November 27, 2024

Omega Ω (ep 4)


Kechagi voqealar tushda sodir bo'ldimi? Jimin uyqu aralash reallik bilan tushni ajrata olmayapti holos. Teri rangiga singib ketgan yumshoq choyshabni ustidan beligacha tushirdi. Tong yorug'ligidan yorishgan katta o'lchamli yotoq ustida 5 daqiqacha chozilib yotdi. HITECH xonadonining shishali oynalari tonggi Seulni jonli televizor kabi ko'rsatadi. Uyg'onish vaqti bo'ldi. Jimin avval yotoq ustida o'tirib oldida, xonani kuzata boshladi. U yolg'iz. Choon Hee hoynahoy nonushta tayyorlayapti. Har safar yolg'iz uyg'onadigan va har safar uyg'onishdan avvalgi tonggi bo'sa va teginishlardan* bebahra qoladigan Jimin, bu safar ham havsalasi pir bo'ldiyu, butunlay choyshabni tanasidan ozod qilib, dush tomon yo'naldi. Dush kafellari nam. Choon Hee shubhasiz, kechagi yaqinlikdan so'ng, tanasini butun iflosliklardan tozalagani ko'rib turipti. Avval sho'rtigini, so'ng boxerini yechib, butunlay yalang tanasini iliq dushga tutdi. Suv ham erinibgina Jiminning sutdek oppoq bo'yni so'ng bel va sonlariga teginib, dush kabinasi va polini ho'l holatga keltirdi. Ana endi Jiminning uyqusi to'liq ochildi. Allaqachon ho'l bo'lgan tanasini kaftlari bilan siladi. Bu bilan tanasini yuvgan bo'lsada, bahonada kechagi tunni eslab, ko'zlarini yumdiyu, bir kaftini xotining qo'llari deb tasavvur qildi. Qo'lini bo'yini bo'ylab o'radi, so'ng ko'krak uchlariga tegindi, press va qorin qismini ham unutmadi. Nihoyat asosiy nuqtaga kelib, boshini tepaga qaratdiyu, ko'z oldida o'ziga kerakli manzarani yaratdi. Pas nolalari suvning ovoziga singib ketti. Endi tempni oshirgan edi hamki, hammom tashqarisidagi ayol ovozi kayfini buzib, to'xtashga majbur bo'ldi..

Choon Hee: azizim, dushga tushib kettingizmi, nma balo? Chiqing, nonushta tayyor, ishga kech qolasiz..

Jimin: shibal..tonggi badan tarbiyani beliga tepding..

Choon Hee: nimadur dedingizmi?

Choon Hee: nimadur dedingizmi?

Jimin: yo'q, yo'q..hech nima..hozir 2 daqiqada chiqaman..

Choon Hee: yaxshi..

Jimin qo'llarini darhol bo'shatib, paydo bo'lishga ulgurmagan tartibsizlik* ni yuvdi. Qora, silliq sochlarini ortga taradiyu, kichik dush ko'zgusidan o'ziming mukammal tanasiga ko'z tashladi. Tanasining har bir qismida ilinib turgan suv tomchilari, uni takrorlanmas qilib ko'rsatadi. Nihoyat, ichki kiyimsiz, oq va momiq dush xalatini kiydi. Atay ipini yengil bog'ladi. Ikki tarafga yoyilgan mato, oppoq va yo'g'on sonlarini mana ko'rib qo'y degandek, ochib turardi. Jin ursin, u shunday ko'rinishi va mukammal tanasi bilan advokat emas, model bo'lishi mumkin edi. Bu tanani kostum ichida berkitib yurish nohaqlikning o'zginasi..

Hali qurib ulgurmagan oyoqlarini momiq shippakka joylashturdiyu, uzun karidor bo'ylab oshxonaga yo'l oldi. Zamonaviy bezarilgan, yevropa uslubidagi oshxona ichida xotini qo'lida u sevgan nok sharbati bilan kutib oldi. Har holda uning sevimli ichimligini tayyorlagan ekan, bir oz oldingi harakatini kechirsa bo'lar..faqat bir bo'sa evaziga deb o'ylaydi u va sekin xotiniga yaqinlashadi..

Choon Hee: hoy, nega haliyam kiyinmadingiz?

Jimin: bugun ertalabdan shoshilinch ishim yo'q. Xo'sh o'zingchi? Shifokor xonim bugun shifoxonaga bormaydilarmi?

Choon Hee: Advokat janoblarining sharofati bilan, shifokor xonimning butun badani zirqirayapti. Bu holatimda birovga yordam berish tugul, dinazavrga o'xshab yurib, ozimga ham yordam bera olmasam kerak..(istehzoli qarab)

Xotining kesatishidan yengil kuldi.

Jimin: bu borada ham yordam bera olaman..Dinazavr ga o'xshab yurib, qiynalishingga xojat yo'q, quyoncham..menga 10 daqiqa bersang kifoya, bira to'la to'shakda kun o'tqazasan..Ho'sh? (Sekin unga yaqinlashib)

Bu gap tagidagi manoni anglagan Choon Hee, o'zini ortga tashladi. Qo'lidagi sharbat to'ldirilgan stakanni stol ustiga qo'ydi..

Choon Hee: rahmat, janobi oliylari..yordamingizga muhtoj emasmiz..buguncha javob oldim, uyda dam olaman..ba'zi shaxsiy ishlarim bilan shug'illanaman.

Jimin o'ng qo'lini beliga tiragancha, stakandagi sharbatni simira boshladi, shu xolatda ham ko'zini xotinidan uzmay, unga ehtirosli qarab turdi..

20 daqiqa o'tib, kulrang kostum kiygan, va sochlari ortga tartibli taralgan Jimin, eshik ostonasida ketish uchun tayyorgarlik ko'ra boshladi..

Choon Hee: yaxshi boring, azizim..

Jimin: bir nimani unutmadingmi?

Choon Hee unga savol nigohi bilan anqayib turdi..Xotini uni tushunmaganini sezgan Jimin, ko'rsatkich barmog'ini kulguchi ustiga qo'ydi..

Choon Hee bo'yini erkakka tenglashtirib, yanog'idan yengil o'pdi. Yosh bolalarcha bo'saga qoniqmagan Jimin darhol qo'lini ayolining belidan o'rab, lablariga yopishdi. 1-2 kuchli bo'sadan so'ng, jag' qismini tishladi. Kutilmagan hujimdan ayol o'zini ortga tashlab, qizchalardek labini shishirdi..

Choon Hee: hoy, biram erkalanib kettingizki..

Jimin: tonggi bo'sani ham buzmasang bo'lmaydiya? Nima ering kun bo'yi qizib, o'zini bosolmay yurishini hohlaysanmi?

Choon Hee javobsiz yuz qiyofasini eski holatga qaytaradi..


***


Tonggi Seul tirbantliklari odamni aqldan ozdiradi. Butun shahar qayergadur oqib ketayotgandek. Turli yosh, jins, va ko'rinishdagi insonlaring hammasi qayergadur shoshgan. Hayot qaynamoqda. Qora, ixcham mashinasining rulida, ochiq oynadan kelayotgan tonggi havodan zavqlangan holda Jimin qo'shiq kuylaydi..

-who is my heart waiting for 🎶 🎶

Nihoyat tirbantlik biroz siyraklashib, sekin siljishni boshlagan mashina, bekat yonidan o'tib, 3 metr masofadan so'ng to'xtaydi. Sekin oynani tushirib, mayin tabassum qiladi..

Jimin- kimni ko'rayapman..hayirli tong..

Bekatda aftobus kutayotgan qiz, yonida to'xtagan mashinaga qaraydi. Ko'zlarini biroz qisib, mashina ichidagi kelishgan yigitni taniydi-yu, qo'lini ko'tarib, tabassum qiladi..

Eun Ji: Hooyy..Mochi..bu senmisan?

Jimin: ko'chada baqirma, qani mashinaga chiq..

Qiz epchillik bilan mashinaning old o'rindig'iga kelib joylashadi. Yigitga yengil qo'l tashlaydi. Yigit avval qizning yuziga, so'ng, kalta yubkasi ostidan yaqqol ko'rinib turgan ochiq sonlariga ko'zi tushadiyu, yuzini chetga oladi. Buni sezgan qiz darhol sumkasini oyoqlari ustiga joylashtiradi..

Mashina sekin joyidan qo'zg'alib, Jimin gap boshlaydi..

Jimin: obbo, sen qiz..o'quvchilaringga o'rnak bo'lish o'rniga, ular bilan ochiq kiyinish challenge ni o'tqazyapsanmi? (Ruldan ko'z uzmay, kulib)

Eun Ji: kesatmay qo'ymaysanda, Mochi..O'zingni bilsang bo'lardi..Sud zalida o'tkir atring va husnigga hammani qaratib charchamagansan..(kulib)

Jimin: chiroyli bo'lish gunoh emas, agar bilsang..

Eun Ji: Ayshh, sen bilan gap talashib bo'larmidi..bugungi omadli kuningni meni ish joyimga tashlash bilan boshlaysan chog'i..