January 14, 2025

Omega Ω (ep 18)

Jimin tun sokinligiga cho'mgan qahvahona derazasidan tashqariga qaraydi..Seoul da birinchi qor..Atrof oppoq tusga kirgan. Huddi barcha osoyishtalik yerga qor parchalari bilan qo'ngan-u, bu sokinlik odamlarga ham ta'sir qilgandek. Havo sovuq bo'lishiga qaramasdan, Seoul ko'chalarini band qilgan turli yosh, jins va millat vakillari o'zlarining tashvishlari bilan band. Kimdur sevgan insoniga qul ko'tarib olgan, boshqa tomonda keksa juftliklar bir birining qaddiga suyangan yolda, muz yo'laklardan ohista odimlaydi, yana kimdur esa boshlang'ich sinf farzandining darsdan keyingi to'garakdan olib qaytayapti. Hamma o'z g'am- tashvishi bilan band.

Jimin atrofni kuzatar, ichidagi alanga battar uni yondirardi. Mana 1 oydirki, uyqusida va na yeb-ichishida halovat bor..Hatto unga yarashib turadigan klassik uslubidagi kiyimi erinchoqlik va hafsalasizlik tufayli dazmollamagan holda, g'ijim ko'rinayapti..Ko'z osti biroz qoraygan. Shishgan lablari suvsizlikdan qurigandek..Qo'l barmoqlaridan tortib, soch tolasigacha holsiz- hissiz..U so'nggi marotaba otasining o'lgan yilida huddi shu ahvolga tushgan edi..Umidlari so'ngan holda atrofga huddi shunday qarardi..Hayot charxpalagi uni yana shu oqimga qaytardi..Yana bir bir irodasini sinashga ahd qilgan..Ammo bu safar uning yonida hech kim yo'q..Uyda ham ko'chada ham faqat yolg'izlikni his qiladi u..Ota-onasidan ayrilganidan so'ng, eng oxirgi insoni ham uni tubsiz jarga uloqtirdi..

Anchadan buyon derazadan atrofni tomosha qilayotgan Jimin birdan sergak tortdi..Aftidan 20 daqiqadan buyon hayollarga cho'mib, sherigini butunlay unutgandi..

Charon: Ahvolingiz yaxshimi, janob Park..?

Jimin bazor jilmayishga urindi..Lablari hiyol tabbasum uchun cho'zilgan bo'lsada, ko'zlaridagi siniqlik uni oshkor qilmay qolmasdi..Hatto oldidagi taom teginishlarsiz, butunlay sovib qolgan..

Jimin: joyida..biroz hayol suribman..

Charon uning aldayotganini bilardi..Chunki doimgi uning jig'iga tegadigan quvnoq hamkasbining mutlaqo aksi o'tiribdi, qarshisida..

Charon: aldashni eplolmaysiz..

Jimin kuldi..Yoqimli kulgusi butun qahvahona bo'ylab tarqalar ekan, kulgi so'nggi yig'iga ulangandek tuyildi..

Jimin: Ismingizni Kim qo'ygan, Charon xonim?

Kutilmagan savoldan ko'zlari kattalashgan qiz, biroz yigitga termulganicha, barmoqlarini qirsillatti..U shu usul bilan o'zini bosishga, va fikrini jamlashga urinmoqda..

Charon: buvam..Hamshira ismni qayd etish paytida buvamdan so'ragan, va buvam ilk hayoliga kelgan ismni aytgan..Harholda menga shunday deyishgan..

Jimin bu safar yengil jilmaydi..

Jimin: Juda qiziq..Unda manosi nima?

Charon: bu..oy degani..Aniqrog'i esa, to'lin oy..

Jimin bu ta'rifdan so'ng qizning yuziga qaradi..darhaqiqat..uning yuzi va sokinligi huddi oyni eslatadi..Bu unga avval e'tibor qilmagan ekan..

Charon birdan jiddiy qiyofaga kirdi. Stulini biroz oldinga siljitdi-da, qo'llarini bir birga bog'lab, bor diqqatini yigitda jamladi..

Charon: balki gaplashishni istarsiz? Bu sizga ancha yengillik berishiga ishonaman..

Jimin nigohlarini pastga qaratdi..Garchand qiynoqlari yuzida aks etsada, hech bo'lmaganda bir ayolning oldida o'zini kuchsiz, nochor ko'rsatishni o'ziga ep ko'rmadi. U hech qachon bunday qilolmaydi..Oldidagi sovuq taomni chetga surdida, stakandan suv ho'plab, labini kafti bilan artdi..

Jimin: bularni hech kimga aytishni istamagan edim..chunki bundan hech qanday ma'no yo'q..sizni ham o'zimdek ezgan bo'laman..

Charon: men haqimda o'ylamang..Bir necha haftadan buyon sog'lig'ingiz yaxshi emasligini sezgan edim..Yodingizdami? Mening tug'ilgan kunimda meni eshitgandingiz..Menga dalda bo'lgandingiz..Bugun meni galim..Barchamizni og'ir kunimizda hech bo'lmaganda eshitadigan inson kerak..Shu sabab sizni kechlikka chaqirgan edim..Buni qarzimni uzish deb qabul qiling...

Jimin jilmaydi..

Jimin: Turmush men o'ylaganimdek oson emas ekan.. Eng yomoni nima bilasizmi? Siz juftingizni barcha xato va nuqsonlariga qaramay qabul qilsangiz, doim unga mehr-e'tiboringizni ayamasangiz-u, javob sifatida qaysarlik, hissizlik va tark etishni olish! Men doim u bilan edim..Doim uni eshitishni, yonida bo'lishni, har bir so'zini tinglashni hohlardim..Ammo u shunchaki ketti..Aslida ikkimiz ham aybdor bo'lmagan narsalar uchun ketti..O'zini ham meni ham o'ylamadi..

Stol ustiga mitti ko'z yosh tomchisi tushdi. Charonning yuragiga nayza sanchilgandek his qildi..Qo'llarini uning sochini silashdan ba'zor tiydi..U yig'layapti..Jin ursin..U, Jimindek o'ziga ishongan, qat'iyatli bir erkak qanday yig'lashi mumkin..?

Jimin: Biz...biz hech bo'lmaganda bola asrab olardik..Men hech qachon bularni uning yuziga solmasdim..uni doim avaylardim..Lekin u istamadi..Hatto sudga ariza berganini qog'ozlar orqali, pochta orqali bildim..U meni shunga ravo ko'rdi..Har kuni eshi ortidan turib, izoh so'radim..Hech qanday talablarsiz undan hech bo'lmasa 1gina izoh..U faqatgina "keting" dedi..Men unga yaqin bo'lganim sari, u mendan uzoqlashgan ekan..Men hali hamon hech nimani tushunmadim..U nega unday qildi? Qayerda xato qildim? Anglolmadim..G'aflatda qoldim..

Jiminning ko'z yoshlari qirra burnidan oqib stolga tushar, barmoqlari asabiylikdan qaltirardi..

Jimin: Barchasi mana shunday tugadi..U hatto onasi bilan yashaydigan joydan ham ko'chib ketti. Men uni toparman, keyinchi? U meni yana rad qiladi..Eshitmaydi..Tushuntirib bermaydi..

Charon butkul shock holatida edi.. Office dagi ba'zi mish-mishkar uning ham qulog'iga chalingandi, Jimin xotini bilan yaxshi munosabatda emas deb aytishardi..Lekin vaziyat bu darajada jiddiy ekanligidan o'zi ham karaxt ahvolga tushib qoldi..Uni tushinishni istardi..Lekin nojoya so'z bilan battar yuragini ezishdan cho'chib, tinglardi holos..Har xolda er-xotin munosabatlariga aralashishni istamasdi u..

Charon: Hayot biz bilganimizdan, ijtimoiy tarmoqlarda ko'rganimizdan ancha murakkab...Lekin Nima bo'lganda ham biz uchun qadrli har bir narsa uchun eng so'nggi daqiqagacha kurashishimiz kerak..Siz his qilganlarini 1/4 ni his qilolmasamda, lekin qanchalar qiynalayotganingizni ko'rib turibman..Balki ayolingiz ham huddi sizdek ahvoldadir..Balki o'ziga kelib olishi uchun vaqt kerakdir..

Jimin: bilmadim..Men uning yonida bo'lishni istagan har daqiqada u mendan qochyapti..Hatto sababini ham bilmayman..Qiziq, ajrim sudiga kelarmikan?..Inson qanday qilib 5 yil birga yashagan insonini bu qadar tez o'zidan itarishi, sababsiz g'oyib bo'lishi mumkin? Eng qiynayotgan narsa, qanday katta va jiddiy sabab borki, u bunday qildi?

Charon bu safar indamadi..Orada sovuq sukunat turdi..Jimin usti boshini to'girladi-da, Charonga qaradi..

Jimin: sizni uyingizga tashlab qo'yaman..

Charon: yo'q, yo'q..Mashinada kelaganman..Siz yaxshisi uyingizga borib dam oling..Aybingiz bo'lmagan narsalar uchun o'zingizni qiynamang..Barini shunchaki taqdir izimga tashlang..Vaqt hamma savollaringizga javob beradi..

Jimin: Sizdan yaxshi psixolog chiqadi..So'zlaringiz menga biroz bo'lsa-da dalda bo'ldi, xonim..

Ikkisi ham o'z mashinalariga o'tirishgach, so'nggi marotaba hayr ishorasini qilib, mashinalar ikki tomonga qarab g'oyib bo'ldi..

Mashina o'tacha tezlikda yo'l bo'ylab odimlab borar, ilk qor Seoul ni yanada go'zallashtirgan edi..Havo yoqimli darajada sovuq bo'lib, insonga samimiy hislarni ulashardi..Qor ustida sekin yurib borayotgan mashina birdan qattiq tormoz ovozidan so'ng to'xtadi..

Mashina oldida badani titroq ichida qotib qolgan o'rta yoshli erkak, 5 soniyadan so'ng qaltirab ko'zlarini ochdi..Atrofga so'ng, o'ziga nazar solgach, chuqur nafas oldi..

👤: La'nati...yo'lingga qaramaysanmi? Yoki senga o'xshagan boyvochchalar uchun qonun yo'qmi?

Mashina rulini qattiq siqqanicha qotib qolgan Jimin, nihoyat baland ovozdan so'ng o'ziga keldi..Mashinadan avaylab tushgach, yo'lovchiga boshidan oyoq qarab, yengil nafas chiqardi..Yuzi qo'rquv, mana endi esa uyatdan qizardi..

Jimin: kechiring janob..men bilmay qoldim..Ahvolingiz yaxshimi? Shifokorga boramizmi?

👤: uzuringni pishirib ye..Qanaqa shifokor yana? Men shoshyapman..Yo'lingga qarab hayda, axmoq!

Erkak go'ldiragancha yo'ldan kesib o'tib, g'oyib bo'ldi..Jimin hamon qotib turar, orqadan chalingan baland signal tovushlaridan sergak tortib, qayta rulga o'tirdi..1 oy ichida u shu darajada e'tiborsiz va ehtiyotsiz odamga aylanib qoldi..

Mashina to'xtash joyiga kelib joylashgach, Jimin ust kiyimi va qo'l telefonini olib baland bino eshigiga qarab yurdi..Tashqari sovuq bo'lishiga qaramay, eshik oldida turgan qiyofadan birdan to'xtadi..

Mona: Pochcha..

Jimin: bu yerda..Nima qilyapsan?

Mona: sizni kutib turgandim..

Jimin o'zini jiddiy tutishga urinib, uy ichi tomon ishora qildi..

Jimin: qani kir..