Omega Ω (ep 23)
Sukunatga cho'mgan uzun koridor bo'ylab qadam tovushlari yanada tezlashar ekan, Charonning tanasi qo'rquvdan jumbushga kelib, kalitlarni tezroq qidirishga tushdi. Oldiniga bu sharpa unga qarab kelayotganiga ishonchi komil emasdi, endi esa u tobora yaqinlashib, tana shakli yaqqol ko'rina boshladi. Qora kapishonini yuzigacha bostirib olgan, aftidan o'rta yoshli bu erkak Charonga 10 qadam narida uchib kelardi va so'nggi soniyalarda qiz kalitlarni topishga muavffaq bo'lib, uy ichiga kirdida, eshikni ortidan berkitti. Qo'llari hamon qaltirar, yurak tovushi sezilardi darajada baland. Garchand xavf ortda qolgan bo'lsada, qo'rquv bilan eshikning mitti oynchasidan eshik ortiga qaradi. Erkak vaziyatni boy berganini fahmladi sheklli, ortga qadam tashlab, eshikdan uzoqlashdi. Charon chuqur nafas chiqarar, oyoq uchigacha qaltirab, miyyasida bu odam Nega unday qilganini tushinolmadi. Bir necha daqiqa shunday turgach, eshik tagiga cho'kdi. Yuzi qo'rquvdan qoraygan, butun vujudi yig'lashga shay turpti.
Bu vaziyatda nma qilishni bilmadi, begona shaharda tanigani faqat 1 inson bo'lgani uchun, telefonini shartta qo'liga oldi-da, kerakli kontakt bo'yicha chaqiruv tugmasini bosdi.. Bir necha soniyadan so'ng, tanish ovoz hotirjam ovozda javob berdi..
Jimin: Biron nimani unitgan ko'rinasiz? (Kinoya aralash kulib)
Charon: Jj...Jiminn...Uy..uyimda...hhhaligi
Jimin ko'cha o'rtasida to'xtab qoldi. Qizning havotirli uzuq ovozidan unga nimadur bo'lgani ayon edi..
Charon: Mm..Meni kimdur kuzatayapti..Eshigim..Eshigim oldida u..Juda qo'rqayapman..(yig'lab)
Jimin shu zahoti ortiga qarab yugura boshladi..
Jimin: 2 daqiqada o'sha yerda bo'laman..
Charon: iltimos..tezroq keling.. 2-qavat, 207-xona..
Jimin imkon qadar tezroq yugirishga tushdi..U doim bino tagida qolgani sabab, qavat va uy eshigi raqamini aytib, telefonini o'chirdi. Yuragi hamon vahima va qo'rquv ichida eng tez ritmda urardi..Bu qo'rquv endi Jiminga ham o'tgandi.. Jimin vada qilganidek 2 daqiqa o'tib 2-qavatda paydo bo'ldi. Har bir eshikning raqamlarini shoshib tekshirar ekan, nihoyat 207-xonani topishi bilan atrofga qaradi. Hech Kim yo'q..Va eshikni urdi..
Jimin: Charon? Ichkaridamisiz? Oching!
Qiz hali ham eshik oldida o'tirib, najot tovushidan so'ng, eshikni ochdi..
Jimin shosha-pisha uyga kirar ekan, Charonning ko'zlari qizargan, tanasidagi titroq lablarigacha cho'zilib, kuchli qo'rqqani aniq edi. Qiz hamma narsani unitib, ilk marotaba begona erkak bag'riga o'zini otdi. To'sattan unga birlashgan tanadan Jimin hayron qolgan bo'lsada, qizning vaziyatini anglagani hamon, qo'llarini uning tanasi bo'ylab o'radi. Bir qo'li bilan sochlarini silab, ovutishga tushdi..
Jimin: tshhh..hammasi yaxshi..men shu yerdaman..
Qiz hamon piqqilab yig'lar, ilk marotaba uni kimdur ishonch va g'amxo'rlik bilan bagriga bosib turgani uchun, ichida bir yengillik hosil bo'ldi..Qo'rquv uni oldin hech qachon qilmagan ishini qilishga majbur qilgan bo'lsada, hozir bundan zarracha uyalmadi, aksincha, aslida u ushlamaydi deb orzu qilgan inson hozir uni quchib turganiga ishonolmadi. Erkak ham uni qattiqroq bag'riga bosib, endi Ikkisining tana harorati va iforlari ajoyib mujassamlikni hosil qildi..Qizning yig'isi esa asta tina boshladi..
Qiz endi hijolatdan qizarib, asta uning bag'ridan uzildi..Jimin yuzida hotirjamlik bilan qizga qarab turardiki, hatto yana bir necha daqiqa turishganida ham hech qanday etiroz bildirmasdi..Charon hali ham qo'rquv tark etmagan bo'lsada, bu safar uyatdan ko'zlarini yerga qadadi..Bu kutilmagan harakatini endi qanday izohlashi mumkinligini o'ylay boshladi..U avval hech qachon bunday iliqlikni his qilmagan. Bunday yoqimli iforga burkangan holda erkak zotining bag'rida buncha uzoq turmagan..Hech kim uni bu qadar qattiq bag'riga bosib, sochlarini silamagan edi..Ayniqsa bu ish u yashirincha sevgan insoni tomonidan bajarilgani va endi hayajonini bildirmaslikka harakat qilayotgani sabab, tanasi qo'rquvdan tashqari ehtiros ostida ham titray boshladi.. Erkak esa u o'ziga kelib olganiga ishonch hosil qilgach, so'zga kirdi..
Jimin: Nima bo'ldi? Kim edi u? Kim sizni kuzatdi?
Charon endi yig'idan to'xtab, imkon qadar bosiq ovozda gapira boshlagan bo'lsada, qo'rquv uni hali tark etib ulgurmagandi..
Charon: bilmayman..Uyga kirayotgan edim, bir erkak menga qarab bostirib kira boshladi. Ichkariga kirganimda ham eshigim oldida turgandi..
Jimin: U kim bo'lishi mumkin? bunday paytda, begona davlatda kim sizni kuzatishi mumkin?
Jimin yana eshikni ochib karidorga yana ko'zdan kechirdi. Aftidan u allaqachon ketib bo'lgan..Ammo bu yer endi havfsiz emas..
Jimin yana xonaga qaytib kirdi..
Jimin: Kerakli narsalaringizni oling...Bu yer endi xavsiz emas..Ayniqsa sizni bu yerda yolg'iz qoldira olmayman..
Jimin: E'tiroz bildirmang..Meni uyimga boramiz..Toki politsiya kamerlarni ko'zdan kechirib, xavsiz joy toogunimizcha mening uyimda yashashingiz mumkin..
Charon ko'zlarini katta ochib Jiminga qaradi..Bir oz avval uni behosdan quchoqlagani yetmaganidek, endi uning uyiga bora olmaydi.. Qanday qilib begona erkak bilan bir uyda qolishi mumkin? Ayniqsa...u..unga befarq bo'lmasa?
Jimin unga "qani bo'laqol" degandek, qoshlarini chimirib qarab turdi..Qiz noiloj yotoqxonaga kirdida, kerakli bir nechta buyumni olib, Jiminning oldiga qaytib keldi..
Jimin eshik ochilishi bilanoq, xuddi kimdur tashlanib qolishidan qo'rqqanidek, qizning bir qo'lini ushlab, keng koridor bo'ylab tashqi eshik zinasi tomon yura boshladi. Qo'llarini tutgan qaynoq va ulkan kaftlar, Charonning tanasini qizdira boshladi. Endi u bir oz avvalgi erkak haqida unitib, Jiminning ortidan unga tikilgancha ergashib borardi...Zum o'tmay ular tashqarida, bino tagida paydo bo'lishdi..Jimin yana atrofni kuzatarkan, qo'llari mahkam siqilgan qizga qaradi..Qiz jim turar, yuz qiyofasi alla-nimalarnidur berkitishga urinayotgandi..Bu safar Jiminning ham yuzida hijolat aks etdi..Asta qizning qo'llarini bo'shatib, qo'li bilan bo'ynini uqalay boshladi..
Jimin: haligi..mashimam yaqin atrofda..Men bilan yuring..
Charon lablarini tishlab, u ko'rsatgan yo'l bo'ylab unga ergashdi.. Sokin ko'cha bo'ylab Ikkisi yonma-yon ketisharkan, orada sukunat cho'mdi...Mashina oldiga yetishganida, Jimin to'xtadi, Gavdasini qiz tomon burib, yuzidagi ifodani endi yanada aniqroq namoyish qildi..
Jimin: Charon..Meni kechiring..Sizni eshik oldigacha kuzatib qo'yishim kerak edi..Bu mening aybim..
Charon: Hammasi joyida...Axir bu Amerika, o'z nomi bilan rivojlangan, va xavf xatarga boy makon..Aslida men sizdan minnatdor bo'lishim kerak..Siz kelmaganingizda...Bilmadim..
Jimin: Eng muhimi hammasi o'tib ketdi..Endi ehtiyotkor bo'lamiz va albatta u odamni topmay qo'ymayman..Menga ishoning..
Jimin: bu men sotib olgan uy..Rostini aytsam, Koreada yashashni hohlamayapman..Hech bo'lmaganda bir necha yil.. U yerda meni ishlab turadigan narsa yo'q.. Bu yerda esa yangi hayot boshlashim mumkin..
Charon mehmonxona ichiga kirib borar ekan, uy butunlay oq rangda bo'lib, mebel va devor ranglari bir biriga uyg'un holatda edi..Jiminni eshitish barobarida, sekin divanning chetiga kelib o'tirdi..
Charon: Haqsiz..Ba'zida yangi hayot boshlashimiz uchun joyning ham ahamiyati bor..
Jimin boshini hiyol egib, chuqur nafas oldi..
Jimin: Bu yerni huddi o'z uyingizdek his qilishingiz mumkin..10 daqiqada kiyimlarimni alishtirib qaytaman..
Charon ichida saqlab turgan gapini ortiq ushlab tura olmadi. Erkak ortiga o'g'irilish arafasida pas ohanda tomoq qirdi..
Charon: Jimin..Haligi..Meni kechiring..
Jimin ortiga o'girilib, qizga savol nigohida qarab qoldi..
Charon: Men..Haligi..Uyimda..Ogohlantirishsiz sizni quchoqlaganim uchun..Shunchaki men haqimda noto'g'ri o'ylashingizni istamayman..Bari qo'rquv sabab edi..
Charonning yurak urishi yana tezlashdi..Jimin huddi uning hislarini ko'zlar orqali o'qiyotgandek unga qarab turardi.. Endi u nima deyishni bilmay qoldi..Bu ishni faqat qo'rquv tufayli qilganiga o'zi ham amin emas..Miyyasida turli bahonalar to'qish paytida, erkak unga yaqinlashib kelayotganini sezdi...U nima qilmoqchi? Shundoq ham hayajondan titrayotgan tanasi unga yaqinlashib kelayotgan erkak iforidan endi hushidan ayrilishga tayyor edi.. Erkak 2 qadam narida to'xtadi. O'tkir nigohlarini qizdan uzmay, sochini biroz ortga taragan bo'ldi..
Jimin: Qachongacha buni mendan berkitishga urinasan?
Qiz butunlay shok holatida qotib qoldi..U nimani aytayapti? Yetmaganiga unga birdan "sen" deb murojat qilishi nimasi?
Charon: Nn..nimani aytayapsiz?
Jimin: Har safar menga qaraganingda faqat qo'rquvni ko'ramanmi? Bu bilan o'zingni aldayapsanmi yoki meni?
Jimin buni bilgan ekan..Jin ursin!!! Unga bo'lgan hislarini allaqachon payqagan..Ehtimol uni quchganida qarshilik qilmagani ham shundan..Ammo qachon? Qachon u buni bilib qoldi? Axmoq! Sen har safar uning ko'zlariga qaraganingda huddi yosh boladek tutilib qolasan-ku! Hech bir erkak hatto ayollar davrasiga qo'shilmaysan, doim insonlarga nisbatan sovuqqon va jiddiysan..Lekin bu inson oldida doim kulasan...U bilan vaqt o'rqazganingda butunlay boshqa insonga aylanasan..Jimindek yetilgan erkak buni qanday sezmasligi mumkin?!
Charon hamon so'z demasdi..Jiminning nigohlari uni tark etmagani ko'yi, Shundoq ham bog'ziga tiqilgan gaplariga battar qarshilik qilardi..
Jimin: Buni sezmaydi deb o'yladingmi? Charon? Nahotki bu mazvuda gap ochishim uchun shuncha vaqt kerak bo'lgan bo'lsa? Nahotki bugun, uyimga kelib, men bilan bir xonada, yolg'iz qolib ham o'zingni bilmaganlikka olasanmi?
Jimin: Sen o'sha, tizzamda o'tirib, mast holatda aytgan gaplaringdan buyon bu haqida o'ylagandim..Faqat oldin buni jiddiy olmagandim..Har holda men uylangan erkak edim..Bu shunchaki o'tkinchi hissiyot degandim..Lekin shuncha voqealar o'tib, taqdir bizni butunlay boshqa mamlakatda qayta birlashtirgach, hech biri shunchaki sodir bo'lmaganini tushundim..Sen menga bo'lgan hislaring kabi, ular menda ham bor..Buni anglab, tan olishimga, va nihoyat o'tmishni unitib, qalbimni boshqa insonga ochgunimga qadar..ya'ni seni sevib qolmagunimcha..Bari shunchalar tez sodir bo'ldiki..Hayotimga yashirincha kirib, meni butunlay boshqa odamga aykantirding..
Charon hatto o'ziga aytishga uyaladigan hislarni hozir Jiminning lablaridan eshitib turgani hamonoq, hayajondan titray boshladi..Zum o'tmay belidan o'ralgan baquvvat qo'llar uni battar shoshirib qo'ydi..
Charon: Hh...hoyyy...Siz...Nima qilyapsiz??
Jimin qizni qo'rqitmaslik uchun bir qo'lini belidan uzmasdan, ikkinchi qo'li bilan sochlarini siladi..
Jimin: Uyalishga hojat yo'q..Bilaman bari juda tez sodir bo'ldi..Bularni to'sattan aytmasligim kerak edi..Lekin..Ortiq kuta olmasdim..Yana umrimni kutish va ikkilanish bilan o'tqaza olmayman..Meni tushunayapsanmi?
Charon birdan uning tanasidan ajralib chiqdi..Ilk bor erkak kishiga bunchalar yaqin bo'lgani uchun aytmoqchi bo'lgan gaplarini unitib, faqat ortga yura oldi xolos...
Jimin qizni qo'rqitib qo'yganini angladi.
Jimin: Charon...Ikkimiz ham yosh bola emasmiz..Menga qanday qarashingni, jiddiylik ortiga berkitgan sodda va beg'ubor qalbingda menga nisbatan nimalar borligini bilaman..Ishon..Mening hislarim ham undan kam emas..
Qiz devorga suynangan ko'yi uni eshitardi..Qolishni ham o'zini eshikka yurishni ham bilmay qoldi..Eshitahotgan gaplari, Jiminning dil izhorlari uni mast qilsada, boshqa tomondan ich-ichidagi qo'rquv hislarini tan olishga yo'l bermasdi..
Jimin: Shunchaki..Barini anglab yetishim uchun vaqt kerak bo'ldi..Bu haqida qanchalar o'ylaganimni bilmaysan..Sendagi hislarni sezib, seni yoqtirish barobarida buni berkitish menga ham oson bo'lmadi..Shunckaki qo'rqdim..Uylangan erkakka nisabatan qanday javob berishingni bilmaganim uchun...Barchasi asta-sekin bo'lishini, va bir kun kelib buni aytishni istagandim..Toki o'tmishimni unitib, bor qalbimni senga ochgunimcha o'zim bilan ancha kurashdim...
Jimin: Yovvoyi qushim..Charon..Seni sevaman..Nihoyat buni tan oldim..Sen menga har qanday og'riqlardan so'ng ham seva olish mumkinligini, inson ertami-kech albatta haqiqiy sevgisini topa olishini isbotlading..Egallab bo'lmas qalbing, Yovvoyi fe'ling bilan har kuni o'zingga bog'lab bording..Endi men o'zimga yordam bera olmayman..Qalbim endi seniki..Uni qabul qilasanmi?
Charonning ko'zidan yumalagan mitti yosh tomchisi yanog'ini hol qildi..Devorga yopishib turarkan, nima qilishni, unga qanday javob berishni bilmasdi..
Charon POV*- U rost aytayaptimi? Yoki bu bir marttalik ehtiros kuchini? Yo'q..U hattoki juda samimiy..Lekin...Nega oldin sezdirmadim? Yoki men axmoq buni sezmaganman..Ammo u doim men haqimda qayg'urardi..Bo'sh vaqti bo'ldi deguncha oldimga yugurardi...Demak...U rost aytayapti...Unga ishonsam bo'ladimi?
Jimin sekinlik bilan yana unga yaqinlasha boshladi...Huddi yovvoyi kabutarni tutishga shaykangan ovchidek, sekinlik bilan bilagidan tutib, oziga tortdi..Charon endi butunlay hissiyotlariga tan berib, ortiq ularni berkitishga o'zida kuch topa olmay qoldi...Jimin sekinlik bilan qizning yuziga egildi.. Charon endi uning nafasini naqt burni oldida his qila boshladi..Shunchalar qaynoq va sevgiga to'la ediki..Ko'zlarning o'zi ayta olmagan gaplarini so'zlardi..
Jimin: Ortiq berkitishlarsiz..Menga shunchaki imkon ber...Hislarim qanchalik chin ekanligini senga isbotlayman...Qancha vaqt olishidan qatiiy nazar..Bari juda tez bo'lsada, mening oldimda o'zingni erkin va baxtli his qilishing uchun barcha ishni qilaman..Shu paytgacha asragan qalbing va muhabbatingni avaylaymanki, bu uchun hech qachon afsus qilmaysan..Va'da beraman..Shunckaki 1 imkon ber menga...
Jimin qizning iyagini qo'lida tutib, ko'zlariga chuqur tiklidi...Qo'lida tipirchalay boshlagan kabutar, butunlay Ilojsiz ovchisi yonida jim qoldi..U endi biladi, qochishga, hislarini endi inkor qilishga yo'li qolamadi...Kuch bilan uning tanasiga jipslanib, endi beli ham ozodlikdan mahrum bo'ldi...Lablar orasida esa 2 santimetrlik masofa qoldi xolos..
Jimin: Seni sevib qoldim... Charon...
U ilk marotaba begona lablarni his qilmoqda...Shunchalar qaynoqki..U tasavvur qilganidanda yumshoq va mazali..Bir oz oldingi qora qahva mazasi ketib ulgirmagan..Jimin bo'sa olishda uquvi yo'q qizning lablarini o'z nazaorati ostiga olib, avval sekinlik bilan o'par, va so'ngida pastki qismini qattiq tortdi.. Shunckaki tanalar bir biriga qovushib ketti..
Charon hansiragancha ilk bo'sadan ajralib, qo'lini yigitning ko'ksiga bosdi..Shu bilan uni o'zidan biroz itargan bo'ldi...
Jimin: bu ilk bo'sang shundaymi?
Jimin: Inson sevgisini oylar davomida yashirish uchun qanchalar yovvoyi bo'lishi kerak? Hatto hech kimdan bo'sa olmay turib, kimnidir sevib, undan qochib yurish uchun bu qadar iffatni qayerdan olgansan? Sen yovvoyi qushchasan, bilasanmi? Hech kimning qo'li yetmagan, baland tog'larda yashaydigan, yovvoyi qushcha..Endi mening qushcham..
Jimin qizning Jim turganidan foydalanib, qo'llarini beli bo'ylab silay boshladi..Yuzini uning bo'yni orasida ko'mib, chuqur hidladi..Qiz qaltirar, unga javob qaytarishni ham o'zidan itarishini ham bilmay, o'zi bilan o'zi kurashishda davom etti..Ilk marotaba...U bunday yoqimli ehtiros ichida to'lg'anmoqda..Ilk marotaba erkak zoti oldida Ilojsiz turpti..Hali bu hislar unga begona bo'lagni sabab o'zini erkin tuta olmay, butun ixtiyorini Jiminga topshirdi...Qorin bo'shligida hosil bo'lgan kapalaklar raqsi tanasidagi titroqni oshirgandan oshirardi...
Jimin bir muddat to'xtadi..Yuzini yana qizning yuziga to'girlab, jilmaydi..
Jimin: Seni sevib qolganimni anglagani kunim nima qilganimni bilasanmi? Buni senga ko'rsatish uchun qancha kutganimnichi?
Jimin qo'lini qizning belidan bo'shatib, futbolkasining ost qismini shimidan chiqara boshladi..Charonning ko'zlari shu zahoti kindik bo'ylab terilgan presslarga tushdi..
Jimin oq ko'ylagini yechgani zahoti, Charonning ko'zlarini uyatdan yumib oldi..Endi u qizning oldida ust kiyimsiz yalang holda turpti..
Jimin: Hoy..ko'zlaringni och..Buni ko'rishing kerak..
Charon: Iltimos qilaman...Unday qilmang..
Jimin: Nimani aytayapsan? Shunchaki ko'zlaringni och...
Qiz hamon ko'zi yumiq holda turarkan, yanoqlariga tekkan o'sha tanish lablar ularni ochishga majbur qildi..
Jimin ortiga o'giilgan edi hamki, qizning ko'zlari hayratdan porladi..
Jimin: Ha.. Ilk marotaba qahvaxonada ismingni ma'nosini so'raganim yodingdami? Sen menga "Charon bu oy, yoki yarim oy degani" degan eding.. Tatirovka chizdirishni aytganimdachi?
Charon hech nimani tushinmadi..Hayrat va hayajon to'la ko'zlari bilan Jiminning yalang gavdasiga qarab qoldi..
Jimin: Bu..Bu sening ismingni.. Aniqrog'i seni anglatadi...Orqamga o'yib chizilgan bu oy ta'sviri sen nafaqat qalbim, balki bir umrga tanamda ham o'z izingni qoldirganini bildiradi...
Charon shu darajada hayratga tushdiki, bir oz oldin uni sevishini bilgan erkak, hozir tanasida hatto u uchun tasvir chizdirganini ko'rib, eng kichik tana hujayralarigacha to'lqinlanib ketti..
Charon: Buni men uchun qildingizmi?
Jimin yana qiz tomon o'grilib, kaftlarini uning yuziga bosdi..
Jimin: Tanamda bir umr qoladigan iz o'z manosiga ega bo'lishi kerak degandim?! Bu sensan...Hayotimda qolgan yagona mano..Bu sensan...Hech kimdan ko'rmagan mehrni, sof hislarni senda ko'rdim..Har safar menga shunday katta ko'zlaring bilan boqardingki..Seni sevmaslikni iloji yo'q edi..
Charon:...Jimin...Uni unitishingiz uchun menga ko'ngil qo'yishingizni istamayman...Menimcha ketganim maqul..