Omega Ω (ep 17)
Jimin hayajon ichida aytgan gapidan so'ng darhol Choon Hee ga qaradi. Ayol ham unga javoban hayrat nigohlarini tikib turardi..
Shu onda shifokor oradagi sukutni buzdi..
Bir oz avvalgi suvuq sukunat endi yanada og'irlashdi..Shifokor nima dedi? Endi bu savolga na Jiminda va na Choon Hee da javob bor?! Shu ikki og'iz savol Choon Hee ning tahminiga va Jiminning xursandchiligiga javob bo'ldi..
👤: Choon Hee? Sen homiladormiding?
Choon Hee stul chetida qaltirab o'tirar, ayni paytda nima sodir bo'layotganini mutlaqo tushinmasdi. Bu suhbat Jiminsiz bo'lganida ancha yaxshiroq edi u uchun..Qulog'i ostidagi navbatdagi savol nigohlarini qarshisidagi eri va hamkasbiga qaratishga majbur qildi..
Choon Hee: men..haligi..ko'nglim behuzur bo'lganiga..
👤: Choon Hee..Aytmoqchi edimki, bu oshqazon buzilishi..Ustiga ustak qovug'ingda shamollash bor..Tahminim bo'yicha shu sabab hayz kunlaring kechikyapti..Ko'ngling behuzur bo'lishi esa oshqozoningda hosil bo'lgan yara sabab..Vaqtida ovqatlanmagansan va kerakli rejimda emas..O'zingni asrashing k...
Shifokor gapini tugatmasidan Choon Hee xonadan uchib chiqib ketti..
Jimin esa xona burchagida o'tirar, bir oz oldin uni eng baxtli odamga aylantirgan homila* aslida oshqazon buzilishi bo'lib chiqqanini aqli hamon tan olmasdi..Eshik zarb bilan yopilgachgina atrofga qaradi..
👤: Uni ortidan boring.. Choon Hee ni bilaman, hamkasbim axir..Uning eng nozik tomoni bu bola edi..Nazarimda u buni homiladorlikka yo'ygan..
Jimin butkul tosh qotti. So'nggi lahzalarda erkaklik irodasini ishga solib, o'rnidan tutdi-da, shifokor bergan dorilar ro'yxatini olib, Choon Hee ning ortidan chiqdi..
Shifoxona tashqarisi jimjit..Faqatgina ora-orada bemor odamlar va navbatchi shifokorlarning sharpasi ko'rinadi..Jimin atrofni aylanib nihoyat kichik o'rindiq ustida bukchayib qolgan hotini oldiga keldi.. Choon Hee ham hijolatdan, ham erining oldida oshkor bo'lgan haqiqatdan va eng yomoni o'zining behuda xursandchiligidan xafa edi..Tinimsiz sochlarini g'ijimlab baland ovozda yig'lardi..Uning hozirgi ahvoli juda ayanchli..Uzoq muddatdan buyon kutgan yangilik endi uning hayotini ranglarga bezamoqda edi..U hali eriga o'z og'zi bilan aytishga ham ulgurmagandi..O'zining asossiz hursandchiligi va shoshqaloqligining qurboni bo'ldi..Eng yomoni eri ham bunga guvoh..
Jimin asta xotining oldiga cho'kdi..Qo'llarini uning beli bo'ylab o'rab, iyaklaridan ohista tutib o'ziga qarashga majbur qildi..
Jimin: Hoyy..Hammasi joyida...Yig'lashni bas qil..
Choon Hee yosh to'la ko'zlarini eridan uzmas, tomog'iga tiqilgan achchiq narsadan tili aylanmasdi...Ko'ksida turgan achitqi og'riqni so'zda ifodalashga qiynalardi..
Jimin: Bilaman...Nima his qilganingni bilaman...Lekin bu sening aybing emas..Bu Yaratganning qo'lida..
Choon Hee: axir...men..bu bizning orzuyimiz edi..
Jimin uni bag'riga bosdi..Sochlarini silaydi..Ayol esa uning ko'ksiga boshini qo'yib, hamon piqqilab yig'lardi xolos..
Choon Hee: siz qayerdan bildingiz?
Jimin: men..boya suhbatingizni behosdan eshitib qoldim..
Choon Hee: axmoqman..Menda hali dalil yo'q edi..Test qilib so'ng kichik tort pishrib sizga syurpriz qilmochi edim..lekin..
Jimin: hammasi joyida..Hali biz juda ko'p farzandli bo'lamiz..Hali yoshmiz axir..
Yotoqxona chiroqlari o'chiq..Xonada oyning shulasidan hosil bo'lgan nim yorug'lik.. Faqatgina bir biriga teskari holda yotoqda cho'zilgan ikki insonning tartibsiz urayotgan yurak tovushlari eshitiladi xolos..Shifoxonadagi voqea Choon Hee ni bir zum tinch qo'ymas, aksincha yuragidagi og'riq o'tmish xotiralariga qorishib battar kuchaygan...U kamgap, og'ir bosiq bo'lsada, aslida juda ko'p narsani ichida saqlaydi..His qilganlarini har doim ham tiliga chiqaravermaydi. Ayni paytda ham uni ezayotgan narsa shu..Nimani o'ylashi kerakligini, nimani hayolidan chiqarib, qalbidagi yarani nima bilan bosishni bilmasdi..Unda hamma narsa bor..Ish, pul, mashina, kelishgan va g'amxo'r eri..Lekin har kuni uni uyg'onishga majbur qiladigan hissiyot yetishmaydi..Yoki u buni ko'ra olmaydi..Har safar siqilganida, farzandli bo'la olmayotgani uning aybi ekanligini eslaganida uni bu chuqurlikdan olib chiqadigan sabab topa olmaydi..
Jimin ning hayollari chalkash..Aslida bu katta muammo emas, ya'ni farzand ko'rish faqat ularning qo'lida emasligini biladi..Lekin ayni paytda xotiniga qanday dalda bo'lishi, uni yupatishga ojizlik qilyapti..Ayolining qalbidagilarini ko'zlaridan uqib olishga harchand urinsada, ayolining qaysarligi, hissiyotlarini berkitishi unga har doimgidek to'siq bo'lib turibdi..
Bu ikkisini ayni payda bog'lab turgan narsa nikohdan o'zgasi emas...
Ehh, odamlar nega bunday? Bir birlarini tushinishni istamaydilar? Bunga yo'l bermaydilar? Sevish va sevilish uchun qalblari va ko'zlari ochiq emas..Ular bir birlarini qiynashni yaxshi ko'rishadi...Bu odamzod!
Ertalabga yaqin uxlagani uchun ish vaqtini ham o'tkazib yuborgan Jimin tushlikka yaqin erinibgina ko'zini ochdi..
Kechagi voqealar miyyasida aylana boshlagach, boshi og'irlashib, mushaklarda uvishish xosil bo'ldi..Hammasi tushdek edi..Yoqimsiz tushdek..Lekin afsuski aslida unday emas.. Kun allaqachon yorishgan, xonada og'ir sukunat..Lablari qurib, o'rnidan turdi..Xonada yo'lg'iz, aftidan Choon Hee oshxonada yoki yuvinish xonasidan..Bu tun u uchun og'ir bo'lgani aniq..Hozir qay ahvolda ekan? Jiminning oyoqlari sovuq polni his qilishi bilan tuklari tikkalashib, darrov yuvinish xonasi tomom yo'naldi..
Darhol yuz qo'lini yuvdi-da, uyqusi ancha ochilgach, oshxonaga chiqdi..U yer ham bo'sh..Nahotki kechagi voqealardan so'ng ishga ketgan bo'lsa? Imkonsiz..U ishonmay butun uyni aylanib chiqdi..Uy bo'm-bo'sh..Aqliga kelgan fikrdan darhol qo'liga telefonini olib, kerakli contact bo'yicha chaqiruv tugmasini bosdi..
Jimin: Ayshh..u qayerda bo'lishi mumkin?..
Shu payt tumba ustidagi oq xatjildga ko'zi tushdi..Xatga yaqinlashishi bilan yuragi bir yoqimsizlikni his qilib, qo'llari qaltiray boshladi..Ilojsiz uni ochib, o'qiy boshladi..
✉️: Bularni qanday tushuntirishni bilmayman, ochig'i! Lekin ikkimizga ham vaqt kerak! Tan olmasangizda, aslida sizning uyingizga kelishimga asosiy sabab bu otangiz va uning nabirali bo'lish orzusi edi..Va so'ng biz bir oila bo'ldik..Hozir yuragimda shunday bir qattiq og'riq borki, buni hatto ozim ham bosa olmayman..Men nafaqat sizga nafiqa bo'lishga noloyiqman, balki o'zimdan ham nafratlanaman! O'zimni anglashim, barini unitib yangi hayot boshlash uchun oldingizga qaytishim uchun menga vaqt kerak! Balki bu tanaffus sizga ham foydalidur..
Men Busanda onamning oldida bo'laman..Iltimos vaqtincha chegara tortgan holda, oldimga kelmang..Hammasi yaxshi bo'lganida men o'zim oldingizga boraman..
Jimin xatni oxirgi jumlalarini o'qib bo'lgach, uni xona chetiga uloqtirdi..
Jimin: Aqlini yeganmi u? Shu bilan yechim topaman deb o'ylayaptimi? Oramizga battar masofa qo'yiba? U hech qachon maslahatlashishni bilmagan! Doim o'jarligi bilan vaziyatni og'irlashtiradi! Bu paytda biz bir-birmizga kerak edik!!!
Uzoq muddat bir nuqtaga tikilib o'tirgach, ayni paytda Choon Hee ning qarorini hurmat qilishdan boshqa chora yo'qligini angladi..Bir necha kun ichida qaytmasa, o'zi borishga qaror qilib, holsiz joyiga qayta cho'zildi..
Oradan 3 kun o'tti. Bu 3 kun mobaynida Jimin tushkun kayfiyatda, hatto nima yeganini, qancha uxlaganini bilmas darajada ishga borib kelar, ishiga diqqatini jamlay olmasdi...Va tush vaqtida Busanga yetib bordi. Choon Hee bilan ko'rishishni istaganida Choon Hee honasidan chiqmadi. Onasi unga vaziyatni tushuntirgach, yana ortiga, Seulga qaytti. Tinimsiz qo'ng'iroq va sms xabarlarga bironta javob kelmadi. Choon Hee ning onasi qiziga vaqt kerakligini, o'zini yaxshi his qilishi bilanoq ortiga qaytarib yubirishini aytganida yuragi biroz tinchlandi va kutishdan boshqa iloji qolmadi..
Oradan yana 10 kun o'tgach, Jimin ishdan qaytar ekan, eshik oldida pochta qog'zoni ko'rdi. Uy ichiga kirib, uni ochganida hayot u uchun to'xtagandek bo'ldi..