YIL SARHISOBI
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan 2021-yilda jami 17 874 ta (boshqarma tomonidan 2662 ta, adliya boʻlimlari tomonidan 15 212 ta) huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, shu davr mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 7 570 ta, shundan 230 marotaba televideniyada, 510 marotaba radioda, 322 marotaba gazeta va jurnallarda, 6 508 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi.
Shuningdek, 2021-yil davomida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan joylarda jami 9 310 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari (shundan 5 791tasi manzilli targʻibot), shundan 2 164 ta maʼruza,
1 970 ta davra suhbati, 1 069 ta seminar, 9 ta konfrensiyalar oʻtkazilib, 4 098 ta holatda uyma-uy yurgan holda aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.
Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari 4 095 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida, 1 750 ta taʼlim muassasalarida, 1 579 ta mehnat jamoalarida va 1 886 tasi boshqa joylarda oʻtkazildi.
Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida jami 1430 nusxada 86 turdagi yozma targʻibot (oʻquv-qoʻllanma va risolalar) hamda joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari davomida jami 28 560 nusxada 908 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2761-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-ilovasiga asosan, 2021-yildavomida Adliya vazirligidan boshqarmaga elektron shaklda kelib tushgan jami 1245 ta normativ-huquqiy hujjatlar “E-XAT” eletron hamkorlik tizimi orqali viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.
Boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan 30-martdan ortiq maxsus koʻrsatuvlar, 20-martdan ortiq maxsus reportajlar televideniya orqali yoritildi. Shuningdek, 50 marotaba radio orqali va
15 marotaba gazeta orqali hamda 400-martdan ortiq veb-sayt va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda amaldagi qonun hujjatlari doirasida 100 dan ortiq uchrashuvlar, 30 ga yaqin seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek,
20 marotaba televideniyada, 17 marotaba gazetada, 300 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar tashkil etildi hamda tadbirlar davomida 2000 dan ortiq saylovga oid flayerlar tarqatildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
11-yanvardagi “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4941-sonli Qarori yuzasidan reportaj tayyorlash belgilangan.
Mazkur band ijrosini taʻminlash maqsadida joriy yilning 15-dekabr kuni gulchilikka ixtisoslashgan tumanlar: Davlatobod va Namangan tumanlarida “Oʻzbekiston24” telekanali uchun Namangan televideniyasi bilan hamkorlikda maxsus reportaj tasvirga olinib, efirga uzatish choralari koʻrildi.
Bundan tashqari, murojaatlarni koʻrib chiqish va ekspertiza natijalari boʻyicha inson huquqlari taʻminlanganligi va kishilar hayotida aniq muammolar yechim topganligi holatlari obrazlar asosida har bir hududiy adliya organi va muassasasi tomonidan har chorakda kamida bir marotaba “Bir murojaat izidan” nomli reportajlar orqali OAVda yoritilishi belgilangan.
Shunga koʻra, joriy yilning 4-noyabr kuni boshqarma tomonidan koʻrib chiqilib ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan murojaatchilar ishtirokida Namangan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda #bir_murojaat_izidan rukni ostida reportaj tavirga olinib efirga uzatildi.
Shuningdek, joriy yilning 12-noyabr kuni Mingbuloq tuman adliya boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilib ijobiy hal etilgan murojaat yuzasidan “Milliy” telekanali bilan hamkorlikda reportaj tasvirga olinib, joriy yilning 23-noyabr kuni Milliy telekanal orqali efirga uzatildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 14-dekabr kuni Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimining aralashuvi bilan oʻz yechimini topgan murojaat yuzasidan “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda reportaj tasvirga olinib, efirga uzatish choralari koʻrilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan #bir_murojaat_izidan xeshtegi ostida
15 dan ortiq maqolalar eʻlon qilib borildi.