XALQ DEPUTATLARI UYCHI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASIDA ADLIYA BO'LIMI BOSHLIG'INING AXBOROTI ESHITILDI
Joriy yilning 10-noyabr kuni Uychi tuman hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari Uychi tuman Kengashining qirq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i H.Qobilovning “Uychi tumani adliya bo‘limining 2021 yil III choragida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan axboroti”, uman hokimligi devonxona mudiri F.Temirovning ”O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartiblar ijrosi to‘g‘risida»gi axborotlari eshitildi. Shundan so‘ng “Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2021 yil III choragida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquq-tartibotni mustahkamlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi amalga oshirilgan ishlar haqida”, “Uychi tuman mahalliy byudjetining 2021 yil III chorak daromadlarini ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni sarflanishi va ochiq byudjetga yo‘naltirish haqida”, “Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi tomonidan joriy yilda amalga oshirgan ishlar, kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida”, ”Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi Yoshlar parlamenti vakillari maktabini tashkil etish to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi Yoshlar parlamenti vakillari maktabi aʼzolarini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi Yoshlar parlamenti vakillari maktabi aʼzoligiga nomzodlar tavsiya etish haqida”gi masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi raisi N.Rahimov “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni sarflash to‘g‘risida” maʼlumot berdi.
Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.