Maktabchain token loyiha
Tokenlar raqamli tizimda, maktabning maxsus platformasi orqali boshqariladi. Har bir o‘quvchining individual profili bo'lib, unda quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:
- To‘plangan tokenlar soni.
- Tokenlar qanday faoliyatlar orqali qo‘lga kiritilganligi.
- Jarima va yechib olingan tokenlar ro‘yxati.
Bu platforma o‘quvchilarga tokenlarining holatini kuzatishga imkon beradi va ularning o‘z yutuqlarini tahlil qilishga yordam beradi.
Token Sarflash:
Tokenlar o'quvchilarning ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan mukofotlar uchun ishlatilishi mumkin:
- Mukofotlar va Imtiyozlar: Tokenlar to‘plangan miqdoriga qarab maxsus imtiyozlar, sovg‘alar va PEA da taqdirlanish.
- Maxsus Kurslar: Tokenlar orqali tayyorlov kurslariga yoki turli mahorat darslariga qatnashish imkoniyati berilishi mumkin.
Tokenlar o'quvchilarning akademik, sport va ijodiy yutuqlari asosida ularga beriladi. Har bir turdagi faoliyat uchun maxsus mezonlar belgilanadi va shu mezonlarga muvofiq tokenlar quyidagicha taqsimlanadi:
Akademik mukammallik (barcha sinf a'zolarining o'rtacha balli)
Agar o‘rtacha baho 90 dan 100 gacha bo‘lsa — A’lo: 8 token Har bir o‘quvchi uchun: 0.67 token
Agar o‘rtacha baho 85 dan 89 gacha bo‘lsa — Ajoyib: 6 token Har bir o‘quvchi uchun: 0.5 token
Agar o‘rtacha baho 80 dan 84 gacha bo‘lsa — Yaxshi: 4 token Har bir o‘quvchi uchun: 0.33 token
Agar o‘rtacha baho 75 dan 79 gacha bo‘lsa — Munosib: 2 token Har bir o‘quvchi uchun: 0.17 token
Agar o‘rtacha baho 74 va undan past bo‘lsa — Yomon: 0 token
Har bir sinf uchun eng yuqori o'rtacha ball olgan uchta o'quvchiga token beriladi: (5-sinfdan 11-sinfgacha)
O'rtacha balli 1 - eng yuqori 1 ta o'quvchi: 5 token.
O'rtacha balli 2 - eng yuqori 1 ta o'quvchi: 3 token.
O'rtacha balli 3 - eng yuqori 1 ta o'quvchi: 1 token.
Fanlar bo'yicha akademik mukammallik (sertifikatlar) (individual)
Milliy olimpiadalar (mahalliy):
Milliy olimpiadalar (respublika):
semestrda eng ko'p 3 baho olgan top 3 ta sinf uchun jarima tokenlar:
Imtihon paytida "cheating" uchun token -10 gacha yechib olinadi
Sport faoliyati (ham jamoaviy, ham individual):
G'alaba qozonganlar uchun — 2 token
Majburiyat darajasiga qarab, ko'ngillilik ishtirokchilarga 1 semestrda 1 marotaba 0 dan 10 token gacha mukofotlanadi.
Ijodiy ishlar uchun tokenlar quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
Ijodiy loyihalar va san'at ko‘rgazmalari: Eng yaxshi ijodiy asarlar uchun 5-10 token berilishi mumkin.
STEM faoliyatlari yoki adabiy tadbirlarda muvaffaqiyat(sertifikat berilsa) Ishtirok etish darajasiga qarab 3-7 token beriladi.
Talabalar tomonidan uyushtirilgan tadbirlar (TED Talks, art and technology collaboration, teatr-festivallar)(asosi sertifikat bo'lishi kerak) Eng yaxshi chiqishlar yoki eng yaxshi ijodiy ishtirok uchun 5-8 token.