January 22, 2025

Omega Ω (ep 20)

-Jin ursin seni, yaramas, foxisha!

Erkak tiliga kelgan gaplar bilan qizni kamsitar, kun kelib bular uning qalbida, hayotida o'zining qora izlarini qoldirishi haqida zarracha o'ylamasdi.. Bolalik chog'laridanoq tinimsiz kamsitishlar, janjal va ruhiy zarbalar zaminida ulg'aygan qiz, mana endi bu gaplarni chang zarrasichalik ham ko'ngliga olmay qo'ygan. Bularning bari bir kun o'tib ketishini, va oxir oqibat o'zi uchun yolg'iz o'zi kurashishini anglab yetgan u.. Murg'ak qalbi ota-onasining bir biriga bo'lgan sevgisini emas, aksincha haqoratlari, o'zaro nafratiga guvoh bo'lganidanmi, bugunga kelib u sevgi uyoqda tursin, hatto samimiy hislar odamlar orasida mavjud emas degan tushunchani aqli va qalbi bilan tan olgan. Endi u qanday sevsin? Qanday qilib odamlarga ishonsin u? Kimdan olgan mehri evaziga insonlarga javob qaytarsin? Qalbida bir tugun borki, u hech qachon yechilmaydigandek, hech bir inson tomonidan uning fikri va his tuyg'ulari hech qachon inobatga olinmaydigandek tuyiladi unga..U shunday ulg'aygan. Sevgisiz, samimiy so'zlarsiz..

Charon: foxishalik qilganimni ko'rganmidingiz hech?

Mr.Kan: Agar fohisha bo'lmasang, kun bo'yi ishdan keyin qayerda yurasan? Nima uchun turmushga chiqishni istamaysan? Ayt menga!!!

Charon ayni paytda aytilayotgan gaplardan emas, balki yillar davomida takrorlanib kelayotgan ta'ziq va tuhmatlar hozir ham unga otilayotganidan ko'zlaridan yosh dumaladi..Yuragi tosh qotgandek, bo'g'ziga tiqilgan achchiq narsadan gapirishga o'zida arang kuch topardi..

Charon: Nima qilay? Tuhmat va dashnomlaringizni kun bo'yi eshitaymi? Yoki sizga o'xshagan ayolni qadrlamaydigan, kalataklab, it o'rnida ko'radigan odamga turmushga chiqishim kerakmi?

Qizning unga tap tortmasdan aytayotgan gaplari uning ko'zidagi qonni battar toshira boshladi. Ayollarni oson tinchitish usuliga o'tib, qizining yuziga tarsaki tortti-da, sochlarini changallab, tizzlab qarshisida o'tirishga majbur qildi..

Mr.Kan: iflos...yo tilingni tiyasan, yoki shu qo'llarim bilan chavaqlab tashlayman sen itni..

Charon otasi tomonidan unga ishlatilayotgan jismoniy qarshilikka qaramasdan hamon ko'zlariga tik qarar, endi uni gaplariga javob qilishga battar qasd qilgandi..

Charon: shu it sizning farzandingiz..Meni hech qachon hech nimaga majbur qila olamaysiz! Men sizga o'sha 10 yoshlik qizcha emasman! Mast holingizda istagan ko'gingizga* soladigan!

Eski haqiqatlar yuzaga chiqib erkak qo'llarini qizining sochlaridan bo'shatdi-da, ortga tisarildi..

Mr.Kan: ko'zimdan yo'qol, bir nima qilib qo'ymasimdan yo'qol...!!!

U bolalaigidanoq atrofni rang barng ko'rardi. Gullar, kamalak jilosi, qushlar. Barcha, barchasi. Atrofdagi hamma bir biriga mehribon, mukammal oila, ota va qiz, qiz va ona..Lekin har safar shu xonadon ostonasini kesib o'tarkan, barchasi havoga sovrilib, hamma narsa oq qora turga kirardi. Bu hayotidan va odamlardan shu darajada to'ygan ediki, g'urur va iymoni uni o'z joniga qasd qilishdan ushlab turardi holos..Oxiri yo'q yana bir yoqimli* ota qiz suhbati tugagach, qiz doimgidek honasiga qamaldi..Uni jonsiz tanaga aylantirgan har bir narsadan shu darajada nafratlanadiki, hatto nafas olishni istamaydi..Odamlar ichida o'zini baxtli ko'rsatishdan Hassan ziyod charchagan..Bir kun kelib uni ham shunchaki, hech qanday g'araz va dashnomlardiz tinglaydigan inson kelishiga ishongani hamon, osha inson uchun butun qalbini asrab qo'ygan..Uning jiddiy va qo'pol qiyofasi ortida arzimagan narsa uchun yig'lab, dunyolarcha xursand bo'la oladigan qizcha borligini faqat o'zi biladi xolos..

Charon? Oxirgi marotaba chin dildan xursand bo'lganingni eslay olasanmi? Qachon so'nggi marotaba mamnun holda uyquga ketgan ending? Qachon senga e'tibor ko'rsatishdi? Bir kun kelib hozirgi azob va yosh to'la ko'zlaring bilan uyquga ketganingni eslab kularmikansan? Kun kelib kaftingdan tutgan birining yelkalariga hotirjam bosh qo'yib, huddi o'zing orzu qilgandel sohil bo'yida soatlab o'tira olarmikansan? Hatto o'zing ham tushunmaydigan hislaring haqida unga ham aytib berasanmi? Qo'pol kulishing, kechasi har tarafga o'zingni otib uxlashing, g'alati qiziqishlaring, bir biriga nomutonosib kiyinish uslubing, har bir ovqatdan nimanidur ajratib yeyishing bilan seni qabul qila oladigan o'sha biri hozir qayerda ekan? U ham seni kutayotgandir ehtimol?!!.. Eh, har bir narsadan sabab topa oladigan, har narsadan ma'no axtarib, arzimagan narsalar uchun ham o'zini ayblashga o'rganib qolgan qiz..Balki u kunlarga juda oz qoldi..

********

Stoli atrofida gir aylanib qolgan qiz oxiri yigitning sabrini eng so'nggi nuqtaga olib keldi..Ko'p o'tmay qo'lida spirtli ushlagan notanish qiz, Jiminning qarshisidagi stulni egalladi..

-Yolg'izsiz sheklli..

Jimin: Ho'sh?

Erkaklarning shahvoniy qarashlariga o'rganib qolgan oyimcha, bu safargi sovuq va e'tiborsiz javobdan ensasini qotirdi. Bo'sh kelishni istamay, ancha poylagan o'ljasi tomon navbatdagi hujumga o'tdi..

-Istasangiz....Burchakdagi xona bo'sh..Yaqinroq tanishishimiz mumkin...

Jiminning qoshlari ko'tarilib, peshona chiziqlari burishdi..Yelkasi bo'ylab ilon misol o'rmalay boshlagan begona barmoqlar g'ashiga tega boshladi..

Jimin: Yolg'iz qolganimizda hunaringni ko'rsatmoqchimisan?

Qiz uni kalaka qila boshlagan erkakka bu safar jiddiyroq nazar tashladi..Ammo harakatlari va ko'zlarida o'ynoqilik bor..Endi Ichkilik anqib turgan gavdasini erkakka yaqinlashtirib, club shovqini sabab, uning qoloqlariga egildi..

-Men yengiltak ayol emasman..Shunchaki siz menga yoqib qoldingiz. Siz bilan yaqinroq tanishmoqchiman xolos. Buning nimasi yomon? Axir siz ham bu yerga ko'ngilxushlik uchun kelmaganmisiz?

Jimin kuldi..Shusiz ham begona shahar, ishga fokus qarata olmayotgani va hayotida yuz bergan so'nggi tub burilishlar sabab jazavada yurgan Jimin, mana yoniga o'z oyog'i bilan kelib qolgan qo'g'irchoqni aqlini kirg'azish va shu yo'sinda bor alam va g'azablaridan qutilish qaroriga keldi..

Jimin: yaxshi, men bilan yaqindan tanishishga imkon beraman..

Qiz nihoyat o'zi kutgan gaplarni eshitshi bilan, erkakning qo'l uchidan yetaklagan ko'yi, klub burchagidagi vip xonaga kirdi..

Xona rangli chiroqlari bilan yoritilgan, ichki atmosfera Ichkilik va narkotik hidi bilan boyitilgan*. Xona chetiga uloqtirilgan o'yinchoqlar* esa, ishlatilgandan so'ng tozalanmagani ko'rinib turipti..Xona o'rtasidagi qora charm divan esa asosiy ish stoli* ekanligi aniq..

Qiz noz karashmalarini untimagan holda, o'zini yanada oliy nasab, va o'zi aytgandek "yengiltak" ayollardan emasligini isbotlash uchun, divan chetiga qo'ndi. Oyoqlarini bir birining ustiga chiqarib, shu bahona mukammal sonlarini ko'z-ko'z qilib oldi.. Jimin divanning boshqa chetiga hissiz o'tirar ekan, ko'ylak yoqasini biroz bo'shatdi..

Jimin: qani boshla! Bu yerga karaoke aytish uchun kirmaganmiz, har xolda!

Qiz kiborli kuldi..Ko'zlarini yana erkakda to'xtab, sekin u tomon shiljiy boshladi..

-Dangal erkaklarni yoqtiraman! Ayniqsa bir vaqtning o'zida suv qilib ichgudek kelishgan bo'lsa...

Qiz bu safar qizil lab bo'yog'i surilgan lablarini yaladi..Erkak hirsini uyg'otish uchun ko'kraklarini to'g'irlagan bo'lib, ko'ylak oldini hiyol ochdi..Jimin huddi film tomosha qilayotgandek o'tirar, hatto kiprik uchida ham qimirlash aks etmadi..

Jimin: vaqtni cho'zmaylik.. Yechin..

Qiz bundan ham battar cho'pkesar erkaklarni ko'rgan, ammo qarshisidagi mukammal erkak darrov maqsadga o'tgani, hatto bo'sa olishga urinmagani uchun biroz shoshib qoldi..

Jimin: Yechin dedim! Senga 2 daqiqa muhlat..

Uning ko'zlarida shunday tetiklik bor ediki, bir oz oldin ichgan 2 qadah ham uni sarhusht qilmagandi..Uning qarashlari, yoqadi orasidan ko'rinib turgan yo'g'on va oq bo'yni, o'tirish usulining o'zi ko'pni ko'rgan qizni yechinmasidanoq soch tolalarigacha ehtiros ichida qoldirdi..

Qiz tunggi libosdan deyarli farq qilmaydigan kalta ko'ylagining orqa qismini bo'shatdida, 5 soniya o'tib, ichki kiyim ham deb bo'lmaydigan tasmalar ichida qoldi..

Jimin qarshisidagi deyarli yalang'och begona gavdaga miq etmay qarab turarkan, unga nisbatan faqat jirkanish his qildi holos..Tanasi mukammal qo'g'irchoq..Unda na his bor na nomus..Daqiqalik rohat uchun o'zini ham sotishga tayyor..

Jimin: chakki emassan..Endi bularni ham yech..

U navbatdagi ip tolasidek keladigan ich kiyimlarga ishora qildi..

Qiz hech qanday ikkilanishlarsiz ulardan ham halos bo'lar ekan, bugungi rohatiga erishish* ilinjida erkakka yaqin keldi..Tanasi butunlay yalangligidan hatto hijolat hissi ham sezilmasdi unda..

Unga bir necha santimetr uzoqlikdagi qo'girchoqdan bir deganda uzoqlashdi-yu, eshik oldiga kelganida yuzida kulgi o'ynab, ortiga o'girildi..

Jimin: Juda yaxshi ishlading! Keyingi epizodlarni boshqasi o'ynaydi..Senga o'xshaganlardan jirkanaman!

Jimin xonani tark etib, eshik oldida ichlik, balki narkotik ta'sirida qayerda ekanligini ham unitgan bir guruh erkaklarga duch keldi..

Jimin: Ichkarida bir ketvorgan qiz sizlarni kutyapti..

Kunlab suvsiz qolgan odamlardek qolgan erkaklar to'dasi darhol ichkariga kirib ketishdi...

Time skip...

Begona ko'chalar va odamlar..Hozir unga faqat bu shahar emas, hatto o'z tanasi ham begonadek.. Sud zalidagi o'sha men taniyman deb o'ylagan sobiq xotini Choon Hee qanday unga hissiz qaragani hozir ham esida..U bu yuzni yuz..yo'q ming yil o'tsin, zinhor unitmaydi..5 yillik turmush 5 daqiqada qanday oson tugaganini aqli tan olmaydi..Hozir bunga ular ahamiyatli emas..Balki Choon Hee endi baxtlimikan? Ikkisining hayotini qora tuynikka tiqib hotirjammikan degan savol bor unda..Ikkisi ikki manzilda, hech qanday so'z va izohlarsiz ayrilar ekan, bu turmush rostan ham faqat ota-onalar sabab qurilganini, Jiminning sarflagan har bir kuchi, e'tibori aslida havoga sovrilganini hozir shu darajada tiniq va teran anglab turibdiki..Bu o'tkinchi paytlardan hosil bo'lgan bo'shliq kattalashib, Jiminni harob qilmasidan, qanday qilib bo'lmasin yana hayotga qaytishi, yashash uchun yangi sabablar topishi kerak..Uni shunchaki qadrlamagan insonlar uchun o'zini qurbonlik qilishi bu chinakam ahmoqlik!

Jimin odamlar bilan gavjum ko'cha bo'ylab ketar ekan, hayolida to'xtalgan so'nggi fikrlarni qayta-qayta tahlil qila boshladi..

-Yashash uchun doim sabab topiladi. Hayot mazmuni o'zgarmaydi. Sevgi tuyg'usi doim bor, faqatgina personajlar almashadi holos..Demak shu qismga yetib keldim..

aytlardan