Adliya aralashgach …
To’raqo’rg’on tumanidagi umumta’lim maktabi o`qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo`lsada ularga ustama haq to`lab berilmayotgani bois, amaliy yordam so`rab tuman adliya bo`limiga murojaat qildi. Holat o`rganilganda, tuman hududidagi 18 nafar rus tili o`qituvchisiga jami 120 milliondan ortiq ustama haqlari to`lanmaganligi ma’lum bo`ldi.
O`zbeksiton Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117 sonli Qarori 5-bandida, 2021/2022-o`quv yilidan ta’lim muassasalarining kamida C-1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o`qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo`shimcha ustama haqi to`lab borilishi ko`rsatilgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 07.09.2021-yildagi Qo`shma qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar ro`yxatida rus tili bo`yicha TRKI xalqaro tan olingan sertifikat hisoblanishi belgilangan.
Shunga ko`ra, adliya bo`limi tomonidan fuqarolarning manfaatida sudga kiritilgan arizalar qanoatlantirilib, sud buyrig'i chiqarildi.