Tibbiyot xodimining buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Tning toʻlanmagan ish haqi hamda maxsus toʻlovlarni undirishda amaliy yordam berish toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.
Murojaatni oʻrganish jarayonida aniqlanishicha, M.T fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2021-yil 21-yanvardagi 2-1601-2001/5659-sonli hal qiluv qarori, MIB Chilonzor tuman boʻlimining 2021-yil 10-fevraldagi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining 2021-yil 27-fevraldagi 6-V-sonli ishga tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan 2021-yil 27-fevraldan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyati boshqarmasining mas’ul lavozimida ishlab kelmoqda.
Biroq, M.T ga ish haqi ishga tiklangan kunidan emas balki, 2021-yil 1-apreldan boshlab toʻlangan.
Bundan tashqari oʻrganish jarayonida maʼlum boʻlishicha, fuqaro M.T koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan doimiy aloqada boʻlganligi sababli 2021-yilning 19-sentabr kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, viloyat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi maxsus shifoxonasida koronavirus infeksiyasi, oʻrta ogʻir kechishi diagnozi bilan davolangan.
Maʻlumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentyabrdagi 583-son qarori
2-bandiga koʻra, 2021-yil 1-iyundan boshlab vrachlarga 15 million soʻm, boshqaruv va oʻrta tibbiyot xodimlariga 10 million soʻm, provizor-farmatsevt xodimlarga 6 million soʻm, dezinfektor va kichik tibbiyot xodimlariga 4 million soʻm va boshqa xodimlarga
2,5 million soʻm miqdorida maxsus ragʻbatlantirish toʻlovlari (daromad soligʻidan tashqari) kunlik tarzda ishlash sharoitiga oʻtkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun kuniga 8 soatdan kam boʻlmagan ish yuklamasini inobatga olgan holda bir oyda bir marotaba toʻlanadi.
Biroq, M.Toʻrabekovga mazkur toʻlovlar toʻlab berilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan M.T ni manfaatlarini koʻzlab fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqaro M.T foydasiga toʻlanmay qolgan 10 116 528 soʻm ish haqi va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi 583-son qarorida nazarda tutilgan 90 000 000 soʻm maxsus toʻlovlarni jami 100 116 528 soʻm pul mablagʻini undirilishi belgilandi.
Yodgarov Azizbek Ulugʻbek Oʻgʻli
Namangan viloyat adliya boshqarmasining