January 25, 2025

Omega Ω (ep 21)

👤: O'sha kuni menga yoqib qolgan yigit bor-ku, u Koreaning eng yaxshi advokatlaridan biri ekan..Hozir esa Kentucky ga malaka oshirish uchun kelibdi..

-Senga qachondan Osiyoliklar yoqadigan bo'lib qoldi? Axir sen emasmi, menga bug'doy rang, baquvvat erkaklar yoqadi degan, Sarah?

👤: Rost..Lekin bilmayman..Unda o'ziga xoslik bor..Yuzining tiniqligi, qirra burni va ayniqsa jiddiy qiyofasi, men hech qachon bunday mukammal va kelishgan erkakni ko'rmaganman, Megan..

Lotin irqiga mansub ikki advokat qizlar qabulxona oldida suhbatlashishar ekan, erta tong bo'lgani uchun office hali gavjum emas.. Odatda Amerikaning ushbu shtatida eng mashxur bo'lgan xususiy advokatlar uyishmasi doim mijozlar bilan to'la..Jimin ham bugun erta kelgani bois, eshikdan kirishi bilanoq bir oz oldingi qizlarning ko'zi unga mixlandi. Qizlardan biri uni ko'rishi bilanoq usti boshini to'girlagan bo'lib, unga salom berdi..

👤: Good morning, Mr.Park..

Jimin hushmuomilalik bilan egilib, ingliz tilida so'zlay boshladi.. Qizlarning ko'zi esa uni rentgen aparatidan ham kuchliroq ko'zdan kechirardi..

Jimin: sizga ham hayrli bo'lsin..

👤: bu yerda yangisiz deb eshittik. Har holda Amerikani bizchalik bilmaysiz..Istasangiz sizni tungi shahar bilan tanishtiraman..

-Tanishtiramiz degin, Sarah..

Qizlar birvarakayiga kulib yuborishdi..

Jimin: Jon derdim.. Ammo ishdan so'ng muhim ishlarim bor..

👤: mayli..Darvoqea, ingliz tilidagi aksentingiz ajoyib.. Huddi sof inglizga o'xshaysiz..

Jimin: unchalik emas.. Rahmat..Endi menga ruhsat, mijozim kutib turgandi..

Jimin lift oldida g'oyib bo'ldi..

👤: Fu*k..u juda kelishgan..Ingliz tilida ravon so'zlashishinichi?

Qo'lida uzuk ko'rmadim, balki omadingni sinab ko'rarsan?

Time skip...

Samalyot qo'nishiga yana 30 daqiqa bor..Charon tobora yaqinlashib borayotgan binolarga qarab o'yga toldi..

POV: Meni ham uni yuborishgan joyga jo'natishgani tasodifmi? Axir yer yuzida shuncha shaharlar bor..Nima bo'lganda ham unga odatiy muomilada bo'lishim kerak..Boshidan o'tganlaridan keyin ancha qiynaldi..Har holda undan qarzdorman..U meni eshitgan, tasalli bergan yagona odam edi..U bilan huddi yillar davomida tanish insodek suhbat qurgandik..Va..so'ngida men ichib olib, nmalar qildim..?!. G'irt ahmoqsan, Charon..

Charon hayoliga kelgan fikrdan, darrov sumkasini kovlay boshladi.. Undan kichik, erkaklar dastromolini chiqardi..

Charon POV*: Sendan ham jinniroq qiz bormiman bu dunyoda? Kim uylangan erkakning dastromolchasini 3 oy o'zida saqlab yuradi? Ho'sh, osha soju ichgan kechamizda u menga bergan bo'lsa nima bo'libdi? Uni allaqachon tashlab yuborishing kerak edi, axmoq qiz! Hatto uni ishlatishga ham botina olmaysan, lekin doim o'zing bilan olib yurasan! Nima uchun? Nima uchun o'sha kuni unday qildim? Umrida erkaklarga imkon beraman qiz, bugun esa uylangan, va hozir ajrashgan erkakka hayollarida bog'lanib o'tiribdi! Qalbimdagilarni zinhor unga bildirmasligim kerak! Yaqinda ajrashgan erkakka osiladigan darajada pastkash emassan, Charon!

Charon mehmonxona nomeriga joylashgach, uyidan ancha uzoqligi uchun yengil tortdi..Kun allaqachon qorayib, shahar sokinlashgani sayin, u ham yangi hayot tarzini boshlash arafasida to'yib uxlab olish uchun, uyquga ketti..

Time skip..

Jimin erta tongdan och holatda muzdek qahva ichgani uchun o'zini biroz noqulay his qila boshladi..Shunday bo'lsada bor diqqatini yangi ochilgan ish ustida to'plab o'tirar ekan, eshik taqqiladi..

Jimin: kiring..

Stoldan boshini ko'tarmagan Jimin, ofis ichida poshna tovushini eshitishni bilan eshik tomon qaradi.. Ko'zlariga ishonmaydi...Qanday qilib?

Charon: Annyeonghaseyo!

Jimin: Charon? Bu yerda nima qilyapsiz?

Jimin hayrat bilan o'rindan turar ekan, ancha muddatdan buyon o'zi taniydigan odamlardan birini begona davlatda uchratgani uchun xursandchiligi ichiga sig'madi..

Charon: Nima hamkasbligimizni unitdingizmi? ..Siz bilan aloqamiz yaxshiligi uchun, begona shahardan qiynalmasin deb, meni ham shu yerga vaqtinchalik yuborishdi..

Jimin: yaxshi qilishibdi..Men ham begona shaharda zerikib turgandim..Sizni ko'rib xursand bo'ldim, Kan xonim..

Charon: yaxshi unda sizni ham bezovta qilmay, shu yerdaligingiz uchun kirgan edim..

Jimin: yaxshi unda, ishdan so'ng kechki ovqat qilsak nima deysiz? Mehmonxona ovqatlari menga yoqmadi. Katta shaharda yolg'iz ovqatlanish esa zerikarli. Siz shu yerda ekansiz biron Koreys oshxonasiga boramiz..

Charon: kelishdik. Soat 6 da qabulxona oldida ko'rishamiz..

Shu yo'sinda Ikkisi ham o'z ishlariga sho'ngib ketishdi..Begona shaharda yolg'iz emasliklarini bilgani uchun ko'ngillari xotirjam edi..Soat millari 6 ga 15 daqiqa qolganini ko'rsatgani hamon, Charonning yurak urishi tezlashardi..Miyyasida aylanayotgan hislar soniyalarni yillardek his qilishga majbur qilardi..Yuragi va aqli kelisholmay, joyida o'tirolmay qoldi..

POV: Axir bu shunchaki kechlik! Meni bu yerga jo'natishgani meni aybim emasku! Shunchaki kechlik qilamiz, tamom! O'zingni bos, Charon! G'alati harakatlaring bilan o'zingni uni oldida yomon ahvolga solib qo'yma, shunchaki doimiy jiddiy Charondek tut o'zingni!

U nihoyat buyumlarini yig'ishtirib, ustiga paltosini ildi-da, qabulxona tomon yurdi.. Jimin esa doimgidek hotirjam ko'rinadi..Ustiga kiyib olgan qora plach, va huddi shu rangdagi sharf uni yanada kelishgan ko'rsatadi..Jin ursin, unga qaramaslikning iloji yo'q! San'at asarini bir insonda jamlanmasi u! Uni shunday nuqsonsiz yaratgan, unga qaragan har qanday odam buni guvohi bo'ladi!

Jimin uni ko'rishi bilan yuzida kulgi o'ynadi..Unga ko'z tikib turgan qabulxona ishchilari, u kelganidan buyon ilk marta tabassum qilganini ko'rishmoqda..Ko'zlari bilan tabassum qilar ekan, Charon unga yaqinlashdi..

Jimin: ish sizni charchatmadimi?

Charon: aksincha, o'z ishimni sevaman. Bu meni tinchlantiradi..

Jimin: sizdek aqlli qizdan huddi shunday javob kutgandim. Qani kettikmi?

Charon: albatta..

Ular Jiminning ijaraga sotib olgan mashinasida yaqin oradagi Koreys oshxonasiga borishdi..Ovqatlanib, ish va boshqa mavzularda suhbatlashishdi. Va so'nggida Kentucky ning kechki go'zalliklaridan bahra olish uchun piyoda sayr qilishga qaror qildilar..

Charon: ko'z ostingizda qorayishni sezdim, janob Park..

Jimin: siz bilan do'st emasmizmi? Hali ham menga janob deb murojat qilyapsiz..Ismim bilan chaqirishingiz mumkin!

Charon: yaxshi..J..Jimin...

Charonning ovozidagi tutilish va hayajon Jiminni kuldirdi..Va uni ilk marotaba ismi bilan chaqirgani uchun bu unga o'zgacha tuyildi..

Jimin: xa..bu shunchaki charchoqdan..Kechalari uxlashga biroz qiynalyapman..Buning ustiga..

U anchadan buyon jinsiy og'riqlardan bezovta bo'layotganini ayta olmasdi albatta. Ajrashganidan so'ng, unda tabiiyki jinsiy xohishlari qonmayotgandi.. Psixologik jihatdan qanchalik qiynalmasin, jinsiy hohishlarini nazorat qila olmasdi..Buning ustiga bitch*lar bilan qondirish ham uning uchun jirkanchli holat..Faqatgina ba'zida dushda o'zini biroz tinchlantira oladi holos..

Charon: Shunchaki o'tmishni unitishga harakat qilishingiz kerak..Barini qo'yib yuboring, o'zingizni qiynashni bas qiling..

Jimin unga hamma narsalarni ayta olmasada, hech bo'lmaganda ba'zi gaplar uchun yengil tortdi..

Jimin: harakat qilaman..Ammo bu oson emas..Nazarimda bariga vaqt kerak..

Jimin to'satdan to'xtab, kichik binoga ishora qildi..

Jimin: bir narsa hayolimga keldi..Amerikaga kelgan ekanmiz, balki tatirovka chizdirarmiz?

Charon: Men hech qachon bu haqida o'ylab ko'rmagan ekanman..

Jimin: men esa sinab ko'rishni istardim..Bu tatirovka umrimda birinchisi va o'ziga hos ma'noga ega bo'lishi kerak..Uning o'z ma'nosini bo'lishini hohlayman..