November 30, 2021

“Korrupsiya–rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

2021-yil 29-noyabr kuni Namangan muxandislik texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” 10 kunligi tadbirlaridan biri Namangan muxandislik texnologiya institutda tyutorlari, talabalar hamda akademik litsey o‘quvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Akramov olib bordi. Tadbirda Namangan viloyati Adliya Boshqarma yetakchi maslahatchisi Sh.Maxmudov ishtirok etdi.

Sh.Maxmudov o‘z ma'ruzasida korrupsiya butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lishi, davlatni ich-ichidan yemirishi, bu illat-korrupsiya va poraxo‘rlik ekanligi haqida keng tushunchalar berdi.

Shuningdek bu borada mamlakatimizda keyingi yillarda keng ko‘lamli ishlar olib borilib, korrupsiyaga qarshi kurash keskin olib borilayotganligni, Davlatimiz raxbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilishini boshlab berganliklarini, keyingi 3 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda Farmoni va qarorlar qabul qilinganligi, bu boradagi ishlarga yaqindagina Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining Qo‘shma Majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina kurashib bo‘lmasligi, buning uchun butun jamiyatimizda, avvalo, yoshlar ongida bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, shuning uchun fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va unga amal qilish hissini shakllantirish bog‘cha va maktabdan tortib oliygohgacha, barcha taʼlim muassasalarining, har bir oilaning birinchi navbatdagi vazifasi bo‘lishi kerakligi haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi