Musiqa To'garagi 2024-2025
To'garakning maqsadi:
Musiqa ta'limi orqali o'quvchilarni milliy musiqa cholg'ulari va vokal san'ati bilan tanishtirish, ularning kamida bittasida chala olish va qo'shiq aytish ko'nikmalarini shakllantirish.
Musiqa orqali o'quvchilarning estetik tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish, madaniy tushunchalarini boyitish, shaxsiy va ijtimoiy ko'nikmalarini shakllantirish.
Musiqa ta'limi yordamida o'quvchilarning umumiy ta'lim sifatini yaxshilash, boshqa fanlarni o'rganishda diqqat va fokuslanish qobiliyatlarini oshirish, o'quvchilarni turli mavzularda muvaffaqiyatli o'rganishga tayyorlash.
To'garak faoliyatlari va resurslari:
- Cholg'u tanlov va o'rganish:
- O'quvchilarga musiqa asboblarini tanlashda yordam berish, ularni chalish va qo'shiq aytishni o'rganish jarayonida qo'llab-quvvatlash.
- AI dasturlari bilan tanishuv va amaliyot:
- Musiqa yaratish uchun mo'ljallangan AI dasturlari haqida ta'lim berish va o'quvchilarni bu jarayonlarga jalb qilish.
- Musiqiy asboblari va AI dasturlari:
Kontsertlar va taqdimotlar:
YouTube kanali orqali yoritish:
- YouTube kanalida muntazam ravishda o'quvchilarning musiqiy ishlarini yoritib borish:
- To'garakning faoliyati va o'quvchilarning ijodiy ishlarini kengroq auditoriyaga tanishtirish uchun YouTube kanalida muntazam video kontent joylashtirish. Bu kontent o'quvchilarning ijodiy faoliyatlarini nafaqat maktab ichida, balki tashqarida ham tanitishga yordam beradi.
- Ijodiy portfolio yaratish:
To'garakning natijalari:
Musiqa To‘garakda Mashg‘ulotlarining Mavzu Rejasi
1-5: Musiqaning asosiy elementlari
1. Ovoz va Unison:
- Ovozni aniqlash, balandlik, pastlik va unison tushunchalari.
- Tovushning fizik va musiqiy xususiyatlari.
- Cholg'ular bilan tanishtirish: Asosiy milliy cholg'ular va ularning ovoz chiqarish usullari.
2. Notalar va ularning o'rni:
- Musiqadagi asosiy notalar, ularning klaviaturadagi o'rni.
- Nota o'qish asoslari.
- Tovushqatorlar va oktavalar.
- Rubob bilan tanishtirish: Rubob cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
3. Musiqa alifbosi:
- Notalar, ularning nomlanishi, musiqiy joylashuvi.
- Yarim ton va bir ton.
- Rubobda boshlang'ich mashqlar: Rubobda notalarni joylashtirish va asosiy tovushlarni ijro etish.
4. Ritm va temp:
- Musiqadagi ritm tushunchasi, temp va ularning ifodalanishi.
- Ritm va metrika.
- Dutor bilan tanishtirish: Dutor cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
5. Musiqa o'lchovi:
- Takt, vaqt o'lchovi, turli xil o'lchov turlari.
- Tovushlarning harfiy sistema bilan yozilishi.
- Dutorda boshlang'ich mashqlar: Dutor cholg'usida notalarni joylashtirish va asosiy tovushlarni ijro etish.
6-10: Musiqaning struktura va tizimlari
6. Gammalar:
- Major va minor gammalar, ularning tuzilishi.
- Pauzalar.
- Tovushlarning engarmonizimi.
- Doira bilan tanishtirish: Doira cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
7. Intervallar:
- Notalar orasidagi intervallar va ularning turli xillari.
- Kalitlar.
- Doirada boshlang'ich mashqlar: Doira cholg'usida asosiy usullarni o'rganish.
8. Akkordlar va ularning turlari:
- Uch ovozli, to'rt ovozli akkordlar va ularning qurilishi.
- Alteratsiya belgilari.
- Gitara bilan tanishtirish: Gitara cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
9. Modulyatsiya:
- Musiqada tonallikni o'zgartirish.
- Interval.
- Gitarada boshlang'ich mashqlar: Gitara cholg'usida akkordlarni o'rganish.
10. Formalar:
- Musiqaning turli xil shakllari, jumladan, sonata, simfoniya.
- Intervallarning son va sifat miqdori.
- Gitarada rivojlantiruvchi mashqlar: Gitara cholg'usida qo'shimcha akkordlarni o'rganish va ijro etish texnikalarini mustahkamlash.
11-15: Murakkablikka o'tish
11. Tonal tizimlar:
- Diatonik va xromatik tizimlar.
- Intervallarning ortirilishi va kamayishi.
- Baraban bilan tanishtirish: Baraban (udarnik) cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
12. Dissonans va konsonans:
- Akkordlarning ohangdosh va ohangsiz tovlanishi.
- Tonallik va tonalliklar orasidagi o'zgarishlar.
- Barabanda boshlang'ich mashqlar: Baraban cholg'usida asosiy ritm va usullarni o'rganish.
13. Modulyatsiyalar va ularning turlari:
- Parallel, kontrast modulyatsiyalar.
- Akkordlar va akkordlar aylanmasi.
- Barabanda rivojlantiruvchi mashqlar: Baraban cholg'usida murakkab ritm va usullarni o'rganish.
14. Yig'iq va ochiq akkordlar:
- Akkordlarning joylashuvi, yig'ilgan va tarqalgan akkordlar.
- Transpozitsiya.
- Pianino bilan tanishtirish: Pianino cholg'usining tuzilishi va asosiy elementlari bilan tanishish.
15. Melodiyalarni tahlil qilish:
- Melodiyalarni tahlil qilish va tuzish.
- Major va minor tonalliklar.
- Pianinoda boshlang'ich mashqlar: Pianinoda asosiy akkordlarni o'rganish va ijro etish.
16-20: Harmoniya va kontrapunkt
16. Oddiy harmoniya:
- Oddiy akkordlar va ularning ketma-ketligi.
- Alteratsion akkordlar.
- Pianinoda rivojlantiruvchi mashqlar: Pianinoda murakkab akkordlarni o'rganish va ijro etish.
17. Murakkab harmoniya:
- Ko'p tovushli akkordlar, sekstakkordlar.
- Sekstakkord va septakkordlar.
- Pianinoda melodiyalar ijro etish: Pianinoda tanlangan melodiyalarni ijro etish.
18. Ko'p ovozli ijro uslubi
- Kvinta aylanmasi.
- Pianinoda rivojlantiruvchi mashqlar: Pianinoda tanlangan melodiyalarni ijro etish.
19. Akkordlar tugallanishi
- Akkordlar ketma-ketligi va ularning tugallanishi.
- Musiqiy ifoda va his qilish.
- Pianinoda boshlang'ich mashqlar: Pianinoda asosiy akkordlarni o'rganish va ijro etish.
20. Polifoniya:
- Bir nechta ovozlarning mustaqil rivojlanishi.
- Musiqiy janrlar.
- Pianinoda rivojlantiruvchi mashqlar: Pianinoda murakkab akkordlarni o'rganish va ijro etish.
21-25: Amaliyot va qo'llanilish
21. Improvizatsiya:
- Notalar asosida ijro etish va yaratish.
- Musiqiy shakllar.
- Cholg'ularda ansambl tarzida ijro etishni o'rganish: Turli cholg'ularni birgalikda ijro etish.
22. Harmonik tahlil:
- Musiqa asarlarini harmonik tahlil qilish.
- Musiqiy rivojlantirish.
- Musiqiy janrlar va ularning xususiyatlari: Turli musiqiy janrlarni o'rganish va ularni ijro etish usullari.
23. Formalar tahlili:
- Musiqiy formalarni tahlil qilish va tuzish.
- Ovozni sozlash va yo’lga qo’yish.
- Musiqiy asarlar shakllarini o'rganish: Sonata, simfoniya, va boshqa musiqiy shakllarni o'rganish.
24. Aranjirovka asoslari:
- Musiqiy asarlarni qayta ishlash va moslashtirish.
- Estrada va xalq qo’shiqlari.
- Vokal mashqlari: Ovozni sozlash mashqalari va ovozni yo’lga qo’yish.
25. Yozish va yaratish:
- Musiqiy asarlar yozish va kompozitsiya yaratish.
- Maqom ijro etish.
- Qo'shiqlarni ijro etish: Yalla, lapar xalq qo'shiqlarini o'rganish va kuylash.
26-28: Tarix, zamonaviy musiqa va texnologiya
26. Musiqa tarixi:
- Musiqaning rivojlanishi va tarixiy uslublar.
- Dars konsertga tayyorgarlik.
- Maqom karaoke: 11 ta maqom karaokesini kuylash va maqomlarni ijro etish usullari.
27. Zamonaviy musiqiy yo'nalishlar:
- Elektron musiqa, jazz, rock, va boshqa zamonaviy janrlar.
- Ijodiy loyihalar va tayyorgarlik.
- Musiqiy rivojlantirish usullari: Musiqiy asarlar yaratish va ularni rivojlantirish usullari.
28. Musiqa va texnologiya:
- Musiqa yaratishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, suno.ai platformasi orqali musiqa yaratish.
- Kontsert dasturini shakllantirish.
- Hisobot konsertga tayyorgarlik ko'rish: O'quvchilar tomonidan yaratilgan asarlarni tahlil qilish va ularni kontsert uchun tayyorlash.