Musiqa fanida Zapusk Texnalogiyasini qo'llash
Bugungi metodimiz Zapusk texnalogiyasi haqida bo‘ladi. Ushbu metod orqali siz sinfda aktiv va motivatsion muhitni osonlik bilan yarata olasiz.
Zapusk texnalogiyasi Buyuk Britaniyaning o‘qitish texnikalari orasida eng samaralisi va mashhuri hisoblanadi. Ushbu metod orqali siz dars muhitini o‘zingiz istagan atmosferada olib bora olasiz. Bu metodning yana bir muhim jihati shundaki, o‘quvchilarni boshqarish ham siz uchun yanada osonlashadi.
Birinchi bilib olishingiz kerak bo‘lgan jihat
Darslar 45 daqiqa davom etadi. Ushbu vaqt davomida siz o‘quvchilarni 100% aktiv holatda ushlab turishingiz juda qiyin. Ammo siz dars boshlanishi va tugash qismida Zapusk texnalogiyasidan foydalansangiz, ya’ni qarmoq tarzida darsga aloqador qiziqarli jumboqni aytish bilan darsingizni boshlasangiz, albatta bu barcha uchun juda ham qiziqarli bo‘ladi.
Dars davomida o‘quvchilarni doimiy tarzda diqqatini ushlab turish mumkin. Faqatgina sizdan biroz kreativlik talab etiladi xolos. Zapusk texnalogiyasi ham ushbu muammolarga oqilona yechim bera oladi.
Zapusk texnalogiyasining asosiy mazmuni
Darsga kirdingiz va o‘quvchilarga bugungi mavzuga aloqador jumboqli savol bering. Bu savolingiz shunchalik qiziq bo‘lsinki o‘quvchilar ushbu jumboqni javobini bilishga oshiqsin.
Savol berishda bir narsaga e’tiborli bo‘ling. Jumbog‘ingiz albatta o‘quvchilarga tanish va qiziq bo‘lsin. Masalan, siz MUSIQAdan biror mavzuni o‘tish niyatidasiz, dars boshlanishida Betxoven haqida qiziqarli jumboqni o‘rtaga tashlang. Yoki Adabiyot fanida ham huddi shunday, o‘quvchilarga tanish va qiziq bo‘lgan shaxs haqida jumboqli savolni o‘rtaga tashlang.
Dars boshlanishida beradigan ushbu jumbog‘ingizni bir muddat o‘quvchilar muhokama qilishsin. Javobni bilishga qiziqish darajasiga yetishgan paytda siz yangi mavzuni o‘tishga kirishing va javobini dars davomida aytishingizni bildiring. O‘quvchilar butun dars davomida qiziqarsiz mavzuni ham katta ishtiyoqda tinglashadi va dars oxirigacha barcha o‘quvchining diqqatini ushlab tura olasiz.
Shuni unutmangki, bu kabi qizg‘in darslar o‘quvchining yodida yaxshi qoladi. Siz o‘tgan qiziqarli darslarni o‘quvchilar boshqa ustozlarning darslari bilan taqqoslashadi. Shuning uchun siz doimo kreativ bo‘lishingiz kerak. Bu yo‘lda esa biz berayotgan tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya.
Yuqoridagi usullarni albatta qo‘llab ko‘ring! Samarali o'qituvchi bo'lish juda qiyin, chunki har bir o‘quvchi o'ziga xosdir, ammo o'qitish strategiyasidan foydalangan holda o'z sinfingizni o‘quvchilar uchun dinamik va motivatsion muhitga aylantirishingiz mumkin!