— va jismoniy.

Men unga qarab turdim.
Uning ichida nima borligini ko‘rdim.

Qo‘rquv.
Pushaymon.
Va…
umid.

Men sekin bosh egdim.

— Bir oy, — dedim.

Ovozim sokin edi.
Ammo qat’iy.

— Undan ortiq emas.

Sukunat.

Men o‘rnimdan turdim.
Bu suhbat tugagan edi.

Lekin bu hikoya…
endi boshlanayotgan edi.

Mana o‘sha kundan beri hayotim go‘yo bitta chiziqqa tushib qolgandek.

Tinch.
Sokin.

Hatto haddan tashqari sokin.

Lekin bu sukunat… ichimdagi shovqinni yashira olmayapti.

O‘sha voqea.
O‘sha ko‘zlar.
O‘sha ovoz.

Men qanchalik unutishga harakat qilmay, u yana qaytib keladi. Eng tinch lahzada ham.

Bugun ham hammasi odatdagidek o‘tdi.

Universitet.

Yuzaki suhbatlar.

Kulishlar.

Hech kim bilmaydigan ichki bosim.

So‘ng raqs darsim.

Harakatlarim mukammal edi, tanam odatdagidek eslab turardi, lekin ichim… butunlay bo‘sh edi.

Uyga qaytdim.

Yana o‘sha tanish yolg‘izlik.

Yuvindim.

Ovqatlandim.

Va uch kundan beri tugata olmayotgan suratim oldiga o‘tirdim.

Bu rasm… men uchun muhim edi.
Har chiziqda nimadir yashirin edi.

Lekin bugun…
qo‘lim yurmay qoldi.
Ichimdagi ovozlar yana uyg‘ondi.

Bir narsa noto‘g‘ri.
Bir narsa yaqinlashyapti.

Chizishdan ishtiyoqim so‘ndi.

Cho‘tkani qo‘ydim.
Va yotoqqa yotdim.
Charchagan edim.
Juda charchagan.

Lekin uyqu…
mendan qochayotgandek edi.

Ko‘zlarim shiftga tikilgancha yotganimda telefonim titradi.

Xabar.

Oyimdan.

Ekranga qaradim.

Bir lahza ochmadim.
Ichimda g‘alati bir hissiyot paydo bo‘ldi.

Yaxshi narsa emas.
Baribir ochdim.

Matn uzun edi.
Ko‘zim erinib yuqoridan pastga yugurdi…
va to‘xtadi.

Bitta so‘zda.

Jungkook.

Yuragim bir urishni o‘tkazib yubordi.

Darhol boshiga qaytdim.

Va bu safar har bir so‘zni o‘qib chiqdim.

Sekin.
Tushunib.
His qilib.

Oyim:

Salom, qizalog‘im…

Bu so‘z ham boshqacha tuyuldi.
Oddiy emas.
Ichida og‘irlik bor edi.

Ertaga kechqurun Koreyaga qaytishing kerak. Chipta olib qo‘yildi. Narsalaringni yig‘.

Men qotib qoldim.
Ko‘zlarim yana qayta o‘qidi.

Do‘stlaring bilan xayrlash. O‘qishingni ko‘chiramiz… yoki vaqtincha to‘xtatamiz.

Nafasim sekinlashdi.

Yo‘q.

Bu shunchaki taklif emas.
Bu — buyruq.

Matn davom etardi.

Har bir keyingi so‘z… og‘irroq.

Bizni ayblama.

Barmoqlarim muzlab qoldi.

Qo‘limizdan kelganicha seni yashirdik.

Ko‘zlarim biroz titradi.

Lekin sen… Jeon qo‘liga o‘zing tushding.

Yuragim qattiq urib ketdi.

Sen tez qaytishing kerak.
Bo‘lmasa…

Men o‘qishni to‘xtatmadim.
To‘xtata olmadim.

Bo‘lmasa u akangga zarar yetkazadi.

Hammasi shu yerda to‘xtadi.

Xona jim bo‘lib qoldi.
Telefon qo‘limda.
Ko‘zlarim ekranda.
Lekin ongim…
bo‘sh.

Akam…?

Nafasim qisildi.
Davomini o‘qidim.

U akang bilan tahdid qildi.

Bizning oilaning eng zaif nuqtasini endi bilishadi.

Va bundan foydalanishadi.

Telefon qo‘limdan tushib ketay dedi.

Men asta o‘tirib oldim.

Yuragim tez urardi.
Juda tez.
Yo‘q…
Bu mumkin emas.

Nega aynan u?

Akamning bunga nima aloqasi bor?

U… bu o‘yinning bir qismi ham emas.

U hech narsani bilmaydi.

U aybsiz.

Unday bo‘lishi mumkin emas.
Ichimda nimadir yorildi.
Qo‘rquv emas.
Yo‘q.
Bu safar boshqa narsa edi.

G‘azab.

— Nega… — pichirladim sekin.
Ovozim titradi.

— Nega aynan u…?
Ko‘zlarim achishdi.
Yosh to‘ldi.

Lekin bu safar men yig‘lamadim.
Men faqat…
qattiq nafas oldim.

Ichimda o‘ylar bir-biriga urilardi.
Demak endi…

Men zaiflikmanmi?

Men sabab bo‘ldimmi?

Boshimni qattiq chayqadim.

— Yo‘q… — dedim past, lekin qat’iy.

Bu so‘z ichimdan chiqdi.

— Yo‘q.

Men ko‘zlarimni yumdim.
Jungkookning nigohi yodimga tushdi.

O‘sha sovuq qarash.
O‘sha ishonch.

U allaqachon hammasini hal qilib bo‘lgan.

Shu fikr…
ichimda olov yoqdi.

Men asta kuldim.
Achchiq.

— Ular adashyapti… — dedim sekin.

Ko‘zlarimni ochdim.
Bu safar qarashim boshqacha edi.

— Men hech kimning zaifligi emasman.

Yuragim hali ham tez urardi.

Lekin endi qo‘rquv kamroq edi.
O‘rnini boshqa narsa egallayotgandi.

Qaror.

— Men… — nafas oldim chuqur,

— Jeon oilasiga ham…

Bir lahza to‘xtadim.

— Va o‘z oilamga ham…

So‘zlarim og‘ir chiqdi.

— Aslida kim ekanimni ko‘rsataman.

Xona yana jim bo‘ldi.

Lekin bu safar…
bu sukunat zaif emas edi.

Bu — boshlanish edi.

Jungkook

Nabi

Nanining akasi
Han Hae in

Prezident qarorgohi
Oq uy