July 13, 2022

HUQUQIY TARG'IBOT SOHASIDA YARIM YILLIK SARHISOB

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan 2022-yilning 1-yarim yilligi davomida jami 14 438 ta (boshqarma tomonidan 1 910 ta, adliya boʻlimlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan 12 528 ta) huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.

Xususan, shu davr mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 6 526 ta, shundan 199 marotaba televideniyada, 270 marotaba radioda, 279 marotaba gazeta va jurnallarda, 5 778 marotaba veb-sayt va boshqa elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yarim yilligi davomida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan joylarda jami 7 416 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari (shundan 4 466 tasi manzilli targʻibot), shundan 2 366 ta maʼruza, 1 897 ta davra suhbati, 464 ta seminar, 4 ta konfrenisyalar oʻtkazilib, 2 685 ta holatda uyma-uy yurgan holda aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.

Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari 2 730 marotaba mahalla fuqarolar yigʻinlarida, 1 586 marotaba taʼlim muassasalarida, 1 913 marotaba mehnat jamoalarida va 1 312 marotaba boshqa joylarda oʻtkazildi.

Shuningdek, oʻtgan davr mobaynida jami 106 nusxada 5 turdagi yozma targʻibot (oʻquv-qoʻllanma va risolalar) hamda joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari davomida jami 21 369 nusxada 491 turdagi buklet va flayerlar tarqatildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–2761-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi
PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 7-ilovasiga asosan, 2022-yil 1-yarim yillik davomida Adliya vazirligidan boshqarmaga elektron shaklda kelib tushgan jami 591 ta normativ-huquqiy hujjatlar “E-XAT” eletron hamkorlik tizimi orqali viloyatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi bilan muloqotni tashkil etish, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni yanada kengroq taʼminlash, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni huquqiy yoʻl bilan hal qilish borasida olib borilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Bu borada adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy, sayyor va ommaviy qabullar boʻyicha murojaatlarning natijalari yoritib borilmoqda. Maʼlumotlarda sayyor qabul jarayoni, kelib tushgan murojaatlar va ularning tegishliligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda qanoatlantilgan murojaatlar va boshqa muhim maʼlumotlarning aniq tahlili joylashtiriladi.

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha OAVda chiqishlar soni jami 139 tani tashkil etadi. Shundan televideniye va radioda 17 tani, gazetada 10 tani, elektron OAVda 84 tani, idora veb-saytida chiqishlar soni 28 tani tashkil etadi.

Jumladan, murojaatlarni koʻrib chiqish va ekspertiza natijalari boʻyicha inson huquqlari taʻminlanganligi va kishilar hayotida aniq muammolar yechim topganligi holatlari obrazlar asosida “Bir murojaat izidan” nomli reportajlar orqali OAVda yoritilib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 26-yanvar kuni Uychi tuman adliya boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilib ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan murojaatchilar ishtirokida Namangan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda #bir_murojaat_izidan rukni ostida reportaj tavirga olinib, joriy yilning 31-yanvar kuni efirga uzatildi.

Shuningdek, joriy yilning 10-fevral kuni boshqarma tomonidan koʻrib chiqilib ijobiy hal etilgan murojaat yuzasidan Namangan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda reportaj tasvirga olinib, joriy yilning 19-fevral kuni “Oʻzbekiston 24” telekanali va Namangan viloyat televideniyasi orqali efirga uzatildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 21-fevral kuni Pop tuman adliya boʻlimining aralashuvi bilan oʻz yechimini topgan murojaat yuzasidan “Sevimli” telekanali bilan hamkorlikda reportaj tasvirga olinib, efirga uzatildi.

Shu bilan bir qatorda, boshqarmaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilgan murojaatlar yuzasidan #bir_murojaat_izidan xeshtegi ostida 100 dan ortiq maqolalar eʻlon qilib borildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi