"Sinf qutisi" metodi
Aziz ustozlar, bugun judayam qiziq bo'lgan emotsional metodni o'rganamiz. Bilamizki, barchamiz ijobiy va salbiy hissiy holatlarni boshdan kechirganmiz. Jahlimiz chiqqan, xursand bo'lganmiz yoki asabiylashganmiz. Maktab o'quvchilarida ham shunday hissiy lahzalar ko'p uchraydi. Shunday ekan, bugungi "Sinf qutisi" metodi sizga juda foydali bo'ladi.
Sinf xonasiga chiroyli quti yoki plastik idishni joylashtiring. Unga "Sinf qutisi" deb nom bering. Bolalarga har kuni o'zlarini baxtli his qilgan bir lahzani aks ettiruvchi stikerlardan birini qutiga solishlarini taklif qiling. Masalan, men qiyin masalani yecha oldim, do'stim bilan maroqli vaqt o'tkazdim, tushlik menga yoqdi, chiroyli narsani ko'rdim va hokazo. Har bir hafta so'ngida bolalar bilan baxt qutisiga solingan barcha stikerlarni olib o'qing.
Bolalar bunday texnikani yaxshi ko'rib qolishlari aniq, sababi - bu ularga ko'plab ijobiy lahzalar va go'zal his-tuyg'ular borligini ko'rsatishga, his etishga imkon beradi. Vaqti kelsa, hatto biz har doim qadrlamaydigan yoki ko'zimizga ko'rinmaydigan eng oddiy narsalar ham baxt va quvonch keltirishi mumkinligini bilmaymiz. Bu texnika esa, nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham dunyoni yorqin taraflama ko'proq ko'ra bilishimizga yordam beradi.
"Sinf qutisi" metodi sizga o'quvchilar xarakteridan kelib chiqib dars o'tishingizga, faningizni samarali tushuntirib bera olishingizda katta yordam beradi. Unda ushbu ajoyib metodni bugunoq o'quvchilaringiz bilan sinfda tashkillashtiring.