4-sentabr 1-qo'ng'iroq
Shahnoza: "Assalomu alaykum, hurmatli o'qituvchilar, aziz o'quvchilar va mehmonlar! Bugungi tadbirimizga xush kelibsiz!"
Mr. Ezra: "Good morning, dear teachers, students, and guests! Welcome to our event today!"
Shahnoza: "Bugungi kun har birimiz uchun alohida ahamiyatga ega. Maktabimiz yangi o'quv yiliga tantanali ravishda eshik ochmoqda. Shu munosabat bilan sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!"
Mr. Ezra: "Today is a special day for all of us. Our school is opening its doors for the new academic year with a grand ceremony. We sincerely congratulate you on this occasion!"
Shahnoza: "Endi tadbirni rasmiy ochiq deb e'lon qilish uchun maktabimiz direktori, Gaybullaev Azizbek Berdimuratovichni sahnaga taklif qilamiz." (maxsus musiqa ketadi Mr.Naim)
Mr. Ezra: "Now, to officially open the event, we invite our school principal, Gaybullaev Azizbek Berdimuratovich, to the stage."
(maktab direktori tadbirni ochiq deb e'lon qiladilar qaytib joylariga turganlaricha boshlovchilar madhiyani aytishni e'lon qiladilar)
Shahnoza: "Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar va ustozlar! Endi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini baralla ijro etishga chorlaymiz. Madhiyamiz orqali yurtimizga bo‘lgan cheksiz muhabbat va sadoqatimizni ifoda etaylik!"
Mr. Ezra: "Dear guests, esteemed teachers, and students! We now invite everyone to stand and sing the National Anthem of Uzbekistan. Let us express our deep love and loyalty to our country!"
Shahnoza: "Hurmatli mehmonlar, qadrli ustozlar va aziz o‘quvchilar! Bugungi tantanamizning muhim qismi yaqinlashmoqda. Endi so‘zni maktabimiz rahbari, Gaybullaev Azizbek Berdimuratovichga beramiz. Ular yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan sizlarga o‘z tabriklarini va kelgusi rejalari haqida fikrlarini bildiradilar."
Mr. Ezra: "Dear guests, esteemed teachers, and dear students! We are approaching the most important part of our ceremony. Now, we give the floor to our school principal, Gaybullaev Azizbek Berdimuratovich, who will share his greetings and plans for the upcoming academic year."
Davomiyligi: 10 daqiqa +
Maktab direktori so'z olib, maktabning yutuqlari va yangi o'quv yili rejalari haqida qisqacha nutq so'zlaydi. Shundan so'ng, tadbirda ishtirok etayotgan maxsus mehmonni (mahalliy hokimiyat vakillari yoki boshqa nufuzli shaxs) yangi o'quvchilarni tabriklash uchun e'lon qilib joylariga o'tiradilar.
(maxsus mehmon sahnaga chiqgunicha musiqa qo'yiladi Mr.Naim)
Shahnoza: "Endi esa, maktabimizning yangi qabul qilingan 5-sinf o'quvchilarini o'z maxsus joylariga taklif qilamiz."
Mr. Ezra: "Now, we invite the newly admitted 5th-grade students to take their designated seats, accompanied by special music."
Shahnoza: "Ular maktabimizning yangi a'zolari, kelajagimiz yulduzlari! Ularni iliq kutib olamiz."
Mr. Ezra: "They are the new members of our school, the stars of our future! Let’s warmly welcome them."
Davomiyligi: 3 daqiqa
Yangi qabul qilingan 24 ta o'quvchi maxsus joylarini eggallashadi. (maxsus musiqa ketadi Mr.Naim)
Shahnoza: "Aziz mehmonlar, endi sizlarni maktabimizning ijodiy to'garaklari a'zolari tomonidan tayyorlangan bayram dasturini tomosha qilishga taklif etamiz."
Mr. Ezra: "Dear guests, we now invite you to enjoy the festive program prepared by the members of our school's creative clubs."
Davomiyligi: 6-7 daqiqa
Maktabning musiqa to'garagi a'zolari tomonidan bir qo'shiq (Mr. Naim) va doira raqsi (Mrs. Dilnoza) ijro etiladi.
Shahnoza: "Endi esa, maktabimizning faxrli an’analaridan biri bo‘lgan simvolik ramzni topshirish marosimiga o‘tamiz. Bu ramz maktabimizda davom etayotgan bilim va tarbiya yo‘lining belgisidir."
Mr. Ezra: "Now, we proceed to one of our school's proud traditions—the symbolic passing of the emblem. This emblem represents the ongoing path of knowledge and education at our school."
Shahnoza: "Maktabimiz direktori, akademik direktor va 11-sinf o‘quvchilarini sahnaga taklif qilamiz. Ular ushbu simvolik ramzni yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilariga topshiradilar."
Mr. Ezra: "We invite our school principal, academic director, and the 11th-grade students to the stage. They will pass this symbolic emblem to the newly admitted 5th-grade students."
Davomiyligi: 5 daqiqa
Maktab direktori va akademik direktor ramzni 11-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilariga topshiradilar.(Mr Umid)
Shahnoza: "Bugungi tadbirimizning 1-qismi o'z nihoyasiga yetdi. Barcha o'quvchilarimizga yangi o'quv yilida omad tilaymiz!"
Mr. Ezra: "The official part of our event has now come to an end. We wish all our students success in the new academic year!"
Davomiyligi: 5 daqiqa
Tadbir nuroniy otaxon duolari bilan yakunlanadi. Shundan so'ng barcha o'quvchilar ichkariga amfiteatrga qat'iy tartib intizom bilan kirishadi (CHYOT rahabri)
2-qism: Robototexnika Ko'rgazmasi va Yangi Loyihalar Prezentatsiyalari
O'tkazish joyi: Yo'lak boshidagi soya joy, kichik karidor va amfiteatr.
Davomiyligi: 10 daqiqa
O'quvchilar amfiteatrga kirishga tayyorgarlik ko'rishayotganda, maktab direktori maxsus mehmonlarni robototexnika ko'rgazmasiga olib keladi. Bu ko'rgazma yo'lak boshida maxsus maydonda bo'lib o'tadi. Mr. Fayoz ko'rgazmani boshqaradi va mehmonlarga o'quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan robototexnika loyihalarini ko'rsatadi.
- Robotlarning namoyishi: Mehmonlar o'quvchilarning turli-tuman robototexnika loyihalari bilan tanishadilar. Bu loyihalar o'quvchilarning ilg'or texnologiyalarni qanday o'zlashtirganliklarini va amaliy qo'llashlarini ko'rsatadi. Har bir loyiha haqida qisqa ma'lumot beriladi, robotlar qanday vazifalarni bajarishi mumkinligi va ulardan qanday foydalanish mumkinligi tushuntiriladi.
2. Start-Up Loyihalar Prezentatsiyalari:
Davomiyligi: 5 daqiqa
Robototexnika ko'rgazmasi yakunlangandan so'ng, maxsus mehmonlar amfiteatrga kirishadi. Amfiteatrga kirishda joylashgan kichik karidorda Doston va Samandar tomonidan tayyorlangan start-up loyihalar haqida prezentatsiyalar ekranda namoyish etiladi.
- Yangi tashabbuslar: Doston va Samandar o'zlarining yangi loyihalari haqida ma'lumot beradilar. Bu yangi loyihalar o'quvchilarning keng qamrovli qobiliyatlarini va kelajakda ular qanday yutuqlarga erishishlari mumkinligini ko'rsatadi.
- Multimedial namoyish: Prezentatsiyalar ekranda maxsus Canva dasturi va grafikalar yordamida namoyish etiladi, bu mehmonlarga loyihalarning mazmuni va ahamiyatini tushunishlariga yordam beradi. Bu namoyish mehmonlarni yanada qiziqtiradi va o'quvchilarning ishlariga bo'lgan e'tiborni oshiradi
- Resurslar: ekran (Start-up loyihalarini namoyish qilish uchun konferensiya xonasidan katta ekran olib tushiladi va o'rnatiladi) Prezentatsiyani qulay tarzda boshqarish uchun pult va notebook kerak (xo'jalik ishlari mudiri)
Texnik mutaxassis: Prezentatsiya davomida texnik nosozliklarni bartaraf etish uchun texnik mutaxassis tayyor bo'lishi kerak (maktab muhandis dasturchisi)
Ovoz va intonatsiya ustida ishlash: Taqdimotning qiziqarli bo'lishi uchun o'quvchilarning ovozi va intonatsiyasiga e'tibor berish zarur.(Mr.Daniel)
O'tkazish joyi: Amfiteatr
Davomiyligi: 10 daqiqa +
Olib boruvchi: Mr. Jacque
Guruh rahbarlari: Mr. Odil, Mr. Abbos
- Mini-Debat: Guruhlar muammoni tahlil qilib, yechimlarini taqdim etadi (7 daqiqa).
- Munozara: Guruhlar o‘z yechimlarini tahlil qiladi va Mr. Jacque boshchiligida umumiy munozara olib boriladi (2 daqiqa).
- Yakun: Mr. Jacque xulosalarni chiqarib, o‘quvchilarga rahmat aytadi (1 daqiqa)
O'tkazish joyi: Amfiteatr
Davomiyligi: 6-7 daqiqa
Ishtirokchilar: 10-sinf o'quvchilari
Taqdimot: 10-sinf o'quvchilari milliy an'ana va urf-odatlarga oid qisqa chiqish qilishadi.(Mr. Ezra and Mrs. Guzal)
Yakun: O'quvchilar taqdimotni yakunlab, tomoshabinlar olqishlari ostida sahnani tark etishadi.
O'tkazish joyi: Amfiteatr
Davomiyligi: 10-15 daqiqa
Ishtirokchilar: Mahalliy hokim va maktab o'quvchilari
- Suhbat: Hokim o'quvchilarni tabriklab, maslahatlarini ulashadi va savollarga javob beradi.
- Yakun: Hokim kelajakda muvaffaqiyatlar tilab, suhbatni yakunlaydi.