March 4, 2022

YANGIQO‘RG‘ONLIK FERMERLAR HUQUQLARI TIKLANDI

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga bo‘limiga bir qator fermerlardan huquqlari buzliganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.

Jumladan, tumanda faoliyat yurituvchi «Baxtli kelajak» fermer xo‘jaligi rahbari I.Davronov va yana 9 nafar fermer hujaliklari rahbarlarining “O‘zagrokimyohimoya” AJ “Namanganagrokimyohimoya” HAJ Yangiqo‘rg‘on tuman filiali bilan tuzilgan shartnomaga asosan “G‘alla-2021” mavsumi uchun mineral o‘g‘it olish maqsadida qilingan oldindan to‘lovning qoldiq qarzdorligini qaytarmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaatlari bo‘lib tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida murojaatni to‘liq va xolisona shrganib chiqish maqsadida “Namanganagrokimyohimoya” HAJ tegishli so‘rov xati yuborildi.

“Namanganagrokimyohimoya” HAJning 29.10.2021 yildagi 01/01-52-raqamli maʼlumoti hamda kredit qarzdorliklar bo‘yicha maʼlumotida «Baxtli kelajak» fermer xo‘jaligi va qolgan fermer xo‘jaliklarida jami 107 million so‘m kredit qarzdorligi mavjudligi maʼlum qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi “Ho‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi” to‘g‘risidagi Qonunining 7-moddasi 3-bandida - Xo‘jalik shartnomasi taraflari tuzilgan ho‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart deb ko‘rsatilgan.

Shunga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga “Namanganagrokimyohimoya” HAJdan «Baxtli kelajak» fermer xo‘jaligi va qolgan fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 107 million so‘m qarzdolikni undirish bo‘yicha daʼvo ariza kiritildi.

Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 1 martdagi hal qiluv qarori bilan «Baxtli kelajak» fermer xo‘jaligi va qolgan fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 107 million so‘m pul mablag‘lari undirilishi taʼminlandi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi