December 1, 2024

Omega Ω (ep 6)

Jimin: Qoralovchi Xonim...

Jiminning qarshisida qoshlari chimirilgan, ustiga odatiy qora, shoyi matoli sud qoralovchisi libosini kiygan qiz, uzun bo'yini battar baland ko'rsatadigan poshnada viqor bilan turardi. Kelgusi sud oldidan hamkasbiga duch kelgani uchun biroz asabim taranglashgani kundek ravshan edi. Jimin esa aksincha, sud zalida har safar u bilan bahslashib charchamaydi. Advokat sifatida mijozining haq huquqlarini qonun doirasida himoyalab, qarshisidagi qoralovchini doim mot qiladi. Ammo bari ish yuzasidan, bu qizga zarracha shahsiy adovatga ega emas. Aksincha, har safar ishiga sidqi- dildan, vijdon doirasida yondashadigan bu qiz uni doim hayratda qoldiradi. Tashqi ko'rinishidan kibrli, boshqa sudyalarga o'xshab pulga sotilishga tayyordek ko'rinsada, aslida buning mutlaqo aksi. U Jimindan vijdonliroq bo'lishi mumkin, ammo kam emasdi..

Qiz unga qarab jilmayib kelayotgan yigitga o'girildi. Hozir yana jig'iga tegishini bilib, ko'zlarini qisib, o'zini bosiq tutishga urindi.

Jimin: Charon xonim..Sud yaxshi o'tdimi?

Charon: Hayrli kun, advokat Park..

U bir yutinib davom etti..

Charon: shunday desak bo'ladi..

Jimin: ko'rinib turibdi. Bu safargi advokat raqibingiz bo'sh ko'rinadi. Peshona chiqizlarimgiz yig'ilmaganiga qaraganda, sud asabiyliklarsiz, tinch o'tgan ko'rinadi..

Qiz Jiminning kesatiq gapidan asab tolalari uvishdi.

Charon: Shunday, janob Park..Bu idorada sizdan boshqa odam asablarimni buzishga urinmaydi ham..

Jimin kuldi. Battar uning asabiga tegishga qasd qildi.

Jimin: qanday yaxshi, hech bo'lmasa shu jihatim bilan butun boshli sud idorasida boshqalardan ajralib turar ekanman..

Charon kulishga arang o'zini majbur qildi. Imkon qadar bu odamdan uzoqroqqa ketishga ayni paytda havodan-da muhtoj.

Charon: kechiring, biroz shoshilib turgandim. Kelasi sudda ko'rishguncha!

Jimin unga egildi. Qiz o'grilib ketguniga qadar undan nigohlarini uzmadi. Ichida pichirladi.

-Bilmadim, nega meni yoqtirmaydi u? Payt bo'ldi deguncha juftakni rostlaydi. Men hatto qiziqtirgan savolim- uning ismini ma'nosini so'rashga ham har safar ulgurmayman..eh, jin ursin..

Jimin bir parda ofisi eshigi yonida paydo bo'ldi. Kirishi bilan uni kutib turgan kotibasi va uning yonidagi notanish ayol va erkakka ko'zi tushdi.

Sana: janob Park, bu men sizga aytgan mijozlaringiz..

Notanish ayol ochiq chehra bilan Jiminga qo'l uzatdi. So'ng yonidagi erkak ham tavoze bilan Jiminning qo'llarini siqdi. Jimin ularga o'tiring ishorasini qilgach, o'zi ham aylana kreslosiga joylashdi.

Jimin: hush kelibsiz! Nima ichasizlar? Choy, qahva yoki suv?

Ayol va erkak bir varakayiga suv deb javob berishgach, kotiba qiz xonadan chiqib ketti.

Jimin: mening ismim Park Jimin. 7 yildan buyon advokatlik bilan shug'ullanaman.

👤: tanishganimdan xursandman. Mening ismim Lee Bora, bu esa turmush o'rtog'im Lee Ji-ho.

Jimin: sizga qanday yordam bera olaman?

Bora: gap shundaki, hukumat meni noqonuniy qimor va kazino o'yinlarini uyushtirishda ayblayapti.

Jimin: menga vaziyatni boshidan aytib bera olasizmi?

Bora: albatta..Men o'ziga yarasha nomga ega ayolman. Shuning uchun san'at va sport olamida yetarlicha tanishlarim bor. Bundan 2 yil avval erimning tug'ilgan kuni ziyofatida mashxur odamlar bilan pokker o'ynagandik. Shundan so'ng har Seshanba kuni shaxsiy uyimda qonuniy pokker va kazino o'yinini tashkillashtira boshladim. Bari qonuniy faqat jamg'armadan foiz olmasligim kerak. Shu kungacha biron marotaba foiz opmaganman. Lekin qaysidur ko'ppak tuxmat qilib meni foiz olishdan ayblab, shikoyat qilgan. Dalil sifatida ovozlarimni yozib olgan.

Jimin: shu ovozini eahitsam bo'ladimi?

Bora: u menda yo'q. Bilganim shuki, unda hazil sifatida "sizlardan foiz olsam Koreaning eng boy ayoli bo'laman" deyilgan. Bundan tashqari qimorda yutqazgan boshqa odamlar, qarzlaridan qutilish uchun guvohlik berishgan..

Jimin vaziyatni o'rganishga urinib, ayolning eriga yuzlandi.

Jimin: xotiningiz foiz olmaganiga guvoh bo'lganmisiz? Bunga dalil bormi?

Ji-ho: mutlaqo aminman. Bora unday ayol emas. Dalil sifatida guvohlik berganlarning jamg'armadagi qarzlari ko'rsatilgan hujjat bor.

Jimin hijjatlarni ko'rib chiqa boshladi. Orada kotiba qiz stol ustiga 2 ta shaffof stakanda suv keltirib qo'ydi..

Time skip..Soat 20:15. Park xonadoni..

Jimin oshxonaga yaqinlasharkan, burniga ramyon hidi kelib uruldi. Eshik oldiga yetganida esa Choon Hee ning gavdasiga ko'zi tushdi. U ramyon tayyorlash bilan bandligidan ortidan kelgan erini sezmadi ham.

Jimin unga yaqin kelib, 2 metr uzoq masofadan tanasiga ko'z tashladi. Avval sochlaridagi shampun hidini tuydi. So'ng ustiga kiygan oq furbolkasi va yengil sho'rtik ostidagi qomatiga qarab qoldi. Bu kuzatuv ochlikdan boshqa yana bir tashnalikni battar oshirdi. Shundoq ham o'tgan 3 soat unga ancha og'irlik qilgandi. Jimin lablarini yaladi. O'zini bosishga zarracha urinmadi. Nima qilibdi? Axir bu o'zining ayoli bo'lsa..

Nihoyat 2 metr masofa qisqarib, Jimin kelishgan gavdasini ayolning tanasiga jipsladi. Kutilmagan bosim va haroratdan Choon Hee sakrab tushdi. Qo'lidagi cho'mich qozoncha ichiga tushib, ichidagi qaynoq suv qo'liga sachradi. Qaynoq suv terisiga yopishgach, ingrab yubordi..

Choon Hee: Ayshh..qqqo'limmm..

Jimin sarosimada uning qo'llarini kaftiga oldi. Shishgan lablarini battar shishirib, ayolning kaftiga sovuq havo puflay boshladi..

Jimin: azizam..Meni kechir..og'riyaptimi?

Choon Hee: hammasi joyida..maz surtsam o'tib ketadi..qattiq kuymadim.

Jimin biroz yengil tortib, ayolning peshonsida issiq bo'sa qoldirdi.

Kechlik tugagach, ayolining oshxonani tartibga keltirish bahonasida qolgani uchun Jimin yotoqxonaga birinchi bo'lib kirdi. Shu zahoti ust kiyimini yechib, divan ustiga uloqtirdi. Tanasi qizishdan 1 soniya bo'lsin to'xtagani yo'q. Tezroq xotini kelsayu, ostiga olib, qaynoq og'riqdan halos bo'lsa. Ammo Choon Hee har doimgidek qarshilik qilishi aniq..

15 daqiqa o'tib, Choon Hee xonaga kirdi. Yotoq ustida yalang o'tirgan erini ko'rdiyu, bu tunda uni nima kutayotganini tahmin qildi. Og'ir yutindi..

Jimin unga ehtirosli jilmayib, sekin yaqinlashdi..

Jimin: kecha qayerda to'xtagan edik?