February 1, 2025

Omega Ω (ep 22)

Jimin: Bu o'ziga hos bo'lishi kerak! Tanamda 1 umr qoladigan iz, o'z manosiga ega bo'lishi va bu qarorim uchun hech qachon afsus qilmasligim shart!

Charon: Bir qarorga kelganga o'xshaysiz..

Jimin kuldi

-Hozircha yo'q.. Aniqrog'i sabab topmadim..

Ular bir tekisda qurilgan binolar bo'ylab yurisharkan, ikkisining qalbida va hayollarida turli narsalar aylanadi..Qaysi biridir ish, yangi hayot tarzi va ostun ustun bo'lgan voqealiklar sabab ich etini yesa, ikkinchisi bir paytlar yoqtirmagan, ayni paytda unga nisbatan hislarini berkitish bilan ovora edi.. Ming harakat qilmasin, lablaridagi titroq va hayajonga to'la so'zlari buni oshkor qilardi.. yana 5 daqiqalik masofadan so'ng Ikkisi ham mehmonxona binosi oldida to'xtashdi..

Charon: Mana keldik..Shu yergacha kuzatib qo'yganingiz uchun rahmat..Jimin..

Jimin: Buning uchun rahmat aytmang, aksincha siz sabab biroz bo'lsada piyoda yura oldim..Tuningiz osoyishta o'tsin.. Charon..Ertaga ishda ko'rishguncha..

Charon: ko'rishguncha..

Charonning nigohi istar-istamas sharpasi ko'zdan g'oyib bo'layotgan gavdada qoldi..Jimin toki ko'z ilg'amas joyga borgunicha sekin qadamlar bilan ketar, ikki qo'li cho'ntaklarida edi..Hatto shu holatida ham vujudi qanchalar qiynoqda ekanligi sezilardi..Huddi sokinlik bilan barchasini yengishga tirishgandek..Iliq chehrasi yig'idan nari beri bo'lib, bor kuchi bilan barini ichiga yutayotgandek edi.. Kuchli va irodali odam qanday qilib oz muddat ichida bunchalik o'zgardi? Endi yana eski Jiminga aylana olarmikan u?!

Charon nihoyat tanasi sovuqdan junjikib, endi ichkariga kirishi kerakligini angladi-da, kerakli qavatga ko'tarilib, mehmonxona nomerini ochib ichkariga kirdi.. Vaqt u uchun juda tez o'tgandek. So'nggi marotaba qachon o'zini bunchalik hotirjam his qilganini eslolmaydi. So'nggi bora qachon erkak kishining oldida bunchalik hotirjam bo'lgan? O'zini havfsiz his qilgandi? Hechqachon..!..Bir necha daqiqa oldingi paytga qaytib, unda abadiy qolishni isaydi..

Charon 15 daqiqadan buyon hayollar og'ushida xona o'rtasida qotib qolganini sezib, sumka va oyoq kiyimidan halos bo'ldi-da, yuvinish xonasiga kirib ketti. Tanasi iliq suvdan yengil bo'lgach, yotoqqa kelib joylashdi..Tumba ustidagi vino qadahini olib, unga tiklidi..

Charon POV*- sen u kabi mukammal bo'la olmaysan..Hattoki uning lablari senikidanda qizilroq! Mazasini esa...mazasini esa tasavvur qilishga qo'rqaman..Oq bo'yni va undan bo'rtgan tomirlari...u sening shishangan ham silliq bo'lsa kerak..Uning tiniq yuzi hatto sendanda shaffof..

Yo'q...yo'q..sen va Jimin..orangizda taqqoslab bo'lmas darajada tafovut bor..Hech bir nars unchalik mukammal emas..Hech bir hohish unga teginib ko'rishni istashimchalik kuchli emas..Hech bir musiqa uning yo'g'on ovozichalik qalbimning tub tubigacha kirib borolmaydi..Kech bir kuch uning qo'llaridagi kuchga teng emas..Hech qaysi qimmatbaho kiyim uning ustiga yarashganchalik qimmat emas..Hech qaysi san'at asari uning chag' chizig'ichalik mukammal emas.. Hattoki nafas olish instinktim ham uni tanamga jipslanishini hohlashim kabi muhim emas....Jin ursin seni.. Charon..Axmoqsan, g'irt ahmoq! Nimalarni o'ylayapsan...

Charon hayollarini va hatto tanasining har bir dyumini o'ziniki qilgan bu fikrlardan o'z-o'zidan uyalib ketti. Yuziga yostiqni qattiq bosib, bu hayollardan qutilishga harakat qilardi..Befoyda! Jiminga bo'lgan hislari uning eng ingichka tomirlarigacha yetib borgan.. Shu payt eshik taqqiladi..Charon eshik oldiga borgach, mehmonxona ishchilaridan birini ko'rdi..

-Hayrli kech..Miss Kan..Buni sizga yetqazib berishimizni so'rashdi..

Charon gullarni olar ekan, hodimga rahmat aytib, eshikni berkitgach, hona ichiga kirdi..

-Bu payti kim menga gul jo'natdi ekan?

U gul chetidagi mitti xatni payqab, uni ochdi..Undagi ingliz tilda yozilgan so'zlarni o'qiy boshladi:

✉️:Good evening, Miss Kan..Bu gullar sizchalik nafis va go'zal bo'lmasada, sizga nisbatan hislarimni ta'svirlash uchun bir vosita deb biling..Yuzingizdagi kichik kulgi, meni dunyolarcha hursand qila oladi!

sevgi bilan John

Charon xatni bir chetga uloqtirarkan, yuzlari burishdi..Gulni vazaga soldi-da, so'nggi bora hidlab yana joyiga cho'zildi..Bu safar hayollari butunlay boshqa fikrlar bilan chalg'idi..

Charon POV: Charon..Balki boshqalarga ham imkon berish payti kelgandir..Qachongacha o'zing uchun erkak bo'lishni, ma'suliyatni yelkangga olishni bas qilasan? Axir ideal erkakning o'zi yo'q, garchand o'zing ham unday emassan.. Sen ham nihoyat kimningdur yelkasiga suyanadigan payting kelmadimikan? Yo'q, qo'rqaman..U ham huddi otamdek bo'lishidan qo'rqaman..Oxir oqibat barcha kuchim, ishonchim, umid va orzularim, hatto ozimga bo'lgan sevgimni ham tortib olishidan qo'rqaman..Miyyamda chalkash bo'lgan fikrlarni tartibga solish vaqti keldi..Ortiq o'zingni qiynashni to'xtat! Nihoyat qalbing buyirgan yo'ldan bor..Hech qachon seniki bo'lmaydigan inson haqida o'ylashni bas qil..Hatto u hozir uyida uxlayotgandir..Eski turmushi sabab, bor fikri o'sha ayoldadur ehtimol..Endi uning qalbiga kirishing mutlaqo imkonsiz.. Barini unit va shunchaki taqdir izmiga topshir..Yaratgan o'zi sening insoningni oldinga jo'natmagunicha sabr qil..Hoh u Jimin bo'lsin, hoh boshqasi...

Time skip...

Kunlar shu zayilda o'rin alishar, begona shahar va odamlar hatto Jiminga ham ta'sir o'tqaza boshlagandi..Hayollari nihoyat tinchlanib, og'riqlarini kam eslaydigan bo'ldi.. Bu orada Choon Hee Pusandagi shifoxonalardan birida ishlayotganidan xabar topti..Ehtimol endi u o'zi hohlagan hayotni qura olayotgandir.. Undan ketishga arziydigan insonlar va hayot tarzini topgandir balki.. Jimin esa o'zini ish bilan chalg'itishga urinardi..Amerikadagi jinoyatlar Koreadagidan ancha farq qilib, uning butun kuch va e'tiborini zulkdek sug'ira boshlagandi. Kechalari esa charchoqdan uxlab, endi o'ylash uchun unda deyarli vaqt qolmadi..Ofisdagi turli millatli qizlarning noz-karashmalari esa ensasini qotirishga arzirdi holos. Hatto bir necha marotaba uning uyini ham topib borishdi..U bilan bir kecha rohat qilish uchun qo'llaridan kelgan barcha narsani qilib ko'rdi ular...Foyda bo'lmagach, endi unga salom berishga ham cho'chib qolishgan. Oradan o'tgan 4 oy mobaynida, Charon ancha og'ir bosiq, hatto quvnoq qizga aylandi. Ayniqsa ota-onasidan uzoqda va Jimindek do'sti bilan kun ora qiladigan sayrlari unga ancha foyda bergandi...Kalta qora sochlari, sutdek oq tanasi va o'ziga tortuvchi fe'li sabab ko'p erkaklardan ochiq dil izhorlarini olishdan to'xtamadi..Ammo bari befoyda..Uning kulgusini faqat Jimin ko'rgani kabi, Charon ham Jiminning jilmayishini ko'radigan yagona inson..

Kunlardan birida, uzoq vaqtlik sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud jabrlanuvchi shaxs foydasiga yakun topti..Katta miqdorda talonchilikka uchragan o'rta yoshli ayol, nihoyat haqiqat qaror topib, suddan so'ng Charonga rahmat aytib, sud zalini tark etti. Ayblanuvchi katta miqdorda jarima va qamoq jazosiga tayinlangach, jazavaga tushib, qoralovchi Charondan nigohlarini uzmadi.. Ayniqsa boshqa millatga mansub yosh qiz uni panjara ortiga jo'natganiga chiday olmay qoldi..

Sud nihoyasiga yetgach, Charon allaqachon tushlik vaqti o'tganini qo'l soatiga qarab bildida, kutilmaganda qarshisida paydo bo'lgan erkakdan cho'chib ketti..

Charon: Hoy..Qo'rqitib yubordingiz..

Jimin hijolatomuz kuldi..

Jimin: Kechiring..Atayin qilmadim..

Charonning yosh bolalarcha cho'chaygan labi va burishgan qoshlari Jiminni battar kuldirdi.. Nihoyat o'zini jiddiy tutishga urinib..

Jimin: Ho'sh, qoralovchi Kan xonim..1 soat vaqtingizni ajratasizmi? Qornim o'lgidek och..Yana bir oz och qolsam, qoralovchi ekanligingizga ham qaramay sizni yeb qo'yaman..Aghhhh

Jiminning yosh bolacha og'zini ochib, huddi ayiqdek irillashidan Charon o'zini kulgudan tiya olmadi..

Charon: yaxshi, yaxshi..Vaqt ajrataman..Kettik..

Ular birgalikda qahvaxonaga yo'l olishdi..Ovqatlanib, doimiy mavzularda suhbatlashdilar..Ular huddi ming yillik tanishlardek..Mavzular bir biriga ulanib, birgalikda hecham zerikishmasdi..Kundan kunga qalin bo'lib borayotgan bu Ikkisi deyarli barcha mavzularda bir xil fikr yuritar, hatto o'zlariga inson shu darajada ham o'xshash bo'ladimi deb savol berishardi..

Sohil bo'yidagi kichik qahvahonada qilingan kechki ovqatlardan biridan so'ng, Jimin Charon ko'chib o'tgan yangi ko'p qavatli uy yonigacha uni kuzatib borishga qaror qildi.. Uy yonida xayrlashishgach, Charon ichkariga kirdi. Uzun koridor bo'ylab yurib borarkan, o'z uyi eshigi yonida kakitni olish uchun to'xtadi..Shu payt qadam tovushlari qorong'ulikdagi sukunatni buzdi..Qadam tovushlari tobora tezlashib, Charon bor kuchi bilan kalitlarni izlashga tushdi...